ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
239
KARTOSHKANI ASOSIY ZARARKUNANDASI-LEPTINOTARSA DECEMLINEATA
Sobirjonova Ximoyatxon Xabibullo qizi
talaba.
Siddiqova Nodira Kamildjanova
q.x.f.f.d.(PhD)
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologik instituti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17554709
Annotatsiya.
Maqolada xozirgi kundagi kartoshkachilikda dolzarb muammolardan biri
kolorado qo‘ng‘izi biologiyasi, zarari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari va ularga samarali
kurash choralari ma’lumotlari ыayd etilgan.
Kalit so‘zlar:
zararkunanda, kolorado qo‘ng‘izi, lichinka, g‘umbak, avlod.
THE MAIN PEST OF POTATOES IS LEPTINOTARSA DECEMLINEATA
Annotation.
The article presents information on the biology of the Colorado potato
beetle, its damage, and effective control measures, which are one of the current problems in
potato cultivation.
Keywords:
pest, Colorado potato beetle, larva, pupa, generation.
ОСНОВНОЙ ВРЕДИТЕЛЬ КАРТОФЕЛЯ – КОЛОРАДСКИЙ ЖУК
(LEPTINOTARSA DECEMLINEATA).
Аннотация.
В статье представлены сведения о биологии колорадского жука, его
вредоносности и эффективных мерах борьбы, которые являются одной из актуальных
проблем в картофелеводстве.
Ключевые слова:
вредитель, колорадский жук, личинка, куколка, поколение.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng qishloq xo‘jaligining
barcha sohalarida, jumladan sabzavot va kartoshkachilikka ham katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa
aholini meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun
ekin maydonlarida sabzavot ekinlari salmog‘ini o‘rtacha yilga 3 mln tonnaga, poliz ekinlari 1
mln tonnaga, kartoshkachilikni esa 400-500 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan edi.
Kishlok xujalik maxsulotlaridan yukori xosil olish chora- tadbirlari natijasida ko‘pchilik
fermer xo‘jaliklar, sabzavot-poliz va kartoshkadan yuqori hosil olmoqdalar. Ular o‘rtacha har
bir gektar sug‘oriladigan yerdan 300-350 sentner hosil olishga erishmoqdalar.
Sabzavot-poliz va kartoshkadan mo‘l hosil olishda ilg‘or agrotexnologik tadbirlarga amal
qilish bilan kolorado kungizi tarqalishining oldini olish, ularni paydo bo‘lish sabablarini to‘g‘ri
aniqlash ularga qarshi kurash choralarini izchillik bilan amalga oshirish lozim.
Kartoshkachilikka ham katta e’tibor berilmokda. Kartoshkachilikni rivojlantirishda
tuproq sharoitlari hisobga olinib, ayniqsa Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan
viloyatlarida kartoshkachilik uchun qulay sharoit mavjudligi, bu sohada ijobiy natijalar beryapdi.
Umuman olganda respublikamizda kartoshka 40-42 ming gektar maydonga ekilib,
hozirda 380-440 ming tonnaga yaqin yalpi hosil yetishtirilmokda. Hosildorlik respublika
bo‘yicha olganda o‘rtacha 200 sentner bo‘lsa, ilg‘or xo‘jaliklarda 250-300 sentnerni tashkil
qilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
240
Respublika hukumati kartoshkachilikni yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish
borasida
kartoshkachilik
sohasini
konsentratsiya
qilish,
ixtisoslashtirish,
yetishtirish
jarayonlarida yangi usullarni kiritish, hosildorlikni oshirish borasida izlanishlarni ko‘paytirishni
olimlar, qishloq xo‘jalik xodimlari zimmasiga yuksak vazifa qilib qo‘ydi.
Hozirgi kunda kartoshkachilik sohasida ancha muvaffaqiyatlarga erishilmoqda,
o‘g‘itlardan samarali foydalanish, serhosil navlarni keltirib ekish va O‘zbekiston sharoitida
takomillashtirish, ayniqsa Gollandiya, Belgiya kabi qishloq xo‘jaligi madaniyati yuksak
rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada katta ishlar amalga oshirilmokda.
Kartoshkadan O‘zbekiston sharoitida ikki marta hosil olish kasallik va zararkunandalarni
yo‘qotish, mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Sabzavot-poliz va kartoshkachilikda yangi, ixcham traktor, kultivator, seyalka, ekuvchi
moslamalar, yig‘uvchi kombaynlar yaratish borasida ham izlanishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga ko‘p hollarda ekin o‘suv davrida va keyinchalik hosilni omborxonalarda
saqlash paytida har xil zararkunandalar ta’sirida hosilning ancha qismi nobud bo‘ladi va sifati
keskin pasayadi. Ximoya choralari va boshqa tadbirlarni muntazam qo‘llanmaslik natijasida
zararkunandalar, ayniqsa shaxsiy tarmoqlarda ko‘p uchraydi va katta zarar keltiradi. Sabzavot va
kartoshka hamda poliz ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlashning asosiy
shartlaridan biri ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishdir. Buning uchun zararkunanda
qo‘zg‘atuvchisini to‘g‘ri aniqlash uning rivojlanishi, tarqalishi bir mavsumdan ikkinchisigacha
qanday saqlashi hamda ma’lumotlarga ega bo‘lish va shular asosida ekinni himoya qilishning
samarali muddatlarini bilish va usullarini qo‘llash lozim bo‘ladi.
Tadqiqot usullari
. Kolorado (kartoshka) qo‘ng‘izi bargxo‘rlar oilasiga mansub bo‘lib,
faqat qo‘ng‘izlik davrida tuproqning 18-70 sm gacha chuqurligida qishlab chiqadi, bu tuproq
iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Erta bahorda qo‘ng‘izlari qishlagan joylardan tuproq yuzasiga
ko‘tarila boshlaydilar. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab kanadalik olimlarning ma’lumotiga asosan
qo‘ng‘izlar tuproq harorati 22-23
0
S issiqlikka yetganda, Fransiyalik, Belgiyalik va boshqa
olimlar ma’lumotlariga qaraganda 14-15
0
S gradus ayrim hollarda 10
0
S yetganda qo‘ng‘izlar
tuproq yuzasiga uyg‘onib chiqishlari mumkin degan xulosalar bor. Bahorda vaqtinchalik
sovuqlar bo‘lsada, qo‘ng‘izlarning uyg‘onishi 1-2 haftaga, hatto 3 hafta kechikadi. Asosan fevral
oyining o‘rtalarida qo‘ng‘izlar paydo bo‘lib, iqlim sharoitiga qarab may hatto iyun oylarigacha
boradi.
Namgarchilikning ko‘p bo‘lishi, yuqori atmosfera haroratida qo‘ng‘izlarning uyqudan
uyg‘onishi tezlashadi. Qo‘ng‘izlar qishlab qolgan joylaridan tuproq yuzasiga chiqishlari bilan
darhol suv izlab topib qoniqib ichib keyin kartoshka ekilgan maydonlarga o‘ta boshlaydilar.
Agarda qo‘ng‘izlar tuyib suv ichib chanqog‘ini yaxshi qondirsa, kuzda qishlashdan oldin
tuyib ovqatlanganligi tufayli bahorda ovqat vaqtida suv topilmasa uzoq muddat ovqatlanmasdan
yashashi mumkin. Qishdan chiqqan qo‘ng‘izlar oldin kartoshkaning mayda barglari bilan
oziqlansa, keyinchalik boshqa organlarini shikastlaydi, ovqat izlab bir kunda 40-500 metrgacha
masofaga uchib o‘tadi. Qo‘ng‘izlarning ko‘plab gala-gala bo‘lib uchishlari yozda quruq issiq
havoda qulay kunlari ko‘proq bo‘ladi. Kuzgi avloddan rivojlangan qo‘ng‘izlar, 12-14 oy hatto
bir necha yilgacha yashaydilar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
241
Kolorado qo‘ng‘izining rivojlanishi uchun, ya’ni tuxumlik davridan qo‘ng‘izlik
davrigacha bir avlodni o‘tishiga o‘rtacha 25-60 kun o‘tadi bu ham o‘z navbatida tuproq iqlim
sharoitiga, ozuqasiga, geografik o‘rniga qarab birmuncha o‘zgaradi, yillik avlod berishi o‘rtacha
rivojlangan kunlariga qarab belgilanadi.
AQShda yilning kelishiga qarab 1-4 martacha, Kanadada 1-2, Fransiyada 2-3,
Germaniyada 1-2 marta, Rossiyada 2-3 avlod berishi kuzatilgan. Avlod berishi umuman
kolorado qo‘ng‘izining uchishi, -7
0
C (yanvar uchun) +22
0
C (iyul) uchun qulay hisoblanadi. Bu
mintaqalarda yillik yog‘in miqdori 200-1000 mm, 20-40 kun yog‘ingarchilik bo‘lib, qo‘ng‘iz
uchun optimal 600-1500 mm, havoning nisbiy namligi bu mintaqalarda 30-80%, kolorado
qo‘ng‘izi uchun bu ko‘rsatkich 72% atrofida bo‘lsa yetarli.
Ilmiy ishning natijasi.
Ma’lumki zararkunandani rivojlanishida ekologik omillarning
o‘rni katta. Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashda yuqori samaradorlilik natijalarni olish uchun
uning bioekologiyasini bilish muhimdir. Shu nuqtai nazardan olingan ma’lumotlar
zararkunandaning dinamika populyatsiyasini taxlil qilishga imkon beradi.
Kolorado qo‘ng‘izining tuxum, lichinka, g‘umbak va imagolarning rivojlanishini
ko‘rsatkichi unga qarshi kurash choralarini olib borish rejasi va fenologik kalendarini tuzish
uchun ma’lumotdir.
Kolorado qo‘ng‘izi bir yilda 2-3 avlod beradi, ya’ni 4 generatsiyagacha boradi. Bu
zararkunandaning qishlovdan chiqishi va rivojlanishi kartoshkaning vegetatsion davri, gullashi,
urug‘lanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda nazorat variantidagi 5-may ishlov o‘tkazgunga qadar
qo‘ng‘izlar soni 36,6 dona, lichinkalar soni 22,3 dona. Tajriba variantimizda qo‘ng‘izlar soni
35,7 dona, lichinkalar soni 21,8 donani tashkil qildi.
Tajriba variantimizda ishlov o‘tkazilgandan so‘ng qo‘ng‘izlar soni o‘rtacha 2,9 dona
qolganligi, lichinkalar soni esa 1,6 donani qolganligini guvohi bo‘ldik.
Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi qo‘llanilgan Sumi-alfa kimyoviy preparatini qo‘ng‘izlarga
nisbatan 91,8 %, lichinkalarga 92,6 % biologik samaradorlik berganligini ko‘rish mumkin.
Xulosa.
Kolorado qo‘ng‘izi hozirgi kunda butun dunyo kartoshka va madaniy
ekinlarning asosiy zararkunandasi bo‘lib, ular keyingi 1979 yildan boshlab O‘zbekistonda ham
keng tarqaldi. Hozirgi kunda kartoshka, baqlajon va pomidor ekinlariga katta zarar keltirmoqda.
Xashoratga qarshi kimyoviy vositadan Sumi-alfa 5 % em.k 0,25 l/ga ishlatilganda nazorat
variantiga nisbatan qo‘ng‘iziga 91,8 %, lichinkasiga 92,6 % biologik samaradorlik ko‘rsatdi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Kimsanboev X.X. va boshqalar. ”O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish”.T. 1997 y.
”O‘qituvchi”.
2.
Бебра.Ю.М .ва бошқалар.”Врачи колородского жука з.р.” ж-ли. №4. 2005 й.
3.
Богравес А.Т. “Колородский жук на лекарственных растениях”. з.р. №7. 1986 й.
4.
Бондаренко.Ф.Е Осмоловский Г.Е.. “Энтомология”.Л.1973 й.
5.
Гаповета К.С ва бошқ. ”Описание колорадского жука для Лелинградской области
з.р.”ж-ли.№5.1990.
6.
Ефимов А.Л. “Колорадский жук” М.1946 й
