ЦЕННОСТЕЙ В ТРАДИЦИЯХ, ПРАЗДНИКАХ И ОБРЯДАХ УЗБЕКСКОГО НАРОДА

Аннотация

В данной статье анализируются древние обряды и праздники узбекского народа, такие как свадебные церемонии, празднование рождения ребёнка, обряд обрезания, Навруз и Курбан хайит (Ид аль-Адха). В статье рассматривается роль этих традиций в жизни народа, их воспитательное и духовное значение, а также важность сохранения национальных ценностей. Через уникальные особенности каждого обряда раскрываются такие добродетели узбекского народа, как гостеприимство, щедрость, единство, уважение и сострадание. Кроме того, подчёркивается необходимость защиты национальных ценностей и их воспитания в сознании молодого поколения в условиях современной глобализации.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Олимова I. (2025). ЦЕННОСТЕЙ В ТРАДИЦИЯХ, ПРАЗДНИКАХ И ОБРЯДАХ УЗБЕКСКОГО НАРОДА. Современная наука и исследования, 4(11), 47–52. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138973
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируются древние обряды и праздники узбекского народа, такие как свадебные церемонии, празднование рождения ребёнка, обряд обрезания, Навруз и Курбан хайит (Ид аль-Адха). В статье рассматривается роль этих традиций в жизни народа, их воспитательное и духовное значение, а также важность сохранения национальных ценностей. Через уникальные особенности каждого обряда раскрываются такие добродетели узбекского народа, как гостеприимство, щедрость, единство, уважение и сострадание. Кроме того, подчёркивается необходимость защиты национальных ценностей и их воспитания в сознании молодого поколения в условиях современной глобализации.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

47

O’ZBEK XALQINING URF ODATLARI, BAYRAM VA MAROSIMLARDA

QADRIYATLAR TASNIFI

Olimova Intizor Xamidullo qizi

O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining Ingliz tili filologiyasi 1-kurs talabasi.

intizorolimova868@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17522181

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining nikoh to‘yi, chaqaloq tug‘ilishi, sunnat

to‘yi, Navro‘z va Qurbon hayiti kabi qadimiy marosimlari hamda bayramlari tahlil qilingan.

Maqolada bu urf-odatlarning xalq hayotidagi o‘rni, ularning tarbiyaviy va ma’naviy

ahamiyati, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash zarurligi haqida so‘z yuritilgan.

Har bir marosimning o‘ziga xos jihatlari orqali o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik,

saxovat, hamjihatlik, ehtirom va mehr-oqibat kabi fazilatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada
bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrash va yosh avlod ongiga singdirish
muhimligi alohida ta’kidlangan.

Kalit so’zlar

: urf-odatlar, milliy va diniy bayramlar, nikoh to’yi, chilla tutish, beshik

to’yi, sunnat to’yi, Navro’z, qurbon hayiti.

CLASSIFICATION OF UZBEK PEOPLE'S TRADITIONS, HOLIDAYS, AND

CEREMONIAL VALUES

Abstract.

This article analyzes the ancient ceremonies and holidays of the Uzbek people,

such as wedding ceremonies, childbirth celebrations, circumcision feasts, Navruz, and Eid al-
Adha. The article discusses the role of these traditions in people’s lives, their educational and
spiritual significance, and the importance of preserving our national values. Through the unique
features of each ceremony, the virtues of the Uzbek people—such as hospitality, generosity,
unity, respect, and compassion—are highlighted. In addition, the article emphasizes the
importance of protecting national values and instilling them in the minds of the younger
generation in today’s era of globalization.

Keywords:

customs, national and religious holidays, wedding ceremony, postnatal

seclusion (chilla tutish), cradle ceremony, circumcision ceremony, Navruz, Eid al-Adha.

ЦЕННОСТЕЙ В ТРАДИЦИЯХ, ПРАЗДНИКАХ И ОБРЯДАХ УЗБЕКСКОГО

НАРОДА

Аннотация.

В данной статье анализируются древние обряды и праздники

узбекского народа, такие как свадебные церемонии, празднование рождения ребёнка,
обряд обрезания, Навруз и Курбан хайит (Ид аль-Адха). В статье рассматривается роль
этих традиций в жизни народа, их воспитательное и духовное значение, а также
важность сохранения национальных ценностей. Через уникальные особенности каждого
обряда раскрываются такие добродетели узбекского народа, как гостеприимство,
щедрость, единство, уважение и сострадание. Кроме того, подчёркивается
необходимость защиты национальных ценностей и их воспитания в сознании молодого
поколения в условиях современной глобализации.

Ключевые слова:

традиции, национальные и религиозные праздники, свадебная

церемония, послеродовый обряд (чилла тутуш), обряд колыбели, обряд обрезания, Навруз,
Курбан хайит (Ид аль-Адха).


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

48

Kirish

Milliy urf-odatlar – millatning turmush-tarziga singib ketgan, uning shakllanishi va

rivojiga xizmat qiladigan ijtimoiy madaniy hayotida oʻz aksini topgan, doim takrorlanib
turadigan xatti-harakat, koʻpchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari va koʻnikmalar
koʻrinishidir. Milliy urf-odatlar bizning xalqimizda oʻziga xos oʻzbekona tarixiy xususiyatlarga
ega boʻlib, anʼanaviy va zamonaviy koʻrinishlarda namoyon boʻladi.Milliy urf-odatlar millat va
elatning tarixi, anʼanalari, xalq ogʻzaki ijodi, sanʼat va adabiyoti, turmush tarzi va boshqa omillar
taʼsirida shakllanib, takomillashib boradi. Oʻzbekiston xalqlari turmush tarzining shakllanish
tarixi miloddan avvalgi 6-7-asrlarga toʻgʻri keladi.Koʻpgina urf-odatlarimiz milliy va diniy
bayramlar – “Navroʻz” bahorgi tengkunlik kuni, Ramazon hayiti va Qurbon hayitlari, oilaviy
tantanalar – toʻylar, farzand tugʻilishi va boshqalar bilan bogʻliq.

Nikoh to’yi marosimlari

Nikoh to‘yi marosimi o‘zbek xalqining qadimiy an’analari sirasiga kiradi. O‘zbek oilalari

ko‘p farzandli bo‘lgani uchun o‘g‘il uylantirish, qiz uzatish marosimlari ularning bir umrlik
orzu-umidlarining ro‘yobi sifatida tashkil etiladi. Tantanalarga boy bu marosimlarda ko‘p
bosqichli turli udumlar bajariladi. Jumladan, nikoh to‘yi tizimida bir qancha marosimlar mavjud:
sovchilikka borish, unashtirish, uy ko‘rar (qiz ko‘rar), fotiha to‘yi, to‘y yuborish, qiz oshi (qizlar
majlisi), nikoh o‘qitish, nikoh to‘yi, kelin salom, chorladi, quda chaqirdi kabi marosimlar va ular
bilan bog‘liq urf-odatlar.

Sovchilikka borish ham o‘zbeklarda juda nozik masala hisoblanadi. Bo‘lajak kelinning

asli-nasli, yetti pushtiga qadar qarindosh-urug‘i, qo‘ni-qo‘shnilaridan surishtiriladi. Qiz so‘rab
borgan o‘g‘il tomon xalq orasida “qulchilikka keldik”, “sizda bir gul bor ekan, bizda bulbul bor”
tarzida maqsadlarini bildirishadi, ba’zilar esa qizning eshigini supurishadi. Sovchilikka borgan
ayollar oilaning ro‘zg‘or tutishi, saranjom-sarishtali ekanligiga e’tibor beradi. Qiz sovchilar
oldiga choy damlab chiqadi, o‘zining odobli-andishali, farosatli qiz ekanligini namoyish etadi.

Har ikki tomon murosaga kelsa, yigit va qiz yangalar hamrohligida uchrashtiriladi.
Yoshlar bir-biriga ma’qul tushsa, oilaviy rishtalarni bog‘lovchi marosimlar boshlanadi.
Kuyov tomon qand-qurslar bilan birga katta patir non va holva olib keladi. Yoshlarning

hayoti shirin bo‘lsin deb shirinliklar ulashiladi. Qo‘sha qarib yursin degan maqsadda ikki patirni
bir qilib sindirishadi. Patir sindirilishi – bu unashtiruv marosimi hisoblanadi va shu bilan yoshlar
boshi bog‘langan bo‘ladi.Unashtiruvdan so‘ng fotiha to‘yiga tayyorgarlik boshlanadi. Kuyov
tomon qizni kiyintiradi, qiz ham o‘z navbatida yigitni boshdan-oyoq kiyimlarini olib beradi.

Yigit va qiz bir necha yillar kiyim olmaydi. Olingan boshdan-oyoq sarpolar, lazzatli

taomlar to‘la tog‘oralar hammasi qizni uyiga tantanali olib boriladi. Fotiha to‘yi bo‘lib o‘tgandan
so‘ng qiz tomon o‘zi qilgan sarpolarni yigitni uyiga xuddi shunday tantanali qaytaradi. Kuyov
yor-u do‘stlari bilan kichik to‘y marosimini nishonlaydi.

Nikoh to‘yi kuni yoki bir kun oldin qiz tomonga to‘yning oshini pishirib yoki xomligicha

yuboriladi. Qiz xonadonida el-yurtga osh beriladi, ba’zan kuyovnikida ham osh beriladi. To‘y
kuni yoki bir kun oldin qizning uyida nikoh marosimi bo‘lib o‘tadi. Kuyov yaqin jo‘rasi, tog‘asi
bilan bo‘lajak kelin uyiga boradi. Imom kuyovga er-xotinlik burchi va huquqlarini tushuntiradi.

Qizdan ham roziligini olgach, “Xutbayi nikoh” (nikoh haqidagi duo) o‘qiydi. To‘y kuni

kuyov jo‘ralari hamrohligida karnay-surnay, childirma, nog‘oralar bilan kelinnikiga keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

49

Shu orada to‘qqiz tovoq marosimi bo‘lib o‘tadi. Kuyov to‘qqiz qavat ko‘rpacha ustiga

o‘tqaziladi va mehmonlar oldiga to‘qqiz xil taom tortiladi. Suyuq ovqat, osh yeyilib bo‘lingach,
kuyov jo‘ralar kuyovning sarposini kelin tomondan “sotib oladi”. Kuyovga chopon, salla
kiygiziladi.

Kelinga oq libos kiydirilib, otasi, buvasi va tog‘a, amaki kabi yaqin qarindoshlari bilan

xayrlashgani olib chiqadilar. Kelin ketar paytida otasidan bergan non va tuziga rozilik so‘raydi,
xayrlashadi. Otasi qizining peshonasidan o‘pib, baxt tilaydi. Qiz butun yaqin qarindoshlari bilan
xayrlashadi. Yoshi ulug‘ keksalar oq fotiha tilaydi va qiz ota uyini tark etadi.

Chaqaloq tug’ilishi bilan bog’liq marosimlar

O‘zbek xonadonlarida chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq turli marosimlar o‘tkaziladi. Bu

marosimlarda qo‘llanadigan udumlar chaqaloqning sog‘ligi, toleyi haqida turli ramziy ma’no
anglatishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bulardan chilla saqlash, beshikka solish, beshik
to‘y, aqiqa, tirnoq olish, soch olish, oyog‘idan kulcha yumalatish, sunnat to‘y, muchal to‘yi kabi
jarayonlar an’ana, urf-odat tusiga kirib ketgan. O‘zbekistonning turli viloyatlarida bu
jarayonlarda har xil marosimlar bajariladi.

Chaqaloqning dastlabki qirq kunlik hayoti davomida chilla tutish, ya’ni boshqa

kishilardan alohida saqlashga amal qilishadi. Mana shu davr bilan bog‘liq qator irim-sirimlar
borki, ularning shakllanishi mifologik tasavvurlar bilan aloqador. O‘tmishda chaqaloqning besh
va to‘qqiz kunligi eng xavfli davr sanalib, shu kunlarda ularni turli ins-u jinslar va boshqa zarar
yetkazuvchi parilar tegishidan omon saqlashni ko‘zlab, maxsus marosimlar uyushtirilgan. Bunga
doyalar, momolar bosh bo‘lishgan.

Beshik to‘yi (beshikka bog‘lash) marosimi, odatda, dushanba yoki juma kunlarida

uyushtiriladi. Buning ham qat’iy tartibi bor: eng oldinda yog‘och oyoqqa minib, qo‘lda qayroq
bilan raqsga tushganlar va karnaychi-surnaychilar, ular ketidan boshlarida sovg‘a-salom solinib
dasturxonga o‘ralgan la’li (patnis) ko‘targan ayollar va orqada yangi beshikni yelkasiga olgan
beshikbardor uzun safda tizilishib, karnay-surnay navolari ostida borishadi. Bularni borkashlar
deyishadi. Borkashlar beshik to‘yi o‘tkaziladigan hovliga yetib kelganda, uy egalari ularni
yuzlariga un surtish bilan kutib oladilar. Bu bilan chaqaloqning baxti oppoq bo‘lishiga ramziy
ishora qilinadi.Bolani beshikka bog‘lash gali kelganda, vakila yoki kayvoni ko‘zmunchoqlar,
qo‘ng‘iroqlar, siyohdonali tumorcha tikilgan beshikpo‘sh yopintirilgan yangi beshikni uyning
o‘rtasiga keltiradi. Beshikpo‘shlarni ochib, tuvak va tagpo‘shlarni soladi, belbog‘ichini tugadi.

Bosh tomonga tagpo‘sh tagiga bir bosh piyoz va kichkina qayroq tosh qo‘yadi. Shundan

so‘ng beshik yug‘usi ustida-ikki qubbasi yonida va o‘rtada jami uch joyda pag‘a holidagi
paxtadan qov qo‘yilib yoqiladi va tezlik bilan bu kuyindilar yig‘ishtirib olinadi. “Qo‘r-qo‘r” deb
ataluvchi shu irim tugagach, vakila chaqaloqni qo‘liga olib, dast ko‘taradi-da, “Bunday
bog‘laymizmi?

Bunday” degancha, uni dam chalqanchasiga, dam o‘ngiga yotqizmoqchi bo‘lib, beshik

atrofidagilardan so‘raydi. Nihoyat, u chaqaloqni to‘g‘ri holatda beshikka qo‘yib, o‘tirganlardan
“Ha” javobini olgach, bolani beshikka bog‘laydi. Bolani beshikka bog‘lash tugashi bilan isiriq
tutatilib, beshik ustidan uch marta aylantiriladi.

Sunnat to’y

O‘zbek xalqining boy va qadimiy an’analari orasida “sunnat to’yi” alohida o‘rin tutadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

50

Bu to‘y nafaqat diniy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, balki bolaning hayotida yangi

bosqichga qadam qo‘yishini bildiradi. Sunnat to‘yi asrlar davomida o‘ziga xos urf-odatlar,
an’ana va rasm-rusumlar bilan boyib, hozirgi kungacha saqlanib kelgan.Sunnat to‘yi — bu o‘g‘il
bolalarning sunnat qilinishi marosimi bo‘lib, Islom diniga ko‘ra farzandning musulmonlik
yo‘lida ilk qadamidir. Bu to‘y Islom dini tomonidan tavsiya qilingan odatlardan biri bo‘lib, u
bolaning musulmonlikka sodiqligini namoyon etadi. Sunnat to‘yining diniy ahamiyati,
shuningdek, bolaning sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ham
muhim ahamiyat kasb etadi.Sunnat to‘yi o‘g‘il bola yettinchi yoshiga yetganda yoki undan oldin
ham o‘tkazilishi mumkin. O‘zbeklarda «yetti yoshga to‘lmagan bolaning to‘yi bo‘lmas» degan
hikmatli gap mavjud. Bu gap o‘z ichiga chuqur ma’no va hayotiy tajribani qamrab oladi. Sunnat
to‘yi o‘tkazishga tayyorlanish — har bir ota-onaning hayotidagi muhim bosqichlardan biridir.

To‘y oldidan bolaning ota-onasi barcha tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Bolaga yangi

liboslar tikilib, unga maxsus kiyim va to‘y liboslari tayyorlanadi. To‘y kuni kelishidan oldin
do‘stlar, qarindoshlar va yaqinlar taklif etilib, ularga maxsus to‘y dasturi taqdim etiladi.To‘y
dasturiga ko‘ra, bola ko‘pincha otliq aravaga yoki zamonaviy transport vositalariga o‘tirg‘izilib,
to‘y xonadoniga olib kelinadi. Bu tadbir bolaga bayramona kayfiyat bag‘ishlaydi va uni jamiyat
oldida ham ma’naviy ravishda tayyorlaydi. Shuningdek, ota-ona va bola uchun alohida duo
o‘qilib, ularga Allohdan baxt va farovonlik tilanadi.

Navro’z

Bahor kelishi barcha davrlarda odamlarning hayotidagi eng quvonchli hodisa bo‘lgan.
Odamlar uni tabiatning uyg‘onishi, hayot tantanasi, saxovatli hosildor yilga bo‘lgan

umidlar bayrami deb bilgan.Fors tilidan tarjimada "Navro‘z" "yangi kun" degani, u yangi yil
boshlanishini bildiradi. 21-mart – bu bahorgi teng kunlik. Shu kuni yarim sharlar bo‘yicha yil
fasllari almashadi: agar janubiy yarim sharda kuz kelsa, shimoliy yarim sharda – bahor
bo‘ladi.O‘zbekistonda odamlar bu bayramga puxta tayyorgarlik ko‘radi va 15-20 kun davomida
bayram qiladi. Navro‘z arafasida mahallalarda hasharlar o‘tkaziladi, odamlar birgalikda ariqlarni
tozalaydi, daraxtlarni oqlaydi, tomorqalarga belkurak bilan ishlov berishadi.Har bir mahallaning
o‘z choyxonasi bor. Choyxonalarda Navro‘z bayrami nishonlanadi, katta qozonlarda mazali
taomlar pishiriladi. Bayramga shu mahallada va qo‘shni mahallalarda istiqomat qiluvchi
fuqarolar taklif etiladi.Ushbu bayramning asosiy atributlaridan biri – bu sumalak, u o‘stirilgan
bug‘doydan tayyorlanadi. Sumalak tayyorlash jarayoni – butun bir marosim hisoblanadi. Uni
tayyorlash ko‘p vaqtni oladi – 10 soatdan ortiq vaqt davomida tayyorlanadi. Odatda sumalak
ko‘chada ulkan o‘choq va qozonda yog‘och kapgir bilan aralashtirgan holda tayyorlanadi.
Sumalakni tayyorlash jarayonida bir necha kishi qatnashadi, chunki suyuqlikni muntazam
ravishda aralashtirib turish lozim, bu esa bir kishi uchun qiyinlik qiladi. An’anaga ko‘ra, qaynash
jarayoni quvnoq qo‘shiqlar, hazillar va laparlar bilan kechadi. Erkaklar sumalakni tayyorlash
jarayonisha qo‘yilmaydi!

Sumalak quyulib, jigarrang tusga kirgunga qadar qaynatiladi. Keyin sumalak biroz vaqt

dam oldirib qo‘yiladi, ustidan qopqoq yoki biror qalin narsa yopiladi.Umuman olganda Navro‘z
bu shunchaki bayram emas. Navro‘z necha asrlardan buyon nishonlanib kelayotgan bo‘lsa, u
qanchalik quvnoq va shodon o‘tsa, tabiat ham odamlarga shunchalik saxiy bo‘ladi, degan rivoyat
ham shuncha asrlardan buyon mavjud.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

Shu bois bayram kuni Navro‘z qo‘shiqlari baralla yangraydi, odamlar o‘yin-kulgu qiladi,

bahorga shon-sharaflar o‘qiydi, bir-biriga sovg‘alar hadya qiladi, yetimlar va ehtiyojmandlarga
yordam beradi.

Qurbon hayit

Yurtimizda hayit bayramlari qadimdan o‘zgacha shukuh, xalqimizga xos mehr-muruvvat,

bag‘rikenglik va saxovat ifodasi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon va Qurbon hayitini keng miqyosda
nishonlanishi va dam olish kuni deb e’lon qilinishi muqaddas dinimizga bo‘lgan chuqur hurmat
va e’tiborning natijasidir.Qurbon hayiti – musulmonlarning eng mo‘tabar bayramlaridan biri
hisoblanib, Zulhijja oyining o‘ninchi kuni nishonlanadi. Bu muborak kunlarda Alloh taoloning
ko‘plab xayr-u barakasi yer yuzidagi bandalari uzra yog‘iladi. Qurbon hayiti haj ibodatlari
tamom bo‘lganligi munosabati bilan hamda Alloh yo‘lida qurbonlik qilish pallasi bo‘lgan
ayyomdir.

Qurbon hayiti namozi o‘qilgach, imkoni bor insonlar qurbonlik qilishlari vojib

amallardandir. Qurbon hayiti kunlarida biz e’tibor beradigan yana bir jihat – mehrga tashna
insonlarga bayram shodligini va yaxshi kayfiyat ulashishdir. Bu borada yurtimizda keng ko‘lamli
ishlar amalga oshiriladi, bayram arafasida kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj oilalar holidan
xabar olinadi. Ming afsuslar bo‘lsinki, “guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek” hayit kunlari bir qator
bid’atlar ko‘zga ko‘rinadi, hususan, yaqinlari vafot etgan xondonlarda dasturxon tuzalib “yangi
hayit” marosimini o‘tkazish, nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tgan xonadonlarda “hayit yo‘qlovi” kabi
isrofgarlik amallarini haligacha davom ettirayotgan ayrim insonlar topiladi. Ularga hayit
kunlarini qanday o‘tkazish borasida tushuntirishlar olib borish bizning zimmamizdagi
vazifalardan biridir. Qurbon hayiti – ulug‘ bayramdir. Bu kunlarda yana ham mehribon va
muruvvatli bo‘lib, yetimlar boshini silab, yoshi ulug‘lar, kasalmand-u muhtojlardan xabar
olinadi, ularning ko‘ngillariga ham bayram shukuhini olib kiramiz. Bu kunda gina-kudratlarni
unutib, kechirimli bo‘lishimiz maqsadga muvofiqdir.

Xulosa

Xalqimizning har bir urf-odatlari, bayram va marosimlari – bu ajdodlarimizdan bizga

qolgan bebaho ma’naviy merosdir. Nikoh to‘yi, chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlar,
sunnat to‘yi, Navro‘z hamda Qurbon hayiti kabi tantanalar xalqimiz hayotining ajralmas qismi
bo‘lib, ularda mehr-oqibat, insonparvarlik, hurmat, saxovat, ezgulik kabi yuksak fazilatlar
mujassamdir. Bu marosimlarda odamlar bir-biriga mehr ko‘rsatadi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydi,
el-yurt bilan quvonch va baxtni baham ko‘radi.

Nikoh to‘ylari oilaviy hayotning boshlanishi, avlodlar davomiyligi, birlik va ahillik

timsoli bo‘lsa, chaqaloq tug‘ilishi va sunnat to‘ylari – yangi hayotga kirishning quvonchli
ramzidir. Navro‘z esa tabiat uyg‘onishi, yangilanish, tinchlik va bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi
milliy bayram sifatida xalqimizni birlashtiradi.

Qurbon hayiti esa insonni saxovat, shukronalik va mehr-muruvvatga undovchi muqaddas

ayyomdir. Shu bois bu qadriyatlar va marosimlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlod qalbiga
singdirish – millatimizning ma’naviy barqarorligi va o‘zligini saqlashda nihoyatda muhimdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

Bugungi globallashuv davrida, dunyo tez o‘zgarayotgan bir paytda, o‘z urf-odatlarimizni

unutmaslik, ularni zamon ruhiga mos tarzda davom ettirish – har birimizning muqaddas
burchimizdir.

Chunki milliy qadriyatlarimiz xalqimizning o‘ziga xosligini, madaniyatining chuqur

ildizlarini namoyon etadi.

Xulosa qilib aytganda, urf-odat va marosimlarimiz — bu xalqimizning yuragi, o‘tmish va

kelajak o‘rtasidagi ko‘prikdir. Ularni qadrlash, asrash va ulug‘lash orqali biz nafaqat o‘z
tariximizni, balki milliy g‘ururimizni ham abadiylashtiramiz.

Adabiyotlar ro’yxati

1.

Kamola Toshmatova "O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi" Toshkent-2023 yil

2.

Sayidqul Alimov "O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi" Toshkent-2023 yil.

3.

Jo‘rayev M. O‘zbek mavsumiy marosim folklori. – Toshkent: Fan, 2008. – 294 bet.

4.

"KELIN SALOM" MAROSIMI (XUDOYORXON O'RDASI, QO'QON, OMONYOR,
FARG'ONA) – YouTube

5.

(116) "Gavorabandon" - bolani beshikka boğlash milliy marosimi tòğrisida... – YouTube

6.

https://ifazo.uz/sunnat-toyi-ananalar-mano-va-ahamiyati/

7.

Abduqahhor

domla

Yunusov

Toshkent

shahar

bosh

imom-xatibi

https://uza.uz/posts/727150

8.

https://otpusk.uz/uz/uzbekistan/public-holidays/navruz



Библиографические ссылки

Kamola Toshmatova "O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi" Toshkent-2023 yil

Sayidqul Alimov "O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi" Toshkent-2023 yil.

Jo‘rayev M. O‘zbek mavsumiy marosim folklori. – Toshkent: Fan, 2008. – 294 bet.

"KELIN SALOM" MAROSIMI (XUDOYORXON O'RDASI, QO'QON, OMONYOR, FARG'ONA) – YouTube

(116) "Gavorabandon" - bolani beshikka boğlash milliy marosimi tòğrisida... – YouTube

https://ifazo.uz/sunnat-toyi-ananalar-mano-va-ahamiyati/

Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahar bosh imom-xatibi https://uza.uz/posts/727150

https://otpusk.uz/uz/uzbekistan/public-holidays/navruz