TEXNIK HARAKATLARNI BAJARISHDA GAVDA MUVOZANATINI SAQLASH SHARTLARI

Annotasiya

Bu maqaloda ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida statik va dinamik muvozanatning yuqori darajadagi rivojlanishi, vestibulyar qo‘zg‘alish sharoitida harakatlarni bajarishda, harakatning sifati, aniqligi va xatolarni minimallashtirishni ta’minlaydi, bu asosiy harakat konstantalarini (kuch, yo‘nalish, tezlik, vaqt) yuqori darajada nazorat qilish holatini yaratadi, shuningdek, sust harakatlanish sharoitida ham sportchining ish qobiliyatini saqlab koladi. Statik va dinamik barqarorlikning ortishi, yangi harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha koordinasion mashqlarni muntazam qo‘llash jarayonida sodir bo‘ladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sharipov, T. (2025). TEXNIK HARAKATLARNI BAJARISHDA GAVDA MUVOZANATINI SAQLASH SHARTLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 71–73. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139065
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bu maqaloda ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida statik va dinamik muvozanatning yuqori darajadagi rivojlanishi, vestibulyar qo‘zg‘alish sharoitida harakatlarni bajarishda, harakatning sifati, aniqligi va xatolarni minimallashtirishni ta’minlaydi, bu asosiy harakat konstantalarini (kuch, yo‘nalish, tezlik, vaqt) yuqori darajada nazorat qilish holatini yaratadi, shuningdek, sust harakatlanish sharoitida ham sportchining ish qobiliyatini saqlab koladi. Statik va dinamik barqarorlikning ortishi, yangi harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha koordinasion mashqlarni muntazam qo‘llash jarayonida sodir bo‘ladi.


background image


Noyabr, 2025-Yil

71

TEXNIK HARAKATLARNI BAJARISHDA GAVDA MUVOZANATINI SAQLASH

SHARTLARI

Sharipov Timur

Berdaq atindag`i Qaraqalpaq ma`mleketlik universiteti.

Dene ma`deniyati teoryasi ha`m metodikasi kafedrasi. Asistent oqitiwshisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17569820

Annotatsiya.

Bu maqaloda ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida statik va dinamik

muvozanatning yuqori darajadagi rivojlanishi, vestibulyar qo‘zg‘alish sharoitida harakatlarni
bajarishda, harakatning sifati, aniqligi va xatolarni minimallashtirishni ta’minlaydi, bu asosiy
harakat konstantalarini (kuch, yo‘nalish, tezlik, vaqt) yuqori darajada nazorat qilish holatini
yaratadi, shuningdek, sust harakatlanish sharoitida ham sportchining ish qobiliyatini saqlab
koladi. Statik va dinamik barqarorlikning ortishi, yangi harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish,
shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha koordinasion mashqlarni muntazam
qo‘llash jarayonida sodir bo‘ladi.

Kalit so`zlari:

Sensor tizimi eshitish organi, gavdaning samodagi eng to‘g‘ri va foydali

holati.

Sensor tizimi organlaridan biri – eshitish organi va vestibulyar apparatidan iborat bo‘lgan

preddverno-ulitkovыy organ hisoblanadi. Vestibulyar apparat 3 ta yarim doira shaklidagi
kanalcha, elliptik va sferik qopchalardan iborat bo‘lib, ular gavdaning oldinga intilgan va aylanma
harakatlarida namoyon bo‘luvchi statik xarakterdagi qo‘zg‘alishlarni idrok etishga xizmat qiladi.

Vestibulyar apparatni muvozanat organi deb ham atashadi, chunki u nafaqat boshning,

balki gavdani barcha qismlarining holatini o‘zgartirganda impulslarning uzatilishini ta’minlaydi,
bunda u atrof-muhitda boshqa analizatorlar bilan birgalikda organizmning yo‘naltiruvchi
reflekslari va reaksiyalarida ishtirok etadi.

L.L. Sipinning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida sezgi organlari tufayli organizmning tashqi

muhit bilan aloqasi o‘rnatiladi. Harakatni sifatli va texnik jihatdan to‘g‘ri bajarishning asosiy
shartlaridan biri – bu muvozanatni saqlash va gavda holatini nazorat qilishning yuqori darajasidir.

Atrof-muhit ob’yektlariga (sport snaryadi, raqib) nisbatan gavdaning samodagi eng to‘g‘ri

va foydali holati, texnik harakatlarni bajarishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Balans bu
yiqilishning oldini olish uchun poza dinamikasini tavsiflovchi umumiy atamadir. Boshqacha qilib
aytganda, gavdaning tayanch bazasidan yuqori holatini saqlab turish qobiliyati, deb ta’riflash
mumkin. Statik va dinamik muvozanatni saqlash qobiliyati, harakat vazifasining muvaffaqiyatini
ta’minlaydi. “Muvozanat – bu tinch turgan holat emas, balki ikki kuch: bitta o‘qda harakat
qiluvchi tayanch reaksiyasi va tortishish kuchining bir xil ta’sirini faol izlashdir” deb aytib
o’tishgan [147;23-26-b].

A.A.Artiqovning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida statik va dinamik muvozanatning yuqori

darajadagi rivojlanishi, vestibulyar qo‘zg‘alish sharoitida harakatlarni bajarishda, harakatning
sifati, aniqligi va xatolarni minimallashtirishni ta’minlaydi, bu asosiy harakat konstantalarini
(kuch, yo‘nalish, tezlik, vaqt) yuqori darajada nazorat qilish holatini yaratadi, shuningdek, sust
harakatlanish sharoitida ham sportchining ish qobiliyatini saqlab koladi.


background image


Noyabr, 2025-Yil

72

Statik va dinamik barqarorlikning ortishi, yangi harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish,

shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha koordinasion mashqlarni muntazam
qo‘llash jarayonida sodir bo‘ladi [19; 60-63-b].

I.N. Sidorov, E.V.Moshanu, I.P. Afonina va S.A. Arxipovalarning ko’p yillik ilmiy

tadqiqotlarida muvozanat har qanday xarakterdagi harakatlarning muvaffaqiyatini ta’minlaydi:
siklik, asiklik, otish, akrobatik, sport-o‘yin va boshqalar. Shu sababli, muvozanatni saqlash
qobiliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy usullaridan biri – bu harakat vazifasini
sekin-asta murakkablashtirgan holda statik va (yoki) dinamik barqarorlikni saqlash sharoitida
jismoniy mashqlarni bajarishdir. Muvozanat saqlash qobiliyatini takomillashtirish jismoniy
tayyorgarlik darajasini oshirish va koordinasion qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;
vestibulyar analizator funksiyalariga ta’sir qiluvchi mashqlarni tizimli qo‘llash orqali
ta’minlanadi. Mushaklarning haddan tashqari kuchlanishi, qoidaga ko‘ra, koordinasion, tezlik va
kuch, shuningdek, chidamlilikka qaratilgan barcha mashqlarni bajarishning sifati va natijalariga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi [76; 120-124-b].

M.P. Shestyakovning fikriga ko’ra aniqligi va to‘g‘riligi bilan ajralib turadigan harakatni

bajarishda haddan ziyod kuch va mushaklarning kuchlanishi, malaka sifatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin, bu esa, sportchining bezovtaligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizligi, shuningdek,
texnik xatolarga yo‘l qo‘yishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Turli malakaga ega bo‘lgan
sportchilarda koordinasion qobiliyatlarning namoyon bo‘lish darajasi, yuqori mahoratli
sportchilarga qaraganda past. Avvalo, bu mushaklar sinergiyasini jalb qilish ko‘rsatkichlarida va
muvozanatni saqlashga harakat qilishda umumiy og‘irlik markazidagi tebranishlar sonida aks
etadi. Koordinatsion qobiliyatlar sportchilar organizmida sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan talabning
ortishi sharoitida rivojlanishini aytib o’tgan [91; 174-178-b].

Bizning fikrimizga ko’ra stabilometrik platformadan foydalangan holda olib borilgan

tadqiqotlarda, sportning o‘yin turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar musobaqa mavsumini bosib
o‘tish bilan barqarorlikni oshirish va tayanch maydonini kamaytirish ko‘rsatkichlarini,
shuningdek, fazoda gavda harakati tezligini oshirishni ishonchli tarzda aniqladilar. Bu shundan
dalolat beradiki, sport faoliyati jismoniy qobiliyatlarda alohida iz qoldiradi, ular o‘ziga xos
faoliyat ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin.

Y.A. Gusevning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida koordinasion qobiliyatlar va muvozanatni

saqlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida jismoniy yuklama kattaligi bilan bir vaqtda, yosh
xususiyatlarini ham hisobga olish kerak. Vaqt, makon va kuchni farqlashni ta’minlaydigan
qobiliyatlarga e’tibor qaratish ayniqsa muhimdir, chunki ular asab impulslarini periferiyadan
markaziy asab tizimiga uzatishning yuqori izchilligi va tezligi bilan ajralib turadi. Afferent
impulsatsiyaning sifati va tezligi yoshga bog‘liq xususiyatlarga ega. Bir qator mualliflarning
fikricha, sportchilar organizmining vestibulyar qo‘zg‘alishida yurak-qon tomir va sensor
reaksiyalarini hisobga olish kerak [108;78-82-b].

Sh.A. Mirzakulovning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida balog‘at yoshidagi sportchilar bilan

ishlashda, ya’ni balog‘at davrida agressiv jismoniy yuklamalar sensitiv davrlar bilan birga
kechadi. Bu yoshda skeletning, ayniqsa, oyoq-qo‘llarning va mushak massasining faol o‘sishi
kuzatiladi. Ammo mushaklarning o‘sishi suyak komponentining o‘sishidan orqada qoladi, bu
koordinasion qobiliyatlarning pasayishi, umurtqa pog‘onasi va gavdaning boshqa segmentlari


background image


Noyabr, 2025-Yil

73

nostabilligining barqarorligi va ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu, harakatlarni bajarish
texnikasining yomonlashishiga yoki sport jarohatiga olib kelishi mumkin. Yuqori jismoniy
yuklamalar yosh sportchilarning morfofunksional holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Mushaklar
muvozanatining paydo bo‘lishi, tos suyagi va umurtqa pog‘onasining barcha o‘qlarga nisbatan
noto‘g‘ri joylashuviga, ustuvor oyoq/qo‘l tomonida gipertrofiyaning shakllanishiga, turli
segmentlarda harakat funksiyalarini cheklanishiga olib kelishi mumkinligi aytib o’tilgan [129;
169-172-b].

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924- son “O‘zbekiston
Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son «Jismoniy
tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabrdagi PQ-3306-son «Kurash
milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881 sonli «Kurash
milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevraldagi 118-son «2019-
2023 yillar davomida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924- son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabrdagi PQ-3306-son «Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881 sonli «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevraldagi 118-son «2019- 2023 yillar davomida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori.