МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ САМОСТОЯТЕЛЬНОМУ И ТВОРЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ В ШКОЛЕ

Аннотация

В данной статье представлена информация о методике обучения учащихся начальных классов самостоятельному и творческому мышлению. Он призван расширить мышление учащихся начальных классов с целью его дальнейшего совершенствования.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Юсупова D. (2024). МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ САМОСТОЯТЕЛЬНОМУ И ТВОРЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ В ШКОЛЕ. Современная наука и исследования, 3(8), 122–124. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/37029
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлена информация о методике обучения учащихся начальных классов самостоятельному и творческому мышлению. Он призван расширить мышление учащихся начальных классов с целью его дальнейшего совершенствования.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

122

MAKTABDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MUSTAQIL VA IJODIY

FIKRLASHGA O‘RGATISH METODIKASI

Yusupova Dilfuza Xasanovna

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani 36-sonli maktabning

Boshlang’ich sinf o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13358005

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil va ijodiy

fikrlashga o‘rgatish metodikasi borasida ma’lumotlar keltirilgan. Boshlang’ich sinf
o’quvchilarini yanada yuksaltirish borasida fikrlashini kengaytirish ko’zda tutuilgan.

Kalit so‘zlar:

Mustaqil ish, Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish, aqliy faoliyat, mustaqil fikr

yuritish, ongli amaliy faoliyat.

METHODOLOGY OF TEACHING PRIMARY CLASS STUDENTS TO

INDEPENDENT AND CREATIVE THINKING AT SCHOOL

Abstract.

This article provides information on the methodology of teaching primary school

students to think independently and creatively. It is intended to expand the thinking of elementary
school students in order to improve them further.

Key words:

Independent work, Development of creativity, mental activity, independent

thinking, conscious practical activity.

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

САМОСТОЯТЕЛЬНОМУ И ТВОРЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ В ШКОЛЕ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о методике обучения

учащихся начальных классов самостоятельному и творческому мышлению. Он призван
расширить мышление учащихся начальных классов с целью его дальнейшего
совершенствования.

Ключевые слова:

Самостоятельная работа, Развитие творческих способностей,

мыслительная деятельность, самостоятельное мышление, осознанная практическая
деятельность.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi usullardan yana biri -

mustaqil ish metodidir. Nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki umuman ta’lim sohasida keng
qo‘llaniladigan o‘quvchilarning mustaqil ishlari ta’lim samaradorligini oshiruvchi vosita sifatida
doimiy ravishda tadqiqotchilar diqqat markazida bo‘lib kelgan. Metodist olimlar mustaqil
ishlardan dars jarayonida keng foydalanishni doimo yoqlab chiqqanlar. Chunki o‘quvchilarning
bilimlarni egallash va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, avvalambor, mustaqil ishlarni bajarish, oldida
turgan muammo va masalalarning yechimini topish jarayonida shakllanadi. Shunday ekan,
o‘quvchilarning mustaqil ishlari nima degan savolga to‘xtalib o‘tmoq joiz. Unga turlicha javob
berganlar. Jumladan, ba’zi olimlar mustaqil ishlar deganda o‘qituvchining bevosita yordamisiz,
ammo uning nazorati ostida bajariladigan vazifalarni tushunishsa, boshqalari o‘quvchilardan faol
aqliy faoliyatni, tashabbuskorlikni, avval olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni talab qiladigan
ishlar deb bilishadi.

Bizningcha, mustaqil ishlar o‘quvchilarning aqliy imkoniyatlarini namoyon qilishga imkon

beradigan, o‘qituvchining bilvosita va bevosita ishtirokida, ammo bevosita yordamisiz nazariy-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

123

amaliy materiallar ustida bajariladigan vazifalar bo‘lib, o‘quvchilarning nafaqat bilim darajalarini,
balki ularning o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishlarini, mustaqil va mantiqiy
fikrlash darajalarini aniqlash va shakllantirish imkoniyatini beradigan ongli amaliy faoliyatdir.

Mustaqil ishlar tasnifiga oid bir qancha qarashlar mavjud. Metodist olimlar guruhlarga

ajratishda mustaqil ishlarning u yoki bu jihatlariga e’tibor qaratganlar.

Mustaqil ish turlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatishdagi

o‘rni:

Barcha o‘quv predmetlarida bo‘lgani kabi boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ham

o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda mustaqil ishlar muhim o‘rin tutadi. Ular quyidagi
xususiyatlariga ko‘ra xarakterlanadi:

- mustaqil ishlarda bajarish so‘ralgan shartlar o‘quvchilardan izlanuvchanlikni talab qilishi;
- o‘quvchilarni mustaqil holda hukm, xulosa va umumlashmalar chiqarishga yo‘naltirishi;
- mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilimlarni egallashga ehtiyoj

tug‘ilishi.

Reproduktiv mustaqil ishlar. Reproduktiv mustaqil ishlar o‘quvchilarning avval olgan

bilimlarini amalda qo‘llashni nazarda tutadi. Bunday mustaqil ishlarga namuna asosidagi mustaqil
ishlar, sharhlab yozish, grammatik topshiriqli diktantlar kiradi. Bu xildagi mashqlar
o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritish jarayoniga qisman ta’sir ko‘rsatadi va u ko‘pincha darslik
mashqlari asosida o‘tkaziladi. Quyida darslikdan tashqari bo‘lgan namuna asosidagi mustaqil
ishlarning ayrim variantlarini keltiramiz.

Boshlang‘ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar va

o`yinlardan foydalanish

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda evristik va

muammoli ta’limdan tashqari bilishga yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan ta’lim metodlaridan va
o`yindan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Boshlang’ich ta’limda ishbop, rolli, syujetli
o’yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy-ijodiy

izlanishlarga yo’llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan
foydalanish o’z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-
darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qo’yish va ularni
yechish darslari;
ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik
kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop o’yinlardan, innovatsion
metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo’ldi. ta’lim jarayonida dars shakllarining o’yin
usullari sifatida o’qitishning ma’lum bir paytida o’tkaziladi.

Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchisi kattalarning hatti-harakatini taqlid qilishga

qiziqadi. Bunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan ishbop o’yinlardan foydalanish kata ahamiyat
kasb etadi. Bolalarga mo’ljallangan ishbop o’yinlar takrorlash, mustahkamlash, o’tilganlarning
qay darajada o’rganilganligini (diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli
o’yinlar, dramatik sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida o’tkaziladi.

Ishbop o’yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish asosida tashkil etish

samarali natijalarga olib keladi. Bunday o’yinlar faqat bilishga oid bo’lmay, dunyoqarashni
kengaytirish, hamda hissiy ta’sir etishi bilan ham xarakterlidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

124

Masalan, boshlang’ich ta’limda “Nima uchun?”, «T-chizma», «FSMU», «Tarmoq

(Klaster)», “Ikki qismlik kundalik” kabi innovatsion metodlardan foydalanganda o’quvchilarda
ijodiy faoliyatni rivojlantirishga bevosita yordam beradi.

REFERENCES

1.

T.G‘afforova “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Toshkent,
“Tafakkur”, 2011

2.

Shadrikov, V.D. Qobiliyatlarning rivojlanishi // Boshlang'ich maktab. -№5

3.

Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.

Библиографические ссылки

T.G‘afforova “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Toshkent, “Tafakkur”, 2011

Shadrikov, V.D. Qobiliyatlarning rivojlanishi // Boshlang'ich maktab. -№5

Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.