TALABALARNI PSIXOLOGIK TRENINGLAR ASOSIDA IJTIMOIYLASHTIRISH OMILLARI

Annotasiya

Psixologiya sohasi keyingi 10 yillar mobaynida anchagina rivojlandi. Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo‘nalishlari sifatida trening tarmog‘i ham rivojlandi. Mazkur maqolada fan sifatida rivojlanayotgan psixologik trening o‘tkazishning talaba yoshlarni ijtimoiylashtirishdagi roli va ahamiyatini mazmun jihatdan yoritishga bag‘ishlanadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Omonova, O., & Shukurova, U. (2024). TALABALARNI PSIXOLOGIK TRENINGLAR ASOSIDA IJTIMOIYLASHTIRISH OMILLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(5), 404–408. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/32875
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Psixologiya sohasi keyingi 10 yillar mobaynida anchagina rivojlandi. Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo‘nalishlari sifatida trening tarmog‘i ham rivojlandi. Mazkur maqolada fan sifatida rivojlanayotgan psixologik trening o‘tkazishning talaba yoshlarni ijtimoiylashtirishdagi roli va ahamiyatini mazmun jihatdan yoritishga bag‘ishlanadi.


background image


404

TALABALARNI PSIXOLOGIK TRENINGLAR ASOSIDA IJTIMOIYLASHTIRISH

OMILLARI

Omonova Oygul Qodir qizi

Guliston davlat pedagogika instituti 6-23 M-PP magistri.

Shukurova Ugiloy

Ilmiy raxbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215562

Anontatsiya.

Psixologiya sohasi keyingi 10 yillar mobaynida anchagina rivojlandi.

Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo‘nalishlari sifatida trening tarmog‘i ham

rivojlandi. Mazkur maqolada fan sifatida rivojlanayotgan psixologik trening o‘tkazishning talaba

yoshlarni ijtimoiylashtirishdagi roli va ahamiyatini mazmun jihatdan yoritishga bag‘ishlanadi.

Kalit so’zlar:

trening, psixologik hizmat, talaba, ta’lim jarayoni, mustaqil fikr, adaptatsiya,

nutq, ijtimoiylashuv.

FACTORS OF SOCIALIZATION OF STUDENTS BASED ON PSYCHOLOGICAL

TRAINING

Abstract.

The field of psychology has evolved significantly over the past 10 years. Also, the

training network has developed as separate areas of the field of psychology. In this article, the

role and importance of conducting psychological training, which is developing as a science, in the

socialization of young students is devoted to content.

Key words:

training, psychological service, student, educational process, independent

thought, adaptation, speech, socialization.

ФАКТОРЫ СОЦИАЛИЗАЦИИ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ

ПОДГОТОВКИ

Аннотация.

Область психологии значительно изменилась за последние 10 лет.

Также образовательная сеть получила развитие как отдельные направления области

психологии. В данной статье рассмотрены роль и значение проведения психологического

тренинга, развивающегося как наука, в социализации студенческой молодежи.

Ключевые слова:

обучение, психологическая служба, студент, образовательный

процесс, самостоятельное мышление, адаптация, речь, социализация.

So‘nggi 10 yil ichida psixologiya sohasida juda katta yangiliklar kirib kelmoqda, ana

shunday yangilklardan biri psixologik treninglar bo’lib hisoblanadi. Psixologik treninglarning

asosiy vazifasi shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun


background image


405

zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o‘yin va

mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yig‘indisidir. Bugungi kunda maktabda o’quvchilar

va o’qituvchilar jamoasida sog’lom psixologik muhitni shakllantirishda, shaxslararo

munosabatlarni yaxshilashda, ularda ijobiy emotsional holatini yaxshilashda psixologik treninglar

eng yetakchi o’rinda turadi.

Dunyo miqyosidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni

bosqichi shunday o‘ziga xos-xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki intellektual

salohiyat, aql-idrok, fikrlash, yangi texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb-etadi.

Yoshlarni mustaqil ijodiy fikrlashga o‘rgatish tufayli ular kelgusida o‘z oldilarida vujudga

kelishi kutiladigan muammolarni ijodiy ravishda hal qilish orqali xalq xo‘jaligining rivojlanishiga,

Respublikamizning ilg‘or texnologiyali jahon davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashiga hissa

qo‘shishga erishish mumkin.

Ijtimoiylashuv

– biron-bir voqea-hodisa, shaxs yoki harakatning ijtimoiy mohiyat kasb

etib, ko'pchilikka daxldor bo'lib, ijtimoiy munosabatlar mujassamiga aylanib borishini

anglatadigan tushuncha.

Ijtimoiylashuv jarayoni va uning o‘ziga xos xususiyatlari falsafa, sotsiologiya, ijtimoiy

psixologiya, pedagogika, tarix va etnografiya fanlari tomonidan o‘rganiladi. Ijtimoiylashuvning

falsafiy talqiniga ijtimoiy psixologiya asoschisi G.Tard poydevor yaratgan.

Ijtimoiy munosabatlar – jamiyat hayotida moddiy va ma’naviy faoliyatlar natijasida turli

subyektlar o‘rtasida qaror topadigan o‘zaro munosabat va harakat mezonlari. Ijtimoiy

munosabatlar moddiy va ma’naviy munosabatlarga bo‘linadi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish

jamiyatning yashashi va rivojlanishining asosini tashkil etadi. Shu sabab ijtimoiy munosabatlardan

eng muhimi ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlardir. Ishlab chiqarish munosabatlari boshqa

hamma ijtimoiy munosabatlar – siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va hokazo munosabatlarning

xarakterini belgilaydi. Barcha ijtimoiy munosabatlarning ishlab chiqarish munosabatlariga bog‘liq

ekanini tushunish jamiyat tarixiy taraqqiyotining qonuniyatlarini ilmiy ravishda izohlashga imkon

berdi.

Ijtimoiy muhit – insonning ijtimoiy mavjudot sifatidagi asosiy bilim, tajriba va

ko‘nikmalarini, xususiyatlarini shakllantiradigan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar majmuasi.

Ijtimoiy muhit, keng ma’noda, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni, ishlab chiqarish munosabatlari,

ijtimoiy institutlar majmui, ijtimoiy ong shakllari va jamiyat madaniyatini qamrab oladi

(makromuhit).


background image


406

Psixologik treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda tabiiy

erkinlikni his etishni, o‘z guruhida va undan tashqarida o‘zaro munosabat va aloqa o‘rnata olishdan

iborat. Demak-ki, trening—shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal

qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara,

o‘yin va mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yig‘indisidir. Shuni alohida qayd etish

lozimki, trening jarayonida muammolarni yechishham, bu boradagi bilim, ko‘nikma va

malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan

ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb

ataladi. Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo‘riqish hollari avvalgi paytlardagiga nisbatan

ancha ko‘p uchrayotganligi va buning natijasida ko‘pgina hayotiy muammolar vujudga

kelayotganligi ko‘pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek aynan psixolog

mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki bunday holatlar turli

darajadagi zo‘riqishlar natijasida vujudga kelmoqda.Ayni kunlarda asabiylashish holatlari

kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta’kidlab o‘tish joiz:I. Bolalar orasida:

1. Bog‘cha bolalari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

2. Maktab o‘quvchilari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

3. O‘smirlar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

II. Kattalar orasida:

1. Ish joylarida (rahbar yoki xodimlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari;

2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasida) kuzatiladigan asabiylik

holatlari;

3. Keksalar orasida (psixologik o‘zgarishlar natijasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari.

Yuqorida sanab o‘tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar mavjud bo‘lib,

bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida psixologik maslahat va psixologik

korreksiyaga muhtoj bo‘lib qoladigan bir necha xil guruhlar vujudga keladiki, bular:

1. Muloqotchanlikning yetishmasligi muammosidan siqilgan kishilar guruhi.

2. Iqtisodiy yetishmovchilikdan siqilgan kishilar guruhi.

3. O‘z yaqinlarini yo‘qotib siqilgan kishilar guruhi.

4. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar guruhi.

5. Begona joyga ko‘chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar guruhi.

6. Rahbarlar tomonidan yoki o‘zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan hollarda

siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.


background image


407

7. Yangi o‘qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan kishilar

guruhi.

8. Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol qilishdan qutula olmasdan siqilayotgan

kishilar guruhi.

Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening deb ataluvchi

o‘yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg‘ulotlar yordam beradi.Yuqoridagi guruhlar o‘zi istab,

o‘z xohishi bilan treningga keladi va trenerning ko‘rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar

bo‘ladiki, bu guruh a’zolari treningga istamasdan, xohlamasdan keladi: jinoyatchilar, bezorilar,

o‘g‘rilar, narkotik bilan shug‘ullanuvchilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar

treningning vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi.

Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi.

1. Guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi.

2. Boshlang‘ich bosqich.

3. Ishni olib borish bosqichi.

4. Yakunlash bosqichi.

Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo‘lib, bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish

kerak:-Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o‘tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga

olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo‘lgan va psixik holatida buzilishlar bo‘lgan kishilar

ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega

bo‘lganlarda aks ta’sir bo‘lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli

bo‘lsa kerak.

Guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo‘lgani

ma’qul.-ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo‘lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-

5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun

trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo‘lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi

ham mumkin).-ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo‘lishi

kerak.Bundan tashqari yana quyidagilarga xam e’tibor berish lozim bo‘ladi: Treningda muammosi

bir xil bo‘lgan odamlarni to‘plash kerak. Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish

bo‘lishlari lozim. Trening o‘tkaziladigan xona albatta izolyasiyalangan bo‘lishi shart, ya’ni hech

kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi

kerak.Rasmiylashgan guruh bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Trenerdan auditoriya erkin

bo‘lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.


background image


408

REFERENCES

1.

Gorbushina O.P. Psixologicheskiytrening. Sekretы provedeniya. SPb.: Piter, 2007. -176 s:

il. -(Seriya«Prakticheskayapsixologiya»).

2.

Zaxarov V.P., Xryaщeva N.YU. Sotsialno-psixologicheskiy trening. L., 1990.

3.

Praktikum po sotsialno-psixologicheskomu treningu. Pod.red. B.D.Parыgina. Sankt-

Peterburg, 1994.

4.

Emilyanov YU.N. Aktivnoe sotsialno-psixologicheskoe obuchenie. L.; LGU. 1985.

Bibliografik manbalar

Gorbushina O.P. Psixologicheskiytrening. Sekretы provedeniya. SPb.: Piter, 2007. -176 s: il. -(Seriya«Prakticheskayapsixologiya»).

Zaxarov V.P., Xryaщeva N.YU. Sotsialno-psixologicheskiy trening. L., 1990.

Praktikum po sotsialno-psixologicheskomu treningu. Pod.red. B.D.Parыgina. Sankt-Peterburg, 1994.

Emilyanov YU.N. Aktivnoe sotsialno-psixologicheskoe obuchenie. L.; LGU. 1985.