ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
696
O‘QITUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA
MUAMMOLI TA’LIM METODIDAN FOYDALANISH
Xushboqov Botir Xushboqovich
TDIU tayanch doktoranti
e-mail:
xushboqovbotir188@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.8033181
Annotatsiya.
O‘qitishda muammolita’limdan foydalanish ham, kreativ qobiliyatni
shakllantirishda samarali hisoblanadi. o‘qituvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va
kashf etishi bilan bog’liq bo‘lgan ta’lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari
bilan birga talabalarn ijodiy fikr “laboratoriyasi”gaolib kiradigan jarayon ham asosiahamiyatga
egadir. Muammoli ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega: U o‘qituvchilarni mantiqiy,
ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga va izlanishga o‘rgatadi.
Kalit so‘zlar:
Muammoli ta’lim, mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodi fikrlash, chuqur intellektual
his-tuyg’ular, Muammoli savol, Muammoli vazifa, Muammoli topshiriq, Muammoli vaziyat.
USE OF THE PROBLEM-BASED LEARNING METHOD IN THE
DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF TEACHERS
Abstract.
The use of problem-based learning in teaching is also effective in forming
creative abilities. Among the educational methods related to the independent search and discovery
of a truth by teachers, along with heuristic or research methods, the process that brings students
to the "laboratory" of creative thinking is of primary importance. Problem-based education has
several advantages in this respect: It teaches teachers to think logically, scientifically,
didactically, creatively and research.
Keywords:
Problem-based education, logical, scientific, didactic, creative thinking, deep
intellectual feelings, Problem question, Problem task, Problem assignment, Problem situation.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРОБЛЕМНОГО МЕТОДА ОБУЧЕНИЯ В РАЗВИТИИ
ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ПЕДАГОГОВ
Аннотация.
Использование проблемного обучения в обучении эффективно и для
формирования творческих способностей. Среди методов обучения, связанных с
самостоятельным поиском и открытием учителями некоторой истины, наряду с
эвристическими или исследовательскими методами первостепенное значение имеет
процесс, приводящий учащихся в «лабораторию» творческого мышления. Проблемное
обучение имеет в этом отношении ряд преимуществ: оно учит учителей мыслить
логически, научно, дидактически, творчески и исследовательски.
Ключевые слова:
Проблемное обучение, логическое, научное, дидактическое,
творческое мышление, глубокие интеллектуальные переживания, Проблемный вопрос,
Проблемная задача, Проблемная задача, Проблемная ситуация.
O‘qitishda muammoli ta’limdan foydalanish ham, kreativ qobiliyatni shakllantirishda
samarali hisoblanadi. O‘qituvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi
bilan bog’liq bo‘lgan ta’lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga
talabalarni ijodiy fikr “laboratoriyasi”ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir.
Muammoli ta’lim shu jihatdan birqancha afzalliklarga ega: U o‘qituvchilarni mantiqiy, ilmiy,
didaktik, ijodiy fikrlashga va izlanishga o‘rgatadi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
697
1.U o‘quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e’tiqodga aylanishiga
ko‘maklashadi.
2. U odatda ancha ta’sirchan bo‘lib, chuqur intellektual his-tuyg’ular, shu jumladan
ko‘tarinki ruh, hissini o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg’usini vujudga keltiradi,
shuning uchun u talabalarni qiziqtiradi, o‘qituvchilarni ilmiy bilishga jiddiy qiziqishini tarkib
toptiradi.
3. Haqiqat qonuniyatining mustaqil “kashf etilishi” olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab
chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash
mumkin.
Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo‘li bilan
egallanadigan bilim, ko‘nikma va malakalar yig’indisi muammoli ta’lim deyiladi.
Muammolita’lim quyidagilarda ko‘rinadi:
Muammo
Muammoli savol
Muammoli vazifa
Muammoli topshiriq
Muammoli vaziyat.
Muammoning o‘zi yunoncha “problem” so‘zidan olingan bo‘lib, vazifa, topshiriq
degan ma’nolarni anglatadi.
Muammoli vaziyat-subektning psixologik holatini ifodalab, muammo bilanduch kelganda,
aqliy qiyinchilikni paydo bo‘lishi zudlik bilan hal qilishiga halaqit beradigan yangi bilim
va harakat usullarini izlash, ularni topib hosil bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni
ta’minlaydi. Bu esa muammoga psixologik jihatdan yondashishni talab etadi. To‘g’ri tashkil
etilgan dars o‘z samarasini beradi, albatta. Ammo har bir bosqichda qo‘llaniladigan
metodlarni chuqurroq o‘rganmay turib, dars samaradorligini oshirib bo‘lmaydi.Ta’lim
standartlari va me’yorlari va an’anaviy ravishda ta’lim natijalarini baholash uchun foydalaniladi.
Kreativlikda o‘quv natijalarini baholashga yondashuv o‘zgacha. Tashqi berilgan natijalarga
erishilganlik darajasi emas, balki ko‘pincha undan chetga chiqishlar tekshiriladi.
Kreativlikni baholashda o‘quvchilar ta’limiy natijalarining asosiy parametri-
standartlarning minimum talablariga mos kelishi emas balki o‘quvchining shaxsan ta’limiy o‘sish
darajasidir. An’anaviy ta’limda talaba ta’lim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi.
Kreativ faoliyatida esa ta’limda talaba ta’limiy samarasi ta’limning yangi mazmunini saralashda
ishtirok etadi; bilimning hajmi, malakasi, faoliyat turlari hamda talabaning foydalaniladigan
usullari cheklanmagan bo‘ladi.Talabalarga beriladigan ta’lim standarti ko‘pincha talaba shaxsiga,
uning haqiqiy ta’limiy faoliyatiga bog’liq bo‘lmagan materiallarni ham vujudga keltiradiki, bu
tayyor insholar, referatlar va boshqa yozma manbalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Kompyuter
texnologiyasi bu jarayoni yanada qulay va variativ qilib qo‘ymoqda.
Tayyor kontrol ishlar, referatlar hamda shu kabi internet tarmog’iga joylashtirilgan
materiallarning muttasil ko‘payib borayotgan to‘plamlari talabalarga tayyorgarlik ko‘rmay hamda
zarur ishlarni bajarmay turib imtihonlar topshirishlarini osonlashtirmoqda.Ta’lim standartlarini
tuzishda kreativ yondashuv kurs yoki mavzuning o‘rganish natijasi sifatida tayyor fan mazmunini
bermaydi, biroq talabadan yangi mazmunni, ya’ni uning shaxsan ta’limiy o‘sishini talab
qiladi.Muammoli ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi bilim oluvchilarning mustaqilligi va
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
698
faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq
etilishini kuchaytirishdan iborat. Pedagogik psixologik adabiyotlarda muammoli ta’limning ilmiy-
nazariy asoslari haqida gap borganda, uni ta’lim metodi, prinsipi yoki alohida tizim deb hisoblash
holatlari uchraydi. Muammoli ta’limni qanday nomlashdan qat’iy nazar, uning asosiy xususiyati –
bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil ijodiy izlanish, o‘zi uchun yangi bilim,
ko‘nikma va malakalarni kashf etishdan iborat.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayoni tashkil etilgandan bilim
egallashning bir qancha bir-biriga bog’liq bo‘lgan bosqichlari mavjud bo‘lib, tayyor bilimlarni
talaba-talabalar ongiga yetkazish, xotiralash,xotirada saqlash, qayta xotiralash, so‘zlab berish,
yozma ifodalash kabi holatlar bilish, tushunish darajasini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim
oluvchidan ijodiy yondashuv talab etilmaydi. o‘zlashtirishning keyingi darajalarida olgan
bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma’lum natijalarni qo‘lga kiritishi, to‘ldirishi, boyitishi,
o‘zgartirishi, o‘zining mustaqil nuqtayi nazariga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu o‘zlashtirish
darajalari uchun muammoli yondashuv zarur .o‘quv jarayonini muammoli tarzda tashkil etish
auditoriyaga o‘ziga xos psixologik jihatdan yondashuvni talab etadi. Buning uchun o‘qituvchi va
tahsil oluvchilar o‘rtasida hech qanday psixologik to‘siq bo‘lmasligi, iliq psixologik muhit
yaratilishi lozim. So‘ngra bugungi mashg’ulotni samarali o‘tkazish qoidasi qabul qilinadi. Ushbu
jarayon auditoriyadagi barcha tahsil oluvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi. o‘qituvchi
bugungi mashg’ulotning samaradorligini ta’minlash uchun o‘quvchi-talabalar qanday qoidalarga
amal qilishi lozimligini auditoriyadan so‘raydi. Mashg’ulotning samaradorligini ta’minlash uchun
quyidagiqoidalarga amal qilinishi tavsiya etiladi:
Gapni bo‘lmaslik;
bir-birini eshita bilish;
bir-birini tinglay olish ko‘nikmasi;
navbat bilan gapirish ko‘nikmasi:
qo‘l ko‘tarish qoidasiga amal qilish;
sabr-toqatli bo‘lish, o‘zaro hurmat.
Darsni muammoli tarzda tashkil etish uchun birinchi galda o‘quvchi-talaba bahs
munozara yuritishga, fikrlarini erkin bayon etishga, tanqidiy munosabat bildirishga tayyor bo‘lishi
lozim. Buning uchun qo‘yiladigan muammolarga bog’liq bo‘lgan tushunchalar yuzaga chiqariladi.
So‘ngra muammoga aniqlik kiritilib, ma’lum xulosalar chiqariladi. Bu jarayon fikr-mulohazalarda
ifodalanadi. Muammoni hal etish bosqichida o‘quvchi-talabalarning faol ishtirokini ta’minlash
maqsadida bu jarayonni shartli ravishda quyidagi uch bosqichga ajratish mumkin:
– aniqlash bosqichi;
– anglash bosqichi;
– fikrlash bosqichi.
Birinchi, aniqlash bosqichida o‘quvchi-talabalarda mavjud bo‘lgan tushunchalar aniqlab
olinadi va ularning diqqati muammoga jalb qilinadi. Aniqlash bosqichini tashkil etish uchun
quyidagi savollardan unumli foydalanish mumkin:
Bu haqda qanday ma’lumotlarga egasiz?
Bu xususida nimani bilishni xohlaysiz?
Nima uchun bu muhim?...
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
699
Ikkinchi, anglash bosqichida asosiy maqsad o‘qish jarayonining dinamikasini ta’minlash,
yangi o‘quv ma’lumotlarini o‘zlashtirishdan iborat. Bunda qo‘yilgan muammoni mohiyatini
anglab yetish va hal etish nazarda tutiladi. Ushbu bosqichda ta’limning turli faol usullaridan
foydalanish yaxshi samara beradi. Jumladan, mikroguruhlar tuzish, munozara tashkil etish va
quyidagi tartibda savollar qo‘yish mumkin:
Siz uchun yangi ma’lumotlar bormi?
Ushbu masala yuzasidan sizning fikringiz qanday?
Sizda qaysi jihat eng katta taassurot qoldirdi?
Buning ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz?
Qanday natija beradi deb o‘ylaysiz?
Uchinchi, fikrlash bosqichida muammoning yechimi chiqarilib, fikr mulohazalar
bildiriladi. o‘quvchi-talabalarni fikrlashga jalb etish uchun ularga quyidagi savollar bilan murojaat
qilish samarali sanaladi:
Bu haqda qanday o‘ylaysiz?
Qanday yangi fikrlar keldi?
Fikringizni asoslay olasizmi?
Ushbu savollarga javob berish mobaynida o‘quvchi-talabalar yangi tushunchalarni bayon
etishga harakat qilishlari zarur. Hosil bo‘layotgan fikrlarning moslashuvchan, rang-barang
bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Ta’lim jarayoniga o‘ziga xos psixologik jihatdan yondashuv
o‘quvchi talabalarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini erkin bayon etishga undaydi. Shu bilan
birga,qo‘yiladigan muammoni ijodiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Bunda quyidagi faol
usullardan foydalanish mumkin.
Mikro guruhlarda ishlash. o‘quvchi-talabalar besh-oltitadan kichik guruhlarga ajratilib,
muammoni erkin munozara-muhokama qiladilar. Masalan: shu guruhda analiz qiladilar va har bir
a’zo yoki o‘zlari belgilagan biror o‘quvchi-talaba fikrlarini bayon etadi. Bu guruhlar tasodifiy
tashkil etilishi mumkin. Masalan, “oq, qizil, qora, yashil, sariq” ranglar beriladi. “Oq”lar birinchi
mikroguruh, “Qizil”lar ikkinchi mikroguruh va h.k. yoki ikkinchi usul: dastlab eng a’lo-chi 6 ta
o‘quvchi-talaba aniqlab olinadi, so‘ng nisbatan pastroq o‘zlash-tiruvchi 5-6 o‘quvchi-talaba so‘ng,
past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi-talabalar teng guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar doimiy faoliyat
ko‘rsatadilar.
1
“Ijodiy faoliyat” – rasm chizish, ijodiy insho yozish, rollar o‘ynash va h.k.
“Muammoli vaziyatlar” – ma’lum holatlar, vaziyatlar hosil qilinib, mikroguruhlarda va
individual tarzda muhokama qilish.
Bunda o‘quvchi-talaba o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish; faol munozarani vujudga
keltirish; o‘quv faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; o‘quvchi-talabalarga turlicha fikrlarni
tinglash imkonini beradi; tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini hosil qiladi; o‘z-o‘zini namoyish etish
imkonini beradi; turli ijtimoiy munozaralarga kirish malakasini hosil qiladi. Mustaqil fikrning
hosil bo‘lishi uchun birinchi navbatda ma’lum shart-sharoitlar yaratilishi maqsadga muvofiq.
Muammoning hal etilishi natijasida yangi bilimlar bilan qurollantiriladi.
1
Yo’ldoshev J.G‘., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2009-y. – 492
b. 41-42
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
700
O‘quv muammosi ilmiy bilish zaruriyatining subektiv ifodasidir. U muammoli vaziyatning
in’ikosi, ya’ni ta’lim jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida yuzaga keluvchi obektiv ziddiyatdir.
Umuman olganda, o‘quv muammosi deganda talabalar tomonidan mustaqil izlanishlar tufayli hal
etilishi ko‘zda tutilgan ziddiyatli masala tushuniladi. Ziddiyatli masala esa o‘ziga xos muammoli
topshiriq, muammoli savol shaklida bo‘lib, o‘quvchilardan mustaqil fikr yuritishni talab etadi.
Muammoning hal etilishi natijasida yangi bilimlar bilan qurollantiriladi.
REFERENCES
1.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha xarakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikkasi Prezidentining
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M ning ,,Oliy Majlisga
Murajaatnomasi”. – T.: 2020 yil 24 yanvar.
3.
Abdullayeva SH. A., Axatova D. A., Sobirov B. B., Sayitov S.S. Pedagogika. Ekspress-
ma’lumotnoma.-T.: Fan,2004.-264 b.
4.
Adizov B. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped. fan. dok. ...
dis. –Toshkent, 2003. – 276 b.
5.
Aliyev A. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Тoshkent: O’qituvchi,1991.40bet.
6.
B.A.Nazarova. Bo’lajak o’qituvchilarda kreativ yondashuv asosida tadqiqotchilik
layoqatini tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslari. (Monografiya). –T.: ,,Fan va
texnologiya”, 2007, 164 b.
7.
Machine Translated by GoogleO'qituvchilar, o'qituvchilar va murabbiylar uchun jurnal
JETT, jild. 9 (2); ISSN: 1989-9572 123.
8.
Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE
DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY
SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.
9.
Karimova,
Sevara.
"CHARACTERISTICS
OF
NATURAL
TEACHING
METHODOLOGНY."Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
socialsciences1.11 (2021):737-740.
https://cyberleninka.ru/article/n/characteristics-of-
natural-teaching-methodologny.
10.
Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN
THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.
