ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1218
MUSIQA TARBIYASIGA DOIR ILMIY PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING
MUSIQA DARSIDA JORIY ETILISHI
Rustamova Xurshidabonu Jamshidovna
Buxoro shahar 13-MTT musiqa rahbari
https://doi.org/10.5281/zenodo.8078732
Annotatsiya.
Mazkur maqolada musiqa tarbiyasiga doir ilmiy pedagogik tadqiqotlarning
musiqa darsida joriy etilishi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Maqola davomida mavzu
doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
musiqiy ta'lim tizimi, ilmiy pedagogik tadqiqotlar, musiqa darsi.
IMPLEMENTATION OF SCIENTIFIC PEDAGOGICAL RESEARCH ON
MUSIC EDUCATION IN MUSIC LESSONS
Abstract.
This article focuses on the issue of introducing scientific pedagogical research
on music education in music lessons. Reasonable opinions and comments within the scope of the
topic are cited throughout the article.
Key words:
musical education system, scientific pedagogical research, music lesson.
ВНЕДРЕНИЕ НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО
МУЗЫКАЛЬНОМУ ВОСПИТАНИЮ НА УРОКАХ МУЗЫКИ
Аннотация.
В данной статье рассматривается вопрос внедрения научно-
педагогических исследований по музыкальному воспитанию на уроках музыки.
Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы цитируются на протяжении всей
статьи.
Ключевые слова:
система музыкального образования, научно-педагогические
исследования, урок музыки.
Uzluksiz ta'lim tizimida musiqiy ta'lim tizimi bir necha bosqichlardan iborat. Musiqa
ta'limi boshqa fanlar kabi maktabdan emas, balki maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanadi
va ta'lim tizimining barcha jabhalarida davom etadi.
Musiqa shunday san'at turiki, u insonlami kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali
birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan
musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining o‘zini bir mo‘jiza deb,
atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini
shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri - ta'lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy
qismi sifatida go‘zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san'atning
xalqchilligi to‘g‘risidagi ta'limotga suyanib, o‘quvchilarning obyektiv dunyo haqidagi bilimini
kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste'dodini o‘stiradi hamda ularda yuksak
ma'naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg‘u va fikrlarni rivojlantirish,
go‘zallikni ko‘ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi. Aslida estetik
tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi, o‘quvchilarni go‘zallik va
xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko‘ra bilishga o‘rgatadi. Estetik
tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson
ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, hatti-harakatlariga, xulq-
atvoriga ta'sir o‘tkazadi. Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqindir.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1219
Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg‘ularni aks ettiradi, hayot bosqichlarida
insoniyatni to‘lqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Bunda musiqaning falsafiy
mohiyati ham namoyon bo‘ladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug‘orilgan
bo‘ladi, musiqada hayot va o‘lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zayiflik kabi
masalalar aks etadi. Musiqaning inson ruhiyatiga ta'sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari
qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o‘ziga tortgan. Faylasuflar,
psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san'atlar ichida. musiqa san'atining insonni shaxs
sifatida shakllanishiga ta'sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim
zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari - ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta'siri,
uning ichki dunyosini o‘zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo‘lgan.
Musiqa san'ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga kuchli ta'sir
etadi. Oilada, bog‘chada, maktabda musiqa mashg‘ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda
uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san'atni to‘g‘ri tushunishdagi samarali
yo‘ldir. Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda
ifoda etadi va kishining his-tuyg‘ulariga faol ta'sir etadi. Musiqa ham fan, ham san'atdir. U fizika
va matematikaga asoslanadi, bu fanlar musiqani fanga aylantiradi. Lekin musiqa asariga shu
fanning turg‘un tushunchasi sifatida qarab bo‘lmaydi.
Chunki musiqa har doim rivojlanib turuvchi jonli san'atdir. Musiqa san'ati inson hayotining
ilk yillaridanoq uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Musiqa inson umrining doimiy yo‘ldoshi. Olim Stendalning aytishiga ko‘ra, musiqa — san'at
turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir.
«Musiqa san'atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea-hodisalarni ifodali aks ettiradi.
Ammo u me'morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o‘lchovlari bilan belgilanmaydi. Musiqa
ko‘rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok etiladi.
Musiqa mavzui o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarini
qamrab ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyg‘u va
kayfiyatini ifodalaydi. Musiqa voqelikning his-tuyg‘uli qiyofasini yaratadi». Musiqa kayfiyat
holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega. Inson kayfiyati murakkab hissiyot bo‘lib, u hech narsa
bilan bog‘lanmagan. Kayfiyat umumlashgan xususiyatga ega bo‘lib, undan ikkilamchi tomonlar
chiqarib tashlanadi va insonning voqelikka bo‘lgan tuyg‘u munosabatini belgilaydigan eng muhim
tomonlari ajratib olinadi.
Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, qayg‘urish, xayol surish, bardamlik,
jasurlik, tushkunlik va shunga o‘xshash inson ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o‘zaro
bog‘liqlikda, bir-biriga singib ketishida namoyish qila oladi. Musiqa «til»i barcha qismlarning
uzviy birligini, asar shaklini ifodalaydi. Shakl - musiqa mazmunining moddiy ifodasidir. Bastakor
fikri, tuyg‘ulari, tasavvurlari eshituvchilarga musiqiy shakl orqali yetib boradi. Shu bois musiqa
«til»ini egallashga, uning mazmun-mohiyatini anglashga, musiqadagi fikrlar, tuyg‘ular,
kechinmalar boyligini o‘zlashtirishga keng yo‘l ochadi. O‘sib kelayotgan avlod uchun musiqiy
tarbiyaning ahamiyatini nihoyatda buyuk ekanligini qadimiy mutafakkirlar alohida urg‘u bilan
ta'kidlashgan. Kelajak jamiyat a'zosining insoniy va ijobiy fazilatlari aynan bolalikdan boshlab
shakllana boradi.
Aynan shu davrda musiqa ijobiy sifatlarni shakllantiruvchi vosita hisoblangan, Musiqa
ashula va raqs tarkibida ham vujudga keladi va keyinchalik badiiy ijodning mustaqil turiga
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1220
aylanadi, o‘ta o‘ziga xos badiiy ifoda «til»iga ega bo‘lib, maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan
tovushlar ana shu «til»ning manbaidir. Albatta. musiqa shaxsni shakllantirishning, uning ijobiy
fazilatlarining yo‘nalishlarini o‘z-o‘zidan belgilab bermaydi. Tarbiyaviy ta'sirning eng muhim
tomonlari musiqiy asarning g‘oyaviy mazmuniga bog‘liqdir. Ana shu bilan musiqiy-estetik
tarbiyaning vazifalari belgilanadi. Mashhur polyak kompozitori K.Shimanovskiy o‘zining
«Jamiyatda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati» nomli maqolasida, musiqaning tabiiy kuchi haqida
gapirar ekan, - uning ikki qarama-qarshi yo‘nalishda - yaratish va buzish uchun ishlatish
mumkinligini - «kerakli ishga yo‘naltirgan holda, tez oqar daryoning suvlaridan foydalanib,
foydali va unumli ishlar uchun, ya'ni tegirmonni aylantirish uchun ishlatgandek, musiqa kuchidan
ham unumli foydalanish kerak», - degan. Musiqaning insonga ta'siri, shaxsning va jamiyataing
ruhiy hayotidagi o‘rni kompleks muammo hisoblanadi. Ushbu murakkablik va serqirralik fanga
darrov kelmadi. Shu o‘rinda Asafevning «...musiqa - bu ham san'at, ham fan, ham til, ham o‘yin»
- degan so‘zlarini eslash maqsadga muvofiqdir.
Demak, bolalaming musiqiy hamda shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda musiqa
san'atining o‘rni beqiyosdir. Musiqa kishiga har tomonlama ta'sir ko‘rsatar ekan: kuy va uning
musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur ta‘sir qilib, unda har xil hislarni uyg‘otadi, turlicha
kayfiyatlarni hosil qiladi. qo‘shiqning matni, g‘oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki
tinglovchilarning ongiga ham ta'sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi.
Kishilarda asarda aks etgan ma'naviy muammolarga nisbatan muayyan munosabat uyg‘otadi.
Bunday ta'sir g‘oyat murakkab va kuchlidir.
Qobiliyat - ma'lum bir turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirismining subyektiv
sharti bo‘lib hisoblanuvchi shaxsning individual xususiyatidir. Qobiliyat - faoliyat jarayonida
namoyon bo‘ladi. Psixologiyanining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki
biron-bir qobiliyatning ro‘yobga chiqish va rivojlanish manbayi, layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat
o‘z holicha rivojlana olmaydi, uning rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Bola musiqaga layoqat
bilan tug‘ilishi mumkin, lekin uning musiqiy xususiyatlari shakllanishi uchun qulay muhit
yaratilmasa, musiqaga bo‘lgan layoqati rivojlanmay qoladi. Insonning shaxs sifatida
shakllanishida yetakchi omillardan biri muhitdir. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi
voqealar yig‘indisi tushuriiladi. Muhit o‘z navbatida - tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va
boshqalarga bo'linadi.
Insondagi musiqiy layoqatning rivojlanishi va shakllanishi uchun ijtimoiy va oila muhiti
muhimdir. Inson bolasi, agar insoniy muhitga tushmay, hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda
irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat
shakllanmaydi. Odob, axloq, fel-atvor - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning
o‘zaro ta'siri asosida vujudga keladi. Shu o‘rinda bir narsani aytish kerak, musiqiy qobiliyati
bo‘lgan barcha insonlarning avlodlari ham. musiqiy qobiliyatga ega bo‘ladi, degan fikrga
qo‘shilmaymiz. Ularning bolalarida musiqaga layoqat bo‘lishi mumkin, lekin shu layoqat
rivojlantirilmasa, layoqat qobiliyatga aylanmay, ya'ni shakllanmay qoladi. Zero, musiqa yosh
avlodning ma'naviy, badiiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘ururi va vatanparvarlik
tarbiyasini amalga oshirishga, fikr doyrasini kengaytirishga, ijodiy mahorati va badiiy didi
o‘sishiga, mustaqilligi va tashabbuskorligini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shu sababli Respublikamizdagi har bir maktabda hozirgi kunda musiqiy-estetik tarbiyaga
pedagogikaning shaxsni shakllantiruvchi eng muhim omili sifatida qaralmoqda. Olimlardan Platon
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1221
inson qobiliyatlari tug‘ma ekanligini aytgan va inson bilgan barcha harsa uning ideal bilimlar
dunyosida bo‘lgan paytidan xotiralar bo‘lib hisoblanadi, deb taxmin qilgan. Frensis Galton
o‘zining «talantning tug‘maligi, uning qonuniyatlari va oqibatlari» (1869) nomli kitobida
«...buyuklik va iste'dod avloddan avlodga o‘tadi, muhit esa bunda ikkinchi darajali omildir...», -
deb aytgan. Biroq ko‘pgina mashxur ijrochilar buyuklikning sababi to‘qson foiz mehnatdandir va
qolgan foizlarigina qobiliyatga bog‘liqligini ta'kidlashgan. Lekin faqat mehnat bilan ham
qobiliyatni cheksiz darajada-rivojlantirib bo‘lmaydi. Kishining qobiliyati ma'lum bir imkoniyat va
shaxsiy xususiyatlari doyrasidagina shakllanadi. Estetik va emotsional muhit musiqa olamida
bolaga emotsional qulayliklar yaratib, undagi ijodga bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi.
Biroq, musiqiy muhitning samaradorligi faqat tashqi sharoitlargagina bog‘liq bo‘lmay,
balki bola musiqiy rivojlanishini tartibga soluvchi muloqot, musiqiy-nazariy bilimlar, ijodiy
usullarga ham bog‘liq. O‘quvchilarni musiqiy tarbiyalash jarayoni samarali kechishi uchun:
qobiliyat yo‘nalishlarida aks etuvchi insonning ijtimoiy-madaniy faolligi (E.A.Bodina); ijtimoiy
va shaxsiy tajriba to‘plash, madaniyatni saqlash yo‘llari (A.LArnoldov, L.P.Bueva, E.S.Makaryan,
V.M.Mejuev); belgilovchi faoliyat (L.S.Vigotskiy); hissiyot va obrazli tafakkur bilan bog‘liq
estetik tajriba, badiiy ma'lumotlar bilan bog‘liq tushunchalar (A.E.Lazar); insonlar va narsalar
dunyosi bilan aloqadorlik (V.S.Muxina); faoliyatlarni bilish va yanada rivojlanishga intilish
(V.A.Petrovskiy) bo‘lishi lozim.
V.V.Bogoslovskiyning fikricha, qobiliyat faoliyat talablariga javob beruvchi va undagi
yuqori natijalarni ta'minlovchi inson shaxsi xususiyatlarining sintezidir. Shuningdek,
V.V.Bogoslovskiy qobiliyatlami ularning yo‘nalishi va sohasiga qarab turlarga ajratadi. Bu borada
psixologiya asosan umumiy va maxsus qobiliyatlami farqlaydi. Umumiy qobiliyatlar deganda,
bilimlami o‘zlashtirganda va har xil faoliyat turlarini qo‘llaganda nisbatan yengillik hamda
sermahsullikni ta'minlovchi shaxs xususiyatlarining tizimi tushuniladi, deb hisoblaydi psixolog.
Qobiliyat - ko‘nikma, malaka va bilim emas, balki ulami o‘zlashtirish dinamikasidir.
Qobiliyatlar - faoliyat davomida namoyon bo‘ladigan imkoniyatdir. Musiqiy qobiliyat faqat
musiqa amaliyoti, musiqa san'atiga xos bo‘lgan musiqiy material, maxsus usullar orqaligina
rivojlantirilishi mumkin. Faqat musiqagina insonning musiqiy hislarini uyg‘otadi. V.N.Shatskaya
o‘quvchilarda musiqani his qilish va tushunish qobiliyatini tarbiyalash lozimligini ko'p marotaba
uqtirgan. Musiqiy tarbiya berish, har bir bolada mavjud musiqiy qobiliyat va iste'dodni tarbiyalash,
o‘quvchining aqliy, fiziologik, mehnat va estetik xususiyatlarini shakllantirish aynan musiqa
san'ati orqali, ma'lum bir tizimga solingan musiqiy ta'lim va tarbiya orqali amalga oshiriladi, deydi
olima. Musiqiy ta'lim olmagan kishilarda, musiqiy qobiliyat bo‘lmaydi.
Chunki ular musiqiy bilimlami o‘zlashtirmaganlar. O‘quvchilar maktabga kelgunga qadar
musiqa bilan tanish bo‘lganlar, lekin musiqiy bilimlami o‘zlashtirish uzluksiz ta'limning - umumiy
o‘rta ta'limning boshlang‘ich sinflariga to‘g‘ri keladi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchisining
ruhiy jihatlari - xotirasi, ongi, diqqat-e'tibori, tafakkuri bilimlami o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladi.
REFERENCES
1.
Abdullin E. O началном этапе музикаиного обучения в обшеобразователних школах
Японии // Музикалное воспитание в шкоие, вип.9. М., 1984.
2.
Abdullin E., Sipin G. Программа, устремиеимая в будушее // «Советская музика»,
1988, КслО.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1222
3.
Avratiner V. Обучения и воспитание музиканта-педагога. М., 1981.
4.
Akbarov I., Xusainov T. И лл-синф мусиқа дарслиги учун методик қўлланма. Т., 1974.
5.
Alaev Yu. Пути формирования навиков многоголосного пения • в детском хоре
//Музикалное воспитание в шкоие, вип. 10, М., 1985.
6.
Apraksina O. Методика музикаиного воспитания в шкоие. М., 1983.
7.
Apraksina.O.A. Методика музикаиного воспитания в шкоие. (Учебное пособие для
пед. институтов по спеc. 2119 «Музика и пение») - М.: Просвешение, 1983. -222с.
