JADIDLAR TAFAKKURI VA FAOLIYATIDA MAORIF MASALALARI

Аннотация

Jadidchilik harakatining eng muhim tomonlari ma’rifatparvarlik g‘oyalari bo‘lib, bu g‘oyalar o‘qish va o‘qitish usullariga isloh kiritish – yangi usul maktablarini tashkil qilish, o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish, darsliklar yaratishda, ayniqsa yorqin ko‘rinadi. O‘zlari tashkil qilgan maorif tizimi orqali shakllanib kelayotgan yoshlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intilganlar. Yangi usul maktablari Turkistonda jadid ma’rifatchiligining dastlabki qadami bo‘lishi bilan birga to bu harakat siyosiy tus olguniga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nosirova, N. (2025). JADIDLAR TAFAKKURI VA FAOLIYATIDA MAORIF MASALALARI. Современная наука и исследования, 4(9), 8–9. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/136397
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jadidchilik harakatining eng muhim tomonlari ma’rifatparvarlik g‘oyalari bo‘lib, bu g‘oyalar o‘qish va o‘qitish usullariga isloh kiritish – yangi usul maktablarini tashkil qilish, o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish, darsliklar yaratishda, ayniqsa yorqin ko‘rinadi. O‘zlari tashkil qilgan maorif tizimi orqali shakllanib kelayotgan yoshlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intilganlar. Yangi usul maktablari Turkistonda jadid ma’rifatchiligining dastlabki qadami bo‘lishi bilan birga to bu harakat siyosiy tus olguniga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

8

JADIDLAR TAFAKKURI VA FAOLIYATIDA MAORIF MASALALARI

Nosirova Nargiza Rustamovna

Yashnobod tumani 69 - maktab tarix fani o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17052043

Jadidchilik harakatining eng muhim tomonlari ma’rifatparvarlik g‘oyalari bo‘lib, bu

g‘oyalar o‘qish va o‘qitish usullariga isloh kiritish – yangi usul maktablarini tashkil qilish,
o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish, darsliklar yaratishda,
ayniqsa yorqin ko‘rinadi. O‘zlari tashkil qilgan maorif tizimi orqali shakllanib kelayotgan
yoshlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intilganlar. Yangi usul maktablari Turkistonda jadid
ma’rifatchiligining dastlabki qadami bo‘lishi bilan birga to bu harakat siyosiy tus olguniga qadar
o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.

Maktab maorif tizimini isloh qilish orqali taraqqiyot sari yuz tutmoq jadid

ma’rifatparvarlarining asosiy g‘oyasi, maslagi hisoblangan. Munavvarqoridek xalq, Vatan
qayg‘usi bilan yashaydigan kishilarning sa’y-harakatlari, faoliyatlari orqali jadid maktablari
mamlakat ijtimoiy-ma’naviy hayotida ilk o‘zgarishlar sifatida yuzaga keldi. “Maorif va madaniyat
bog‘chasining birinchi darvozasi maktabdir“

1

,- degan edi Munavvarqori. Jadidchilik harakati, shu

vaqtgacha islom dunyosida sira ham ko‘rilmagan ilg‘or va tezkor o‘qitish “Savtiya” (tovush)
usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil topishidan boshladi. Bu maktablarda bolalar bir yilda
savod chiqarib, mukammal o‘qish va yozishni o‘zlashtiradi. Qadimgi an’anaviy musulmon
maktablarida esa 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Aytish mumkinki, “savtiya” usulidagi jadid
maktabi Vatanimiz tarixidagi buyuk kashfiyotlar silsilasini boyitdi. “Usuli jadid“ maktablarida
milliy ma’naviyati yuksak, millat, Vatan istiqboli uchun jon kuydiruvchi yoshlarni tarbiyalab
yetishtirish birinchi o‘rinda turgan. Jadid pedagoglarining xizmatlari shundan iborat ediki, ular
maktablarda ona tilida ta’lim – tarbiya berishga, milliy adabiyot, musulmon dini va ma’naviyati
asoslarini o‘qitishga hal qiluvchi masala sifatida qaradilar. Chunki ular millatning o‘zligini
saqlovchi asosiy vosita deb ona tili va milliy adabiyot deb bildilar

2

.

Yangi usul maktablarining boshqa maktablardan farqi va yutuqlari shunda ediki, bu tipdagi

maktablarda sinf dars tizimiga o‘tildi. Dars jarayonida ko‘rgazmali usullardan foydalanish ancha
samara berishini isbotladi. Sinf xonalarining yorug‘ va ozoda ekanligi, partalarda o‘tirib dars
o‘qitilishi, dars oralig‘ida tanaffuslarning joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Sinfdan
sinfga o‘tayotgan imtihon tizimining joriy etilishi, chorak yakunida ta’til tizimlari bu ta’lim
sohasidagi chinakam yangilik edi. Maktablarda bolalar 2-3 yil o‘qishni davom ettirganlar. Usuli
savtiya maktablari eski usul maktablaridan ta’limning sifati bilan ham farq qilgan edi.

Jadid maktablarining soni ortib borgan sari ularda ham dars o‘tish uslubi, tizimi

takomillashib borgan. Imtihonlar esa keng xalq ommasi ko‘z o‘ngida, qishloq yoki shaharlarning
ziyoli va ulamolari davrasida “Imtihon majlisi” nomi ostida o‘tkazilgan. Bunday holatlarda yangi
usul maktablari o‘zining ustunlik tomonlarini namoyish eta olgan edi. Aksariyat odamlar esa
imtihondan mamnun bo‘lib tarqalganlar. Ayrim adabiyotlarda Turkistondagi dastlabki yangi usul
maktabi sifatida Is’hoqxon Ibratning maktabi eslatiladi. Uning maktabida Yevropa tillaridan
darslar ham o‘tilgan.

1

Абдурашидхонов М. Танланган асарлар. – Тошкент: Маънавият, 2003. – Б. 151.

2

Долимов У. Жадидчиликнинг тамал тоши. // Жаҳон адабиёти ва санъати. – Тошкент, 2010. №1.


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

9

Mustamlaka ma’murlari yangi usul maktablaridagi darsliklar, ularning siyosiy-mafkuraviy

yo‘naltirilganligiga ham e’tibor qaratganlar. O‘quv inspektsiyasi tomonidan ushbu maktablar
qattiq nazorat ostiga olingan

3

. Jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy asariga yozilgan so‘z

boshida ushbu jumlalarni keltiradi. “... ilk bor “usuli jadid”, “usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat
topgan yangi usul maktabni Turkistonda shular tashkil qildilar. Shular birinchi bo‘lib zamonaviy
oliy maktab g‘oyasini ilgari surdilar.., o‘nlab jamiyatlar, shirkatlar uyushtirib, ular yordamida
qanchadan – qancha yoshlarni taraqqiy etgan Ovropa mamlakatlariga o‘qishga yuborishga
muvaffaq bo‘ldilar. O‘zbek teatrining birinchi g‘ishtini qo‘ygan, nashru matbuotni boshlab bergan
ham shular”

4

. XX asr boshlariga kelib, bu maktablarning soni shu darajada tezlik bilan ko‘payib

ketdiki, chor hukumati birini yopsa, ikkatasi ochilar edi, mahalliy reaksion ulamolarning qarshiligi
ham ko‘p hollarda endi avvalgiday ish bermay qoldi. A.V.Pyaskovskiyning ma’lumot berishicha,
1895-1901 yillarda Turkistonda 30 jadid maktabi bo‘lib, Toshkentda to‘rtta usuli jadid maktabi
tashkil topgan bo‘lsa, … 1917 yil fevral voqealari arafasida Turkistonda 92 jadid usuliga
asoslangan yangi turdagi maktablar qayd qilingan edi

5

.

Shunday qilib, dastlab chor hukumati, so‘ngra sovet hukumati qarshiligi sabab o‘lkada

jadid namoyondalari tomonidan tashkil etilgan yangi usul maktablari faoliyatiga barham berildi.

Jadidlar tomonidan ochilgan yangi usul maktablarining ko‘payishi mahalliy aholi, ayniqsa,

yoshlar o‘rtasida siyosiy, madaniy, ma’naviy g‘oyalarning tarqalishi, aholi dunyoqarashining
o‘zgarishiga olib keldi. Ular Turkiston yoshlari bilimli, madaniyatli bo‘lishi uchun kurashdilar.

Turkiston ma’rifatparvarlari mahalliy xalqlarning siyosiy ongini shakllanytirish va

oshirish uchun, o‘lkadagi maktab- maorif sistemasini yangicha shakllantirish, rivojlantirish, o‘sib
kelayotgan yosh avlodni yangicha usullar bilan o‘qitib, zamon talablariga javob bera olish
darajasiga ko‘tarish uchun xizmat qildilar. O‘zlarining buyuk ishlarini milliy manfaatlar bilan
bog‘lab, rivojlantirib, amalga oshirdilar.


Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Абдурашидхонов М. Танланган асарлар. – Тошкент: Маънавият, 2003.

2.

Долимов У. Жадидчиликнинг тамал тоши. // Жаҳон адабиёти ва санъати. – Тошкент,
2010. №1.

3.

Isoqboyev A A. Turkiston ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotida tatar- boshqird
ma’rifatparvarlarining faoliyati (XIX asr oxiri XX asr boshlari). Namangan, 2008.

4.

Behbudiy A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999.

3

Isoqboyev A A. Turkiston ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotida tatar- boshqird ma’rifatparvarlarining faoliyati

(XIX asr oxiri XX asr boshlari). Tarix fan nomz. diss. – Namangan, 2008. – B. 42.

4

Behbudiy A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999. – B.5-6.

5

Пясковский В. Революция 1905-1907 года в Туркистане. изд. АН СССР. – Москва: академ наук, 1958. – Cтр.

99-100.

Библиографические ссылки

Абдурашидхонов М. Танланган асарлар. – Тошкент: Маънавият, 2003.

Долимов У. Жадидчиликнинг тамал тоши. // Жаҳон адабиёти ва санъати. – Тошкент, 2010. №1.

Isoqboyev A A. Turkiston ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotida tatar- boshqird ma’rifatparvarlarining faoliyati (XIX asr oxiri XX asr boshlari). Namangan, 2008.

Behbudiy A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999.