“ZARBULMASAL”DA TIMSOLLAR TALQINI

Annotasiya

Ushbu maqolada "Zarbulmasal "ning yozilish tarixi, undagi obrazlar va ularning g'oyaviy badiiy xususiyatlari tog'risida so'z boradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shomurodova, L. (2025). “ZARBULMASAL”DA TIMSOLLAR TALQINI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(6), 64–68. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/102601
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada "Zarbulmasal "ning yozilish tarixi, undagi obrazlar va ularning g'oyaviy badiiy xususiyatlari tog'risida so'z boradi.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

64

“ZARBULMASAL”DA TIMSOLLAR TALQINI

Shomurodova Lola Bobir qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15605871

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Zarbulmasal "ning yozilish tarixi, undagi obrazlar va

ularning g'oyaviy badiiy xususiyatlari tog'risida so'z boradi.

Kalit so’zlar: “Zarbulmasal”, asardagi obrazlar, Kulonkir, Gunashbonu, Boyo’g’li,

Yappaloqqush.

Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhum fazilat shundan iboratki, u o'z davrining

folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar,

maqollarni to'plab, mashhur "Zarbulmasal"asari yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning

yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal,

hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari

Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va ...bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aql-u

donishing yetishicha tartib ver"-deb buyiradi. Gulxaniy darrov javob beradi: "Ey shohi

jahonpanoh, tojikning bir masali bordirki, az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori

to'kiladi) "Alar (ya'ni xon) aytdilarki, "O'zbekning bir maqoli bordirki,"Eshakiga yarosha

tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy "amirning amirlarini vojib qilib, zarbulmasal yo'lida sobit

qadam bo'ldi va Yappaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasalli

"avommunos" ni bayon qiladi. Asarning kompozitsiyasi ham, syujeti ham, tili ham anchagina

murakkab bo'lishiga qaramay, tushunilishi jihatidan sodda va maroqlidir. Bunga maqol, matal,

masal va hikmatlardan o'rinli foydalanish evaziga erishilgan.

“Zarbulmasal” — hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. U, aslida, odamlar

haqidagi asardir. Adabiyotimiz tarixida „Zarbulmasal" nomi bilan tarqalgan asarlar juda ko'p

bo'lgan. U, avvalo, bir tildagi masallarning oddiy to'plamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi

masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham „zarbulmasal" deb nomlangan. Biror masalga

tayanib pandnoma yo'nalishida bitilgan risola ham „zarbulmasal" atalgan. Gulxaniyning

„Zarbulmasal"i esa tamomila original badiiy asar bo'lib, dunyo adabiyotida o'xshashi yo'q

hodisadir. Bu janrdagi asarlarda imoishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy

maqsadini odamlar taqdiri tasviri orqali emas, balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalaydiki, bu

asarning ta'sir kuchini oshiradi.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

65

„Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda

ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday

hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi.

Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon

degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu

qadar chiroyliki, olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi:

Orazidin shams-u qamardir xijil,

So'zlaridin shahd-u shakar munfail.

Hosili umri edi ul boyning,

Oti Gunashbonu o'shal oyning.

Boyqushning kibri, qattiqligi, boshqalarni mensimasligi, o'zgalarning fikri bilan

hisoblashmasligi asar matnida juda qiziqarli yo'sinda ko'rsatilgan. Ko'proq qalin undirish uchun

qizining baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga xos xususiyatlarni yorqin aks ettiradi.

Asarda Boyqushga „Anda Ko'rqush ko'rdiki, xasis-u haris, agar ming chordevordin bjr

chordevor kam bo'lsa, o'tuz tishini bir-biridin sindirur", — degan ta'rif beriladi. Asosiy

qahramonlardan biriga Ko'rqush nazari bilan berilgan baho ko'p jihatdan muallifning ham

qarashini ifoda etadi. Boyqushning: „Farosat oyog'i oqsoq, tevadek yegani sho'ra va yantoq, ilgari

o'tgan so'zning birini ming qilib so'zlarga toq, oyog'idin osilgan so'tqoq qushga o'xshash ahmoq

emasmen", — degani yoki „Ko‘pga kengash, o'z bilganingni qil",— qabilidagi so'zlari bu

obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini o'zgartirib

turishi mumkin bo'lgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi.

Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan

qaraydigan kishining bilgichligi namoyon bo'ladi. Asarda tasvir qamroviga olingan har bir

timsolga xos xususiyat turli yo'sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda

qo’llanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko'rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush,

Yapaloqqush, Ko'rqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir singari qushlarga xos sifatlar ularning o'zaro

muomala-munosabatlari asnosida ko'rsatilgan bo'lsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga

boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning do'sti — Sho'ranulga

bergan ta'rifi qarg'a tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishidan tashqari, bu ta'rifda

o'sha davrdagi ayrim odamlarga tegishli bo'lgan sifatlar ham aks etganllgi „Zarbulmasal"ning

umumlashma kuchini ko'rsatadi. Asarda qarg'a Sho'ranul yashaydigan yurt qushlarining podshohi

Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik qilishi sabablari hayotiy jihatdan

ishonarli asoslangan.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

66

Uning qo'l ostidagi odamlariga munosabatini baholashda asar matniga tayanilsa, ham

Malik Shohinning tabiati ochiladi, ham Gulxaniyning tasvir mahorati ilg'ab olinadi. Kordon

xazinachining kelinga beriladigan mahr miqdorini aniqlash borasidagi mulohazasi uning shaxsiga

beriladigan bahoning asosi bo'lishi mumkin. Timsolning mohiyatini anglagan sari o'quvchi

Kordonning himmat kamarini g'aravdek bir necha yerdan bog'lashining sababini anglab olishi

osonlashadi. Kordonning Tummtoy bilan suhbatida keltirilgan maqollarning nechog'lik o'z o'rnida

ekanligini, bu maqollarning suhbatdoshlar tabiatini ochishdagi ahamiyatini anglash asar badiiy

qudratini anglash imkonini beradi. Turumtoy qo'llagan: „Yomon otga yol bitsa, yoniga to'siq

bog'lamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo'ndirmas" degan maqol Boyo'g'lini xafa

qilganligining sabablari to'g'risida o'ylab ko'rilsa, noo'rin ishlatilgan haq gap foyda o'rniga zarar

keltirishi mumkinligi ma'lum bo'ladiki, Gulxaniy asarining ahamiyati ham ayni shu holatni hissiy

yo'sinda anglatish, tuydirishdan iboratdir. Kordonning Boyqushga qarata aytgan bo'yi yetgan

qizning onasi bilan gap talashishi xususidagi to'g'ri gapining nafsoniyatiga tegishi, darg'azab

qilganligi tasviri Kordon shaxsini tavsiflashga asos bo'ladi. Kordonning gapidan Boyo'g'lining

hamiyati zarar yegan ota sifatida achiqqlanishi esa uning shaxsiga xos jihatlarni baholash imkonini

beradi. Asarda odamning vaziyatga, - suhbatdoshning farosatiga qarab o'zgarib turadigan

mavjudot ekanligi Ko'rqushga umidvor qiluvchi so'zni aytgan Boyo'gii Kordonni noumid

qilganligi tasvirlangan o'rinlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Buni Kordonning: „U „tokcha" dedi,

biz „mo'ri" dedik, jo'nay berduk", „Quda bo'lduk, judo bolduk" degan so'zga yo'qmiz", - degan

mulohazalaridan anglab yetish mumkin.

Ko'rqushning: „Farg'ona mulkida chordevor noyob ekanin arz qilib o'tib edik. Agar

Movarounnahr tobeotidin xohlasang, har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor

solayin", - degan so'zlari ustida o'ylab ko'rish o'quvchilarga matn ustida atroflicha fikrlashish

imkonini beradi. „Zarbulmasal"ning majoziy ma'nosi, asardagi har bir qush obrazining biror

toifaga mansub jonli odamni ifodalashi, bir-birini „cho'qib" emas, balki ,,chaqib" olishga tayyor,

tili zahar qushlar timsoli Gulxaniy tomonidan ayni odamlarga xos illatlarni aks ettirish maqsadida

tasvirlanganligi anglab yetilgandagina asardan chiqariladigan badiiy va hayotiy ma'noning

qimmati yuqori bo'ladi.

Gulxaniy masallari yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirish, ulardagi badiiy estetik

didn't hamda ijodiy imkoniyatlarni tarbiyalashda beqiyos hissa qo’shgan.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

67

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jabborova M. HEAVENLY ATTRIBUTES FOUND IN FOLKLORE AND THEIR

IMPORTANCE IN EVERYDAY LIFE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. –

№. 10. – С. 159-162.

2.

Valiyevna J. M., Atoyevna O. F. SHODIQUL HAMRONING «HOVLIDAGI DARAXT»

TIMSOLINIG SHAXS SIFATLARIGA EPITET BOLIB KELISHI //ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 44. – №. 8. – С. 57-60.

3.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS.

Solution of social problems in management and economy

,

3

(4), 165-168.

4.

Jabborova,

M.

(2023).

THEORETICAL

INTERPRETATION

OF

STUDENTS'ACADEMIC ACHIEVEMENT.

Solution of social problems in management

and economy

,

2

(12), 36-40.

5.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS.

Solution of social problems in management and economy

,

3

(4), 165-168.

6.

Valiyevna, J. M. (2024). The Artistic Perfection of Cosmic Images in the Works of Yusuf

Khos Hajib and Navoi.

Journal of Intellectual Property and Human Rights

,

3

(4), 153-158.

7.

Jabborova, M. (2024). MUMTOZ SHE’RIYATDA UCHRAYDIGAN OY, YULDUZ,

QUYOSH TIMSOLLARINING SHAXS QIYOFASIDA TIMSOLLANISHI.

Theoretical

aspects in the formation of pedagogical sciences

,

3

(1), 48-52.

8.

SHE’RIYATIDA, M. J. Z., & TIMSOLLARMUSHTARAKLIGI, I. I. V. K.

PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS.–2022.

Т

,

2

(18), 209-211.

9.

Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili

darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning

ilmiy-metodik asoslari.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

,

1

(1А), 72-75.

10.

Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF

O‘QUVCHILARINING

BILIM

EGALLASHGA

DOIR

QARASHLARINI

SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI.

Talqin va tadqiqotlar

ilmiy-uslubiy jurnali

,

1

(1А), 43-46.

11.

Axmedova,

D.

(2021).

СЕМАНТИЧЕСКАЯ

СИСТЕМА

СИСТЕМА

И

МОДЕЛЬ.

COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS

,

1

(1).

12.

Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари.

Oriental Art and

Culture

, (III), 440-444.


background image

2025
JUNE

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 6

68

13.

Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE

UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER.

Theoretical & Applied Science

,

(2), 177-179.

14.

Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS:

EXPERIENCE AND ANALYSIS.

Scientific reports of Bukhara State University

,

4

(1), 152-

160.

15.

Bahodirovna, A. D., & Khamidjanovna, A. F. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC ASPECTS

OF SAHBO LYRICAL HERITAGE.

Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.

, 235.

16.

Sharipova, M., & Azimova, N. (2025). ERTAKLARNING JANRIY BELGILARI VA

MOTIVLAR TIZIMI.

Modern Science and Research

,

4

(4), 1149-1158.

17.

Sharipova, M., & Bakhshulloyeva, S. (2025). THE PLACE OF THE WORK OF ABDULLA

ARIPOV IN THE DEVELOPMENT OF UZBEKISTAN LITERATURE.

Modern Science

and Research

,

4

(1), 388-395.

18.

Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY

IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1120-1124.

19.

Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA

MOTIVLAR TAHLILI.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR

JURNALI

,

2

(4), 343-349.

20.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February).

КОМПЛЕКСНАЯ

КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ.

In

INTERNATIONAL

SCIENTIFIC

AND

PRACTICAL

E-CONFERENCE"

MODERN

TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE

EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 18-25).

21.

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ

«АЛПОМИШ».

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

22.

Мирханова, Г. (2024). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИ.

Development of

pedagogical technologies in modern sciences

,

3

(1), 76-80.

23.

Mирханова, Г. (2022). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИНИНГ УМУМИЙ

ТУЗИЛИШИ.

Yosh Tadqiqotchi Jurnali

,

1

(2), 172-178.

24.

Rustamovna, M. G. (2020). Rus tilshunosligida sinonim sozlar oquv lugatlarining tadrijiy

rivojlanishi.

Oriental Art and Culture

, (III), 326-329.

25.

Rustamovna, M. G. (2024). Linguistic Form of Terms in Explanatory Dictionaries of the

Uzbek Language.

Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-

9521)

,

2

(6), 589-591.

Bibliografik manbalar

Jabborova M. HEAVENLY ATTRIBUTES FOUND IN FOLKLORE AND THEIR IMPORTANCE IN EVERYDAY LIFE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 159-162.

Valiyevna J. M., Atoyevna O. F. SHODIQUL HAMRONING «HOVLIDAGI DARAXT» TIMSOLINIG SHAXS SIFATLARIGA EPITET BOLIB KELISHI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 44. – №. 8. – С. 57-60.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS. Solution of social problems in management and economy, 3(4), 165-168.

Jabborova, M. (2023). THEORETICAL INTERPRETATION OF STUDENTS'ACADEMIC ACHIEVEMENT. Solution of social problems in management and economy, 2(12), 36-40.

Jabborova, M., & Safoyeva, S. (2024). THE IMAGE OF THE SUN IN EPIC WORKS. Solution of social problems in management and economy, 3(4), 165-168.

Valiyevna, J. M. (2024). The Artistic Perfection of Cosmic Images in the Works of Yusuf Khos Hajib and Navoi. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 153-158.

Jabborova, M. (2024). MUMTOZ SHE’RIYATDA UCHRAYDIGAN OY, YULDUZ, QUYOSH TIMSOLLARINING SHAXS QIYOFASIDA TIMSOLLANISHI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(1), 48-52.

SHE’RIYATIDA, M. J. Z., & TIMSOLLARMUSHTARAKLIGI, I. I. V. K. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS.–2022. Т, 2(18), 209-211.

Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslari. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 72-75.

Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIM EGALLASHGA DOIR QARASHLARINI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 43-46.

Axmedova, D. (2021). СЕМАНТИЧЕСКАЯ СИСТЕМА СИСТЕМА И МОДЕЛЬ. COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS, 1(1).

Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари. Oriental Art and Culture, (III), 440-444.

Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER. Theoretical & Applied Science, (2), 177-179.

Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS: EXPERIENCE AND ANALYSIS. Scientific reports of Bukhara State University, 4(1), 152-160.

Bahodirovna, A. D., & Khamidjanovna, A. F. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC ASPECTS OF SAHBO LYRICAL HERITAGE. Zbiór artykułów naukowych recenzowanych., 235.

Sharipova, M., & Azimova, N. (2025). ERTAKLARNING JANRIY BELGILARI VA MOTIVLAR TIZIMI. Modern Science and Research, 4(4), 1149-1158.

Sharipova, M., & Bakhshulloyeva, S. (2025). THE PLACE OF THE WORK OF ABDULLA ARIPOV IN THE DEVELOPMENT OF UZBEKISTAN LITERATURE. Modern Science and Research, 4(1), 388-395.

Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1120-1124.

Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA MOTIVLAR TAHLILI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 2(4), 343-349.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 18-25).

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Мирханова, Г. (2024). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИ. Development of pedagogical technologies in modern sciences, 3(1), 76-80.

Mирханова, Г. (2022). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИНИНГ УМУМИЙ ТУЗИЛИШИ. Yosh Tadqiqotchi Jurnali, 1(2), 172-178.

Rustamovna, M. G. (2020). Rus tilshunosligida sinonim sozlar oquv lugatlarining tadrijiy rivojlanishi. Oriental Art and Culture, (III), 326-329.

Rustamovna, M. G. (2024). Linguistic Form of Terms in Explanatory Dictionaries of the Uzbek Language. Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(6), 589-591.