TA`LIM MENEJMENTI VA UNI TASHKIL ETISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI

Annotasiya

Mazkur tezisda ta’lim muassasalarining boshqaruv jarayoni hamda ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash muammosi atroflicha o`rganilgan, ta’lim tizimi boshqaruvida sifatni doimiy rivojlantirib borish modellari taklif etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Akbarova, N. (2024). TA`LIM MENEJMENTI VA UNI TASHKIL ETISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(8), 27–30. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36578
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur tezisda ta’lim muassasalarining boshqaruv jarayoni hamda ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash muammosi atroflicha o`rganilgan, ta’lim tizimi boshqaruvida sifatni doimiy rivojlantirib borish modellari taklif etilgan.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

27

TA`LIM MENEJMENTI VA UNI TASHKIL ETISHNING ILMIY- NAZARIY

ASOSLARI

Akbarova Nigora Rahmonberdievna

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa pedagogika kolleji

kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13294113

Annotatsіya.

Mazkur tezisda ta’lim muassasalarining boshqaruv jarayoni hamda ta’lim

sifati va samaradorligini ta’minlash muammosi atroflicha o`rganilgan, ta’lim tizimi boshqaruvida

sifatni doimiy rivojlantirib borish modellari taklif etilgan.

Kalіt so`zlar:

sifat menejmenti, samaradorlik, struktura, monitoring, resurs.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF EDUCATIONAL MANAGEMENT AND

ITS ORGANIZATION

Abstract.

In this thesis, the management process of educational institutions and the

problem of ensuring the quality and efficiency of education are thoroughly studied, and models of

continuous development of quality in the management of the educational system are proposed.

Key words:

quality management, efficiency, structure, monitoring, resource.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАНИЕМ И ЕГО

ОРГАНИЗАЦИИ

Аннотация.

В данной дипломной работе подробно изучен процесс управления

образовательными учреждениями и проблема обеспечения качества и эффективности

образования, предложены модели непрерывного развития качества в управлении

образовательной системой.

Ключевые слова

:

менеджмент качества, эффективность, структура,

мониторинг, ресурс.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta’lim tizimini isloh qilish, uni sifat

va samaradorligini ta’minlash dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Hozirgi kunda jamiyat

rivojlanishi ilm-fanga investitsiya kiritish orqali inson kapitalidan ratsional foydalanishga bog‘liq

ekanligi namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun “inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning

uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”. Darhaqiqat, rivojlangan davlatlar amaliyoti

ham ta’lim tizimini isloh qilishning, unga e’tiborni, investitsiyani ko‘paytirishni hamda inson

resursini to‘g‘ri boshqarish lozimligini ko‘rsatmoqda.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

28

Shu ma’noda, bugun ta’limda islohotlarni jadallashtirish bilan birga, to‘g‘ri va samarali

boshqaruv tizimini yaratish vazifalari ham ustuvorlik qilmoqda.

Turli tadqiqotchilar ta’lim muassasasining boshqaruv jarayonini turlicha izohlashadi.

Masalan, C. Xedekar ta’lim muassasasida boshqaruv jarayoni – bu ta’lim maqsadlariga

erishish maqsadida inson va moddiy resurslardan foydalangan holda ta’lim muassasasi faoliyatini

rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat etish jarayonidir, deb ta’kidlagan. Demak, bu

olim ta’lim muassasasi boshqaruvini inson, mehnat resurslari va boshqaruv sikliga bog‘lagan.

Boshqa bir olim O. Xomeriki bo‘lsa, o‘zining ta’limda boshqaruv jarayonini to‘liq aks

ettiruvchi ko‘p o‘lchovli konseptual modelini ishlab chiqadi. Unga ko‘ra, boshqaruv faoliyati

mazmunini to‘rtta yo‘nalish qamrab oladi: ma’muriy-xo‘jalik va moliyaviy faoliyat, o‘quv-

metodik va tajriba-sinov ishlari, kadrlar bilan ishlash va jamoaning psixologik muhitini

mustahkamlash. Demak, ta’lim muassasasi boshqaruvi keng qamrovli faoliyatni tashkil etishi va

bunda moddiy- texnik ta’minotdan tortib, jamoada psixologik muhitni boshqarishgacha bo‘lgan

jarayonni qamrab olishi lozim.

Ta’lim menejmentiga uzluksiz va izchil faoliyat sifatida qarash, ta’lim jarayoniga bo‘lsa,

muttasil harakatdagi dinamik ijtimoiy tizim sifatida baho berish menejment nazariyasining

umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ta’lim

sifatini boshqarish ta’limni boshqarishning umumiy tuzilmasi tarkibiga kiradi va uning

samaradorligi ta’limning umumiy boshqaruvining sezilarli darajada oshishini ta’minlashi mumkin

bo‘lgan tuzilma hisoblanadi. Demak, to‘g‘ri va adolatli boshqaruv ta’lim sifatiga kuchli ta’sir

ko‘rsatadi. Biroq ta’lim sifati qanday bo‘lishi, unda qanday mezonlar, tamoyillar, talablarning

bo‘lishi to‘g‘risida turlicha yondashuvlar mavjud.

Tadqiqotlarga ko‘ra, ta’lim sifati deganda ta’lim jarayonining turli ishtirokchilari ta’lim

muassasasi

tomonidan

ko‘rsatilayotgan

ta’lim

xizmatlaridan

foydalanuvchilarning

qanoatlantirilishi darajasiga nisbatan ishlatiladi. Jamiyatda ta’lim jarayonining holati va natijasini,

shaxsning fuqarolik, hayotiy va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishi hamda shakllanish

ehtiyojlari va umidlariga muvofiqligini aniqlovchi kategoriya hisoblanadi. Fikrimizcha, ta’lim

sifati inson, jamiyat va davlat ehtiyojlari va manfaatlarini qondiruvchi xususiyatlar majmuasi

hisoblanadi.

Ta’limni sifatli boshqarish to‘g‘risida ko‘plab nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pi

vaqt o‘tishi bilan ta’limdagi islohotlar bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Ta’lim sifati

bugun barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyatga ega va asosiy

e’tiborni qaratish zarur bo‘lgan sohalar qatorida turadi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‘ra,


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

29

ta’limni isloh qilishda, unga yangicha yondashuvlarni olib kirish bilan birga ta’lim boshqaruvini

ham takomillashtirib borish, unga yangicha tamoyillarni olib kirish, sifat va samaradorlik

uchun xizmat qiluvchi boshqaruv modelini ishlab chiqish har doim dolzarblik kasb etgan.

Bugungi kunda ta’lim tizimi boshqaruvida sifatni doimiy rivojlantirib borish metodikasi

sifatida PDCA (Plan-Do-Check-Act), ya’ni RBNH (Rejalashtirish-Bajarish-Nazorat-Harakat) –

“Shuxart-Deming metodi” yoki “Deming sikli” modellari ommalashib bormoqda. Boshqa bir

ta’lim sifatini boshqarish modeli TQC (Total Quality Control), ya’ni “Sifatni yalpi nazorati”

konsepsiyasi hisoblanadi. Uning asoschisi A.Feygenbaum hisoblanadi. Yuqoridagi konsepsiyalar

asosida ishlab chiqilgan TQM (Total Quality Management) “Sifatni yalpi boshqarish” modeli

ancha keng yoyildi va muvaffaqiyatga erishdi. Uning mohiyati boshqarishning ta’lim muassasasini

muvaffaqiyatiga olib boruvchi tamoyillaridan foydalanishdan iborat. TQM tamoyillari va

metodlarini ta’lim xizmatlari sohasiga moslashtirish natijasida sifatni rejalashtirish, nazorat qilish

va yaxshilash faoliyat turlarini ajratib olish imkoniyati paydo bo‘lgan. Bu avval sanoat iqtisodiyoti

uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ta’limda ham o‘z samarasini berdi va ijobiy natijalar ko‘rsata

boshladi.

Bugungi kunda jahon oliy ta’lim tizimida 10 dan ortiq ta’lim sifati menejmenti modellari

qo‘llanilib kelinmoqda va bu modellar oliy ta’lim muassasalarining sifat bo‘yicha talab qilingan

natijalariga erishishiga qaratilgan faoliyat jarayonlari va jihatlariga nisbatan belgilangan talablar

va ko‘rsatkichlar, tamoyillar, metodlar hamda ushbu jarayonlarning takomillashuv darajasini

belgilab beruvchi mezonlar, ularni baholash yo‘llari yig‘indisi deb tushuniladi. Sifatni baholashga

asoslangan modellar tizimli ravishda o‘z-o‘zini baholash, SWOT – tahlili vositasida OTM

faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etishni nazarda

tutadi. Demak, bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish, unga yangicha

boshqaruv tamoyillarini olib kirish bilan birga ular o‘rtasida izchil va maqsadga yo‘nalgan

hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu boradagi tadqiqotlarni ko‘paytirish, ilg‘or xorij tajribasini

o‘rganish va o‘zlashtirish muhim vazifalardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o‘quv jarayonlarini

sifatli tarzda boshqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirishni, demokratik, insonparvarlik

tamoyillarga asoslangan ta’lim boshqaruvini shakllantirish zarurligini talab qilmoqda. Ayniqsa,

bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sohasining sifat bosqichida mamlakatimiz umumiy o‘rta

ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati va samaradorligini doimiy tarzda oshirib borish zarurati

maktab o‘qituvchilari kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini yanada rivojlantirish, ulardagi ta’lim

sifatini boshqarishni zamon talablari darajasida tashkil etishni taqozo qiladi.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

30

REFERENCES

1.

Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon

bo‘ladi. 3-tom. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. – B. 400. 30-bet.

2.

Bespalko O.V. Ijtimoiy pedagogika: diagrammalar, jadvallar, sharhlar (darslik). – M.:

O‘quv adabiyoti markazi, 2019. – 208 b. – ISNB 978-966-364-837-8.

3.

Sandhya Khedekar. Ta'lim boshqaruvi, TSCER. III.1 Ta'limni boshqarish funktsiyasi.

2007. b.1

4.

Matkarimov J.Sh., Sharofaddinov Sh.A. Ta’lim jarayonida boshqaruv faoliyati

samaradorligini baholashga oid nazariy qarashlar. Zamonaviy ta’lim jurnali. 2015. – №3.

– B. 12.

5.

Zvereva V.I. Maktab rahbarining tashkiliy-pedagogik faoliyati. – M.: “Yangi maktab”,

2017. – B. 28–29.

6.

6.Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference

on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

7.

Ganiyeva, M. (2024). PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR METHODICAL

PREPARATION OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL

THINKING. Science and innovation, 3(B5), 178-182.

Bibliografik manbalar

Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-tom. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. – B. 400. 30-bet.

Bespalko O.V. Ijtimoiy pedagogika: diagrammalar, jadvallar, sharhlar (darslik). – M.: O‘quv adabiyoti markazi, 2019. – 208 b. – ISNB 978-966-364-837-8.

Sandhya Khedekar. Ta'lim boshqaruvi, TSCER. III.1 Ta'limni boshqarish funktsiyasi. 2007. b.1

Matkarimov J.Sh., Sharofaddinov Sh.A. Ta’lim jarayonida boshqaruv faoliyati samaradorligini baholashga oid nazariy qarashlar. Zamonaviy ta’lim jurnali. 2015. – №3. – B. 12.

Zvereva V.I. Maktab rahbarining tashkiliy-pedagogik faoliyati. – M.: “Yangi maktab”, 2017. – B. 28–29.

6.Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

Ganiyeva, M. (2024). PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR METHODICAL PREPARATION OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Science and innovation, 3(B5), 178-182.