ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
589
FAVQULODDA HOLAT TURLARI VA TARMOQLARI
Mahmudov Muhiddin Ashurboboyevich
Surxondsryo viloyati Sariosiyo
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10375988
Annotatsiya.
Ushbu maqolada favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish, xavfli
omillar taʼsiri, zilzila va bir qancha vaziyatlar haqida gap boriladi.
Kalit soʻzlar.
Favqulodda vaziyatlar, tarmoqlari, zilzila, avtamobil, tibbiy yordam, aholi,
insonparvarlik, oshkoralik.
EMERGENCY TYPES AND NETWORKS
Abstract.
This article discusses emergency medical care, exposure to hazardous factors,
earthquakes, and other situations.
Key words:
Emergency situations, networks, earthquake, car, medical aid, population,
humanitarianism, transparency.
ВИДЫ АВАРИЙНЫХ СИТУАЦИЙ И СЕТИ
Аннотация.
В данной статье рассматривается неотложная медицинская помощь,
воздействие опасных факторов, землетрясения и другие ситуации.
Ключевые слова:
Чрезвычайные ситуации, сети, землетрясение, автомобиль,
медицинская помощь, население, гуманизм, прозрачность.
KIRISH
.
Favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarga tez tibbiy yordam koʼrsatish tarmoqlari va
ularning vazifalari. Bizning davlatimizda birinchi tibbiy yordam koʼrsatish uchun tibbiyot
muassasalari, tez yordam stansiyalari va kechiktirib boʼlmaydigan yordam punktlari
(travmatologik, stomatologik punktlar) tashkil qilingan. Òz yordam qarorgohining ishi koʼp qirrali.
Unga shikastlanganlar va togʻsatdan roʼy bergan kasalliklarda birinchi tibbiy yordam koʼrsatish,
shoshilinch xirurgik va terapevtik yordamga muhtoj bemorlarni kasalxonaga, homilador ayollarni
tugʼuruqxonaga yetkazish vazifasi yuklangan. Òz yordam mashinalari har qanday chaqiriq
boʼyicha soʼzsiz yetib borishlari shart. Hodisa yuz bergan joyga yetib kelgan tez yordam shifokori
yoki feldsher birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatadi va shikastlangan yoki kasal kishini malakali
transportirovka qilishni taʼminlaydi.
Birinchi tibbiy yordam koʼrsatishning asosiy tamoyillari.
Har bir kishi birinchi yordam koʼrsatishni, tibbiyot xodimi esa, malakali tibbiy yordam
koʼrsatishni bilishi zarur. Birinchi tibbiy yordam koʼrsatishda yordam berayotgan kishining barcha
xatti-harakatlari maqsadga muvofiq puxta oʼylangan, qatʼiy, tez va vazmin boʼlishi kerak hamda
quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:
1. Avvalo, shikastlanib qolgan kishi tushgan sharoitga baho berish va shikastlantiruvchi
omillar taʼsirini toʼxtatish choralarini koʼrish (suvdan, yonib turgan xonadan olib chiqish, yonib
turgan kiyim-boshni oʼchirish, elektrdan shikastlanishda elektr toki tarmogʼidan ajratish) kerak.
2. Shikastlangan kishi ahvoliga tez va toʼgʼri baho berish zarur.
Shikastlanganni koʼzdan kechirishda uning tirik yoki oʼlikligi aniqlanadi, shikastning turi
va ogʼir-yengilligiga, qon oqayotganligi yoki oqmayotganligiga eʼtibor beriladi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
590
3. Shikastlangan kishini koʼzdan kechirish davomida birinchi tibbiy yordamning hajmi va
uni nimadan boshlash kerakligi aniqlanadi.
4. Aniq sharoitlar, mavjud holatlar va imkoniyatlarga asoslangan holda birinchi tez tibbiy
yordam koʼrsatish uchun qanday vositalar zarurligi aniqlanadi va ular bilan taʼminlanadi.
5. Birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatiladi va shikastlangan kishini transportirovkaga
tayyorlanadi.
6. Shikastlangan kishini davolash muassasasiga transportirovka qilish chorasi koʼriladi.
7. Shikastlangan kishini davolash muassasasiga yuborishga qadar bir oʼzini qarovsiz
qoldirish mumkin emas.
8. Zaruriyat tugʼilganda birinchi tez tibbiy yordamni hodisa roʼy bergan joydagina emas,
balki davolash muassasasiga olib borilayotganda yoʼlda ham koʼrsatish kerak.
Ommaviy shikastlanish roʼy berganda transportirovka bosqichlarini tashkillashtirish
tamoyillari.
Zilzila vaqtida, avtomobil, temiryoʼl halokatida, yongʼinlarda, portlash sodir boʼlganda
ommaviy shikastlanish hodisalari yuz beradi. Bunday hollarda birinchi yordamni muvaffaqiyatli
koʼrsatish uyushqoqlik va tartib-intizomga bogʼliq.
Shikastlangan kishilarni zararlanishning ogʼir-yengilligiga koʼra, guruhlarga boʼlib, ketma-
ket transportirovka qilinadi.
Tabiiy va ekologik tusdagi FV yerning jala, doʼl, suv bosishi oqibatida zararlanishi, tuproq
va yer osti suvining neft mahsulotlari, ogʼir metallar, pestitsidlar va boshqa zararli ximikatlar bilan
ifloslanishi, atmosferaning chegaraviy konsentratsiyasidan ortiq zararli ingrediyentlar bilan
ekstrimal ifloslanishi va boshqalar.
Epizootiya hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud boʼlishi.
Epifitotiya oʼsimliklarning ommaviy nobud boʼlishi.
Ekologik FV quruqlik (tuproq, yer osti) holatining oʼzgarishi bilan bogʼliq vaziyatlar,
halokatli koʼchkilar, yer yuzasining oʼpirilishi, siljishi, qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishida
odamlarning sogʼligʼi uchun xavfli konsentratsiyalarda qoʼllanadigan pestitsidlar va boshqa
zaharli ximikatlar borligi. Epidemiologik vaziyatlar oʼlat, vabo, toshmali tif, kuydirgi, quturish,
OIÒS. Epidemiya alohida xavfli infeksiyalarga tegishli boʼlmagan, yuqish manbayi bitta yoki
yuqish omili bir xil boʼlgan odamlarning guruh boʼlib kasallanishi.
Aholini va hududlarni FVdan muhofaza qilish, FVning oldini olish va ularni bartaraf etish
choralari, usullari, vositalari tizimi deganda, saʼy-harakatlar natijasida FVning oldini olish
tadbirlari oldindan oʼtkazilib, FV ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday
vaziyatlar roʼy bergan taqdirda odamlar sogʼligʼini saqlash, atrof-muhitga yetkaziladigan zarar va
moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmuyi tushuniladi.
FVni bartaraf etish deganda, FV roʼy berganda odamlar hayoti va sogʼligʼini saqlash, atrof-
muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirish, shuningdek, FV roʼy
bergan joylarni halqaga olib, xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan avariya qutqaruv ishlari
va kechiktirib boʼlmaydigan boshqa ishlar majmuyi tushuniladi.
Aholini va hududlarni FVdan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan
iborat:
1. Insonparvarlik inson hayoti va sogʻligʼining ustuvorligi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
591
2. Oshkoralik.
3. Axborotning oʼz vaqtida berilishi va ishonchli boʼlishi.
4. FVdan muhofaza qilish choralarining oldindan koʼrilishi.
Qonunga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
• FVni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar, davlat rezervlarini yaratishni
taʼminlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
• FVning oldini olish va bartaraf etishga oid kuchlar va ularni maxsus texnika hamda
boshqa texnik vositalar bilan jihozlashni amalga oshiradi.
• FV tasnifini tasdiqlaydi va ularni bartaraf etishda ijro hokimiyati organlari ishtiroki
darajasini belgilaydi.
• Vazirliklar, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarning aholini va hududlarni FVdan
muhofaza qilish sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
FVdan muhofaza qilish boʼyicha maxsus vakolatli boshqaruv organi Favqulodda vaziyatlar
vazirligidir. Bu vazirlik Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi PF 1378-
sonli Farmoni asosida tashkil etilgan va quyidagi faoliyat turlariga ega:
1. FVning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholining hayoti va sogʼligʼini, moddiy va
madaniy boyliklarini muhofaza qilish, shuningdek, FV oqibatlarini bartaraf etish va zararni
kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
2. Aholini va hududlarni FVdan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqish
va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirishni tashkil etadi.
3. Oʼz vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor
shaxslar va fuqarolar bajarishi majburiy boʼlgan qarorlar qabul qiladi.
4. Boshqaruv organlari, aholi va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarini FV
sharoitida harakat qilishga tayyor boʼlishini taʼminlaydi.
5. FVni bartaraf etish kuchlari va vositalarining boshqaruvini amalga oshiradi, Boshqaruv
punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi.
XULOSA
.
Favqulodda holat – davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, korxonalarning,
muassasalarning va tashkilotlarning aloxida ish rejimi. Bunda fuqarolarning huquq va erkinliklari
hamda yuridik shaxslarning huquklariga maxsus qonun bilan belgilangan cheklashlarga yoʻl
qoʻyiladi, shuningdek, ularga qoʻshimcha majburiyatlar yuklanishi mumkin. Favqulodda holat,
odatda vaqtinchalik tadbir boʻlib, real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, ichki qurolli mojarolar,
yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini
taʼminlashni koʻzlab joriy etiladi.
REFERENCES
1.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Favqulodda_holat
2.
Allayorov Y., Tojiboyev Y.
3.
Favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari.
4.
Tibbiyot kollejlari uchun darslik/ Toʼldirilgan va qayta ishlangan 3-nashri. Ò.:
5.
«ILM ZIYO», 2007. 200 b. I. Hammuallif. BBK 51.1(5U
