ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
53
VITAGEN TAJRIBAGA EGALIKNING TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI
RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Pirniyazova Malika Kenesbaevna
Nizomiy nomidagi O‘zMPU v.b.dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17271018
Annotatsiya.
Maqolada
vitagen
tajriba
asosida
talabalarda
tadbirkorlik
kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashxisiy xarakterga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shu
sababli talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy
omil bo‘luvchi vitagen tajribaga egalik darajasini aniqlash hamda uni baholash zaruriyati
yuzaga keladi.
Kalit so‘zlar:
tadbirkorlik kompetensiyalari, vitagen tajriba, test, “Tadbirkorlik
qobiliyatiga egaman” testi, “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi), “Biznes potensialiga
egalikni aniqlovchi” test, “Talabalarning tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha yo‘nalganligini
baholovchi indikator”.
Аннотация.
В статье диагностическим является процесс развития
предпринимательских навыков у студентов на основе витагенного опыта. Поэтому
необходимо определить и оценить уровень витагенного опыта студентов, который
является основой развития предпринимательских навыков.
Ключевые слова:
Предпринимательские компетенции, витагенный опыт, тест,
тест «Имею предпринимательские способности», тест «Предпринимательские
способности» (тест Т.Матвеевой), тест «Определение владения бизнес-потенциалом»,
«Показатель оценки ориентatsiи студентов на виды предпринимательской
деятельности».
Abstract.
In the article, the process of developing entrepreneurship skills in students
based on vitagen experience is diagnostic. Therefore, it is necessary to determine and assess the
level of students' vitagen experience, which is the basis for the development of entrepreneurial
skills.
Keywords:
entrepreneurial
competences,
vitagen
experience,
test,
"I
have
entrepreneurial ability" test, "Entrepreneurial ability" (test of T. Matveeva), "Determining
ownership of business potential" test, "Indicator assessing students' orientation to types of
entrepreneurial activity".
Talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalari va vitagen tajribaga egalik darajasini
aniqlashda metodlarni to‘g‘ri tanlash tadqiqotning samaradorligini belgilovchi muhim omil
hisoblanadi. Shu bois mazkur tadqiqotda amaliy-psixologik va kasbiy yo‘nalishdagi metodlardan
foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi. Amaliy-psixologik metodlar talabalar shaxsiy
sifatlari, motivatsiyasi, tashabbuskorlik darajasi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini
aniqlashga xizmat qiladi. Bu metodlar yordamida talabalarning individual xususiyatlari, hissiy-
irodaviy jihatlari hamda tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan psixologik tayyorgarligi o‘rganildi.
Kasbiy xarakterdagi metodlar esa talabalar bilim va ko‘nikmalarining amaliy mazmunini
baholash imkonini berdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
54
Ular yordamida soliq qonunchiligi, buxgalteriya hisobi, marketing, biznes reja tuzish,
iqtisodiy tahlil va boshqa amaliy yo‘nalishlardagi tayyorgarlik darajasi aniqlab borildi.
Metodlar majmuasidan foydalanish nafaqat talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini
kompleks baholash, balki vitagen tajribaning ushbu jarayondagi rolini ochib berish imkonini
berdi. Shu tarzda tanlangan metodlar talabalarda real hayotiy tajribaga tayanish, nazariy
bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish va kasbiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat
qildi. “Test” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganida sinab ko‘rish, sinov, tekshirish
ma’nolarini anglatadi [2]. Pedagogikada test nazoratidan foydalanish ta’lim oluvchi shaxsiga xos
bo‘lgan sifatlarni yoki uning muayyan faoliyatni yuritishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshlang‘ich
yoki yakuniy ma’lumotlarga ega bo‘lishga yordam beradi. Tadqiqotning maqsadi va xarakteridan
kelib chiqqan holda kerakli testlarni to‘g‘ri tanlash pedagogik nazoratning samarali bo‘lishini
ta’minlaydi. Bu o‘rinda A.N.Mayorov tadqiqotchi yoki pedagoglarning puxta o‘ylangan ish
rejasiga ega bo‘lishni, shuningdek, ilmiy izlanish mazmuniga mos, tadqiqot maqsadiga
erishishga yordam beradigan testlarni tanlash olishi zarurligi ko‘rsatib o‘tadi.
1-jadval.
Tadbirkorlik kompetensiyalarini baholash testlari
Test nomi
Maqsadi
Baholash yo‘nalishi
Natija va qo‘llanishi
“Men
tadbirkorlik
qobiliyatiga
egaman” testi
Talabaning shaxsiy
tadbirkorlik
salohiyatini aniqlash
Tashabbuskorlik,
ijodkorlik, mustaqil
qaror qabul qilish
darajasi
Talabada mavjud shaxsiy
sifatlar va tadbirkorlikka
moyillikni ko‘rsatadi
T. Matveeva
testi
(“Tadbirkorlik
qobiliyati”)
Talabaning
yetakchilik va
tashkiliy
qobiliyatlarini
baholash
Liderlik,
tashkilotchilik,
kommunikativlik
Tadbirkorlik faoliyatida
muvaffaqiyat uchun zarur
psixologik sifatlarni ochib
beradi
“Biznes
potensial” testi
Talabaning biznes
yuritishga
tayyorgarligini
aniqlash
Moliyaviy resurslardan
foydalanish, riskka
tayyorlik, bozorni
tushunish
Talabaning real
tadbirkorlik faoliyatini
boshlashga tayyorgarlik
darajasini ko‘rsatadi
Kasbiy-
psixologik
indikatorlar
Talabaning vitagen
tajribaga egalik
darajasini baholash
Hayotiy tajribani
kasbiy faoliyatda
qo‘llash, innovatsion
fikrlash
Vitagen tajribaning
tadbirkorlik
kompetensiyalariga
ta’sirini aniqlash
Bilim va amaliy
topshiriqlar testi
Talabaning nazariy
va amaliy bilimlarini
tekshirish
Soliq qonunchiligi,
buxgalteriya,
marketing, biznes reja
tuzish
Talabalarning kasbiy-
amaliy tayyorgarlik
darajasini aniqlashga
xizmat qiladi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
55
Ushbu ko‘rsatmaga amal qilgan holda vitagen tajribaning talabalarda tadbirkorlik
kompensiyalarining rivojlanishida ahamiyatini o‘rganishga yordam beradigan testlarni
aniqlashga e’tibor qaratildi. Natijada “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi [4], “Tadbirkorlik
qobiliyati” (T.Matveeva testi) [3], “Biznes potensialiga egalikni aniqlovchi” test [1] kabilar
tanlandi. Testlarni talabalarga taqdim etish uchun ish qog‘ozlari tayyorlandi.
Ayni o‘rinda “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi) [3] namuna sifatida keltiriladi (1-
jadval).
Test savollari nafaqat shaxsiy sifatlarni, balki biznes asoslari oid (soliq qonunchiligi, ish
haqqini berish tartibi, buxgalterlik hisobini yuritish shartlaridan xabardorlik, mahsulot yoki
xizmatlarga hududda talabning mavjudligi, marketing va moliya sohalari bo‘yicha boshlang‘ich
tayyorgarlikka egalik, tadbirkorlik faoliyatlarining hududdagi holati, moliyaviy mablag‘ning
еtarliligi, mutaxassislar, ijara, xom-ashyo, ishchi kuchi masalalarining hal qilinishi) kabi
holatlarni oydinlashtiradi. T.Matveeva [3] tomonidan asoslangan “Tadbirkorlik qobiliyati”
shaxsning tadbirkorlik qobiliyatiga egaligini bevosita biznes asoslari nuqtai nazaridan aniqlash
orqali baholashga xizmat qiladi. Respondent-talabalarning yuqoridagi testlar bo‘yicha javoblari
quyidagi ochqich yordamida baholandi (savollarga berilgan har bir ijobiy javob 1 ball
baholanadi; 2-jadval):
2-jadval.
Testlar natijalarini hisoblash
Ballar
Ular yordamida yoritiladigan sifatlar
17 va undan
ko‘p ball
Tadbirkor bo‘lish uchun barcha sifatlarga egasiz. Maqsad sari intilishingiz, Sizdagi
quvvat, ishonch har qanday g‘oyani amalga oshirishingizga yordam beradi. Darhaqiqat
Siz shunga munosibsiz
13-17 ball
Yirik tadbirkor sifatida muvaffaqiyatga erishish borasidagi imkoniyatingiz ehtmoldan
uzoqroq. Biroq, omadli savdogar bo‘lishingiz mumkin
13 dan kam
ball
Sizdan ishni ko‘zini biladiga tadbirkor chiqishi qiyin. Tajriba orttirishga harakat qiling
hamda mustaqil tadbirkor bo‘lishdan avval qayta va qayta o‘z qiziqishlaringiz
solishtirib ko‘ring
Baholash jarayonining natijalariga tayangan holda respondentlar ega bo‘lgan tegishli
kompetensiyalarning mavjud darajasi ularni tadbirkorlik faoliyati turlariga yo‘naltirish uchun
еtarli emasligiga ishonch hosil qilindi. Zero, mavjud testlar talabalarning tadbirkorlik faoliyatini
olib borishga ma’naviy-axloqiy hamda psixologik tayyorligiga oid ma’lumotlarni qo‘lga
kiritishga imkon berdi. Biroq, talabalarni tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bo‘yicha alohida
qobiliyatga ega ekanligiga oid axborotga еtarli darajada ega bo‘lish imkoniyatini ta’minlay
olmadi. Shu sababli talabalarni tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bo‘yicha amaliy
yo‘naltirish uchun sohalar bo‘yicha vitagen tajribaga egaliklarini aniqlashga e’tibor qaratildi[7].
Talabalarning ularni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘llovchi vitagen tajribaga egaliklarini
aniqlash maqsadida tashkil qilingan ilmiy-pedagogik faoliyat ham ikki yo‘nalishda amalga
oshirildi:
1-yo‘nalish: respondentlarning tadbirkorlik faoliyati turlariga oid tushunchalarga
egaligini aniqlash; mazkur jarayonda respondentlarning e’tiborlariga ular tomonidan bajarilishi
zarur bo‘lgan topshiriqlarni o‘zida aks ettirgan quyidagi ish qog‘ozi taqdim qilindi:
2-yo‘nalish:
talabalarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bo‘yicha
kompetensiyalar mavjudligini o‘rganish; pedagogik faoliyatning bu jarayonida hamda
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
56
respondent-talabalarning e’tiborlariga ular tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni
o‘zida aks ettirgan quyidagi ish qog‘ozi taqdim qilindi:
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga
yo‘naltirishda vitagen tajribaga egalik muhim ahamiyat kasb etadi. Vitagen tajriba shaxsning
hayotiy va amaliy tajribalariga asoslanib, uning tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish
qobiliyatini namoyon qiladi. Tadqiqot jarayonida respondent-talabalarning vitagen tajriba
negizida shakllangan tadbirkorlik kompetensiyalariga egalik darajasi aniqlanib, ularning
qobiliyatlari psixologik va kasbiy ko‘rsatkichlar orqali baholandi. Olingan natijalar shuni
tasdiqlaydiki, vitagen tajribaga ega bo‘lgan talabalar mustaqil qaror qabul qilish, tashabbuskorlik
ko‘rsatish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil
etishga ko‘proq moyillikka ega bo‘ladilar.
Shunday qilib, vitagen tajriba asosida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish
talabalarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlaydi, balki ularni real mehnat bozori
talablariga moslashgan, raqobatbardosh va ijodkor shaxs sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Агранович М.Л. Индикаторы достижения целей устойчивого развития в сфере
образования
и
нatsiональная
образовательная
политика
//
https://cyberleninka.ru/article/n/indikatory-dostizheniya-tseley-ustoychivogo-razvitiya-v-
sfere-obrazovaniya-i-natsionalnaya-obrazovatelnaya-politika.
2.
Большая энциклопедия психологических тестов / Электронная книга. ДиректМедиа,
2005. – С. 5.
3.
Тест
“Предпринимательские
способности”
(Т.Матвеева)
//
https://fmc.
hse.ru/mirror/pubs/share/
205924843.
4.
O’.Tolipov, M.Pirniyazova. // MDH mamlakatlarining yoshlar tadbirkorligini
rivoshlantirishga oid davlat siyosati. “Pedagogika» jurnali, 2023 yil, 5-son”
5.
O’.Tolipov, M.Pirniyazova. //Kоллективная творческая деятельность и технологии её
организации. “Bысшее и среднее профессиональное образование россии: вчера,
сегодня,
завтра
Материалы
17-ой
Международной
научно-практической
конференции (г. Казань, 23 мая 2023 года)
6.
Сущность понятий “тест”, “тестирование” //
7.
Тест “Предпринимательские способности” //
biznesmena.
8.
Тесты
на
определение
предпринимательских
способностей
//
http://kschool1.com/MMC/ monitoring.pdf.
