2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
152
YER OSTI SUVLARIDAN DOIMIY ISTE’MOL QILISH NATIJASIDA
URUG`DONLARDA KUZATILADIGAN ANATOMOGISTOLOGIK O`ZGARISHLAR
Aslonov Javlon Farmonovich
Osiyo Xalqaro Universiteti, Fundamental tibbiyot kafedrasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17218010
Dolzarblik.
So`nggi yillarda yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi antropogen omillar
ta’sirida sezilarli darajada buzilmoqda. Ularning tarkibida nitratlar, og`ir metall tuzlari, pestitsid
qoldiqlari va boshqa kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarning yuqori darajasi aniqlangan. Ushbu
toksik moddalar organizmda oksidlovchi stressni kuchaytirib, reproduktiv tizimning asosiy
a’zolaridan biri bo`lgan urug`donlarga morfofunksional va anatomogistologik zarar yetkazadi.
Kalit so`zlar:
yer osti suvlari, urug`don, seminifer tubula, Leydig hujayralari, histologik
o`zgarish, reproduktiv salomatlik.
ANATOMOGISTOLOGICAL CHANGES IN TESTES AS A RESULT OF CONTINUOUS
CONSUMPTION OF GROUNDWATER
Relevance.
In recent years, the chemical composition of groundwater has been
significantly degraded under the influence of anthropogenic factors. High levels of nitrates, heavy
metal salts, pesticide residues and other chemical pollutants have been detected in their
composition. These toxic substances increase oxidative stress in the div and cause
morphofunctional and anatomical-histological damage to the testes, which are one of the main
organs of the reproductive system.
Keywords:
groundwater, testes, seminiferous tubules, Leydig cells, histological changes,
reproductive health.
АНАТОМОГИСТОЛОГИЧЕСКИЕ ИЗМЕНЕНИЯ В ЯИЧНИКАХ В РЕЗУЛЬТАТЕ
ПОСТОЯННОГО УПОТРЕБЛЕНИЯ ПОДЗЕМНЫХ ВОД
Актуальность.
В последние годы химический состав подземных вод значительно
ухудшился под воздействием антропогенных факторов. В их составе обнаружено высокое
содержание нитратов, солей тяжелых металлов, остатков пестицидов и других
химических загрязнителей. Эти токсичные вещества усиливают окислительный стресс в
организме и вызывают морфофункциональные и анатомо-гистологические повреждения
яичек, являющихся одним из основных органов репродуктивной системы.
Ключевые слова:
подземные воды, яички, семенные канальцы, клетки Лейдига,
гистологические изменения, репродуктивное здоровье.
Tekshiruv maqsad:
Yer osti suvlarining uzoq muddat iste’moli natijasida urug‘donlarda
yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarni aniqlash.
Material va usullar:
Tajriba hayvonlari (kalamushlar) 3 oy davomida yer osti suvi bilan
boqildi. Urug‘don to‘qimalaridan histologik kesmalar tayyorlanib, mikroskopik tahlil qilindi.
Tekshiruv natijalari:
Doimiy ravishda ifloslangan yer osti suvlarini iste’mol qilish
natijasida urug`donlarda quyidagi anatomogistologik o`zgarishlar qayd etilgan:
- Seminifer tubulalarning distrofiyasi va degeneratsiyasi – germinal epiteliy qavatining
yupqalashishi, Sertoli hujayralarida vakuollanish, spermatogoniya va spermatotsitlarda apoptoz
jarayonlarining kuchayishi.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
153
- Leydig hujayralarining morfologik shikastlanishi – sitoplazmada yog` tomchilari paydo
bo`lishi, organellalarning disstrukturasi, testosteron biosintezining susayishi.
- Stromal o`zgarishlar – fibroz to`qimaning ko`payishi, kapillyarlarning torayishi va qon
aylanishining buzilishi.
- Spermatogenezning izdan chiqishi – spermatozoidlar soni kamayishi, patologik shakllar
ulushining ortishi, flagellyar harakatning pasayishi.
Xulosa
: Yer osti suvlarini doimiy iste’mol qilish urug`don to`qimalarining morfologik va
histologik tuzilishini jiddiy o`zgartiradi. Bu esa erkaklarda reproduktiv salomatlikning pasayishi
va bepushtlik xavfining ortishiga olib keladi. Ushbu holat ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yer
osti suvlarining sifatini doimiy nazorat qilish va profilaktik choralarni kuchaytirishni talab etadi.
