НАПРАВЛЕНИЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ РИСК-МЕНЕДЖМЕНТА СТРАХОВЫХ КОМПАНИЙ

Аннотация

Обеспечение устойчивого экономического роста в Узбекистане путем диверсификации структуры экономики и повышения ее конкурентоспособности, последовательного внедрения рыночных механизмов во все отрасли экономики, сокращения бедности и повышения благосостояния населения,ускоренного развития цифровой экономики, трансформации государственных компаний, снижения участия государства в экономике составляют приоритетные направления проводимых в настоящее время экономических реформ

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Маликов U. (2023). НАПРАВЛЕНИЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ РИСК-МЕНЕДЖМЕНТА СТРАХОВЫХ КОМПАНИЙ. Современная наука и исследования, 2(10), 399–410. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24375
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Обеспечение устойчивого экономического роста в Узбекистане путем диверсификации структуры экономики и повышения ее конкурентоспособности, последовательного внедрения рыночных механизмов во все отрасли экономики, сокращения бедности и повышения благосостояния населения,ускоренного развития цифровой экономики, трансформации государственных компаний, снижения участия государства в экономике составляют приоритетные направления проводимых в настоящее время экономических реформ


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

399

SUG‘URTA KOMPANIYALARINING RISKLARNI BOSHQARISH FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI

Malikov Umid

Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8433484

Annotatsiya.

O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning

raqobatbardoshligini oshirish, iktisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini
izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish,raqamli
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya kilish, davlatning
iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hozirgi kunda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tashkil etadi.

Kalit so‘zlar:

sug‘urta; sug‘urta badali; sug‘urta mukofoti; sug‘urta summasi;sug‘urta

tavakkalchiligi;sug‘urta tarifi;sug‘urta tovoni (sug‘urta to’lovi);sug‘urta turi; sug‘urta faoliyati;
sug‘urta qiymati; franshiza; qayta sug‘urta; qayta sug‘urtalovchi; qayta sug‘urta shartnomasi.

DIRECTIONS FOR IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF RISK

MANAGEMENT OF INSURANCE COMPANIES

Abstract.

Diversification of the structure of the economy in Uzbekistan and its

competitiveness, consistent introduction of market mechanisms to all sectors of the economy,
reduction of poverty and increase the well-being of the population,rapid development of the digital
economy, transformation of state companies, ensuring sustainable economic growth by reducing
the participation of the state in the economy constitute the priorities of economic reforms currently
being carried out.

Keywords:

insurance;

insurance

contribution;

insurance

premium;insurance

sum;insurance risk;insurance tariff;insurance compensation (insurance payment); type of
insurance; insurance activity; insurance value; franchise; reinsurance; reinsurer; reinsurance
contract.

НАПРАВЛЕНИЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ РИСК-

МЕНЕДЖМЕНТА СТРАХОВЫХ КОМПАНИЙ

Аннотация.

Обеспечение устойчивого экономического роста в Узбекистане путем

диверсификации структуры экономики и повышения ее конкурентоспособности,
последовательного внедрения рыночных механизмов во все отрасли экономики, сокращения
бедности и повышения благосостояния населения,ускоренного развития цифровой
экономики, трансформации государственных компаний, снижения участия государства в
экономике составляют приоритетные направления проводимых в настоящее время
экономических реформ

Ключевые слова:

страхование; страховой взнос; страховая премия;страховая

сумма;страховой риск;страховой тариф;страховая компенсация (страховая выплата);
вид страхования; страховая деятельность; страховая стоимость; франшиза;
перестрахование; перестраховщик; договор перестрахования.

Kirish.

Jahonda global iqlimning o‘zgarishi, pandemiya, texnologik innovatsiyalarning

rivojlanishi hamda kiber xavf-xatarlarning tobora avj olishi jahon sug‘urta hamjamiyati va ilmiy,
ekspert doiralari oldiga hal etilishi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni qo‘ymoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

400

Sug‘urta nazorati xalqaro assotsiatsiyasi (International Assosiation Insurance Supervaysers) 2020-
2024 yillarga muljallangan Strategik rejasida aynan, ushbu vazifalarning uz aksini topishi halqaro
miqyosda sug‘urta faoliyatini zamonaviy standartlar va talablarga muvofiq takomillashtirish
zaruratini keltirib chiqaradi [1]. Shuningdek, “2020 yilda tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar ro‘y
berishi oqibatida jahon iqtisodiyotiga 187 mlrd.AQSH dollari miqdorida zarar yetkazilgan bulib,
uning 83 mlrd.AQSH dollari yoki 44,4 foizi sug‘urtalovchilar tomonidan qoplangan” [2]. Ushbu
holat sug‘urta faoliyatining jahon ikgisodiyotining barqaror rivojlanishidagi o‘rni yuqori
ekanligidan dalolat beradi.

Dunyoda sug‘urta faoliyatini transformatsiya qilish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng

ko‘lamda joriy etish, kiber xavf-xatarlarni sug‘urtalash, sug‘urta kompaniyalarining to‘lov
qobiliyatini mustahkamlash orqali sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining manfaatlarini himoya
qilish, inklyuziv va mikrosug‘urtani rivojlantirish xalqaro darajada amalga oshirilayotgan tadqiqot
ishlarining asosiy yo‘nalishlarini tashkil etmoqda.

Adabiyotlar tahlili.

Moliya tizimida sug‘urta kompaniyalari moliyaviy vositachilar

sifatida ham faoliyat yuritishi mumkin. Shu sababli, sug‘urta kompaniyalari moliya bozorida
moliyaviy resurslar akkumulyatori va mos ravishda yirik investitsiyalar manbai – investor sifatida
ham namoyon bo‘lib, tijorat banklari va investitsiya fondlari kabi institutsional investor bo‘lib ham
moliya bozorida samarali faoliyat yuritish uchun keng imkoniyatlarga ega hisoblanadi.

G.P.Tursunov o‘z ilmiy maqolasida bozor munosabatlariga bosqichma- bosqich o‘tish

jarayonida iqtisodiyotni rivojlantirishning kuchli moliyaviy vositalaridan biri sifatida davlat
qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiyalash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali
investorlarning sug‘urta bozorida faol faoliyat olib borishlari uchun shart-sharoitlar yaratib
kelmoqda deydi. Shu bilan bir qatorda sug‘urta bozorining rivojlanishi mamlakat sug‘urta
tizimining rivojlanishining muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi [3].

Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda O‘zbekistonda ham sug‘urta

faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar sug‘urta bozorini
jadal rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. Mamlakatimizda sug‘urta kompaniyalar
faoliyatini xalqaro talablarga javob bera oladigan va raqobatbardosh sohaga aylanishini
ta’minlashda davlat bosh islohotchi vazifasini amalga oshirib kelmoqda. Sug‘urta faoliyatiga oid
qator me’yoriy-hujjatlarining qabul qilinishi mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish
va aholi o‘rtasida sug‘urta xizmatlariga nisbatan ishonchning oshishiga xizmat qilmoqda.

G.Xodjayeva ilmiy maqolasida sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy xizmatlar

sohasidagi roli haqida qo‘ydagilarni ta’kidlaydi, sug‘urta kompaniyalari moliyaviy xizmatlar
sohasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, bundan tashqari sug‘urta bozorida majburiy va
ixtiyoriy sug‘urta hamjlari ham barqaror ravishda ko‘payib bormoqda. O‘sib borayotgan sug‘urta
bozori sug‘urta kompaniyalarining samaradorligini oshirishda, yangi sug‘urta mexanizmlarini
joriy qilish uchun qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilishni talab qilib qo‘ymoqda [4].

Sug‘urta sohasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun juda muhimdir, sababi

sug‘urta kompaniyalari fond bozorlarida institutsional investor bo‘lib xizmat qiladi, undan tashqari
yirik moliyaviy resurslarni to‘playdi va qo‘shimcha faoliyatidan daromad olish samaradorligini
ta’minlaydi.

Shu munosabat bilan aktsiyadorlik jamiyatlari shaklidagi sug‘urta kompaniyalari faoliyati

uchun shart-sharoitlar yaratish, kompaniyalarning aktsiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

401

sotilishini ta’minlash sug‘urtani rivojlanishiga va fond bozorini faollashtirishga qo‘shimcha turtki
bo‘ladi.

Investorlar sifatida faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalari aholi va yuridik

shaxslarning mablag‘larini fond bozoriga jalb qiluvchi vositachisi bo‘lib ularning va o‘zining
daromadlarini oshirishda barqaror manbalardan biri bo‘lib qolmoqda.

A.M.Godin ilmiy tadqiqot ishida sug‘urta bozorining moliya tizimidagi o‘rni biqiyosdir,

sababi turli xil moliya institutlariga sug‘urta himoyasini taqdim etish bilan bir qatorda o‘zining
investitsion faoliyati va salohiyati orqali moliya bozorining asosiy o‘yinchilariga aylanib boradi
degan fikrlarni ilgari suradi [5].

A.A.Romanova ilmiy maqolasida sug‘urta bozoriga qo‘yidagicha ta’rif beradi, ya’ni

sug‘urta bozori – bu mamlakat moliya bozorining ajralmas qismi hisoblanadi va bir uyg‘unlikda
rivojlanib boradi. Sug‘urta bozorining rivojlanishi ishlab chiqarish jarayonining jadal rivojlanishi
bilan o‘zaro bog‘liq. Sug‘urta bozori instrumentlarining ko‘payishi va o‘sishi – bu ishlab chiqarish
va moliya sohasida globallashuv va integratsiya jarayonlarining ajralmas qismidir, shu sababli
moliya bozorlarining o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanishi talab etiladi [6].

A.A.Kazakova ilmiy tadqiqot ishida milliy moliya bozorlarida jismoniy shaxslarning pul

mablag‘larini investitsiya va sug‘urta bozorlariga jalb qilish muammosi haqida fikrlarni aytib
o‘tadi. Sug‘urta va fond bozorlarining integratsiyalashuvi natijasida investitsion sug‘urta
mahsulotlarining rivojlanishi yuz beradi. Umumiy bozorning bunday mahsulotlar segmentining
rivojlanishi bu moliya bozorining rivojlanishiga sabab bo‘ladi, sababi fond bozoriga aholiining
omonatlari jalb qilinadi va uzoq muddatli hayot sug‘urta turlarining rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
Bunday rivojlanish umumiy nisbatda milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishiga olib
keladi [7].

Sangyong Hana o‘z ilmiy ishlarida AQSHda sug‘urta zahiralarini joylashtirish amaliyoti

tahlil qilgan, jumladan: Amerika Qo‘shma SHtatlarida sug‘urta zahiralarini joylashtirishda
konservativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi investitsiya qilinayotgan sug‘urta
rezervlari shaffoflik tamoyillariga amal qilish lozim. Aks holda nazorat organlari ushbu
investitsiyalarni aktsiyadorlar va sug‘urtalanuvchilar uchun zararli deb baholaydi. Ushbularni
hisobga olgan holda sug‘urta kompaniyalarining investitsion faoliyatlari qatiy tartibga solinadi [8].

Tadqiqot metodologiyasi.

Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur tadqiqot doirasida bozor yoki

alohida kompaniyalarni tahlil qilishga emas, balki tavakkalchilikka asoslangan boshqaruvni
rivojlantirish darajasini baholash borasida taklif qilingan modelning xususiyatlarini ochib berishga
harakat qilamiz. Axborotning asosiy manbalari buxgalteriya hisobining Milliy standartlariga
muvofiq buxgalteriya hisoboti, xalqaro standartlarga (MHXS) muvofiq moliyaviy hisobot, shu
jumladan auditorlik va aktuar xulosalar, kompaniyalarning yillik hisobotlari, kredit
agentliklarining reytinglari va ma’lumotlari, so‘rov ishtirokchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda
taqdim etiladigan ma’lumotlar bo‘lib hisoblanadi [9]. Olingan ma’lumotlar asosida ekspert
baholash usuli bo‘yicha ballar qo‘yiladi va kerakli ko‘rsatkichlar baholanadi. U yoki bu
kompaniya yoki umuman sektor bo‘yicha tavakkalchilikka asoslangan boshqaruvning rivojlanish
darajasi to‘g‘risida ma’lum xulosalarni shakllantirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilmalar va kompaniya
ichida qo‘yilgan vazifalar yuzasidan mas’ul shaxslarga rasmiy murojaat va so‘rovlar yuborishni
talab qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

402

Tahlil va natijalar.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining

ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda turli mulkchilik shakllariga
asoslangan 41 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritmoqda, shu bilan birgalikda to‘lovlarni
kafolatlash jamg‘armasi a’zolari bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining soni 2022 yil yakunlari
bo‘yicha 25 tani tashkil qiladi. Sug‘urta tashkilotlarining umumiy ustav kapitali 1,884 trln. so‘mga
yetgan.

1-rasm. O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlari sonining o‘zgarishi

Manba:

https://imda.uz/ru/

Sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi brokerlar soni 7 ta, aktuariylar soni 5 ta, sug‘urta

agentlari soni 9155 tani tashkil qiladi.

Ta’kidlash kerakki, sug‘urta xizmatlari bozoridagi raqobat muhitiga, nafaqat, taklif

etilayotgan sug‘urta mahsulotlarining xilma-xilligi, tarif siyosati, moliyaviy barqarorlik va boshka
omillar, balki sug‘urtalovchilar soni ham ta’sir ko‘rsatadi (2-rasm).

2-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda faoliyat

ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari soni dinamikasida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan.
Masalan, 2000 yilda sug‘urtalovchilar soni 27 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil yakuniga kelib
ularning soni 41 tani tashkil etgan yoki 1,5 martaga ko‘paygan. Sug‘urta tarmoqlari kesimida
sug‘urta kompaniyalari sonini o‘rganish natijalari, ularning 32 tasi umumiy sug‘urta tarmog‘ida,
8 tasi hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyat yuritishini ko‘rsatdi.

0

20

40

60

27

28

22

27

31

34

33

31

26

30

40

41

sug‘urta tashkilotlari soni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

403

2-rasm. Sug‘urta tarmoqlari bo‘yicha sug‘urta kompaniyalari sonidagi o‘zgarishlar

dinamikasi

Manba:

https://imda.uz/ru/

Bundan 17 yil oldin mamlakatda 20 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritgan bo‘lib,

hayotni sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari umuman mavjud emas edi.
Quyidagi diagrammada 2000- 2022 yillarda sug‘urta tarmoqlari kesimida O‘zbekistonda sug‘urta
faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari sonidagi o‘zgarishlar
dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumot keltirilgan (2-rasm). 2-rasmdagi ma’lumotlardan ko‘rinib
turibdiki, 2000-2020 yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
kompaniyalari sonining dinamikasida notekis o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Masalan, 2009 yilda
sug‘urta kompaniyalari soni 33 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib ularning soni 3 taga
kamaygan. Aksincha, tahlil etilayotgan davrda hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha kompaniyalar soni
barqaror o‘sib borgan. Ushbu kompaniyalar soni 2006 yilda 2 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga
kelib ularning soni 4 martaga oshgan. Statistik ma’olumotlarga ko‘ra, 2022 yil boshiga
O‘zbekiston aholisi 36 mln. kishini tashkil qildi.

0

5

10

15

20

25

30

35

40

45

2000 2003 2006 2009 2012 2015 2018 2020 2022

sug‘urta kompaniyalari soni

umumiy sug‘urta kompaniyalari
soni

hayotni sug‘urta qilish
tarmog‘idagi kompaniyalar soni

0

1000

2000

3000

4000

5000

6000

7000

2000 2002 2004 2006 2008 2010 2012 2014 2016 2018 2020 2022

8,3

21,7 32,9 49,7

88

175,5 285,9

439,1

692,6

1635,2

2213,7

6232

2,8

5,4

4,1

6,9

15,5 27,6

46

74,6 130,5

460,8

737,6

2597

sug‘urta mukofotlari (mlrd.so‘m)

sug‘urta to‘lovlari (mlrd.so‘m)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

404

3-rasm. Sug‘urta mukofotlari va to‘lovlari hajmining dinamikasi
Manba:

https://imda.uz/ru/

Demak, shu sanada 878048 nafar fuqaroga o‘rtacha bitta sug‘urta kompaniyasi to‘g‘ri

kelgan. Mavjud sug‘urta kompaniyalarining yarmidan ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyat
shaklida faoliyat ko‘rsatmoqda. Sug‘urta kompaniyalari sonining ortib borishi, pirovard natijada,
sug‘urta qamrovi darajasining oshishiga, binobarin, sug‘urta mukofotlari tushumining
ko‘payishiga olib keladi (3-rasm).

1-jadval.

2022 yilda sug‘urta mukofotlari tushumi bo‘yicha umumiy sug‘urta tarmog‘idagi

TOP-10 ta sug‘urta kompaniyalari

Sug‘urta kompaniyalari

nomi

Sug‘urta mukofotlari

(mlrd.so‘m)

O‘tgan yilga nisbatan

o‘zgarish (%)

1

"APEX INSURANCE" AJ

782 518

+241,5%

2

"O‘ZBEKINVEST" EISK AJ

930 534

+141,5%

3

"O‘ZAGROSUG‘URTA" AJ

323 286

+23,9%

4

"KAFOLAT SUG‘URTA
KOMPANIYASI" AJ

315 509

+41,4%

5

"GROSS SUG‘URTA
KOMPANIYASI" AJ

296 858

-13,7%

6

"MY-INSURANCE" AJ ST

196 281

+5,9%

7

"KAPITAL SUG‘URTA" AJ

149 672

+28,3%

8

"ASKO-VOSTOK" AJ QK
ST

122 693

+100,8%

9

"EUROASIA INSURANCE"
AJ QK

121 749

-21,1%

10

"KAFIL SUG‘URTA" AJ

110 407

+10,2%

Manba:

https://imda.uz/ru/

Tahlillar ko‘rsatib turibdiki, sug‘urta mukofotlari va to‘lovlari dinamikasida ijobiy

tendentsiya mavjud, xususan 2020 yilga nisbatan 2022 yilda sug‘urta mukofotlari hajmi qariyb 3
baravar oshgan va 6232 mlrd.so‘mni tashkil qilgan, shu bilan bir qatorda, sug‘urta to‘lovlari hajmi
ham keskin o‘sishiga guvoh bo‘lamiz.

2022 yil yakunlariga ko‘ra, umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urta mukofotlari tushumi

bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aktsiyadorlik
jamiyati egallagan (1-jadval).

Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “APEX INSURANCE” AJ sug‘urta

kompaniyasi tomonidan 2022 yilda 782,518 mlrd. sum miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ib
olingan. Bu O‘zbekiston sug‘urta bozori bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlarining 16,7 foizi
demakdir. Eng ko‘p sug‘urta mukofotlari tushumiga erishgan TOP-10 ta sug‘urta kompaniyalari
tarkibida 3 ta davlat kapitali ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalarining bozor ulushi 33,6 foizni,
qolgan nodavlat sektoridagi sug‘urta kompaniyalarining bozor ulushi 38,1 foizni tashkil etgan.

2-jadval.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

405

2022 yilda amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha umumiy sug‘urta

tarmog‘idagi TOP-10 ta sug‘urta kompaniyalari

Sug‘urta kompaniyalari

nomi

Sug‘urta to‘lovlari

(mlrd.so‘m)

Yalpi sug‘urta

to‘lovlaridagi ulushi

(%)

1

"APEX INSURANCE" AJ

252 316

23,2

2

"O‘ZBEKINVEST" EISK AJ

78 689

7,2

3

"GROSS SUG‘URTA
KOMPANIYASI" AJ

76 793

7,06

4

"KAPITAL SUG‘URTA" AJ

66 662

6,1

5

"KAFOLAT SUG‘URTA
KOMPANIYASI" AJ

59 713

5,5

6

"ALSKOM SUG`URTA
KOMPANIYASI" AJ

53 145

4,9

7

"MY-INSURANCE" AJ ST

52 352

4,8

8

"ALFA INVEST
SUG‘URTA
KOMPANIYASI" AJ

47 058

4,3

9

"O‘ZAGROSUG‘URTA" AJ

43 896

4,0

10

"EUROASIA INSURANCE"
AJ QK

39 679

3,6

Manba:

https://imda.uz/ru/

Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urta

mukofotlari tushumi bo‘yicha TOP-10 ta sug‘urta kompaniyalari ichida nodavlat sug‘urta
kompaniyalarining salmog‘i yuqori bo‘lgan. Demak, sug‘urta bozorida raqobat muhiti
kengaymokda.

Bizning nazarimizda, sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini baholashda sug‘urta

mukofotlari tushumi hajmiga qarab emas, balki amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari hajmiga
qarab baho berish maqsadga muvofiq. Shu munosabat bilan quyidagi jadval ma’lumotlarini tahlil
qilamiz (2-jadval).

Yuqoridagi ma’lumotlardan ham ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida

nodavlat sektoriga tegishli bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari yetakchilikni qo‘lga olishga
intilmoqda.

Odatda, yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari majburiy hamda

ixtiyoriy tusga ega. Quyidagi jadvalda 2002-2022 yillarda O‘zbekistonda ixtiyoriy va majburiy
sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlarining hajmi solishtirma tahlil etilgan
(3-jadval).

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2002-2022 yillarda sug‘urta mukofotlari

tushumi bo‘yicha ixtiyoriy va majburiy sug‘urta o‘rtasidagi nisbat notekis rivojlanish
tendentsiyasiga ega bo‘lgan. Agar, 2004, 2006 va 2008 yillarda jami sug‘urta mukofotlari tarkibida
majburiy sug‘urtaning ulushi o‘rtacha 8,5 foizdan oshmagan bo‘lsa, 2010-2016 yillarda 26,7


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

406

foizdan 31,5 foizgachani tashkil etgan. 2022 yilda esa jami sug‘urta mukofotlari tarkibida majburiy
sug‘urtaning ulushi 33,3 foizga teng bo‘lgan.

3-jadval.

Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining

solishtirma dinamikasi

№ Ko‘rsatkichl

ar

Yillar

200

2

200

4

200

6

200

8

201

0

201

2

201
4

201

6

2018

2020

202

2

1

Sug‘urta

mukofotlari,

jami

(mlrd.so‘m)

21,

7

32,

9

49,

7

88,

0

175,

5

285,

9

439,

1

692,

6

1635,

2

2213,

7

259

6

2

Ixtiyoriy

sug‘urta

(mlrd.so‘m)

18,
3

30,
2

46,
9

80,
6

128,
7


06,8

300,
7

485,
0

1371,
7


852,8

232

3

Majburiy

sug‘urta

(mlrd.so‘m)

3,4

2,8

2,8

7,4

46,8 79,1 138,

4

207,

6

263,5 360,9 865

4

Jami

sug‘urta

mukofotlari

tarkibida
majburiy

sug‘urtaning

salmog‘i (%)

15,

7

8,5

5,6

8,4

26,7 27,7 31,5 30,0

16,1

16,3

33,

3

Manba:

https://imda.uz/ru/

Tadqiqotchilar va ekspertlar o‘rtasida majburiy va ixtiyoriy sug‘urta o‘rtasidagi oqilona

nisbat qanday darajada bo‘lishi xususida turlicha fikr-mulohazalar mavjud. Ayrim olimlar, bozor
munosabatlari sharoitida ixtiyoriy sug‘urta ustuvor bo‘lishi kerak deb ta’kidlashsa, ba’zi
mutaxassislar majburiy sug‘urtaning roliga ijobiy baho berishadi.

2003 yil yanvar oyidan O‘zbekistonda sug‘urta faoliyati ikki tarmoqka ajratilgan bo‘lib,

hozircha deyarli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urtalovchilar hayotni sug‘urtalovchi kompaniyalarga qaraganda ustunlikka
ega. 2012-2020 yillarda umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatgan sug‘urtalovchilar
tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlari hajmida barqaror o‘sish tendentsiyasi kuzatilgan
bo‘lsa, hayotni sug‘urtalovchi kompaniyalar esa 2018 yilgacha ushbu tendentsiyaga ega bo‘lgan.
Birok, 2020 yilda hayotni sug‘urtalovchi kompaniyalar tomonidan to‘plangan sug‘urta
mukofotlari hajmi 2018 yilning tegishli ko‘rsatkichiga nisbatan 82,8 mlrd.so‘mga yoki 19,8 foizga
kamaygan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

4-rasm. Sug‘urta tarmoqlari kesimida sug‘urta mukofotlarining o‘sishi (mlrd.sum)
Manba:

https://imda.uz/ru/

Buning sababi 2020 yilda respublika xukumati tomonidan pandemiya tufayli ko‘rilgan

choralar bilan boglik ekanligi xech kimda shubxa uygotmaydi. Shu yerda ta’kidlash lozimki,

5-rasm. Yalpi sug‘urta mukofotlari tarkibida mintaqalarning ulushidagi o‘zgarishlar

dinamikasi (%)

Manba:

https://imda.uz/ru/

2020 yilda jami sug‘urta mukofotlarining 84,9 foizi umumiy sug‘urta tarmog‘iga, 15,1 foizi

hayot sug‘urtasi tarmog‘iga to‘g‘ri kelgan. Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining
keskin o‘sishi 2022 yilda kuzatilgan, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan qariyb 5 marta o‘sgan.

277,3

417,6

633,4

1218

1879,3

4707

8,6

21,5

59,2

417,2

334,4

1524

0

500

1000

1500

2000

2500

3000

3500

4000

4500

5000

2012

2014

2016

2018

2020

2022

sug‘urta tarmog‘i bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlari

hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha to‘plnagan sug‘urta mukofotlari

0

10

20

30

40

50

60

70

2010

2014

2018

2022

40,3

46,3

48

32

59,7

53,7

52

68

mintaqalar

Toshkent shahri


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

408

Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur tadqiqot doirasida bozor yoki alohida kompaniyalarni

tahlil qilishga emas, balki tavakkalchilikka asoslangan boshqaruvni rivojlantirish darajasini
baholash borasida taklif qilingan modelning xususiyatlarini ochib berishga harakat qilamiz.
Axborotning asosiy manbalari buxgalteriya hisobining Milliy standartlariga muvofiq buxgalteriya
hisoboti, xalqaro standartlarga (MHXS) muvofiq moliyaviy hisobot, shu jumladan auditorlik va
aktuar xulosalar, kompaniyalarning yillik hisobotlari, kredit agentliklarining reytinglari va
ma’lumotlari, so‘rov ishtirokchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladigan ma’lumotlar
bo‘lib hisoblanadi. Olingan ma’lumotlar asosida ekspert baholash usuli bo‘yicha ballar qo‘yiladi
va kerakli ko‘rsatkichlar baholanadi. U yoki bu kompaniya yoki umuman sektor bo‘yicha
tavakkalchilikka asoslangan boshqaruvning rivojlanish darajasi to‘g‘risida ma’lum xulosalarni
shakllantirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilmalar va kompaniya ichida qo‘yilgan vazifalar yuzasidan
mas’ul shaxslarga rasmiy murojaat va so‘rovlar yuborishni talab qiladi.

Xulosa va takliflar.

Tahlillarimizda shuning guvohi bo‘ldikki, mamlakatimiz bo‘yicha

sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi qamrovi oxirgi besh yilda sezilarli darajada oshgan, shuningdek
sug‘urta kompaniyalarning kapitallashuv darajasi ham sezilarli daraja oshgan. Bu holat sug‘urta
kompaniyalarni sug‘urta bozorida sug‘urta mahsulotlarini taklif qilishi va mijozlarga sifatli
sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi va o‘z navbatida
bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi davlat tomonidan soha faoliyatni ko‘llab-qo‘vatlashga
qaratilgan chora-tadbirlari tizimli olib borayotganligidandir. Shu bilan birga sug‘urta sohasida
kapital jalb qilish muammolari, bo‘sh turgan pul mablag‘larni investitsiya qilishning rang-barang
emasligi va qonunchilik bilan katta cheklovlar mavjudligi haliyam bartaraf etilmaganligini
ta’kidlab o‘tishimiz lozim.

O‘zbekistonda sug‘urta bozorining fond bozoriga ta’siri va sug‘urta kompaniyalarining

fond bozoridagi roli yanada oshirish maqsadida quyidagi takliflar tavsiya qilinadi:

Sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatiga davlat aralashuvini kamaytirish, sug‘urta

sohasidagi investitsion faoliyat bilan bog‘liq qonunchilikda mavjud bo‘lgan cheklovlarni bekor
qilish ya’ni sug‘urta kompaniyalari investitsiya qilish mumkin bo‘lgan sohalarni kamaytirish
yoxud minimallashtirish chunki davlat tomonidan sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatiga
aralashuv sug‘urta kompaniyalari bo‘sh mablag‘larini kengroq joylashtirish imkoniyatini cheklab,
investitsiya faoliyatidan olinadigan daromad samaradorligini pasaytirishga olib keladi. Bu o‘z
sug‘urta kompaniyalari tomonidan navbatida davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlarning
kamayishiga olib keladi.

Sug‘urta tashkilotlarining depozitlarga qo‘yilgan mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha

foiz daromadlaridan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish yohud umuman bekor qilish.

Sug‘urta kompaniyalarining bank depozitlariga qilinadigan qo‘yilmalar miqdori bo‘yicha

maksimal cheklovni bekor qilish (hozirda 40%), chunki bu amaliyot orqali sug‘urta kompaniyalari
investitsion faoliyati liberallashtiriladi va daromadlarini maksimallashishiga erishiladi , bu o‘z
navbatida tijorat banklarining kredit solohiyatini oshiradi. Ushbu investitsiyalarning rentabelligi
bir qator sabablar (bank sektorining barqarorligi) bilan bog‘liq, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy
sohani rivojlantirishga turtki bo‘ladi.

2018 yil 2 senyatbrdagi PF-3926 sonli “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar

faoliyatini ashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi prezidnetining
farmoniga asoslangan holda, sug‘urta kompaniyalariga blokcheyn texnologiyalariga yoki


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

409

blokcheyn mahsulotlariga (kriptovalyutalarga) investitsiya qilish huquqini berish. Bu huquqni
berish orqali sug‘urta kompaniyalarining investitsiya qilish sohalaring rang-barangligiga,
risklarning diversifikatsiya qilinishiga, daromadning maksimallashtirishga hamda sug‘urta
kompaniyalarining faoliyatnpi modernizatsiyalashga va butun jahon sug‘urta bozorida ilg‘or
tehnologiyalar qo‘llash bo‘yicha yuqori o‘rindagi davlatlar qatoridan joy olishga erishiladi.

Sug‘urta sohasidagi ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganib chiqqan holda real

iqtisodiyotga ya’ni davlat ulushi 30% dan oshiq bo‘lgan qazib olish, ishlab chiqarish va qayta
ishlashga ihtisoslashgan korhonalariga investitsiya qilish imkonini berish chunki bundan
korhonalarda risklilik darajasi past hisoblanadi. Bu o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyotining
o‘sishiga va jadal darajada rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorida yangi investitsiya ob’ektlarining

paydo bo‘lishi (obligatsiyalar) sug‘urta kompaniyalarining bu boradagi faoliyatlarini
qonunchilikda muvofiqlashtirishni talab qilib qo‘ymoqda. Shulardan kelib chiqqan holda sug‘urta
kompaniyalarining obligatsiyalarga investitsiya qilish me’yorlarini belgilash.

Shuningdek sug‘urta kompaniyalarining investitsiya ob’ekti bo‘lgan, ya’ni boshqa yuridik

shaxslarining ustav kapitalda ishtiro bo‘yicha qo‘yilgan maksimal talablarni bekor qilish (xozirda
30%), bu esa o‘z navbatida yangi korxonolarning ko‘payishiga, soliq bazasining oshishiga
kolaversa yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Tadqiqot maqsadi kompaniyani kuzatib borish va uning to‘lov qobiliyatini baholash emas,

balki kapital talablarining tarkibiy qismi sifatida tavakkalchilikka asoslangan boshqaruv sifatini
baholash hisoblanadi, shu bois sug‘urta bozorining institutsional tashkil etuvchilarini tahlil qilish
maqsadga muvofiq hisoblanadi:

Riskka yo‘naltirilgan tartibga solishga o‘tish bosqichida:
a. Nazorat: i. risk-menejment sifati va xatarlarni boshqarish komponentini ishlab chiqish

nuqtai nazaridan kompaniyaning tavakkal-chilikka asoslangan boshqaruvni amalga oshirishga
tayyorligini aniqlash;

ii. modelga kiritilgan talablar shaklida yondashuvni standartlashtirish;
b. Sug‘urta kompaniyalari: xatarlarni boshqarishning asosiy vositalarini rivojlantirishning

yo‘l xaritasi prototipini yaratish.

c. Konsalting va qayta sug‘urtalash kompaniyalari: risklarni boshqarish modellarini ishlab

chiqish, sug‘urtalovchilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish.

2. Riskka yo‘naltirilgan yondashuvga o‘tish jarayonida:
Modelning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bilan bir qatorda, baholash-ning maqsadi sifat

ko‘rsatkichlarining rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda miqdoriy talablarni tartibga
solishda ham o‘z aksini topadi.

Riskka asoslangan menejment rivojlanishining yuqori darajasi (80% dan ortiq integral

baholash) kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadigan omillardan biridir va natijada kapitalning miqdoriy talablarini kamaytirishning zarur
sharti sifatida qaralishi mumkin. Rivojlanishning past darajasi va 50% dan past bo‘lgan integral
baholash kapital talablarini kuchaytirishning teskari funktsiyasini bajaradi.

Ko‘rsatkich sifatida biz risklarni doimiy monitoring qilish maqsadida foydalaniluvchi

riskni nazorat qilish vositasi sifatida moliyaviy riskni tarkibiy va dinamik baholashni qo‘llashimiz
mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

410

Olingan natijani kompaniyaning raqobatbardoshligi va operatsion jozibadorligi darajasini

aniqlashda qo‘llanilishi mumkin.


REFERENCES

1.

https://www.iaisweb.org/

2.

https://www.swissre.com/press-release/Severe-thunderstorms-account-for-up-to-70-
of-all-insured-natural-catastrophe-losses-in-first-half-of-2023-Swiss-Re-Institute-
estimates/cea79f3c-6486-41a8-9c6e-09df260efe30

3.

Турсунов Г.П., (2015) Роль страховых компании в деятельности РФБ «Тошкент» /
biznes-экпертНомер:№2(86)

4.

Ходжаева Г. (2015) Роль страховых компаний на фондовом рын-ке. / biznes-экперт
номер №5 (88)

5.

Годин А.М., Фрумина С.В. (2009) Страхование: Учебник. - М.: Издательско-торговая
корпорация«Дашков и К», - с. 36.

6.

Романова А. А, Улыбина Л. К. (2017) Состояние и перспективы развития мирового
страховогорынка.Региональная экономика и управление: электронный научный
журнал // Номер журнала: №4 (52).

7.

Казакова А.А. (2013) Перспективы развития инвестиционно-страховых продуктов
вРоссии.Специальность – 08.00.10 – Финансы, денежное обращение и кредит.
АВТОРЕФЕРАТ Диссертациинасоиска-ние ученой степени кандидата экономических
наук. – 28 стр.

8.

Sangyong Hana, Gene C. Lai b, Chia-Ling Hoc. Corporate transparency and reserve
management: EvidencefromUS property-liability insurance companies. Journal of Banking
and Finance (2018) №96.

9.

Yadgarov A. A. Agrosanoat majmui korxonalari faoliyatini sug‘urtalash. Monografiya. - T:
“Iqtisodiyot” nashriyoti, 2020 -135 b.

10.

Juyrikov K.K. Straxovanie: teoriya, praktika, zarubejno‘y opo‘t. Uchebnik dlya studentov
vuzov i kolledjey. Almato‘. - Ekonomika, 2015. - s.408.

11.

Adilova G.Dj. Iqtisodiy globallashuv sharoitida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirishning
yo‘nalishlari. Iqtisodiyot fanlari buyicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 2020.
- 60 b.

12.

Baratova D.A. O‘zbekistonda jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasini rivojlantirish
yo‘llari. Iqtisodiyot fanlari buyicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 2020. - 54
6.

13.

Imomov U.G. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida bank sug‘urtasi va uni rivojlantirish yo‘llari.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 2020. - 53 b.

14.

Mavrulova N.A. Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda qayta
sug‘urtaning rolini oshirish. Iktisodiyot fanlari bo‘yicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi
avtoreferati. - T.: - 2019. - 62 b.

15.

Shennayev X.M. O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish
yo‘nalishlari: Monografiya. - T.: “Iqtisod-Moliya”, 2021 .-336 6.

Библиографические ссылки

https://www.iaisweb.org/

https://www.swissre.com/press-release/Severe-thunderstorms-account-for-up-to-70-of-all-insured-natural-catastrophe-losses-in-first-half-of-2023-Swiss-Re-Institute-estimates/cea79f3c-6486-41a8-9c6e-09df260efe30

Турсунов Г.П., (2015) Роль страховых компании в деятельности РФБ «Тошкент» / biznes-экпертНомер:№2(86)

Ходжаева Г. (2015) Роль страховых компаний на фондовом рын-ке. / biznes-экперт номер №5 (88)

Годин А.М., Фрумина С.В. (2009) Страхование: Учебник. - М.: Издательско-торговая корпорация«Дашков и К», - с. 36.

Романова А. А, Улыбина Л. К. (2017) Состояние и перспективы развития мирового страховогорынка.Региональная экономика и управление: электронный научный журнал // Номер журнала: №4 (52).

Казакова А.А. (2013) Перспективы развития инвестиционно-страховых продуктов вРоссии.Специальность – 08.00.10 – Финансы, денежное обращение и кредит. АВТОРЕФЕРАТ Диссертациинасоиска-ние ученой степени кандидата экономических наук. – 28 стр.

Sangyong Hana, Gene C. Lai b, Chia-Ling Hoc. Corporate transparency and reserve management: EvidencefromUS property-liability insurance companies. Journal of Banking and Finance (2018) №96.

Yadgarov A. A. Agrosanoat majmui korxonalari faoliyatini sug‘urtalash. Monografiya. - T: “Iqtisodiyot” nashriyoti, 2020 -135 b.

Juyrikov K.K. Straxovanie: teoriya, praktika, zarubejno‘y opo‘t. Uchebnik dlya studentov vuzov i kolledjey. Almato‘. - Ekonomika, 2015. - s.408.

Adilova G.Dj. Iqtisodiy globallashuv sharoitida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirishning yo‘nalishlari. Iqtisodiyot fanlari buyicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 2020. - 60 b.

Baratova D.A. O‘zbekistonda jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasini rivojlantirish yo‘llari. Iqtisodiyot fanlari buyicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 2020. - 54 6.

Imomov U.G. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida bank sug‘urtasi va uni rivojlantirish yo‘llari. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 2020. - 53 b.

Mavrulova N.A. Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda qayta sug‘urtaning rolini oshirish. Iktisodiyot fanlari bo‘yicha f.d. (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.: - 2019. - 62 b.

Shennayev X.M. O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari: Monografiya. - T.: “Iqtisod-Moliya”, 2021 .-336 6.