QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI: UNDAN SAQLANISHNING YO‘LINI BILASIZMI?

Аннотация

Bu maqolada Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi: undan saqlanishning yo‘li haqida sóz etilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
215-216
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sabirbayev, F. (2025). QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI: UNDAN SAQLANISHNING YO‘LINI BILASIZMI?. Современная наука и исследования, 4(9), 215–216. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/137404
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bu maqolada Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi: undan saqlanishning yo‘li haqida sóz etilgan.


background image


Sentabr, 2025-Yil

215

QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI: UNDAN SAQLANISHNING

YO‘LINI BILASIZMI?

F.Sabirbayev

Shumanay tumani

FVB boshlig‘i o‘rinbosari praflaktika va nazorat bólinmasi boshlig‘i mayor

https://doi.org/10.5281/zenodo.17220108

Annotatsiya.

Bu maqolada

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi: undan saqlanishning

yo‘li haqida sóz etilgan.

Kalit sózlar:

isitma kasalligi, virus, yuqumli kasallikdir.

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi virus qo‘zg‘atadigan, tabiiy sharoitda kanalar

orqali yuqadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Yirik va mayda shoxli hayvonlarda uchraydigan
iksod kanalari gemorragik isitma kasalligi virusining tashuvchilari, kemiruvchilar, yirik va mayda
shoxli mollar esa gemorragik isitma virusining manbalari hisoblanadi.

Ushbu kasallik o‘zida gemorragik virusini saqlaydigan kanalarning chaqishi va qo‘llar

kana qoni bilan ifloslanishi natijasida odamlarga yuqadi. Bundan tashqari, kasallik odamga shu
kasallik bilan og‘rigan bemorning qoni orqali ham yuqishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Sirdaryo,
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining cho‘l hududlari mazkur kasallik bo‘yicha tabiiy o‘choqli
hududlar hisoblanadi. Kasallik respublikamiz hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishi ham
mumkin.

Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 2 – 3 kun davom etadi. Ba’zida bu davr bir necha

soatlarga qisqarishi yoki 14 kungacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik o‘tkir boshlanib, bemorning
tana harorati 39-40 darajagacha ko‘tarilishi, sovqotib qaltirashi, mushaklari og‘rishi, badanga
toshma toshishi, yuz, bo‘yin, ko‘krak qismi terilari qizarishi, milk, burun, oshqozon-ichaklardan
qon ketishi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zi holatlarda kasallik og‘ir kechib,
bemordan qon ketishi natijasida o‘lim qayd etiladi. Mazkur kasallik gemorragik belgilarsiz
shaklda ham kechishi mumkin. Kasallikning bu shaklida badanda toshmalar toshmaydi,
qontalashlar kuzatilmaydi, organlardan qon ketmaydi, kasallik asosan isitma va zaharlanish
alomatlari bilan namoyon bo‘ladi.

Shu bois, cho‘l hududiga dam olishga chiqqanlar dam olish uchun mo‘ljallangan joy mol

boqiladigan yaylovdan kamida 2 – 3 km masofa uzoqda bo‘lishiga e’tibor berishlari kerak.

Shuni unutmaslik kerakki, agar badanga kana yopishganligi aniqlansa, tezda yaqin

joylashgan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish zarur. Birinchi galda kanani ehtiyotkorlik bilan
himoya qo‘lqop kiyib olib tashlash zarur. Dastlab kana yopishgan joyga 2-3 tomchi o‘simlik yog‘i
tomizib, 10-15 daqiqa kutish kerak. Pinset yoki ip yordamida sekin-asta teriga yopishgan kana
olinib, shu joyga yod surtiladi va ustiga bakterotsid plastir yopishtiriladi. Olingan kana penitsillin
flakonga solinib, og‘zi tiqin bilan bekiladi va yoqib tashlanadi. Ishlatilgan rezina qo‘lqoplar 70
foizli etil spirti bilan ishlov berilgach, yechiladi va yoqib yuboriladi.

Kana chaqishidan ehtiyot qilish maqsadida teri yuzasi imkon qadar kiyimlar bilan bekilishi

kerak. Kana ko‘pincha oyoqlar orqali kirishini inobatga olib, shim pochalari mahkam bog‘lanishi
zarur. Agar biron kishini kana chaqsa, qo‘llari kana qoni bilan ifloslansa, isitmasi oshib, burun,
milklar, oshqozon-ichaklar, bachadondan qon ketsa, bunday bemorlarga yordam ko‘rsatganda


background image


Sentabr, 2025-Yil

216

bemorning qoni teri va shilliq qavatlarga tekkan bo‘lsa, unda yordam ko‘rsatgan odam ham tibbiy
yordamga murojaat etishi lozim. Bundan tashqari, cho‘l hududlaridan, bozorlardan mayda va yirik
shoxli mollarni kanaga qarshi ishlov bermasdan uyga olib kelmaslik, mollarda kana aniqlansa,
darhol veterinariya xodimlariga murojaat qilib, ularning tavsiyasi asosida kanalarga qarshi ishlov
berish kerak. Shuningdek kanalarni qo‘l bilan ezib va qaychi bilan kesib o‘ldirmaslik, qirqim
mavsumiga yosh bolalar, o‘smirlar va homilador ayollarni jalb etmaslik shaxsiy gigiena
qoidalariga puxta amal qilish kasallikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xo‘sh, kana chaqishining oldini olish uchun fuqarolar nimalarga e’tibor berish lozim?
Buning uchun eng avvalo:
- cho‘l hududlariga (tabiat quchog‘iga) aprel-iyun oylarida imkon qadar chiqmaslik;
- cho‘l hududlaridan, bozorlardan mayda va yirik shoxli mollarni kanaga qarshi ishlov

bermasdan uyga olib kelmaslik;

- mollarda kana borligi aniqlansa, darhol veterinariya shifokoriga murojaat qilib, ularning

tavsiyasi asosida kanalarga qarshi ishlov berish;

- kanalarni qo‘l bilan ezib va qaychi bilan kesib o‘ldirmaslik;
- qirqim mavsumiga yosh bolalar va o‘smirlarni jalb etmaslik;
- qirqim vaqtida faqat maxsus kiyim (qo‘lqop, yeng va poychalari mustahkam

berkitiladigan shim, kamzul, rezina etik)lardan foydalanish;

- qirqim paytida shaxsiy gigiena qoidalariga puxta amal qilish talab etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shumanay tumani

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Qrim-kongo gemorragik isitma kasalligining
oldini olish maqsadida tuman dududida tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda doimiy ravishda
profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.


Hurmatli hamyurtlar! Yuqorida keltirilib o‘tilgan xavfsizlik qoidalariga amal qilishingizni

va olib borilayotgan profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.