ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
210
DOLZARB EKOLOGIK MUAMMOLAR: SABABLARI, OQIBATLARI VA
YECHIMLAR
Abduqayumov Sanjarbek Abdurashidovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, magistr
Norboyeva Umida Erkin qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, tayanch doktorant
https://doi.org/10.5281/zenodo.17535480
Annotatsiya.
Mazkur maqolada hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb
ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va ularni bartaraf etish
yo‘llari tahlil qilingan. Unda global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar — atmosfera
ifloslanishi, issiqxona effekti, ozon qatlamining yemirilishi, kislotali yomg‘irlar va suv tanqisligi
kabi masalalar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish va ekologik
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha samarali yechimlar taklif etilgan.
Kalit so‘zlar:
ekologik muammolar, issiqxona effekti, ozon qatlami, kislotali yomg‘irlar,
suv tanqisligi, chiqindisiz texnologiya, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish.
Аннотация:
В данной статье рассмотрены наиболее актуальные экологические
проблемы современности, причины их возникновения, последствия и пути решения.
Освещены глобальные, региональные и локальные экологические проблемы, такие как
загрязнение атмосферы, парниковый эффект, разрушение озонового слоя, кислотные
дожди и дефицит пресной воды. Также предложены эффективные меры по охране
окружающей среды, рациональному использованию природных ресурсов, внедрению
безотходных технологий и обеспечению экологической безопасности.
Ключевые слова:
экологические проблемы, парниковый эффект, озоновый слой,
кислотные дожди, дефицит воды, безотходные технологии, экологическая безопасность,
охрана окружающей среды.
Abstract:
This article analyzes the most pressing environmental problems of our time,
their causes, consequences, and possible solutions. It highlights global, regional, and local
environmental issues such as air pollution, the greenhouse effect, ozone layer depletion, acid
rain, and water scarcity. The paper also proposes effective measures for environmental
protection, rational use of natural resources, implementation of waste-free technologies, and
ensuring ecological safety.
Key words:
environmental problems, greenhouse effect, ozone layer, acid rain, water
scarcity, waste-free technology, ecological safety, environmental protection.
Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat
evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan
havo, suv, oziqovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati
davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ushbu ta’sirlar ijobiy va salbiy ko’rinishda bo’lib,
salbiy ta’sirlar ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ekologik ta’sir
doirasining ko'lamiga qarab, shartli ravishda umumsayyoraviy yoki umumbashariy, mintaqaviy
va mahalliy ekologik muammolarga bo'lish mumkin. Umumsayyoraviy ekologik muammolar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
211
sifatida aholining shiddatli tarzda tartibsiz ko'payib borishi ,xomashyo va energetik resurslarning
kamayib borayotganligi, havo, suv, tuproqlarning ifloslanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
muammolarni aytib o‘tish mumkin. Shuningdek, Ozon tuynugi, havo tarkibida CO
2
miqdorining
oshib borishi, yerda o‘rtacha haroratning ortib borishi kabi hollarini ham umumbashariy
ekologik muammolar guruhiga kiritish mumkin. Mintaqaviy ekologik muammolar ta’sir
ko’lamiga ko'ra sayyoramizning alohida hududlari yoki davlatlariga xos bo‘lgan muammolardir.
Masalan, Markaziy Osiyodagi Orol muammosi, Afrikaning ba’zi hududlaridagi qurg‘oqchilik va
qahatchilik, G‘arbiy Yevropa va Amerikadagi ba’zi kuchli industrlashgan hududlarga xos
muammolar mintaqaviy ekologik muammolardir. Mahalliy ekologik muammolar ta’sir ko'lamiga
ko'ra nisbatan kichikroq hududlarda namoyon bo'ladilar. Bular alohida torroq hududlarga,
masalan, shahar, tuman yoki ayrim ishlab chiqarish mintaqasiga xos muammolardir. Ekologik
muammolar xususida fikr yuritilganda shuni doimo yodda tutish zarurki, ularni guruhlarga
ajratish bu juda shartli bo'lib, ular ma’lum sharoitlarda tezda bir guruhdan ikkinchisiga o'tishi
mumkin, ya’ni aslini olganda, ekologik muammolaming katta-kichigi bo'lmaydi, ularning
hammasini ham vaqtida oldi olinmasa tabiat va insonga tuzatib bo'lmas darajada zarar yetkazadi.
Insonlarning to'laqonli hayotini ta’minlovchi barcha turdagi tirik organizmlar: o‘simliklar,
hayvonlar , zamburug’lar va bakteriyalar inson uchun biologik resurslar (bioresurs ) hisoblanadi.
Ular ahamiyatiga ko‘ra birinchi darajali resurslardir, chunki ular inson hayotining biologik
asosini(ozuqa) tashkil etadilar.
«Issiqxona effekti» hodisasi. Bir qator mikrogazlar yerning issiqlik muvozanatining
o'zgarishida muhim rol o'ynaydi va yer yuzida asta-sekin haroratni oshib borishini xarakterlovchi
«issiqxona effekti» deb ataluvchi hodisani sodir qiladi. Bu hodisaning sodir bo'lishida asosiy
o'rinni egallovchi gazlar yorug'lik nurlarini o'zidan o'tkazib yuborsa-da, infraqizil nurlarni tutib
qoladi. Quyosh nuri atmosfera orqali o'tib, yerning yuza qatlamini isitadi va yer o'zidan issiqlik
hamda infraqizil nurlarni qaytaradi. Atmosferadagi «issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlar
miqdorining o'zgarmasligi natijasida yerning issiqlik balansi doimiydir. Agar ularning
konsentratsiyasi havo tarkibida oshib borsa, shunga monand ravishda harorat balansi ham
o'zgarib, yer yuzasining isishi sodir bo'ladi. «Issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlardan 3 tasi,
ya’ni uglerod qo'sh oksidi, metan va suv bug'lari eng ko'p ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan
ularning konsentratsiyalari biosferaga antropogen ta’sirlar natijasida tez oshib boradi.
Ozon qavatining yemirilishi. Ozon qavatining yemirilishi haqida olimlar 50-yillarning
boshida ogohlantirishgan edi. Uning yemirilishi yuqori tovushli samolyotlar tashlaydigan azot
oksidlari bilan bog‘liq degan fikrni ilgari surganlar. Ammo 1974- yilga kelib ozon ekranidagi
«teshiklar» sun’iy kimyoviy birikmalar - ftor-xlor uglerodlar(FXU)ning ta’siri natijasi ekanligi
aniqlandi. Bu gazlar parfyumer sanoatida, sovutkich qurilmalari, kondensionerlar va o‘t o‘chirish
vositalari ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Yer sharining har qanday regionidan atmosferaga
tashlanadigan FXU butun atmosfera bo‘ylab tarqaladi va Antarktida ustida o ‘ziga xos m a’lum
bir chegaralangan qutb girdobiga tushadi. Bu holat yopiq qozonni eslatib, butun qish va bahor
fasllari davomida havo massasining almashinuvi sodir bo‘lmaydi va ozonning yemirilishiga ham
hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Hozirgi kunda Antarktidadagi ozon teshigining yuzasi AQSH
hududiga teng bo’lgan maydon o‘lchamiga yaqinlashgan. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, 1978-
yildan 1984-yilga qadar ozon miqdori 3 % ga kamaygan. Antarktida ustidagi ozon qatlami tezlik
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
212
bilan yemirilmoqda va hozirgi vaqtda uning qalinligi 1960-yillardagiga nisbatan 2 marta
kamayganligi aniqlangan. Yuz minglab zavodlar mo‘risidan chiqayotgan gazlar ozon qatlami
qalqonining teshilishiga sabab bo‘lmoqda. Agar butun dunyodagi mamlakatlar havoga
tashlanayotgan bunday zarar keltiruvchi moddalar chiqishini to‘xtatib qo‘yganda ham, ular
atmosferada bir necha yil saqlanadi. Erkin holdagi xlor miqdori atmosfera qatlamlaridagi ozon
teshigi mintaqasidan 100-400 marta katta.
«Fotokimyoviy smog». «Smog» so‘zi birinchi marta 1905-yilda ishlatilgan boMib, uni
ingliz tilidan tarjimasi tutun ma’nosini beradi. Sanoat korxonalari va transport vositalaridan
ajralib chiqayotgan gazlar tufayli havoning og‘irlashib, sarg‘ayib tuman hosil boMishi
kuzatiladi. Smog hosil bo’lganda havoda juda yomon qo’lansa hid paydo bo‘ladi. Uning miqdori
qancha ko‘p bo’lsa, odamlar o‘zini shuncha yomon his qiladilar. Bunday hodisa birinchi marta
Londonda kuzatilganligi sababli, u «London smogi» deb atalgan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
London smogining hosil bo‘lishida C0
2
gazi asosiy rol o‘ynaydi. Smog vaqtida uning
atmosferadagi konsentratsiyasi 5-10 mg/ m3 va undan ortiq bo‘lgan. Demak, bundan ko‘rinib
turibdiki, qayerda oltingugurtga boy yoqilg‘ilar ishlatilsa, o‘sha joyda smog hosil boMishi ortadi.
Fotokimyoviy smog sharoitida kishilarning hid sezish va ko'rish a’zolaridan suyuqlik ajralib
chiqishi tezlashadi. Yuqori nafas organlarining faoliyati buziladi. Agar odamda doimiy davom
etadigan bronxial astma va bronxit kasalligi bo'lsa, ular bunga juda sezgir bo'lib, deyarli doimo
fotokimyoviy smog davrida takrorlanadi. Ko'pincha uy hayvonlari, it va mushuklarning o'limiga
sababchi bo'ladi. O'simliklar zararlanib, dastlab barglarida suv to'planishi tufayli shishadi,
so'ngra qovjirab quriydi. Fotokimyoviy smog imoratlarga ham salbiy ta’sir ko'rsatadi. Ularning
temir-beton konstruksiyasi qismlarini yemiradi. Bo'yalgan joylaridagi bo'yoqlar yoriladi. Rezina
va sintetik materiallar ishdan chiqadi. Transport qatnovi qiyinlashadi.
Kislotali yomg‘irlar. Atmosferaning oltingugurt va azot gazlari bilan ifloslanishi bilan
bog'liq holda yog'inlarning kislotaga aylanishi namoyon bo‘ladi. Bunday hodisa, odatda,
atmosferaga oltingugurt va azot gazlari chiqaradigan yirik sanoat korxonalari osmonida sodir
bo'ladi va bulutlar yordamida boshqa hududlarga tarqaladi.
Yer sharining ko'plab tumanlarida toza ichimlik suvi yetishmovchiligi muammosi asosiy
muammoga aylanib bormoqda. Yer ostida ko'plab chuchuk suv zaxiralari mavjud, ammo ular
juda chuqurlikda joylashganligi sababli ularni qazib chiqarish imkoniyati cheklangan.
Quruqlikning 3% ga yaqin hududini ko'l va daryolar egallagan. Ular gidrosferaning juda kam
qismini yoki umumiy suv hajmining 0,41% ini tashkil qiladi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini
sug'orishda juda ko‘p suv yo'qoladi. AQSH da sug'orish uchun ishlatiladigan suvning yo'qolish
koeffitsiyenti 0,6 ga teng, hamdo'stlik mamlakatlarida 0,4 dan 0,7 gacha, Qozog'istonning
janubida esa 0,25-0,35 gacha o'zgarib turadi. Yuqorida keltirilgan muammolar bugungi kunda
global ekologik muammolar sirasiga kiradi. Ushbu muammolarni hal etishda imkon qadar
samarali yo’llarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish muhimdir. Jumladan, chuchuk suv
muammosini hal etish borasida sanoat korxonalarida suvdan foydalanishda undan yana qayta
foydalanishni ko'zlab, uning yo'qolishini maksimumga yetkazilishiga erishish; sanoat
korxonalarida ifloslangan suvlarni qayta tozalab yana korxona faoliyati uchun qayta ishlatish;
boshqacha qilib aytganda, suvni ko'p talab qiladigan sanoat tarmoqlarini berkaylanma suv
ta’minotiga o‘tkazish; barcha sanoat korxonalarida zamonaviy tozalash qurilmalaridan
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
213
foydalanish. katta miqdorda suv bilan ishlashga asoslangan texnologik jarayonlarni tubdan
o'zgartirish ; qishloq xo’jaligida kichik daryolarning oqavalar bilan ifloslanishidan muhofaza
qilish, jumladan, daryolarning o‘z-o’zini tozalash xususiyatlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan
qo'shimcha suv bilan yordam berish; sug‘orishning suvni tejovchi texnologiyalarini, ya’ni
impulsli, aerozolli tuproq osti, tomchilatish va boshqa usullarini amaliyotga keng joriy etish
orqali sug‘orish tizimlarida suvdan foydalanish samaradorligini 25-30 % ga oshirish kabi ishlarni
amalga oshirish lozim.
Ozon qavatining yemirilish muammosini hal etish maqsadida 1965-yilda «Ozon qavatini
muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasi imzolangan. 1987-yilda Monreal
konferensiyasi bo‘lib, unda 56 davlatdan vakillar qatnashdilar. Konferensiyada ozon qavatini
yemirilishga olib keluvchi zararli frionlarni ishlab chiqarishni 50 % ga kamaytirish, ularni xlorsiz
moddalar bilan almashtirish, ftor va aerozollarni qoMlashni taqiqlash, uning o‘rniga boshqa
ekologik jihatdan toza gazlardan foydalanish kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi va
bayonnomalar imzolandi. 1989-yildan buyon O‘rta Osiyo gidrometeorologiya boshqarmasi
tomonidan doimiy ravishda Markaziy Osiyoning tog‘lari va tog‘ oldi hududlarida ozonning
umumiy miqdori (OUM) o ‘rganib kelinmoqda. Uchta respublika hududida joylashgan 10 ta
stansiyadan iborat ozonometriya tarm og‘i tashkil etilgan. Ulardan 5 tasi O‘zbekiston hududida
kuzatuv ishlari olib boradi. Kuzatuv postlari M-124 rusumli ozonometrlar bilan jihozlangan.
Shuningdek ushbu muammoni hal etishda o’simliklar dunyosi vakillarining sababsiz kesib,
o’rmonlar va yaylovlar maydonini qisqartirishning oldini olish lozim.
Kislotali yomg‘irlardan himoyalanish usullaridan biri turli xil yonilg‘ilar tarkibidagi
oltingugurt miqdorini kamaytirish va freonlar ishlab chiqarishni ta’qiqlashdan iborat. Azot
oksidlari miqdorini yonilg‘i yonish haroratini pasaytirish, ya’ni texnologiyani o‘zgartirish yo‘li
bilan qisqartirish mumkin. Baland mo‘rilar qurib, azot va oltingugurt tashlamalarini ular
chiqayotgan manba atrofida kamaytirish vaqtinchalik va oxiriga yetkazilmagan tadbirdir. Ko‘l va
tuproqlarning ifloslanishini kamaytirish uchun ularga ohak bilan ishlov beriladi yoki suvga va
tuproqqa ishqoriy moddalar(masalan, kalsiy karbonat) qo‘shiladi.
Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Ko'riladigan tadbir asosida tashqi muhit obyektlariga, jumladan, havoga tashlanadigan
chiqindilar miqdorini qisqartirish yoki mutlaq to'xtatish zarur. Buning uchun sanoat
korxonalaridagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish. hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili
texnologiyalarni joriy etish mumkin. Bunday texnologiyalar mutlaq berk jarayonlar bo'lib. unda
chiqindilar butunlay bo'lmaydi. chiqindi moddalar boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun
xomashyo vazifasini o'taydi. Chiqindisiz yoki kam chiqindili ishlab chiqarish jarayonlarini
tashkil etishda xomashyo tayyorlash. mavjud materiallardan to'la foydalanish. ularni chiqindi
sifatida tashqi muhitga tashlamaslik chora-tadbirlari ko'riladi.
Xulosa qilib aytganda hozirgi vaqtda yuzaga kelayotgan dolzarb ekologik muammolarning
asosiy sababchilari antropogen, ya’ni inson omili hisoblanadi. Agar inson ekosferaga o’zining
salbiy ta’sirini kamaytirib yoki to’xtatmasa bu holat tabiatning o’nglanmas og’ir holatlarga
tushib qolishi oxir-oqibatda isoniyatning kelajagiga falokatli ta’sir ko’rsatishi mumkin. salb
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
214
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Абдуллаев, Ш. М. (2019).
Экологическая безопасность и устойчивое развитие в
Узбекистане.
Ташкент: Фан ва технология.
2.
Бобоев, М. Б. (2020). “Глобальные экологические проблемы и пути их решения.”
Журнал экологии и охраны природы Узбекистана
, №2, 12–19.
3.
Ходжаева, Н. Т. (2021).
Основы общей экологии и охраны окружающей среды.
Самарканд: СамГУ нашриёти.
4.
Бердяев, П. Н. (2018).
Глобальные изменения климата: причины и последствия.
Москва: Наука.
5.
Intergovernmental Panel on Climate Change (IPCC). (2021).
Climate Change 2021: The
Physical Science Basis.
Cambridge University Press.
6.
Мирзаев, Ф. Р. (2017). “Проблемы деградации земель и опустынивания в
Центральной Азии.”
Вестник географического общества Узбекистана
, №3, 25–31.
7.
Rikhvanov, L. P., & Rikhvanova, E. I. (2016).
Экология и устойчивое
природопользование.
Томск: ТПУ Издательство.
8.
UNEP (United Nations Environment Programme). (2020).
Global Environment Outlook
– GEO-6: Healthy Planet, Healthy People.
Cambridge University Press.
9.
Турсунов, О. Б. (2018). “Влияние кислотных дождей и фотохимического смога на
здоровье человека.”
Экологические исследования
, №4, 44–49.
10.
Кожахметова, А. К. (2019).
Проблемы охраны озонового слоя Земли.
Алматы:
КазНУ им. аль-Фараби.
11.
World Health Organization (WHO). (2019).
Air Pollution and Health: Global Review.
Geneva.
12.
Хусаинов, С. Ш. (2020). “Рациональное использование водных ресурсов и борьба с
их загрязнением.”
Вестник Ташкентского института инженеров ирригации и
механизации сельского хозяйства
, №5, 67–74.
13.
Meadows, D. H., Meadows, D. L., Randers, J., & Behrens, W. W. (2004).
The Limits to
Growth: The 30-Year Update.
Chelsea Green Publishing.
14.
Гидрометеорологическая служба Узбекистана. (2022).
Доклад о состоянии
окружающей среды Республики Узбекистан за 2021 год.
Ташкент.
15.
Carson, R. (1962).
Silent Spring.
Boston: Houghton Mifflin.
