Sentabr, 2025-Yil
179
MUHAMMADJON HAKIMOVNING QO‘LYOZMALAR BILAN ISHLASH
PRINSIPLARI
Qarshiyeva Feruza Zafar qizi
UO‘K 801.732:821.512,133.09
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti
Tel: +998959501217
https://doi.org/10.5281/zenodo.17190653
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘zbek matnshunoslik fanining yirik vakillaridan biri
Muhammadjon Hakimovning qo‘lyozma manbalar bilan ishlash prinsiplari tahlil etiladi. Adabiy
merosni ilmiy o‘rganish va nashrga tayyorlash jarayonida shakllangan nazariy yondashuvlar,
xususan, qo‘lyozmalarni izlab topish, tavsiflash, qiyosiy tahlil qilish, matniy farqlarni aniqlash,
ilmiy-tanqidiy matnni tiklash va nashr etish kabi asosiy tamoyillar ko‘rib chiqilgan. Hakimovning
manbashunoslik va matnshunoslik sohalariga qo‘shgan hissasi – Navoiy asarlari
qo‘lyozmalarining tavsifi va xattotlar faoliyatini tadqiq etish,
Sharq manbashunosligi lug‘ati
kabi asarlari misolida yoritiladi. Mustabid tuzum davrida cheklangan adabiy manbashunoslik va
mustaqillik yillarida matnshunoslikning yangi bosqichga ko‘tarilishi jarayonida Hakimov
prinsiplari va ilmiy maktabi ahamiyati namoyon etiladi. Ushbu prinsiplar asosida yaratilgan ilmiy
nashrlar va matnlar tahlili o‘zbek adabiy merosining asl holida keng ommaga yetkazilishiga
xizmat qilayotgani qayd etiladi.
Kalit soʻzlar:
Muhammadjon Hakimov; qo‘lyozma; matnshunoslik; manbashunoslik; ilmiy
tanqidiy matn; adabiy meros; tekstologik prinsiplari; qo‘lyozmalar katalogi.
Mumtoz asarlar matnini ilmiy tadqiq etish va nashrga tayyorlash murakkab hamda koʻp
bosqichli jarayon bo‘lib, u o‘zining maxsus prinsiplari va usullariga ega. Matnshunoslikning
asosiy uslubiy tamoyili –
matn tarixini kompleks ravishda o‘rganish
dir [8]. Ya’ni, asarning
yaratilish davri, muallif qo‘lyozmasidan boshlab bizgacha yetib kelgan barcha nusxalar taqdiri,
ular orasidagi farqlar, matnga tashqi omillar ta’siri kabi jihatlar to‘liq va har tomonlama tahlil
qilinishi lozim. Bunda matndagi o‘zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini aniqlashga
alohida e’tibor qaratiladi. Matn tarixi va taqdiri haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lish matnshunos
uchun muhim shart bo‘lib, bunday yondashuv matnni to‘g‘ri talqin etish va uni asl holiga keltirish
imkonini beradi.
Matnshunoslik tadqiqotlarida
matnni qiyosiy tahlil qilish
va
nusxalar o‘rtasidagi
matniy tafovutlarni aniqlash
eng muhim usullardan sanaladi. Qo‘lyozma nusxalar soni bir necha
bo‘lsa, avvalo ularning har biri puxta o‘rganilib, matndagi farqli o‘rinlar (variantlar) qayd etiladi.
Nusxalardagi
farqlarni tahlil qilish
orqali matnga kiritilgan o‘zgarishlar, xatolar yoki
o‘zgartirishlar xarakteri ochib beriladi. Matniy tafovutlarni taqqoslash “asl nusxa” yoki muallif
matnini qayta tiklash yo‘lidagi zarur bosqich bo‘lib, u holda har bir variantning kelib chiqishi va
ishonchlilik darajasini baholash talab etiladi. Bu jarayonda nusxalarning kelib chiqishi, bir-biriga
genealogik aloqasi ham o‘rganiladi – ya’ni qaysi qo‘lyozma qaysi biriga asoslangan, qaysi nusxa
boshqa biridan ko‘chirib olinganligi kabi bog‘liqliklar aniqlanadi. Nusxalararo munosabatni
Sentabr, 2025-Yil
180
belgilash orqali eng qadimgi va asl matnga eng yaqin nusxalar ajratib olinadi, matnni tiklashda
ularga tayangan holda ilmiy xulosa chiqariladi.
Matnshunoslik amaliyotida
ko‘chirishdagi xatolarni tahlil qilish
va
matndagi xato-
kamchiliklarni aniqlash
alohida ahamiyatga ega tamoyillardandir[8]. Qo‘lyozma nusxalarning
bir-biridan farqlanishiga ko‘p hollarda qo‘lyozma ko‘chiruvchilar (xattotlar)ning bilib-bilmay yo‘l
qo‘ygan xatolari sabab bo‘ladi. Shuning uchun matnshunos qo‘lyozmalarni qiyoslar ekan,
katta
eʼtibor bilan har bir nusxadagi harfiy, imloviy yoki so‘z o‘zgarishlarini qayd etishi
, tushib
qolgan so‘z yoki satrlarni, noto‘g‘ri o‘qilgan yoki chalkash yozilgan iboralarni aniqlashi zarur.
Matnda uchrovchi xato va g‘alizliklarni tahlil qilish jarayonida ularning kelib chiqish tabiati
oydinlashtiriladi: masalan, ba’zi xatolar xattotning e’tiborsizligi yoki bilimsizligi natijasida paydo
bo‘lgan bo‘lishi mumkin [10]. Yoki ayrim hollarda muallif matnining o‘zidayoq xato bo‘lish
ehtimoli ham inkor etilmaydi – bunda matnshunoslikda
muallif matni xatolarini aniqlash
tamoyiliga rioya qilinadi. Bunday vaziyat, masalan, muallif tomonidan ifoda noaniqligi yoki
takrorga yo‘l qo‘yilgan joylarda kuzatilishi mumkin. Matnshunos bunday o‘rinlarni ham alohida
belgilab, ilmiy izohlar yordamida to‘g‘ri talqinini taklif etadi.
Matnni asliyatga maksimal yaqin holda tiklash uchun ba’zan
matnni ongli ravishda
o‘zgartirish hollarini aniqlash
talab etiladi. Ma’lumki, qo‘lyozmalar asrlar davomida
ko‘chirilish jarayonida ayrim xattot yoki noshirlar tomonidan ongli tarzda ham tahrir qilinib
kelgan. Masalan, senzura yoki mafkura ta’siri ostida ayrim satrlar qoldirib ketilishi, muallifga xos
bo‘lmagan iboralar o‘zgartirib yozilishi kuzatilgan. Yoki mutaxassis xattotlar muallif uslubini
yaxshilash maqsadida she’r matniga o‘zgartish kiritgan holatlar ham mavjud. Matnshunos ana
shunday ongli o‘zgartishlarni ham payqashi va ularning sababini tushuntira olishi kerak. Bu ish,
albatta, asl matnga nihoyatda eʼtiborli tekstologik tahlil va keng ilmiy tafakkur bilan amalga
oshiriladi.
Qo‘lyozmalar bilan ishlash jarayonining muhim bosqichlaridan yana biri – qo‘lyozma
manbani
to‘liq tavsiflash
va rasmiylashtirishdir. Qo‘lyozma tavsifi deganda mazkur manbaning
tashqi va ichki xususiyatlarini ilmiy tarzda bayon etish tushuniladi. Xususan, qo‘lyozma
saqlanayotgan fond va raqami, jild hajmi, varaqlar soni, qog‘ozining turi (qog‘oz sifati, suv
belgilari), yozuv uslubi (xat turi – nasta’liq, shikasta va hokazo), xatlovchi (agar maʼlum bo‘lsa),
ko‘chirib yozilgan yil va joy, bezagi (musavvirlik ishlari, zarhlash, jild bezagi) kabi jihatlar izchil
qayd qilinadi. Shuningdek, qo‘lyozma mazmuniy tarkibi – asarning nomi, muallifi, asar matnining
boshlanishi va tugashi, asardagi boblar, she’riy asar bo‘lsa baytlar yoki g‘azallar soni – barchasi
aniqlik bilan tavsif etiladi. Qo‘lyozma nusxani shunday batafsil tavsiflash uning keyingi
tadqiqotlari uchun asos yaratadi va boshqa nusxalar bilan qiyoslashda manbaning o‘zini to‘g‘ri
tanib olishga yordam beradi.
Manbalarni tavsiflash barobarida ularni
tasniflash va kataloglashtirish
ham zarur jarayon
hisoblanadi. Mumtoz asarlar qo‘lyozmalarining ko‘plab nusxalari turli kutubxona va arxivlarda
tarqoq holda saqlanadi. Shu bois ularni ilmiy kataloglar shaklida jamlash va nashr etish
matnshunoslik fani rivojiga katta hissa qo‘shadi. O‘zbekistonda bu borada “Salohiddin Ayniy,
Qahhor Munirov, Abdurashid Habibullayev kabi olimlar 1950-60 yillardan boshlab Sharq
qo‘lyozmalarining tavsif kataloglarini tuzishni yo‘lga qo‘yganlar” [12]. Jumladan, Q. Munirov va
A. Nosirov tuzgan
“Alisher Navoiy qo‘lyozma asarlari katalogi” (Toshkent, 1970)
Navoiy
Sentabr, 2025-Yil
181
merosining qo‘lyozma nusxalarini ilk bor tizimli ravishda ro‘yxatga olib, ilmiy muomalaga kiritdi.
Keyinchalik “M. Hakimov rahbarligida tayyorlangan
“Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining
tavsifi” (Toshkent, 1983)
ham xuddi shu yo‘nalishda yaratilgan to‘liqroq katalog bo‘lib, unda
shoir asarlarining mingdan ziyod qo‘lyozma va toshbosma nusxalari haqida batafsil ma’lumot
berilgan” [3]. Bunday kataloglar tadqiqotchilar uchun qo‘lyozmalar bilan ishlash jarayonini
yengillashtiradi, ular qaysi nusxalar qayerda saqlanayotganini va ularning xususiyatlarini oldindan
bilish imkoniga ega bo‘ladi.
Yuqoridagi nazariy-uslubiy prinsiplarni hayotga tatbiq etishdan maqsad –
ilmiy-tanqidiy
matn
ni tayyorlash va nashr qilishdir. Ilmiy-tanqidiy matn (kritik tekst) muayyan asarning eng
ishonchli va ilmiy jihatdan asoslangan matnini anglatadi. Uni yaratish uchun yuqorida qayd
etilgan barcha tadqiqot ishlari: qo‘lyozmalarni qidirish, tanqidiy matn tayyorlash, farqlarni tahlil
etish, zarur hollarda konyektura yo‘li bilan matnni tiklash kabi bosqichlar to‘liq amalga oshiriladi.
Tanqidiy matn tayyorlanayotganda, matnshunos eng qadimgi va to‘liq nusxalarni asos qilib oladi,
boshqa barcha nusxalardagi o‘ziga xos joylarni matnga apparat – izoh va variantlar tarzida beradi.
Matn ostida yoki oxirida
tekstologik apparat
tuzilib, unda har bir o‘zgartirishning sababi, qaysi
nusxalardan olinib kiritilgani yoki qaysi nusxada qanday variant borligi koʻrsatiladi. Shuningdek,
matnga ilmiy izohlar ilova qilinadi: tarixiy-shar’iy atamalar, realliyalar, alluziyalar, murakkab
iboralarning izohlari keltiriladi. Agar matnda noma’lum shaxslar, joy nomlari uchrasa, ular
identifikatsiya qilinib, sharhlab beriladi. Yaxlit matn va uning variantlariga doir kirish maqolasi va
izohlar
ilmiy apparat
ning ajralmas qismi bo‘lib, ular matnning ilmiy qiymatini oshiradi.
Muhammadjon Hakimov o‘z ilmiy izlanishlari bilan o‘zbek adabiy manbashunosligi va
matnshunosligi taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shgan olimdir. U ko‘p yillar davomida mumtoz
asarlar matnlarini o‘rganish va nashrga tayyorlash sohasida ilmiy izlanishlar olib bordi. Hakimov
ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri Alisher Navoiy ijodiy merosini tekstologik jihatdan
tadqiq etish bo‘lib, bu borada u qo‘lyozmalarni qidirish, tavsiflash va qiyoslash ishlarini keng
ko‘lamda amalga oshirgan. Jumladan, olimning
“Alisher Navoiy asarlarini ko‘chirgan
xattotlar”
nomli monografiyasi (Toshkent, 1991) navoiyshunoslikda muhim manba hisoblanadi
[2]. Ushbu asarda Hakimov Navoiy asarlarining ko‘plab qo‘lyozma nusxalarini qiyosan o‘rgandi
va ularni ko‘chirgan mashhur xattotlar faoliyatini yoritib berdi. Xususan, XIX asr oxiri – XX asr
boshlarida Navoiy g‘azal devonlarini ko‘chirgan va toshbosma usulida nashr qilgan taniqli
xattotlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradi. Tadqiqot davomida olim aniqlashicha, 1888–
1916-yillar davomida Navoiy devonlarining tanlama to‘plamlari (terma devonlari) 40 martadan
ortiq chop etilgan bo‘lib, bu nashrlar eski maktablarda darslik sifatida ham qo‘llangan [2].
Hakimov o‘sha toshbosma devonlarning mundarijasini tahlil qilib, ularda xalq orasida mashhur
bo‘lgan g‘azal va she’rlar jamlanganini ko‘rsatib bergan. Olimning bu xulosasi Navoiy
asarlarining ommaviy madaniyatda, ta’lim tizimidagi ahamiyatini yoritib, qo‘lyozma va
toshbosma nusxalarning ijtimoiy funksiyasini ham ochib beradi.
Muhammadjon Hakimov rahbarligida va bevosita ishtirokida tayyorlangan
“Navoiy
asarlari qo‘lyozmalarining tavsifi”
(Toshkent, 1983) nomli katalog matnshunoslik va
manbashunoslik sohasidagi muhim ishlardan biridir. Mazkur katalogda Alisher Navoiy
asarlarining turli kutubxona va fondlarda saqlanayotgan qo‘lyozma hamda toshbosma nusxalari
haqida batafsil ma’lumotlar jamlangan. Katalog 1983-yilda “Fan” nashriyotida chop etilib, unda
Sentabr, 2025-Yil
182
Navoiy g‘azal devonlari, dostonlari, nasriy asarlarining mingdan ortiq qo‘lyozma nusxalari tavsifi
keltirilgan. Har bir nusxaning hajmi, saqlanish joyi, ko‘chirilgan yili, xattoti, holati, matnning
boshlanishi va tugashi kabi belgilar batafsil yozib chiqilgan. Ushbu mehnat natijasida Navoiy
merosining qo‘lyozmalari ilk bor bitta asarda tizimli ro‘yxatga olinib, ilmiy jamoatchilikka taqdim
etildi. Bu katalog o‘sha paytda navoiyshunoslikda katta yangilik bo‘lgan, chunki avvalgi 1970-
yilda Q. Munirov va A. Nosirov tomonidan tuzilgan qisqaroq katalogda ba’zi ma’lumotlar to‘liq
emas edi [12]. Hakimov katalogi esa to‘ldirilgan, keng qamrovli va tizimli ish bo‘lib, keyingi
Navoiy matnshunosligiga mustahkam asos bo‘lib xizmat qildi.
Hakimov o‘z tadqiqotlarida qo‘lyozmalarni tavsiflash bilan birga, ularning
tekstologik
tahlili
ga ham katta e’tibor bergan. Masalan, Navoiy asarlarining ayrim nashrlariga doir ilmiy
mulohazalarida u nusxalarning matniy jihatdan qimmati haqida fikr bildiradi. Olim
toshbosma
nusxalar
xususiyatlarini ham o‘rgangan bo‘lib, ularning cheklangan adadda chiqishi va matn
sifati masalasini ko‘taradi. M. Hakimovning ta’kidlashicha, “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
Turkistonda toshbosma usulida chop etilgan kitoblarning odatdagi tiraji 500–600 nusxadan
oshmagan, juda kam hollarda 1000 nusxaga yetgan” [14]. Bitta toshbosma qolipdan shuncha
nusxa bosilgach, qolipning yozuvi aşrab qolinmagan, natijada keyingi nashr uchun matn qayta
ko‘chirib tayyorlangan. Shu bois toshbosma nashrlarning har birida matn biroz farq qilishi
mumkin bo‘lib, Hakimov bu holatga ilmiy e’tibor qaratgan. Olimning bunday mulohazalari adabiy
manbalarni nashr etishda matn sifatini tushunish va baholashga doir muhim jihatlardir.
Matnshunos olim sifatida Hakimov ilmiy-nazariy masalalarga ham yangicha yondashuv
olib kirdi. U o‘z asarlarida o‘zbek matnshunosligi va adabiy manbashunoslik atamalarini aniq
farqlashga intilgan, bu borada ilmiy lug‘at tuzishga ehtiyoj sezgan. Uning rahbarligida tuzilib,
2013-yilda chop etilgan
“Sharq manbashunosligi lug‘ati”
ana shunday sa’y-harakatlarning
mahsulidir [1]. Ushbu lug‘atda Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish va matnni nashrga tayyorlashga
doir yuzlab termin va atamalarning izohi berilgan. Masalan,
“tekstologik apparat”
,
“variant”
,
“konʼyektura”
,
“ilmiy-tanqidiy nashr”
,
“avtograf qo‘lyozma”
,
“kopiya”
,
“ateteza”
kabi
ko‘plab tushunchalar izohlangan bo‘lib, bu nafaqat matnshunoslar, balki keng filologlar
hamjamiyati uchun foydali qo‘llanma hisoblanadi. Lug‘at Hakimov va uning hamkasblari
tomonidan yaratilgani, o‘zbek tilida ilk bor bunday maxsus tushunchalar majmuini taqdim etgani
bilan ahamiyatlidir. Bu asar matnshunoslik sohasida terminologik bir xillikni ta’minlash, yosh
tadqiqotchilarni nazariy jihatdan qurollantirish vazifasini o‘tamoqda.
Muhammadjon Hakimov nafaqat tadqiqotlar, balki yangi avlod matnshunos kadrlarini
tayyorlash ishiga ham salmoqli hissa qo‘shgan. U ilmiy rahbar sifatida bir qator nomzodlik va
doktorlik dissertatsiyalarini boshqargan, jumladan Navoiy asarlari tekstologiyasiga doir
mavzularda ilmiy ishlar himoyasiga ko‘maklashgan. Hakimov boshchiligidagi ilmiy maktab
vakillari o‘zbek matnshunosligining dolzarb masalalarini tadqiq etib, masalan, she’riy matnlardagi
tekstologik muammolar, muqobil nusxalar tahlili, mumtoz matnning lingvopoetik xususiyatlari
kabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqdalar. Bu izlanishlar davomida Hakimov tomonidan ilgari
surilgan prinsiplarga tayanuvchanlik yaqqol seziladi – qo‘lyozmalarni puxta qiyoslash, har bir
ilmiy mulohazani manbaga asoslash, matnga hurmat bilan yondashish va haddan ziyod tahrirdan
saqlanish kabi tamoyillar yosh tadqiqotchilar ishida ham namoyon bo‘lmoqda.
Sentabr, 2025-Yil
183
Xulosa qilib aytganda, Muhammadjon Hakimovning qo‘lyozmalar bilan ishlash prinsiplari
o‘zbek matnshunoslik maktabining rivojiga muhim hissa qo‘shgan. U o‘z ilmiy faoliyatida
manbashunoslik va matnshunoslikni uyg‘un holda olib borib, adabiy meros namunalarini ilmiy
iste’molga kiritishning samarali usullarini ishlab chiqqan. Hakimov tamoyillari – matn tarixini
kompleks tadqiq etish, qo‘lyozma nusxalarni qiyosiy tahlil qilish, matndagi har bir o‘zgarishni
aniqlash va izohlash, ilmiy-tanqidiy matnni mukammal holatda nashrga tayyorlash – bugungi
kunda ham matnshunos olimlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Uning Navoiy
asarlari qo‘lyozmalari bo‘yicha tuzgan kataloglari, matnlarni nashrga tayyorlash tajribasi haqidagi
maqola va monografiyalari, atamalar lug‘ati kabilar mamlakatimizda matnshunoslik fanini yangi
bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratdi.
Hakimov ilmiy talablari va yondashuvlari asosida chop etilgan bir qator ilmiy-tanqidiy
matnlar adabiy merosni xalqimizga to‘g‘ri va xolis yetkazishda muhim vosita bo‘lmoqda.
Jumladan, Navoiy asarlarining mukammal nashrlari, bedilshunoslik va boshqa sohalardagi
tekstologik izlanishlar aynan shu prinsiplar yordamida sifat jihatidan yuksalganini kuzatish
mumkin. Bu prinsiplarga amal qilish natijasida nashr etilayotgan mumtoz asarlar matni iloji
boricha asl muallif niyatiga yaqin holatda tiklanib, unga zamonaviy ilmiy sharh va izohlar
berilmoqda. Bunday nashrlar nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki keng kitobxonlar ommasi
tomonidan ham iliq kutib olinayotir, zero, ular orqali milliy adabiy merosning noyob namunalari
keng xalq ommasiga yetib bormoqda.
Yuqorida bayon etilganlar Hakimov prinsiplari deb atalmish yondashuvlar zamonaviy
o‘zbek matnshunosligi rivojida muhim o‘rin tutayotganini tasdiqlaydi. Bu prinsiplar nafaqat
Alisher Navoiy merosini, balki barcha mumtoz adabiyot yodgorliklarini o‘rganish va nashr etishda
universal qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ilmiy asosdir. Shunday ekan, Muhammadjon Hakimov
boshlab bergan ilmiy an’ana davom etmoqda va keyingi avlod matnshunos olimlar tomonidan
boyitilib, takomillashtirib borilmoqda. Xususan, mustaqillik davrida shakllangan yangi ilmiy
muhitda bu prinsiplarga yangi texnologik imkoniyatlar ham qo‘shilib, qo‘lyozmalar bilan
ishlashda raqamli texnika, elektron bazalar, kompyuterli qiyoslash singari usullar paydo bo‘lsa-da,
negizda baribir Hakimov va boshqa ustoz matnshunoslar belgilab bergan tamoyillar yotadi.
O‘zbekiston adabiy merosini asrab-avaylash, uni xolisona o‘rganib, asl holicha kelajak
avlodga yetkazishda matnshunoslik fanining vazifalari ulkandir. Bu vazifalarni amalga oshirishda
Muhammadjon Hakimovning ilmiy-merosiy yondashuvi va prinsiplari ishonchli nazariy
metodologiya bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimiz matnshunoslari ushbu tamoyillarga tayangan holda
yangi ilmiy izlanishlar olib borar ekan, milliy merosimizning yanada ko‘proq nodir xazinalari
kashf etilib, ilmiy jamoatchilik va xalqimiz mulkiga aylana boraveradi.
Sentabr, 2025-Yil
184
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hakimov M.
Sharq manbashunosligi lug‘ati
. – Toshkent: Davr Press, 2013. – 496 b.
2.
Hakimov M.
Alisher Navoiy asarlarini ko‘chirgan xattotlar
. – Toshkent: Fan, 1991. – 128
b.
3.
Hakimov M.
Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining tavsifi
(katalog). – Toshkent: Fan, 1983.
– 232 b.
4.
Habibullaev A.
Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik
. – Toshkent: Fan, 2000. – 180
b.
5.
Erkinov A.
Matnshunoslikka kirish
. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. – 104 b.
6.
Sirojiddinov Sh.
Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik
. – Toshkent: Tafakkur, 2018.
– 240 b.
7.
Sodiqov Q.
Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari
. – Toshkent: ToshDSHI, 2017. –
216 b.
8.
Madrahimov A.
Temuriylar va Boburiylar davri madaniyati, kitobat va rangtasvir tarixi
.
– Toshkent: San’at, 2015. – 407 b.
9.
Munirov Q.
Sharq qo‘lyozmalari
. – Toshkent: Fan, 1962. – 120 b.
10.
Munirov Q., Nosirov A.
Alisher Navoiy qo‘lyozma asarlari katalogi
. – Toshkent: Fan,
1970. – 150 b.
11.
Yo‘ldoshev I.
O‘zbek kitobatchilik terminologiyasi
. – Toshkent: Fan, 2004. – 84 b.
12.
Karimov B.
Adabiyotshunoslik metodologiyasi
. – Toshkent: Muharrir, 2011. – 200 b.
13.
Valixo‘jayev B.
Alisher Navoiy: Asarlari manbalari va ularning o‘rganilishi
. – Toshkent:
Fan, 1983. – 176 b.
14.
Oybek.
Eng eski turk adabiyoti namunalari
(matnlar to‘plami). – Toshkent: Fan, 1927. –
256 b.
15.
“Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning dolzarb muammolari”
(ilmiy
maqolalar to‘plami). – Toshkent: Fan, 2020. – 320 b.
