MADANIYAT XODIMINING INNOVATSION FAOLIYATI

Annotasiya

Bu maqolada innovatsiya tushunchasiva innovatsion faoliyatning muhim komponentlari hamda madaniy xizmat kórsatish jarayonida tarbiyaning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash haqida sóz etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Esenbaev, M., Esenbaeva, M. ., & Tajimuratova, S. (2024). MADANIYAT XODIMINING INNOVATSION FAOLIYATI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(5), 972–976. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/33235
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bu maqolada innovatsiya tushunchasiva innovatsion faoliyatning muhim komponentlari hamda madaniy xizmat kórsatish jarayonida tarbiyaning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash haqida sóz etilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

972

MADANIYAT XODIMINING INNOVATSION FAOLIYATI

Esenbaev Miyirbek Qdirbay ulı

Esenbaeva Miyasar Qdirbay qızı

Tajimuratova Shaxnoza Saǵınbaevana

(Ilimiy rahbar)

Berdaq nomidagi Qaraqalpaq Davlat Universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11274146

Annotatsiya. Bu maqolada innovatsiya tushunchasiva innovatsion faoliyatning

muhim komponentlari hamda madaniy xizmat kórsatish jarayonida tarbiyaning innovatsion
texnologiyalarini qo‘llash haqida sóz etilgan.

Kalit sózlar: ijtimoiy-madaniy faoliyat, “innovatsion ta’lim”, innovatsiya, innovatsiyaning

birinchi tipi, innovatsiyaning ikkinchi tipi, innovatsiyon jarayonlar.

INNOVATIVE ACTIVITY OF A CULTURAL WORKER

Abstract. This article describes the concept of innovation, important components of

innovative activity, and the use of innovative technologies of education in the process of cultural
services.

Key words: socio-cultural activity, "innovative education", innovation, the first type of

innovation, the second type of innovation, innovation processes.

ИННОВАЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ РАБОТНИКА КУЛЬТУРЫ

Аннотация. В данной статье рассмотрено понятие инновации, важные

составляющие инновационной деятельности, а также использование инновационных
технологий образования в процессе оказания культурных услуг.

Ключевые слова: социокультурная деятельность, «инновационное образование»,

инновации, первый тип инноваций, второй тип инноваций, инновационные процессы.

Insoniyat yaxshilik, ezgulik dunyosini barpo etish uchun yaratilgan bo‘lsa, tarbiya uni

shakllantirish, takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos vositadir. Inson hayoti va ko‘p qirrali
faoliyati, hatti-harakati, xulq-atvori, fe'lini oqilona tartibga solish orqali ham ta'lim tizimi
takomillashib borgan. Tarbiya ijtimoiy jarayon sifatida asta-sekin, bosqichma-bosqich rivojlanishi
bilan u haqidagi oddiy, sodda qarashlar, fikrlar muayyan tizimga, ya'ni tarbiya haqidagi nazariya,
fanga ham ehtiyoj tug‘dirdi.Demak, tarbiya haqidagi qarashlar, bilimlar tizimi, tarbiya haqidagi
fan ham insoniyat tabiiy tarixiy amaliyotining mahsulidir.

Tarbiya jarayoni tarbiyachi (subyekt) va tarbiyalanuvchi (obyekt)ning o‘zaro ishtirokida

amalga oshadi. Ota-ona farzandlariga, o‘qituvchi o‘quvchilariga, mehnat va o‘quv jamoalarda
rahbar o‘z a'zolari, xodimlariga u yoki bu darajada tarbiyaviy ta'sir o‘tkazadi. Albatta, ota-
onaning farzandlariga, o‘qituvchining o‘quvchilariga beradigan tarbiyasi yetakchi va belgilovchi
rol o‘ynaydi. Tarbiyaning rivojlanish tarixi insoniyat mavjudligi va rivojlanish tarixining ajralmas
tarkibiy qismidir. Bu tabiiy-tarixiy jarayon, o‘z navbatida tarbiya shakllari va usullarini o‘zida
mujassamlashtirgan tarbiya tizimi, tarbiya shakl-tamoyillari, davlatda tarbiya siyosati, ilm-fanda
tarbiya nazariyasiga ham ta'sir qilib boradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

973

Ijtimoiy-madaniy

faoliyat

innovatsiyani

kelajakda

rivojlantirish

strategiyasida

“innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga
moyil bo‘lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda.

Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion

yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin
aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan va
mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi.

Hozirgi davr taraqqiyoti yangi yo‘nalish – innovatsion yondashuvni maydonga olib chiqdi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Prigojin innovatsiya

deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un
unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.

Tadqiqotchilar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning ikki yondashuvini

ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o‘zaro
ta’siri mikrosathi. Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri, ularning birligi,
raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashdir.

Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi

konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon
ekanligidan kelib chiqadi.

Ilmiy adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab

oladi:

1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot

bosqichi deb ham yuritiladi.

2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik

o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.

6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini

qisqartirish bosqichi.

Innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, ijtimoiy-madaniy

faoliyat xususiy, shartli, mahalliy va subyektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi.

Xususiy yangilik joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini

yangilashni ko‘zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma’lum
unsurlarning yig‘indisi shartli yangilik hisoblanadi. Mahalliy yangilik konkret obyektda
yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Subyektiv yangilik ma’lum obyekt uchun obyektning
o‘zi yangi bo‘lishi bilan belgilanadi.

Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu

vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.

Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
Ilmiy adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:

innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

974

nihoyat amalga oshish qonuni;

qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;

innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni.

Innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda

yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya
jarayonining ikki tipini farqlaydilar:

1.

Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o‘tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo‘lgan

ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va
yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi.

2.

Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat

mahsulidir.

Innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:

madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;

shaxsiy faoliyat jihatidan (yangi texnologiyalar) yondashuv;

ko‘p sub’ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;

individual-ijodiy (shaxslarning o‘zaro munosabatlari) yondashuv.

Hozirgi jamiyat, madaniyat taraqqiyoti sharoitida ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimining

innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi:

• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ma’naviy tizimi, metodologiya va texnologiyasining

tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimining
innovatsiya faoliyati yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi;

• faoliyat mazmunini insonparvarlashtirish doimo yangi tashkiliy shakllarini,

texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

• yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan ijtimoiy-madaniy faoliyat

xodimining munosabati xarakteri o‘zgarishi.

Madaniyat xodimining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samardorligini

belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga - yangilik,
maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari
kiradi Yangilik ijtimoiy me’yori sifatida o‘zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi
mohiyatini aks ettiradi.

V.A.Slastenin o‘tkazgan tadqiqotlar innovatsion faoliyatda kasbiy tayyorgarligini aniqlash

imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:

• mo‘ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat

qilish;

• kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o‘zidagi va uni tatbiq qilishdagi

kamchiliklarni aniqlash;

• yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish,

ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;

• yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
• yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

975

Madaniyat xodimining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho

berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga
oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning
samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.

Madaniyat xodimini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi

lozim:

yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;

yangicha harakat qila olishga o‘rgatish.

Madaniyat xodimining innovatsion faoliyatining eng muhim komponentlaridan biri

yuksak professionalizm – akmeologiya, yunoncha eng oliy nuqta, eng gullagan davr, yuksak
professionalizm ma’nolarini beradi. Kasbiy intelletual yetuklik va mahoratni bildiradi. Yuksak
professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi:

• iste’dod nishonalari;
• uquvlilik;
• qobiliyat;
• iste’dod;
• oila tarbiyasi sharoiti;
• o‘z xatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi.
Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
• ijodiy individuallik;
• o‘zining o‘sish va takomillashish jarayoni;
• o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
Madaniyat xodimining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
• intellektual - ijodiy tashabbus;
• bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;
• ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka

kurashchanlik qobiliyati;

• axborotlarga tashnalik, muammolardagi g‘ayri odatiylikka va yangilikka bo‘lgan his-

tuyg‘u, professionalizm, bilishga bo‘lgan chanqoqlik.

Ijtimoiy tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi deb

ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, tarbiya jarayonining texnologiyasi deb ko‘rsatadilar. Bunday
yondashishda ijtimoiy tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy
texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham
texnologiyadir. Ana shu belgisi bo‘yicha ijtimoiy tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy
«to‘plamidan» ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi
imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.

REFERENCES

1.

Qorabayev U.X. О‘zbek xalq bayramlari.-Toshkent: О‘qituvchi, 2002

2.

Muxtorov A. Shaxs tarbiyasida milliy g‘oya, ehtiyoj va man’aatlar uyg‘unligi.-Toshkent:
Yangi asr avlodi, 2003


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

976

3.

Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz asoslari.-Toshkent:О‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2006.

4.

Abatbaevna U. V. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA O'QUV JARAYONIGA
MOSLASHISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA JARAYONLARI. – 2024.

5.

Uzakbaeva V. PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS AND PROCESSES OF
ADAPTATION TO THE EDUCATIONAL PROCESS IN ELEMENTARY SCHOOL
STUDENTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 988-990.

6.

Uzakbaeva V. BOSHLANG’ICH SINF OQUVCHILARIDA OQUV MOTIVIGA OQUV
FAOLIYATINING TA’SIRI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

7.

Tajimuratova S. BASQARIW DÁREJESIN ILIMIY DÁREJEDE RAWAJLANDIRIW
//NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 24-27.

8.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

9.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

10.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

11.

Shaxnoza

T.,

Rayxan

K.

JOYBARLARDIŃ

SHÓLKEMLESTIRIWSHI

STRUKTURALARI //NEW RENASSAINCE CONFERENCE. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С.
124-128.

Bibliografik manbalar

Qorabayev U.X. О‘zbek xalq bayramlari.-Toshkent: О‘qituvchi, 2002

Muxtorov A. Shaxs tarbiyasida milliy g‘oya, ehtiyoj va man’aatlar uyg‘unligi.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003

Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz asoslari.-Toshkent:О‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006.

Abatbaevna U. V. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA O'QUV JARAYONIGA MOSLASHISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA JARAYONLARI. – 2024.

Uzakbaeva V. PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS AND PROCESSES OF ADAPTATION TO THE EDUCATIONAL PROCESS IN ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 988-990.

Uzakbaeva V. BOSHLANG’ICH SINF OQUVCHILARIDA OQUV MOTIVIGA OQUV FAOLIYATINING TA’SIRI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Tajimuratova S. BASQARIW DÁREJESIN ILIMIY DÁREJEDE RAWAJLANDIRIW //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 24-27.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Shaxnoza T., Rayxan K. JOYBARLARDIŃ SHÓLKEMLESTIRIWSHI STRUKTURALARI //NEW RENASSAINCE CONFERENCE. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 124-128.