372
O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA TINCHLIKSEVARLIK VA YAXSHI
QO‘SHNICHILIK JIHATLARINING USTVORLIGI
Sherqo‘ziyev Nasimbek Nodirbek o‘g‘li
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi
2-bosqich 24-22-guruh o‘quvchisi
Telefon: +998903082938
nasimxonsherqoziyev4@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10408824
Annotatsiya. Ushbu maqolada davlatimizning xalqaro maydonda o‘z milliy
manfaatlaridan kelib chiqqan holda ochiq va pragmatik, konstruktiv muloqotga qodir,
tinchliksevar davlat va yaxshi qo‘shnichilik anʼanalariga sodiq ishonchli hamkor davlatga aylanib
borayotganligi borasida
so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston strategiyasi, tashqi siyosat, strategik sheriklik, suveren
tenglik, kuch ishlatmaslik, kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, hududiy
yaxlitlik, tinch yo‘l bilan hal etish, ichki ishlariga aralashmaslik.
THE PRIORITY OF PEACE-LOVING AND GOOD-NEIGHBORLY ASPECTS
IN UZBEKISTAN'S FOREIGN POLICY
Abstract. This article talks about the fact that our state is becoming an open and pragmatic,
constructive dialogue, peaceful state and a reliable partner state loyal to the traditions of good
neighborliness, based on its national interests in the international arena.
Key concepts: New Uzbekistan strategy, foreign policy, strategic partnership, sovereign
equality, non-use of force, non-threat of force, inviolability of borders, territorial integrity,
peaceful resolution, non-interference in its internal affairs.
ПРИОРИТЕТ МИРОЛЮБИВЫХ И ДОБРОСОСЕДСКИХ АСПЕКТОВ ВО
ВНЕШНЕЙ ПОЛИТИКЕ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация. В данной статье речь пойдет о том, что наше государство, исходя из
своих национальных интересов на международной арене, становится открытым и
прагматичным, способным к конструктивному диалогу, миролюбивым государством и
надежным партнером, верным традициям добрососедства.
Ключевые понятия: Стратегия нового Узбекистана, внешняя политика,
стратегическое партнерство, суверенное равенство, неприменение силы, угроза силой,
неприкосновенность границ, территориальная целостность, мирное урегулирование,
невмешательство во внутренние дела.
373
Kuzatib borayotganimizdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizning xalqaro maydonda nufuzi
keskin ortib, sifat o‘zgarishlariga erishdi, o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ochiq va
konstruktiv muloqotga qodir, masʼuliyatli va oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan obro‘li
sherik bo‘lishga intilmoqda.
Muhtaram
Prezidentimizning
“Yangi
O‘zbekiston
strategiyasi”
asarida
“Mamlakatimizning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yo‘nalishi dunyoning yetakchi
davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik sheriklik hamda hamkorlikning muvozanatlangan
tizimini shakllantirishdan iborat” ekanligi taʼkidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining muqaddima qismida
“O‘zbekistonning jahon hamjamiyati va eng avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro bir-birini
qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik va hurmat qilish, tinchlik va totuvlik asosidagi uyg‘un, do‘stona
munosabatlarini mustahkamlashga hamda rivojlantirishga intilib” degan mazmundagi band
kiritilganligi ham alohida eʼtiborga molik. Mazkur norma yangi O‘zbekistonning jahon
hamjamiyati va eng avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlash,
hamkorlik va hurmat qilish, tinchlik va totuvlik asosidagi uyg‘un, do‘stona munosabatlarini
mustahkamlashga hamda rivojlantirishga intilishi mazmunan mafkuraviy, g‘oyaviy va siyosiy
jihatdan yo‘naltirilganligidan dalolatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
tashqi siyosatning mazmun-mohiyatini belgilab
beruvchi bobining 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la
huquqli subyekti ekanligi, O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy
yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsip va normalariga
asoslanishi, 18-moddasida esa, O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan
ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar
tashqi siyosatni amalga oshirishi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy
manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi,
hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkinligi
haqidagi konstitutsion qoidalar o‘z ifodasini topgan.
1
https://yuz.uz/news/ozbekiston--tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat?viewmsk-yigilishida-
referendumga-tayyorgarlik-masalasi-muhokama-etildi.
2
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
374
Bosh Qomusimizda davlat tashqi siyosatida tamoyillar sifatida inson huquq va
erkinliklarini hurmat qilish tamoyili, tashqi chegaralarning buzilmasligi (yaxlitligi) tamoyili,
davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish tamoyili kabi
tamoyillarga og‘ishmay amal qilishi belgilab qo‘yilgan.
Yangi O‘zbekistonning har bir davlat bilan tashqi siyosat olib borishdagi do‘stona
munosabati, tashqi siyosiy faoliyatning eng muhim vazifalari sifatida O‘zbekistonning xalqaro
maydondagi nufuzi, o‘rni va obro‘sini mustahkamlashga qaratilgan barcha davlatlar va nufuzli
xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik va do‘stlik munosabatlarining barqaror tizimini
barpo etish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli munosabatlarni va o‘zaro manfaatli
hamkorlikni muttasil va izchil rivojlantirishga qaratiladi.
Yangi O‘zbekistoning tashqi siyosatida tinchliksevar davlat sifatida jahonga yuz tutishi
mamlakatimizning tashqi siyosatda tinchlikparvarlikka asoslangan, yuzaga keladigan ziddiyat va
qarama-qarshiliklarni faqat tinch, diplomatik va siyosiy vositalar bilan hal etishga qaratilgan
yo‘ldan borishni afzal ko‘rishi o‘zgacha joziba baxsh etadi.
Maʼlumki keyingi yillarda O‘zbekiston nafaqat qo‘shni davlatlar bilan, balki uzoq xorij
davlatlari bilan ham turli sohalarda, jumladan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, tibbiyot, fan-
taʼlim va boshqa barcha sohalarda keng qamrovli munosabatlarni o‘rnatib kelayotganligini guvohi
bo‘lib turibmiz.
Bugungi kunda, ochiq aytish mumkin, aynan O‘zbekiston Respublikasi (Davlat
rahbari)ning sayʼ-harakatlari jahon mamlakatlarning nafaqat O‘zbekistonga, balki butun boshli
Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarga eʼtibori o‘zgarib bormoqda. “Markaziy Osiyo –
AQSH”, “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi”, “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi”,
“Markaziy Osiyo – Yaponiya” kabi muloqot formatlari qatoriga oxirgi yillarda “Markaziy Osiyo
– Hindiston”, “Markaziy Osiyo – Xitoy” va “Markaziy Osiyo – Rossiya Federatsiyasi” singari
yangi formatlar qo‘shildi. Mazkur holat, birinchidan, mintaqadagi ijobiy o‘zgarishlar natijasida
yuzaga kelgan mutlaqo yangi muhit dunyoning yetakchi davlatlari tomonidan Markaziy Osiyoga
nisbatan eʼtiborning oshganini ko‘rsatsa, ikkinchidan, chet el davlatlari mintaqa mamlakatlari
bilan nafaqat ikki tomonlama hamkorlik doirasida, balki yagona mintaqaviy ko‘p tomonlama
munosabatlarni rivojlantirishga ahamiyat qaratayotganidan dalolatdir.
Qolaversa, mintaqa hamda boshqa davlat va xalqaro institutlar o‘rtasida yangi
formatlarning tuzilishi bu, Markaziy Osiyoning geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyati oshib borishiga,
3
E.Tulyakov,F.Xakimov. https://strategy.uz/index.php?news=1278.
375
shuningdek, mintaqaga xalqaro munosabatlardagi yaxlit siyosiy-diplomatik subyekt sifatida
qaralishiga olib kelmoqda.
Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-
irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha
imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab
chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun
ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash maqsadidaO‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida 2023 yil 11 sentyabr PF-158-son
Farmoni
qabul qilindi. Ushbu Farmonda O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan
taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingan bo‘lib, unga ko‘ra “Xavfsiz va
tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish barobarida kelgusida
quyidagi islohotlar amalga oshirilishi hamda ulardan kelib chiqib quyidagi vazifalar bajarilishi
lozim, jumladan, Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib
chiqqan holda izchil amalga oshirish:
- dunyodagi mavjud murakkab vaziyatda ochiq, pragmatik, faol va yaxshi qo‘shnichilik
tashqi siyosati olib borilishini izchil davom ettirish;
- hamkor mamlakatlar bilan va nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global
masalalar bo‘yicha muvozanatli va doimiy muloqotlar o‘rnatish;
- barcha qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini
jadal rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo‘nalishlardagi ikki va ko‘p
tomonlama muzokaralarni muntazam va samarali olib borish.
Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib
chiqish, bunda yaʼni,
- mintaqada turli ustuvor yo‘nalishlar, ayniqsa, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, suv
resurslaridan oqilona foydalanish, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini yana-da
rivojlantirish borasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish;
- Markaziy Osiyoda xalqaro huquq va mintaqadagi barcha davlatlar milliy manfaatlarini
inobatga olgan holda keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini
chuqurlashtirish;
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston —
2030” strategiyasi to‘g‘risida 2023 yil 11 sentyabr PF
-
158-son Farmoni.
376
- Markaziy Osiyo davlatlari hududida fuqarolar erkin harakati, shuningdek, tovarlar,
xizmatlar va kapitalning sunʼiy cheklovlarsiz aylanishiga bosqichma-bosqich erishish,
shuningdek, umumiy sayyohlik makonini shakllantirish ishlarini davom ettirish;
- Afg‘oniston bilan ko‘p qirrali va o‘zaro foydali munosabatlarni rivojlantirish, uning
iqtisodiy tiklanishiga yaqindan ko‘maklashish, transport-tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishga
hissa qo‘shish.
Anʼanaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik
geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish, yaʼni
bu borada:
- Milliy manfaatlarni ilgari surish va himoya qilishda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini
oshirish va uni faollashtirish;
- Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik
hamkorlikni rivojlantirish, keng ko‘lamli sheriklik va amaliy hamkorlikning huquqiy asoslarini
yana-da mustahkamlash;
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mintaqa
bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini ko‘paytirish hamda mamlakatimizga investitsiyalar
oqimini oshirish;
- Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan mavjud
aloqalarni yana-da kengaytirish, yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, keng mintaqalarni bog‘lovchi va O‘zbekistonni jahon bozoriga chiqishiga imkon
yaratuvchi transport-logistika yo‘laklarini shakllantirish;
- Amerika mamlakatlari, xususan, AQSH bilan yangi davrda strategik sheriklik va har
tomonlama hamkorlik aloqalarini tobora kengaytirish, investitsiya, eksport va ilg‘or
texnologiyalar sohalaridagi aloqalarni kuchaytirish.
Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli aʼzo bo‘lish: Milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash
amaliyotini Jahon savdo tashkilotining qoida, meʼyor va bitimlariga moslashtirish.
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlar bilan bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni
tizimli olib borish va aʼzo bo‘lish jarayonini samarali yakuniga yetkazish.
So‘zimiz yakunida, yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatda do‘stona va tinchliksevar
davlat sifatida konstitutsiyaviy eʼtirof etilishi uning diplomatik nufuziini yana-da oshirishda
muhim o‘rin tutadi deb aytish mumkin.
377
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida
2023 yil 11 sentyabr PF-158-son Farmoni.
3.
E.Tulyakov,F.Xakimov. https://strategy.uz/index.php?news=1278.
4.
4.https://yuz.uz/news/ozbekiston-tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-
davlat?viewmsk-yigilishida-referendumga-tayyorgarlik-masalasi-muhokama-etildi.
5.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston
xalqiga Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr.
https://review.uz/oz/post/ozbekiston-
respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi
