DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BO‘LGAN HOLATLAR

Annotasiya

Ushbu maqolada jinoyat protsessida dalillar tushunchasi, ularning huquqiy manbalari hamda isbotlash jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, dalillarning yig‘ilishi va baholanishi tartibi, isbot majburiyati, shuningdek jinoyat ishida aniqlanishi shart bo‘lgan holatlar mazmun-mohiyati yoritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
648-651
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nazarov, R. (2025). DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BO‘LGAN HOLATLAR. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 648–651. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139648
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada jinoyat protsessida dalillar tushunchasi, ularning huquqiy manbalari hamda isbotlash jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, dalillarning yig‘ilishi va baholanishi tartibi, isbot majburiyati, shuningdek jinoyat ishida aniqlanishi shart bo‘lgan holatlar mazmun-mohiyati yoritiladi.


background image

648

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BO‘LGAN HOLATLAR

Nazarov Raxim Toshtemirovich

Termiz davlat universiteti «Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi»

kafedrasi oʻqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17687899

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jinoyat protsessida dalillar tushunchasi, ularning huquqiy

manbalari hamda isbotlash jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksi normalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, dalillarning yig‘ilishi va baholanishi tartibi,
isbot majburiyati, shuningdek jinoyat ishida aniqlanishi shart bo‘lgan holatlar mazmun-mohiyati
yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

dalillar, isbot qilish, jinoyat protsessi, haqiqatni aniqlash surishtiruv tergov.

Аннотация.

Ушбу мақолада жиноят процессида далиллар тушунчаси, уларнинг

ҳуқуқий манбалари ҳамда исботлаш жараёнининг мазмуни Ўзбекистон Республикаси
Жиноят-процессуал кодекси нормалари асосида таҳлил қилинади. Хусусан, далилларнинг
йиғилиши ва баҳоланиши тартиби, исбот мажбурияти, шунингдек жиноят ишида
аниқланиши шарт бўлган ҳолатлар мазмун-моҳияти ёритилади.

Калит сўзлар:

далиллар, исбот қилиш, жиноят процесси, ҳақиқатни аниқлаш

суриштирув тергов.

Abstract.

This article analyzes the concept of evidence in criminal proceedings, its legal

sources and the content of the proof process based on the norms of the Criminal Procedure Code
of the Republic of Uzbekistan. In particular, the procedure for collecting and evaluating
evidence, the burden of proof, as well as the essence of the circumstances that must be
established in a criminal case are highlighted.

Keywords:

evidence, proof, criminal proceedings, truth-finding, inquiry, investigation.

KIRISH

Jinoyat protsessual huquqi jinoyat ishlarini hal qilishda haqiqatni aniqlashni maqsad qilib

qo‘yadi. Haqiqatga erishish esa dalillar tizimi, ularning tahlili va isbotlash jarayoni orqali
ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi dalillarni yig‘ish, tekshirish
va baholashning qat’iy tartibini belgilagan bo‘lib, bu adolatli sud qarorining asosiy kafolatidir.

Jinoyat protsessida har bir holatning qonuniy ravishda isbotlanishi shaxsning huquq va

erkinliklarini ta’minlashga, aybsizlik prezumpsiyasini himoya qilishga ham xizmat qiladi. Shu
bois dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar institutini chuqur o‘rganish jinoyat
protsessining ilmiy hamda amaliy jihatlari uchun dolzarb masaladir. Dalillar bu faktlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, isbotlash predmetiga kiruvchi faktlar esa dalil hisoblanmaydi. Inson
ongida predmetlar, narsalar emas, balki ularning manzaralari, tushunchalari va ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Haqiqiy ma’lumotlar bu qonuniy manbalardan olingan faktlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Jinoyat-protsessual qonunchilikda esa faktlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar haqiqiy ma’lumotlar deb yuritiladi. Isbotlash esa protsessual faoliyat bo‘lib, unda
sud, tergov va boshqa protsessual subyektlar dalillarni to‘plash, tekshirish, mustahkamlash va
baholash yo‘li bilan haqiqatni aniqlashga harakat qiladi. Isbotlash predmeti deganda, har bir
jinoyat ishida aniqlanishi lozim bo‘lgan va huquqiy jihatdan muhim bo‘lgan holatlar tushuniladi.
Ichki Ishlar Vazirligining huquqiy materiallarida isbotlash predmetiga quyidagilar kirishi
aytiladi: jinoyat obyekti, jinoyat sodir etilgan vaqti va joyi, sabablari, ayblanuvchining shaxsiy
xususiyatlari va boshqa muhim holatlar.


background image

649

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Dalillarni ularning manbasiga qarab dastlabki va hosila dalillarga ajratish mumkin. Bu

tasnifda tergovchi yoki sudning ma’lumotlarni birinchi manbadan olganligi yoki boshqa
vositachilar orqali olganligi muhim hisoblanadi. Dastlabki dalillar ma’lumot birinchi manbadan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri olingan dalillar hisoblanadi. Masalan, asl hujjatlar, shaxsiy kuzatuvlar, qo‘l
izlari, guvohlarning bevosita ko‘rsatmalari. Ekspert xulosasi ham dastlabki dalil sifatida qabul
qilinadi. Bu dalillar hodisaning yuz berishi haqida birinchi qo‘l ma’lumotlarni beradi. Hosila
dalillar ma’lumot birinchi manbadan emas, balki vositachilar orqali olingan dalillardir. Masalan,
jinoyat haqidagi xabarni uchinchi shaxsdan eshitgan guvohning ko‘rsatmalari hosila dalil sifatida
qaraladi. Hosila dalillarning shakllanishida oraliq bog‘lanish mavjud bo‘ladi.

Hosila dalil misolida hodisaga birinchi shaxs guvoh bo‘lib, keyinchalik bu ma’lumot

boshqa shaxsga yetkazilgan bo‘lsa, va ushbu ikkinchi shaxs guvoh sifatida ko‘rsatma bersa, bu
hosila dalil hisoblanadi. Shu sababli, oraliq manbalardan olingan ma’lumotlarda asl manbaning
aniqligi va so‘roq qilinishi muhimdir, chunki hodisaning birlamchi guvohi eng to‘liq va ishonchli
ma’lumot bera oladi. Shuningdek, hujjatlarning nusxalari ham hosila dalil sifatida qaraladi. Bu
holatda hujjatning asl nusxasi boshlang‘ich manba, nusxasini olgan va tasdiqlagan shaxs esa
ikkilamchi manba hisoblanadi. Oraliq manbalar ko‘p bo‘lsa, dalilning o‘zgarishi yoki buzilishi
ehtimoli ham oshadi, shuning uchun har doim boshlang‘ich manbaga qaytish va uning so‘rovi
amalga oshirilishi lozim.

1

O‘zbekiston Respublikasining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni

normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-avgustdagi Oliy sud
plenumida ta’kidlanadiki, dalil “maqbullik” tamoyiliga rioya qilinmaganda, ya’ni jinoyat-
protsessual qonunda belgilangan tartib va qoidalarga mos kelmasa, bunday dalil “nomaqbul”
hisoblanadi va sud amalda undan foydalanmasligi lozim. Maqbullik uchun quyidagi asosiy
shartlar ko‘rsatilgan: dalilni olgan sub’yekt (masalan, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror yoki
sud) qonuniy vakolatga ega bo‘lishi; dalil faqat qonunda nazarda tutilgan manbalardan olinishi;
protsessual harakatlar jinoyat-protsessual qonun talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi; va
protsessual harakatlar va ularning natijalarining rasmiy hujjatlarda toʻliq qayd etilishi. Plenum
qarorida aytilishicha, agar protsessual harakatlar davomida qonun buzilgan bo‘lsa, bunday
dalillar “nomaqbul” deb topiladi.

Nomaqbul dalillardan Jinoyat-protsessual kodeksining 82–84-moddalarida nazarda

tutilgan holatlarni isbotlashda foydalanish mumkin emas va ularni ayblov asosida qo‘llash
taqiqlanadi. Plenum qarori xususan audiodagi va videodagi yozuvlar, hamda fotosuratlarni
jinoyat ishi materiallariga qoʻshishda ehtiyot choralarini belgilaydi. Bu turdagi dalillarni jinoyat
ishiga qo‘shishdan oldin, ularni kim, qachon, qayerda topgani aniq belgilanishi kerak. Agar
predmet bo‘lsa, uni koʻzdan kechirish bayonnomasi tuzilishi va shundan keyin sud ajrimi bilan
ashyoviy dalil sifatida qabul qilinishi zarur. Zarurat tug‘ilganda ekspertiza tayinlanishi mumkin.

Plenum qarorida qiynoqqa solish, kuch ishlatish yoki boshqa noinsoniy muomalalar

natijasida olingan ma’lumotlar va dalillarni “nomaqbul” deb topish ehtimoli katta. Ya’ni, agar
tergov yoki surishtiruv paytida shaxsga nisbatan noqonuniy kuch ishlatish bo‘lsa, bunday dalillar
sudda ishlatilmasligi kerak, chunki qonun ularga nisbatan qat’iy cheklov qo‘yadi. Plenum qarori
raqamli formatdagi ma’lumotlarga nisbatan ham aniq ko‘rsatmalar beradi. Masalan, agar raqamli
ma’lumotlar mutaxassis ishtirokisiz olingan bo‘lsa yoki ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, ularni
maqbul deb tan olish ehtimoli kamayadi. Bu, raqamli dalillarni to‘plash jarayonida protsessual
xatolar bo‘lishi va ularning sudda isbot quvvati muammoga uchrashi mumkinligini oldini olishga

1

Jinoyat-protsessual huquq: Darslik / Yuridik fanlar doktori, professor M. A. Rajabova


background image

650

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

xizmat qiladi. Plenum sud va tergov (shuningdek, surishtiruvchi, prokuror) organlariga jinoyat-
protsessual qonunning dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bo‘yicha talablariga qat’iy rioya
qilish zarurligini eslatadi. Har bir jinoyat ishi bo‘yicha sud amalda dalillarning maqbulligini
pasda tekshirmog‘i, protsessual harakatlar jarayonida qonun buzilishlari bo‘lmaganini aniqlashi
kerak.

Agar qonuniylik talablariga rioya qilinmasa, shu yo‘l bilan olingan dalillar nomaqbul deb

topilishi va ulardan isbot sifatida foydalanilmasligi kerak. Plenum qarorida aybsizlik
prezumpsiyasiga ya’ni shaxs ayblov asosida sudlanganicha emas, aybdorligi qonun talabiga
ko‘ra isbotlangunga qadar aybsiz hisoblanishi alohida urg‘u berilgan.

2

Bu prinsipni ta’minlash uchun sud va tergov organlari isbotlash jarayonida har bir dalilni

ehtiyotkorlik bilan baholashi va toʻgʻri protsessual tartibda ishlashi kerak. O‘zbekiston
Konstitutsiyasida insonning asosiy huquq va erkinliklarini faqat sud qarorisiz cheklash mumkin
emasligi qat’iy belgilangan. Shu talabni amalda ta’minlash maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha
sudga qadar bo‘lgan jarayonda shaxsning erkinligini cheklovchi choralarni (qamoqqa olish,
tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini tinglash va boshqalar) sanksiyalash vakolati maxsus
tashkil etilgan tergov sudyalariga topshirildi. 2024 yilda prezident tomonidan imzolangan
farmonda aynan shu vazifa belgilangan bo‘lib, 2025 yil 28 yanvardan kuchga kirgan qonun bilan
tergov sudyalari jinoyat protsessida mustaqil ravishda o‘z funksiyalarini bajarishga huquqiy asos
yaratildi. 2025 yil 28 yanvardan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, Jinoyat protsessual kodeksi,
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Fuqarolik protsessual kodeksi hamda “Prokuratura
to‘g‘risida” va “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunlarga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Qonunning 28-
moddasi 1-qismidagi 12-xatboshiga yangi vakolatlar qo‘shildi. Endilikda prokuror, tintuv
o‘tkazish, telefon va boshqa aloqa vositalari orqali so‘zlashuvlarni tinglash yoki ulardagi
ma’lumotlarni olish, mol-mulkni xatlash kabi harakatlar bo‘yicha sudga iltimosnoma kiritish
yoki tergovchi surishtiruvchining iltimosnomasiga rozilik berish huquqiga ega bo‘ldi.

3

JPKning

29-moddasidagi sud vakolatlari kengaytirildi. Shuningdek, kodeks yangi 31

1

-moddasi bilan

to‘ldirilib, tergov sudyalarining konkret vakolatlari belgilab qo‘yildi. Tergov sudyasi yakka
tartibda ish yuritib, sudga qadar bosqichda shaxsning huquqlari va erkinliklari ustidan sud
nazoratini amalga oshiradi. Uning vakolatlariga quyidagilar kiradi: qamoqqa olish yoki uy
qamog‘i choralarini qo‘llash, ushbu ehtiyot choralarining muddatini uzaytirish, ushlab turish
muddatini 48 soatga uzaytirish, pasport yoki harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtincha
to‘xtatish, shaxsni lavozimidan chetlashtirish, ayblanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish va
uning muddatini uzaytirish, eksgumatsiya qilishga doir iltimosnomalarni ko‘rib chiqish, xatlash,
tintuv, telefon so‘zlashuvlarini tinglash bo‘yicha iltimosnomani hal qilish, prokuror tomonidan
guvoh yoki jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi
iltimosnomalarni ko‘rib chiqish. JPK 158

1

, 158

2

va 158

3

-moddalar bilan to‘ldirildi. Ularga ko‘ra:

1. Tintuv o‘tkazish haqida tergovchi yoki surishtiruvchi avval prokurorga iltimosnoma

yuboradi.

2. Prokuror rozilik bergach, materiallar tergov sudyasiga taqdim etiladi.
3. Tergov sudyasi arizani 8 soat ichida yopiq majlisda ko‘rib chiqadi.

2

Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida Oliy

Sud plenum qarori.

3

O‘RQ-1022-сон 28.01.2025. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va

erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
kiritish toʻgʻrisida.


background image

651

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

4. Rad etilgan taqdirda, faqat yangi holatlar yuzaga kelganidagina tintuv bo‘yicha

takroran murojaat qilish mumkin.

Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv sud sanksiyasiz ham o‘tkazilishi mumkin,

ammo bu haqda sud va prokuror 24 soat ichida xabardor qilinadi. Tergov sudyasi 48 soat ichida
qarorning qonuniyligini tekshiradi. Agar tintuv qonunga zid deb topilsa, olingan barcha dalillar
nomaqbul hisoblanadi. Shuningdek, shaxs o‘ziga nisbatan qilingan tintuv bo‘yicha sudya
qaroridan 24 soat ichida apellyatsiya berishi mumkin. JPKning 169–170-moddalari yangi
qo‘shimchalar bilan boyitildi, 169

1

va 169

2

-moddalar kiritildi: Tergovchi avval prokurorga

iltimosnoma yuboradi, prokuror tasdiqlaganidan so‘ng materiallar tergov sudyasiga yuboriladi,
tergov sudyasi arizani 8 soat ichida ko‘rib chiqadi, tinglash choralari 6 oydan ortiq davom eta
olmaydi, guvoh yoki jabrlanuvchi xavfsizligi tahdid ostida bo‘lsa, ularning so‘zlashuvlari ham
prokuror ko‘rsatmasiga asosan tinglanishi mumkin. Endilikda: qamoqqa olish, uy qamog‘i,
pasportni to‘xtatish, lavozimdan chetlashtirish, mol-mulkni xatlash, tibbiy muassasaga
joylashtirish kabi masalalarni faqat tergov sudyasi ko‘rib chiqadi. Ayrim kechiktirib
bo‘lmaydigan holatlarda tergovchi sud sanksiyasiz harakat qilishi mumkin, ammo sud 48 soat
ichida bu qarorlarni qonuniylik nuqtai nazaridan baholaydi. Agar tergovchining harakati qonunga
xilof bo‘lsa, olingan dalillar nomaqbul deb e’tirof etiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksning 245-moddasiga yangi qism kiritildi. Unga ko‘ra, ushbu moddadagi ayrim ma’muriy
ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman yoki shahar sudining tergov sudyasi tomonidan ko‘rib
chiqiladi.

4

Xulosa qilib aytganda, dalillar jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini

himoya qilish hamda ishning adolatli va haqqoniy hal qilinishini ta’minlashda asosiy vositadir.

Ular manbasiga qarab dastlabki va hosila dalillarga bo‘linadi: dastlabki dalillar birlamchi

manbadan olinganligi sababli eng ishonchli hisoblanadi, hosila dalillar esa vositachilar orqali
kelganligi sababli tekshirish va birlamchi manbaga qaytish orqali tasdiqlanishi lozim.

O‘zbekiston tajribasida tergov sudyalari va prokurorlar dalillarni faqat qonuniy asosda

rasmiylashtirishga majbur bo‘lib, qamoqqa olish, uy qamog‘i, telefon va boshqa
telekommunikatsiya qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni eshitish kabi protsessual harakatlar sud
nazorati ostida amalga oshiriladi. Shu orqali shaxsning huquqlari himoyalanadi, nomaqbul
dalillardan foydalanishning oldi olinadi va jinoyat protsessining adolatliligi mustahkamlanadi.

Shunday qilib, dalillarni to‘g‘ri tasniflash, ularning manbasini aniqlash va qonuniy asosda

rasmiylashtirish jinoyat tergovini samarali, shaffof va ishonchli qiladi hamda sud qarorlarining
adolatliligini ta’minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30.04.2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoayt protsessual kodeksi 22.09.1994.

3.

Jinoyat-protsessual huquq: Darslik / Yuridik fanlar doktori, professor M. A. Rajabova.

4.

Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim
masalalari toʻgʻrisida, 24.08.2018. 24-сон

5.

O‘RQ-1022-сон 28.01.2025. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada
kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

6.

lex.uz/acts/97664

4

lex.uz/acts/97664

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30.04.2023.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoayt protsessual kodeksi 22.09.1994.

Jinoyat-protsessual huquq: Darslik / Yuridik fanlar doktori, professor M. A. Rajabova.

Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida, 24.08.2018. 24-сон

O‘RQ-1022-сон 28.01.2025. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

lex.uz/acts/97664