ULUG‘BEK HAMDAM HIKOYALARIDA FALSAFIY QARASHLAR

Аннотация

В данной статье анализируются содержание и художественные особенности рассказов одного из крупнейших представителей современной узбекской литературы – Улугбека Хамдама. В его произведениях отражаются духовный мир человека, философия жизни и нравственные проблемы общества. Особое внимание уделяется философской глубине, символизму образов и внутренним монологам автора. В результате исследования определяется индивидуальный стиль писателя и его место в литературе. Статья способствует новому осмыслению творчества Улугбека Хамдама и более глубокому его пониманию.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Қудратова O. . (2025). ULUG‘BEK HAMDAM HIKOYALARIDA FALSAFIY QARASHLAR. Современная наука и исследования, 4(11), 74–76. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138979
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируются содержание и художественные особенности рассказов одного из крупнейших представителей современной узбекской литературы – Улугбека Хамдама. В его произведениях отражаются духовный мир человека, философия жизни и нравственные проблемы общества. Особое внимание уделяется философской глубине, символизму образов и внутренним монологам автора. В результате исследования определяется индивидуальный стиль писателя и его место в литературе. Статья способствует новому осмыслению творчества Улугбека Хамдама и более глубокому его пониманию.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

74

ULUG‘BEK HAMDAM HIKOYALARIDA FALSAFIY QARASHLAR

Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti unversiteti magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17522966

Annatatsiya

. Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek adabiyotining yirik vakili Ulugʻbek

Hamdam hikoyalarining mazmun-mohiyati va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarlarda
inson ruhiyati, hayot falsafasi va jamiyatdagi maʼnaviy muammolar tasviri yoritib beriladi.

Muallifning hikoyalarida falsafiy teranlik, obrazlar tizimidagi ramziylik va ichki

monologlarga eʼtibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida yozuvchining oʻziga xos uslubi va
adabiyotdagi oʻrni aniqlanadi. Maqola Ulugʻbek Hamdam ijodini yangicha talqin etish va uni
chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar

: diniy qarashlar, ruhiyat, obraz, falsafiy mazmun, „Ichindagi ichindadir”.

Аннотация.

В данной статье анализируются содержание и художественные

особенности рассказов одного из крупнейших представителей современной узбекской
литературы – Улугбека Хамдама. В его произведениях отражаются духовный мир
человека, философия жизни и нравственные проблемы общества. Особое внимание
уделяется философской глубине, символизму образов и внутренним монологам автора. В
результате исследования определяется индивидуальный стиль писателя и его место в
литературе. Статья способствует новому осмыслению творчества Улугбека Хамдама и
более глубокому его пониманию.

Ключевые слова:

религиозные взгляды, психология, образ, философское

содержание, «Внутри – внутри».

Annotation.

This article analyzes the themes and artistic features of the stories written by

Ulugbek Hamdam, one of the prominent figures of modern Uzbek literature. His works depict the
human spirit, the philosophy of life, and the moral issues of society. Special attention is paid to
the philosophical depth, symbolic imagery, and internal monologues in the author’s narratives.

The study identifies the writer’s unique style and his role in literature. The article

contributes to a new interpretation and deeper understanding of Ulugbek Hamdam’s creative
works.

Keywords

: religious views, psychology, image, philosophical content, (Inside Within).


Ulug‘bek Hamdam 1968-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati

Marhamat tumani Yuqori Rovot mahallasida duradgor oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent
davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1993-yilda tamomladi. 1992-
yilda, davlat taʼlim taqsimotiga koʻra, oʻqishni davom ettirish uchun u Turkiyaning Konya
shahriga jo‘natilgan

1

. Yozuvchining Turkiyaga jo‘natilishi va u yerda ilm o‘rganib, Jaloliddin

Rumiyning „Ichindagi ichindadir” asarining tarjima qilinishi o‘z asarlarida diniy falsafiy
qarashlarni kuchayishiga sabab bo‘ldi. Uning asarlarida inson ruhiyati, uning jamiyat bilan
aloqasi, ma’naviy-ma’rifiy masalalar falsafiy tafakkur shaklida ochiladi. Masalan, “Haykallar
oroli”, “Safar”, “Qaytish”, “So‘z”, “Iymon”, “Tosh” kabi hikoyalarida oddiy voqea-ko‘rinish

1

Истиклол - бахтим, саодатим...: дарслик / Ҳ. Каримов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Низомий

номидаги Тошк. давлат педагогика ун-ти. — Т.: УапЬ1 пазЬг, 2010. — 364 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

75

ostida chuqur falsafiy mazmun yashirin. Tadqiqotlarda kitobxonlar Ulug‘bek Hamdam
hikoyalarida “mifopoetik tafakkur”, “real va unreal chegarasi”, “symbolik obrazlar orqali
ma’noni anglash” kabi yo‘nalishlarni ko‘rganlar.

Hikoyalarida vaqt, mavjudlik va o‘zlik muammolari aks etadi. Ulug‘bek Hamdamning

“Qaytish” hikoyasida bosh qahramon “ishdan ketdi” degan soddaroq voqea orqali qandaydir
o‘zlikning izini izlaydi. “Bugun u ishdan ketdi … Ishlab turib o‘lib qolsa, uning qayon borishi
ma’lum: chin dunyoga… Lekin o‘lmasdan burun ishdan ketsa-chi? Keyin nima bo‘ladi

2

”. Bu

yerda yozuvchi “ishdan ketish”ni oddiy birovning kasbdan chetlanishi sifatida emas, balki
insonning o‘z mavjudligini, hayotdagi o‘rnini qayta ko‘rib chiqishi sifatida ochadi. “Qayoqqa?”
degan savol falsafiy xususiyatga ega: inson qayerdan keldi, qaysi yo‘lga tushdi, qayerga boradi
degan masala. Inson ba’zan o‘z olamiga shu qadar sho‘ng‘ib ketadiki, atrofidagi narsalarga
e’tibor bermaydi, ularni keraksiz va vaqt ajratish uchun noto‘g‘ri deb hisoblaydi, lekin inson
yashar ekan tabiatdan zavq olishga, hayotning qanday muommolari bo‘lmasin uning baxtli
lahzalarini his qilishga harakat qilishi lozim. Aslida yolg‘izlik bu ishdan , yo oilasidan ajralish
emas, umidlarini yo‘qotishidir.

Ulug‘bek Hamdam hikoyalarida bu muammo ko‘pincha oddiy vaziyat orqali ifodalanadi,

biroq uning ostida “men kimman?”, “men nimaga yashayman?”, “hayot nima?” degan falsafiy
savollar yotadi. Masalan, “So‘z” hikoyasida oilaviy, ruhiy holatlar orqali ayol ruhiyati tahlil
qilinadi. Bu hikoyaning “Soʻz” deb nomlanishiga sabab, birgina “bemaʼni” soʻzi orqali butun
umri, butun hayoti sarobga aylangan erkakning holati tasvirlanishidir. Bu hikoya orqali ayolning
noshukrligi, erining mehribonchiligini qadrlamasligini payqash mumkin

3

.

Ulug‘bek Hamdam hikoyalarida jamiyat – individual ruhiyat bilan bevosita bog‘liq.

“Safar” hikoyasida “Bir orolning ikki tomonida ikkita osmon va ikki xil olam bor edi go‘yo”.

Bu tasvir orqali yozuvchi “ichki” va “tashqi” olamni birga olib keladi: yurakdagi

qo‘rquv-umid, jamiyatdagi holat bilan birga siljiydi. Hikoyadagi qayiq, tuman, suv kabi obrazlar
ramziy bo‘lib, insonning jamiyatdagi o‘rni, cheklanishi, umiddan voz kechishi kabi jihatlarni aks
ettiradi. Bu yerda falsafiy qarash – jamiyat tashvishlari shaxsning ichki dunyosiga qanday ta’sir
qilishi, shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyati nimada degan savollarni ko‘taradi. Tadqiqotlarda
esa yozuvchining zamonaviylik bilan an’anaviylik, individualizm bilan kollektivlik o‘rtasidagi
ziddiyatni aks ettirishi ta’kidlangan. Ulug‘bek Hamdam hikoyalarida realistik voqelik bilan
ramziy, metafora usullari uyg‘unlashgan. Masalan, “Tosh” hikoyasida baliqchi, bozor, ayol kabi
obrazlar insonga, jamiyatga doir mazmunlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Dissertatsiyalardan
biri yozuvchi hikoyalarida “mifopoetik tafakkur va ramzlar sintezi”ni ko‘zga tashlaganini
ta’kidlaydi. Bu – ya’ni hikoyada sodda voqea orqali keltirilgan tasvir, lekin uni o‘qiganda
chuqurroq ma’nolar yuzaga chiqadi: insonning nafsga ergashishi, zulmga bo‘ysunishi, ozodlikka
intilishi, ichki kurashlari va ijtimoiy sharoit o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. Masalan, hikoyadagi
baliq – tilsiz bir jonzot, ayol – nafs ramzi sifatida ko‘rsatiladi.

2

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ulug%CA%BBbek_Hamdam

3

G ‘ayratjonova Ezoza. Ulug ‘bek Hamdamning “Soz” hikoyasiga bir nazar. Talim innavatsiyasi va integratsiyasi.

2024.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

76

Xulosa qilib aytganda, Ulugʻbek Hamdam hikoyalarida falsafiy qarashlar – oddiy

voqealarning ostida yotgan chuqur savollar shaklida keladi: “Inson kim?”, “hayot nima?”,
“jamiyat bilan shaxs o‘rtasida qanday munosabat bor?”, “vaqt va hozir qanday ahamiyatga ega?”
va “ramzlar nima uchun paydo bo‘ladi?”. U voqeani faqat tashqi tasvir sifatida berib qolmay, uni
ramziy qatlamda ochadi, metafora va mifo – ramz orqali o‘quvchini mulohazaga chorlaydi.

Hikoyalarining badiiy-uslubiy jihati ham zamonaviy talqinni o‘z ichiga oladi – maksimal

realist ko‘rinishdan qochib, ruhiy jihatlar va muloqotlarni markazga oladi. Natijada Ulug‘bek
Hamdamning hikoyalari nafaqat o‘qish zavqini, balki o‘ylash imkoniyatini beruvchi adabiy
asarlardir. U adabiyot orqali falsafiy tafakkurga yo‘l ochadi – ya’ni adabiyot faqat voqea emas,
balki hayotiy savollar maydoni ekanini isbotlaydi.

Adabiyotlar roʻyxati

1.

Abdug‘aniyev, S. “Ulug‘bek Hamdamning “So‘z” hikoyasida davr ruhiyati.” Filologiya
ufqlari jurnali, 4(4) (2024)

2.

Истиклол - бахтим, саодатим...: дарслик / Ҳ. Каримов; ЎзР олий

3.

ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Низомий номидаги Тошк. давлат

4.

педагогика ун-ти. – Т.: УапЬ1 пазЬг, 2010. – 364 б.

5.

To‘raqulova, S., Jo‘rayev, Sh. “Ulugʻbek Hamdam hikoyalarida hayot tasviri.” Filologiya
masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida, Vol.1 No.1 (2023)

6.

Uralova, D. M. “Ulug‘bek Hamdam hikoyalarida tasviriy ifoda va vositalarning o‘rni.”
Ijtimoiy gumanitar fanlar – adabiyotshunoslik, 29(3) (2023)

7.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ulug%CA%BBbek_Hamdam



Библиографические ссылки

Abdug‘aniyev, S. “Ulug‘bek Hamdamning “So‘z” hikoyasida davr ruhiyati.” Filologiya ufqlari jurnali, 4(4) (2024)

Истиклол - бахтим, саодатим...: дарслик / Ҳ. Каримов; ЎзР олий

ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Низомий номидаги Тошк. давлат

педагогика ун-ти. – Т.: УапЬ1 пазЬг, 2010. – 364 б.

To‘raqulova, S., Jo‘rayev, Sh. “Ulugʻbek Hamdam hikoyalarida hayot tasviri.” Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida, Vol.1 No.1 (2023)

Uralova, D. M. “Ulug‘bek Hamdam hikoyalarida tasviriy ifoda va vositalarning o‘rni.” Ijtimoiy gumanitar fanlar – adabiyotshunoslik, 29(3) (2023)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ulug%CA%BBbek_Hamdam