SO‘Z QUDRATI NAVOIY NAZDIDA

Annotasiya

Alisher Navoiy uchun so‘z oddiy vosita emas, balki haqiqatni ifoda etuvchi, komillikka eltuvchi ma’naviy kuchdir. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning so’z va uning qudrati haqidagi qarashlari haqida so’z yuritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jo‘rayev, O. (2025). SO‘Z QUDRATI NAVOIY NAZDIDA. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 90–91. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139491
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Alisher Navoiy uchun so‘z oddiy vosita emas, balki haqiqatni ifoda etuvchi, komillikka eltuvchi ma’naviy kuchdir. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning so’z va uning qudrati haqidagi qarashlari haqida so’z yuritiladi.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

90

SO‘Z QUDRATI NAVOIY NAZDIDA

Olim Jo‘rayev

Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17573105

Annotatsiya.

Alisher Navoiy uchun so‘z oddiy vosita emas, balki haqiqatni ifoda etuvchi,

komillikka eltuvchi ma’naviy kuchdir. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning so’z va uning qudrati
haqidagi qarashlari haqida so’z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

so‘z, Navoiy ijodi, “Hayrat-ul abror”, bayt, doston, o’xshatish, ko’chim.

Аннотация.

Для Алишера Навои слово — не просто инструмент, а духовная сила,

выражающая истину и ведущая к совершенству. В данной статье рассматриваются
взгляды Алишера Навои на слово и его силу.

Ключевые слова:

слово, произведение Навои, “Хайрат-ул аброр”, двустишие, эпос,

сравнение, метафора.

Abstract

. For Alisher Navoi, the word is not a simple tool, but a spiritual force that

expresses truth and leads to perfection. This article discusses Alisher Navoi's views on the word
and its power.

Keywords:

word, Navoi's work, “Hayrat-ul abror”, couplet, epic, simile, metaphor.

Quuvai hofizamizda kengroq tafakkur qilsak, bizni qurshagan borliq, atrof–olam

Yaratganning lutfu inoyati, mo‘jizasidir. Erta tong ko‘zimizni ochishimizdan tortib, tunda g‘aflat
uyqusiga ketishimizgacha bo‘lgan oddiy bir kunning har daqiqasi takrorlanmas sehrga, mo‘jizaga
kon! Bu yaratiqlar orasida shunday bebaho xazina ham borki, uning qiyosi yo‘q, ta’rifi–tavsifi
tuganmas: bu–So‘z ! Ha, So‘z qudratini tan olmagan, tavsifu tasnif etmagan ijodkor bo‘lmasa
kerak. Ammo so‘zning o‘ziga xos va bebaho qadr-qimmatga egaligini, takrorlanmas tashbehlari,
mubolag‘a va istioralarini buyuk mutafakkir, so‘z zargari hazrat Alisher Navoiy ijodida yaqqol
uchratamiz.

“Hayrat ul-abror” – “Xamsa”ning birinchi dostoni. Unda so‘z haqidagi hikmatlarga to‘la

alohida bob mavjud. Har baytida so‘z ta’rif etilgan mazkur bobda so‘z insonga berilgan bebaho
boylik, “imtiyoz” ekanligi ta’kidlanadi:

Tengriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz

.

Tangri yaratgan mo‘jizalar ichida eng buyugi ham, tubani ham (o‘rni kelganda)

odamzotdir. Ammo tildan, bir og‘iz so‘zdan ko‘p hollarda inson boshiga kulfat yog‘ilishi mumkin.

Demakki, insonni ko‘kka ko‘taradigan ham, ko‘kdan tushiradigan ham uning amallari,

tilidan chiqadigan so‘z-gaplaridir:

O‘z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o‘zungdin istagil.

Navoiy asarlariini o‘qir ekanmiz, uning qalamidan to‘kilgan satrlar o‘lmas durdonalar

ekanligini his etamiz. Asrlar silsilasi sindirolmagan bu g‘oyalar, umrboqiy hikmatlar doimo
insonni yaxshilikka, to‘g‘rilikka undaydi:

Bordur inson zotida oncha sharaf, –
Kim yamon axloqin etsa bartaraf.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

91

Shoir so‘zning qudrati va buyukligini qayta–qayta takrorlaydi. Zero, so‘zimiz bizning ichki

dunyoimiz ko‘zgusidir. O‘rinsiz qo‘llangan so‘z bizni xijolatga qo‘yishi, muvozanatdan chiqarishi
mumkin:

Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Ahli maoniy qoshida xo‘b emas.

Navoiy tafakkur bilan so‘zlayotgan har kimsa, ayniqsa so‘zni qurol qilgan har bir shoir

so‘z injularini tizishda ehtiyot bo‘lmog‘i lozimligini ta’kidlaydi.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Navoiy yosh ijodkorlardan birini qattiq tanqid qiladi.
Ko‘proq kitob o‘qishi, o‘z ustida ishlashi kerakligini uqtirganda, Osafiy degan yosh shoir:

“Hozirgi kunda ko‘proq she’r aytish bilan mashg‘ul bo‘layotirman. Masalan, o‘tgan kecha ikki
pullik sham yonib bitgunicha ikki yuz bayt aytdim”, – deydi.

Shunda Navoiy: “Demak u tizmalaringizning har yuz bayti bir pul ekanda”, – deb javob

qilgan ekan. Ko‘rinib turibdiki, Navoiy iste’dodsiz qalamkashlarni qattiq tanqid ostiga olgan, she’r
hajman katta bo‘lsa-da, ma’nisiz bo‘lsa, u baribir o‘z o‘rnini topolmasligini shoirlarga uqtirib
kelgan.

Alisher Navoiy ijod dengizida Ollohning ikki buyuk mo‘jizasi yonma-yon turadi: bular

inson va uning so‘zi, tilidan to‘kilgan gavharlaridir. So‘ziga ehtiyot bo‘lish, o‘z so‘zini taftish
qilib borish insonning komilligi belgisidir!

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Alisher Navoiy.

Xamsa.

– 2 jildlik. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2000.

2.

Alisher Navoiy.

Mahbub ul-qulub.

– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1983.

3.

Alisher Navoiy.

Lison ut-tayr.

– Toshkent: Fan nashriyoti, 1991.

4.

Saitova B. Alisher Navoiy ijodida so‘z sehri va til jozibasi.// O‘zbekistonda Fanlararo
Innovatsiyalar va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, Vol 2 No 15, 2023. bestpublication.org

5.

Bozorova Gulchekhra & Akhmedova Khurshida. Alisher Navoi’s contribution to linguistics
and literary studies –Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(4), 2025.
mjstjournal.com

Bibliografik manbalar

Alisher Navoiy. Xamsa. – 2 jildlik. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2000.

Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.

Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1991.

Saitova B. Alisher Navoiy ijodida so‘z sehri va til jozibasi.// O‘zbekistonda Fanlararo Innovatsiyalar va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, Vol 2 No 15, 2023. bestpublication.org

Bozorova Gulchekhra & Akhmedova Khurshida. Alisher Navoi’s contribution to linguistics and literary studies –Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(4), 2025. mjstjournal.com