ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
886
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI
Sayfilloyeva Sabina Murod qizi
Buxoro innovatsiyalar universiteti
1-1DEF-23 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10407133
Annotatsiya
. Ushbu maqolada ichki sekretsiya bezi organizmdagi har xil a’zo va
to’qimalarning qonga yoki to’qima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi tahlil qilinadi.
Ichki sekretsiya beziga yana qanday bezlar kiradi va ularning bajaradigan funksional vazifalari
bayon etilgan.
Kalit so’z:
Epifiz, gipofiz, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, endokrin bezlar, bazedov,
miksedema, gormon.
AGE-SPECIFIC CHARACTERISTICS OF ENDOCRINE GLANDS
Abstract
. This article analyzes how the endocrine gland secretes special substances into
the blood or tissue fluid of various organs and tissues in the div. What other glands are
included in the endocrine gland and their functional tasks are described.
Key words
: Pineak gland, pituitary gland, thyroid gland, renal gland, endocrine glands,
bazedov, myxedema, hormone.
ВОЗРАСТНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЖЕЛЕЗ ВНУТРЕННЕЙ СЕКРЕЦИИ
Аннотация
. В данной анализируется, как железа внутренней секреции выделяет
специальные вещества в кровь или тканевую жидкость различных органов и тканей
организма. Какие еще железы входят в состав эндокринной железы и описаны их
функциональные задачи.
Ключевые слова.
Шишковидная железа, гипофиз, щитовидная железа, почка,
железы внутренней секреции, базадов, микседема, гормон.
K
i
r
i
s
h
E
v
o
l
u
t
s
i
y
a
j
a
r
a
y
o
n
i
d
a
s
h
Klod Bernar1855-yilda maxsus tekshiruv o’tkazib, jigarning ovqat hazm qilish organlariga
o’t suyuqligi va qonga gilikologen chiqarishini aniqlagan. Shunday qilib, organizmda tashqi
sekretsiyadan boshqa sekretsiya jarayonlari ham borligini isbot etgan va o’z sekretsiyalarini
organizm ichiga chiqarib beradigan bezlarni ichki sekretsiya bezlari deb atagan. Ichki sekretsiya
bezlariga qalqonsimon bez atrofidagi bezchalar ayrisimon bez buyrak usti bezlari, gipofiz va epifiz
bezlari kiradi. Bu bezlar moddalar almashinuviga organizmning o’sishi va rivojlanishiga hamda
jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanish, balog’atga yetish va barcha organlarning faoliyatlariga
ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilisha, ayirishga,
ko’payish organlari funksiyasiga ta’sir ko’rsatadi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
887
Epifiz bezi
. Epifiz bezi-og’irligi 0.2-03 gr bo’lib garmon melatanin, 6-7 yoshga borganda
atrofiyaga uchraydi, agarda bolalarda kasallik tufayli yoki boshqa sababga ko’ra faolyat
buzilsa ularda muddatdan oldin jinsiy yetilish boshlanadi.
Gipofiz
- No’xat shaklida bosh miya osti yuzasida joylashgan. Og’irligi katta yoshli
odamlarda 0.5-0.6 gr bo’ladi. Bu bez qontomirlari orqali bosh miya gipotalamus bilan bog’langan.
Gipofiz garmonlari ko’pchilik endokrin bezlariga ta’sir ko’rsatadi. Bezning somatotrop
garmoni bo’y o’sishiga ta’sir qiladi. Yosh bolalarda bu garmon ko’p ishlab chiqarila boshlansa
bo’y o’sib, gigantism, kamroq ishlab chiqarilsa nanizm kelib chiqadi. Gigantizm nisbatan kam
uchraydi. O’rta hisobda har 100 kishiga 2-3 ta odam to’g’ri keladi. Hatto bo’yi 260-270 sm dan
baland borligi haqida yozilgan.
Qalqonsimon bez
ichki sekretsiya bezlari ichida eng yirik bezdir.Massasi 5-10 yoshli
bolalarda 10gr, katta yoshdagi odamlarda 25-30 gr keladi. Qalqonsimon bezning organizmdagi
ahamiyati juda katta. Uning asosiy funksiyasi qon plazmasidan yodni qon sentrlashi, tiroksin
garmoni hosil qilish va uning qonga tushushini ta’minlashdan iborat. Qalqonsimon bez garmoni-
tiroksin tarkibida 65.3% gacha yod bo’ladi. Katta odam organizmda 25mg yod bo’ladi, shundan
15mg qalqonsimon bezda saqlanadi. Tiroksin moddalar almashinuvining kuchli stimulyatori
hisoblanadi, u biokimyoviy nerv sistemasiga va barcha organlarga ta’sir ko’rsatadi.
Ayrisimon bez
- bu bez to’sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi
chaqaloqlarda 12 gr bo’lib, to balog’atga yetushguncha 14- 15 yoshgacha kattalashib, 30-40
gr ga yetadi. Ayrisimon bezda timozin garmoni ishlab chiqariladi. U bolalarning o’sishiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi. Jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib bolada balog’atga yetishini susaytiradi.
Bundan tashqari timozin limfotsitlar hosil bo’lishini kuchaytirib organizmning immunitet
xususiyatini oshiradi.
Buyrak usti bezlari-
bir juft bo’lib, buyraklarning ustki qismida joylashgan, vazni 10-
14 gr. Bu bez ikki qavatdan po’stloq va mag’z qavatlaridan tuzilgan bo’lib, po’stloq qavati
mezodermadan, mag’iz qavati ektodermadan hosil bo’lgan. Yangi tug’ilgan bolalarda bezning
vazni 6-8 g, 1-5 yoshda 5-6gr, 10 yoshda 6-5 gr, 11-15 yoshda 8.5gr, 16-20 yoshda 13.2gr
bo’ladi.Yangi tug’ilgan bolada po’stloq qavati mag’iz qavatiga nisbatan yaxshi rivojlangan
bo’ladi. Buyrak usti bezining po’stloq qismidan 3 ta asosiy garmon: moddalar almashinuviga
ta’sir etuvchi glyukokortikoid garmonlar, mineral tuzlar almashinuvini boshqarish
mineralokortikoidlar, erkak va ayol jinsiy garmonlarining bir tur androgenlar va estrogenlar
ishlab chiqariladi
Xulosa
Xulosa
qilib aytilganda ichki sekretsiya bezlari odam organizmning o’sish, rivojlanish,
balog’at yoshida o’ziga xos o’zgarishlarni hamda turli xil kasalliklarga qarshi kurashishni
ta’minlab beradi.
REFERENCES
1.
Azkurs.org//7-mavzu-ichki-sekretsiya-bezlarining-yosh-xususiyatlari.
2.
K.T.Almatov, I.S. Kmmeshara, A.T.Matchonov, SH.I.Allamuratov- Ulg’ayish
fiziologiyasi- M. Ulug’bek nomidagi UZMU 2004.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
888
3.
Q.Sodiqov Kichik maktab yoshidagi bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi-
T.Bilim 2004 y.
4.
Solixo’jayev S.S, Iskandarova. SH.T, Do’stjanov B.D, Umumiy gigiyena-T 2003 y.
5.
Tuxtaev F, Jabborov R, Dehqonov SH, O’smirlar fiziologiyasi(uslubiy qo’llanma)-
Samarqand 2007y.
