Oktabr, 2025-Yil
30
TIL MILLAT RUHI
Qodirova Feruza Mamurovna
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti
Tillarni oʻrganish kafedrasi katta oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17291934
Annotatsiya.
Til - bu oddiy aloqa vositasi emas. Til - xalqning ko‘zgusi, millatning yuragi,
uning ruhi, orzu-umidlari, g‘ami va quvonchi mujassam bo‘lgan muqaddas boylikdir. Til - milliy
o‘zlik mezoni. Maqolada ham millat ruhi tilning millatlararo muloqotdagi ahamiyati xususida so‘z
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
til, millat, ma’naviyat, ma’naviy boylik, inson.
KIRISH
Har bir millat o‘z tili orqali taniladi. Agar til yo‘qolsa, u millatning o‘zligi, tarixiy xotirasi,
madaniyati ham xavf ostida qoladi. Shu bois, buyuk mutafakkir Abdulla Shu o‘rinda Muxtaram
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili
xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik.
Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatini his
qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas
maqolalarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizni sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin”, –deya aytgan
fikrlari til va madaniyatning o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini yana bir karra isbotlaydi.
ASOSIY QISM
Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub
bo’lgan til, o’sha millat bilan yashaydi va bardavom bo’ladi. Ota-bobolarimiz qadimdan tilni
asrab-avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va
boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub
bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir
Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz himoyasiga otlanib, turkiy til o‘z
imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlab
berdi. O‘zining “Xamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek
tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk
adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonning qanday ma’naviyatga ega ekanini
uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi,
tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va
an’analari unda mujassam bo’ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va
avlodlarga to’liqligicha yetkazishimiz kerak. Birinchi Prezidentimizning ta’biri bilan aytganda
“O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-milliy bog’liqlik
til orqali vujudga keladi”. Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat
rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi.
1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. O’zbek tili
haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng barcha davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritiladi, gazeta va
jurnallar o’zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin tiliga asoslangan o’zbek
Oktabr, 2025-Yil
31
alifbosini tuzish tog’risida”gi qonun qabul qilingandan so’ng, mamlakatimiz har tomonlama
rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o’rin egallash muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. Shu sababli chet ellarda ham o’zbek tiliga qiziquvchilar, uni o’rganuvchilar soni ortib
bordi. Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul
qilingan. Ularning orasida o’zbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma’no va
jozibadorligidan darak beradi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham
muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili
haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni
ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar
tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari
chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini,
fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan
so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan
ishlarning eng muhimlaridandir.
XULOSA
Bir so`z bilan aytadigan bo’lsak, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash
bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z
ifodasini topadi. Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytilmagan.
Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida
shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol
qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi,
yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz
kuylanayotir. Biz o’z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go’zal va
sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o’z hissamizni qo’shishimiz
kerak. Agar biz o’z tilimizning ko’rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada
charog’on bo’ladi va birligimiz mustahkam bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
Erkaboyeva, N. O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami. Toshkent.: "Yosh kuch", 2021.
2.
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, 1995 yil, 12-son.
