382
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
BOLONIYA JARAYONI VA O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM TIZIMIDA MALAKA
OSHIRISHNING QIYOSIY TAHLILI
O.Sh. Jaynarov
Tayanch doktorant.
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayoyrlash va malakasini oshirish instituti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17395974
Annotatsiya.
Maqolada Boloniya jarayoni doirasida oliy ta’limda pedagoglarning
malaka oshirish tizimi va O‘zbekiston tajribasi qiyosiy tahlil qilinadi. Yevropa oliy ta’lim
hududida (EHEA) qo‘llanilayotgan kredit-modul tizimi, umrboqiy ta’lim, kompetensiyaviy
yondashuv, mobillik dasturlari hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish O‘zbekiston oliy
ta’limidagi an’anaviy malaka oshirish shakllari bilan taqqoslanadi. Tadqiqot natijasida
o‘xshashliklar, farqlar va istiqbolli yo‘nalishlar aniqlanadi.
Kalit so‘zlar:
Boloniya jarayoni, malaka oshirish, kredit-modul tizimi, ECTS, hayot
davomida ta’lim, kompetensiya, mobillik
.
Kirish.
XXI asrda oliy ta’lim tizimida pedagoglarning malaka oshirish jarayonlari global
miqyosda yangilanmoqda. Boloniya jarayoni (1999 yildan) Yevropa oliy ta’lim hududida yagona
standartlarni shakllantirib, diplomlarning xalqaro tan olinishini ta’minladi. Asosiy tamoyillardan
biri-hayot davomida ta’lim va uzluksiz professional rivojlanish (CPD). O‘zbekiston ham ushbu
yo‘nalishda qadam tashlab, oliy ta’limni modernizatsiya qilish jarayonida Boloniya tajribasiga
asoslanmoqda.
Boloniya jarayonida malaka oshirishning nazariy asoslari.
Boloniya jarayonida oliy ta’limda malaka oshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga
oshiriladi:
- Kredit-modul tizimi (ECTS);
- Formal, noformal va informal ta’lim;
- Kompetensiyaviy yondashuv;
- Refleksiya va peer-learning;
- MOOC, e-portfolio va raqamli texnologiyalar;
- Erasmus+ kabi xalqaro mobillik dasturlari.
O‘zbekiston oliy ta’limida malaka oshirish tizimi.
O‘zbekiston oliy ta’limida pedagoglarning malaka oshirish jarayonlari quyidagicha
amalga oshiriladi:
- Malaka oshirish institutlari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish mintaqaviy vatarmoq markazlari;
- Qisqa muddatli kurslar va seminarlar;
- Attestatsiya asosida qayta tayyorlash;
- Plotformalar orqali masofaviy ta’lim;
- Xalqaro hamkorlik dasturlari (ammo cheklangan miqdorda).
Qiyosiy tahlil jadvali
Ko‘rsatkich
Boloniya jarayoni
O‘zbekiston
Izoh
Tizim
Kredit-modul
(ECTS)
An’anaviy kurs va
attestatsiya
ECTS to‘liq joriy
qilinmagan
Shakllar
Formal, noformal,
informal
Asosan formal
Noformal va informal endi
rivojlanmoqda
383
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Mobillik
Erasmus+, xalqaro
almashinuv
Cheklangan
Mobillik imkoniyatlari
kengaymoqda
Baholash
Kompetensiya
asosida, portfel
Imtihon va
attestatsiya
Portfel keng joriy
etilmagan
Texnologiyalar
MOOC, e-portfolio
masofaviy
kurslar
Integratsiya jarayoni
boshlang‘ich bosqichda
Rasm 1. Boloniya jarayonida malaka oshirish shakllarining taqsimoti.
Rasm 2. Boloniya jarayoni va O‘zbekiston oliy ta’limida malaka oshirish taqqoslanishi.
O‘zbekiston uchun taklif va istiqbollar
- Kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish;
- Portfel va refleksiya metodlarini tatbiq qilish;
- MOOC va xalqaro kurslarni integratsiya qilish;
384
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
- Erasmus+ va mobillik dasturlarini kengaytirish;
- Attestatsiya tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilash.
Xulosa.
Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, Boloniya jarayonida malaka oshirish
kompetensiyaga asoslangan va xalqaro darajada integratsiyalashgan tizim sifatida shakllangan.
O‘zbekistonda esa an’anaviy kurs va attestatsiya ustuvor. Biroq, oxirgi yillarda
boshlangan islohotlar Boloniya tajribasini bosqichma-bosqich tatbiq etish imkonini beradi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Bologna Declaration (1999). Joint declaration of the European Ministers of Education.
2.
European Commission (2020). European Higher Education Area (EHEA) report.
3.
OECD (2019). Teachers’ Professional Learning and Development. Paris: OECD
Publishing.
4.
EQF (2008). European Qualifications Framework for Lifelong Learning.
5.
UNESCO (2021). Futures of Education: Learning to Become. Paris: UNESCO.
6.
Advance HE (2019). UK Professional Standards Framework (UKPSF).
7.
KMK (2019). Fortbildung der Lehrkräfte: Rahmenkonzept. Kultusministerkonferenz,
Germany.
8.
Italian Ministry of Education (2018). CPD guidelines for higher education.
9.
French Ministry of Education (2017). Professional development modules for teachers.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 415-sonli qarori (2024).
