“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
90
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH
Allaberganova Adolat Bekimmatovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
To’rtko’l fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar
yo’nalishi 241-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14198279
Annotatsiya: Ushbu maqola Moliya, moliyaviy rejalashtirish, ahamiyati va roli
haqida fikr-mulohaza yuritadi. Moliyaviy reja - davlat, xo'jalik subyektlari daromad va
xarajatlarini bog'lovchi, oldindan qo'yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini
tavsiflovchi hujjatdir.
Kalit so’zlar: Moliya, iqtisodiyot, resurs, obligatsiya, investitsiya, bank, aksiyalar,
ko’chmas mulk, byudjet, kredit, daromad.
Rejalashtirish moliyani boshqarishning funksional elementlarni ichida asosiysini
tashkil qiladi, chunki aynan rejalashtirish jarayonida subyekt o'ziningmoliyaviy holatini har
tomonlama baholay oladi, ya'ni moliyaviy resurslarning qanday holatdaligi, ularni oshirish
imkoniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo'nalishlarini belgilab oladi. Turli
adabiyotlarda moliyaviy rejalashtirish tushunchasiga turlicha ta'riflar berilgan. Umuman
olganda, moliyaviy rejalashtirish deganda moliyaviy rejalarni tuzish va ularni bajarish
jarayoni tushuniladi. Moliyaviy reja - moliyaviy ko'rsatkichlarni tahlil qilish,
umumlashtirish va o'zaro bog'lash natijasidir. [1]
Moliyaviy rejalashtirishning obyekti bo'lib xo'jalik subyektlari va davlatning
moliyaviy faoliyati bo'lib hisoblanadi. Har bir xo'jalik subyekti moliyaviy rejasini tuzadi,
ya'ni bu alohida muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig'ma moliyaviy
balansigacha qamrab oladigan muhim jarayonidir.
Rejalashtirish, bir qator o'zining xususiyatlari ega bo'lib, ular quyidagilarni
hisoblanadi: a) ma'lum tartibga solingan jarayonligi, b) axbirotlarbi qayta ishlash bilan
bog'liqligi, d) aniq maqsadga yo'naltirilganligi, e) vaqtinchalik harakterga egaligi.
Rejalashtirish deganda - miqdoriy va sifatida tavsifidagi ma'lum bir maqsadlarni
o'rnatish va unga erishishning samarali yo'lini aniqlash jarayonidir. Moliyaviy reja
moliyaviy rejalashtirishning natijasidir.
Moliyaviy rejalashtirish - moliyaviy resurslar va pul mablag'lari fondlarini
shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanishni rejalashtirishdir.
Moliyaviy reja - davlat, xo'jalik subyektlari daromad va xarajatlarini bog'lovchi,
oldindan qo'yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlarini aniqlanadi,
korxonaning joriy moliyaviy holatida o'rnatilgan maqsadlarning muvofiq kelishi darajasi
o'rganiladi, o'rnatilgan maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan faoliyat ketma-ketligi
shakillantiriladi.
Umuman olganda moliya tizimining barcha sohalarini va bo'g'inlarida faoliyatidan
kelib chiqib moliyaviy rejalar tuzuladi. Masalan: tijorat asosida faoliyat ko'rsatadigan
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
91
xo'jalik subyektlari daromadlar va xarajatlar balansi, byujetdan moliyalashtiriladigan
notijorat tshkilotlarda xarajatlar smetasi tuziladi.
Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosatini aniqlash beradi. Ular
tarkibiga quyidagilarni kiradi: rejali topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo'lgan moliyaviy
resurslar miqdori va ularning manbalari; xarajatlarni iqtisod qilish va daromad zahiralarini
shirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan fondlar o'rtasidagi taqsimlashning
optimal yo'llarini qidirib topish va boshqalar.
Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladigan.
Shulardan asosiylari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Ekstrapolyatsiya usuli;
2.
Normativ usuli;
3.
Matematik modellashtirish usuli.
Ekstrapolyatsiya
usulining mohiyati shundaki, o'tgan hisobot davrining moliyaviy
natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzushni ko'zda
tutadi. Moliyaviy ko'rsatkichlarning prognoz va rejali hisob hitoblari turli usullardan
foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko'rsatkichlar va ularning
dinamik o'zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy ko'rsatkichlar hisobot yilidagi ko'rsatkichlar
asosida amalga oshiriladi.
Normativ usulda
, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko'zda tuziladi.
Masalan: byujetdan moliyalashtiriladigan ta'lim muassasalarida o'quvchilar kontingenti va
boshqalar.
Matematik modellashtirish usulida,
real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni
takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslani
manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni
balans usuli hisoblanadi.
Rejalashtirish miqdoriyva sifatida tavsifidagi maqsadlarni ishlab chiqish va qabul
qilish hamda ularga erishishning samarali yo'llarini aniqlash jarayonlarini o'zida aks ettiradi.
"Maqsadlar daraxti" shaklida ishlab chiqarilgan maqsadlar boshqarishning mazkur
darajasida muhim hisoblangan ko'rsatkichlar tizimida hisob kitoblar imkoniyati bo'yicha
tavsiyalanadi. Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlarni tahlil
qilish natijalari asosida qabul qilinadi. [2]
Moliyaviy tartibga solishning sub’yekti davlat tuzilmalari bo’lsa, uning ob’yekti
ijtimoiy tizim ishtirokchilarining daromadlari va xarajatlaridir. Makro va mikrodarajada
jamiyat ehtiyojlarining maksimal qondirilishini ta’minlaydigan jamg’armalarni
taqsimlashning proportsiyalarini o’rnatish moliyaviy tartibga solish jarayonida hal qilinishi
kerak bo’lgan asosiy vazifa hisoblanadi. Bu narsa shaxsiy, jamoa va ijtimoiy manfaatlar,
qadriyatlar va boyliklarning oqilona inobatga olinishini ko’zda tutadi va samarali
ishlayotgan bozor mexanizmi bilan davlatning ta’siri tizimini qo’shish muammolarining
moliyaviy aspektin (yo’nalishini) aks ettiradi.Bozor ho’jaligining moliyaviy
regulyatorlariga (tar-tartibga soluvchilariga) quyidagilar kiradi:
byudjetga soliqlar va soliq bo’lmagan to’lovlar;
moliyaviy imtiyozlar va sanktsiyalar; byudjet
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
92
tashkilotlarining ekspluatatsion xarajatlari;
umumiy va maqsadli subsidiyalar, shu jumladan,
davlat buyurtmalarini to’lashga
mo’ljallanganlari;
byudjetdan tashqari maxsus fondlarning daromadlari va xarajatlari;
davlat korxona va tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari.
Moliyaviy ta’sir ko’rsatishga tartibga solishning quyidaginko’rinishlari (shakllari)
xos: to’g’ridan-to’g’ri (bevosita);
egri (bilvosita);
aralash.
Moliyaviy ta’sir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri (bevo-sita) tartibga solish shakli
quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: to’g’ri (bevosita) umumdavlat soliqlarini
undirish yordamida; taraqqiyot byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish
jarayonida; byudjet va markazlashtirilgan maxsus fondlarga soliq-lar va
to’lovlar stavkalarini oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qo’llash yo’li bilan;
davlat xarajatlarining normativlari miqdorini o’zgartirish orqali;
moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarimalar, penyalarni undalishi natijasida.
[3]
Tadqiqot usullari va natijalar:
Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, tashkilotning moliyaviy barqarorligini va
o'sishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Ularning to'g'ri boshqarilishi orqali
investitsiya imkoniyatlari, xarajatlarni kamaytirish va umumiy moliyaviy sog'lomlikni
ta'minlash mumkin. Moliyaviy rejalashtirishning ahamiyati juda katta va quyidagi asosiy
jihatlarni o'z ichiga oladi: Maqsadlarni belgilash: Moliyaviy rejalashtirish shaxs yoki
tashkilotga o'z moliyaviy maqsadlarini aniqlash va ularga erishish uchun aniq yo'l xaritasini
ishlab chiqishi zarurdir. Xavflarni kamaytirish: Moliyaviy rejalashtirish xavf-xatarlarni
oldindan aniqlash va ularga qarshi choratadbirlar ko'rishga yordam beradi, bu esa moliyaviy
barqarorlikni ta'minlaydi. Investitsiya imkoniyatlarini aniqlash: Rejalashtirish jarayonida
investitsiya imkoniyatlari baholanadi, bu esa daromadni oshirishga yordam beradi. Kredit
olish imkoniyatlari: Yaxshi moliyaviy reja banklar va boshqa moliya muassasalari
tomonidan ishonchli hisoblanadi, bu esa kredit olishda yordam beradi. Kelajakni
rejalashtirish: Moliyaviy rejalashtirish orqali kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan
xarajatlar, masalan, ta'lim, pensiya yoki sog'liqni saqlash xarajatlarini oldindan ko'rish
mumkin. Moliyaviy sog'lomlik: Rejalashtirish orqali o'z moliyaviy holatini yaxshilash va
qarzlarni kamaytirish imkoniyatlari yaratiladi. Nazorat va tahlil: Moliyaviy reja amalga
oshirilganda, uning ijrosini nazorat qilish va kerak bo'lganda tuzatishlar kiritish imkoniyati
mavjud.
Xulosa:
Umuman olganda, moliyaviy rejalashtirish har qanday shaxs yoki tashkilot uchun
muvaffaqiyatli va barqaror moliyaviy kelajakni ta'minlashda muhim vositadir. Moliyaviy
tartib — bu shaxs yoki tashkilotning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish va nazorat
“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston
93
qilish jarayonidir. U quyidagi asosiy jihatlarni o'z ichiga oladi: Byudjet tuzish: Daromad
va xarajatlarni rejalashtirish orqali moliyaviy maqsadlarni belgilash va ularga erishish
uchun yo'l xaritasini ishlab chiqish. Xarajatlarni nazorat qilish: Xarajatlarni tahlil qilish va
ularni kerakli darajada saqlash, shuningdek, ortiqcha xarajatlardan qochish. Daromadlarni
oshirish: Turli manbalar orqali daromadni ko'paytirish, masalan, investitsiyalar yoki
qo'shimcha ishlar orqali. Qarzlarni boshqarish: Qarzlar va majburiyatlarni nazorat qilish,
ularni vaqtida to'lash va qarz yukini kamaytirish. Zahira va fondlar yaratish: Favqulodda
vaziyatlar uchun zahira mablag'larini yig'ish va kelajakdagi maqsadlar uchun fondlar
tayyorlash. Investitsiya strategiyasi: Moliyaviy resurslarni samarali investitsiya qilish orqali
daromad olish imkoniyatlarini baholash. Moliyaviy tahlil: Moliyaviy ko'rsatkichlarni
kuzatish va tahlil qilish, bu esa qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Moliyaviy
ma'lumotlarni saqlash: Barcha moliyaviy operatsiyalarni hujjatlashtirish va saqlash, bu esa
kelajakda nazorat qilish va tahlil qilish imkonini beradi. Moliyaviy tartibni saqlash har
qanday shaxs yoki tashkilot uchun muhimdir, chunki bu moliyaviy barqarorlikni ta'minlaydi
va kelajakdagi muvaffaqiyatga yo'l ochadi.
Foydalangan adabiyotlar
[1] "Moliya" darslik. B.I. Nurmuxammedova, N.V.
Kabirova.
[2]
“ Moliya” darslik. E.Gadoyev, X. Qurbonov, M. Bauetdinov.
O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti.
[3]
"Moliya" darslik. T.S. Malikov, O.O.Olimjonov. Toshkent
"IQTISOD-MOLIYA" 2019.
[4] Тураев, Шавкат. "Совершенствование методики расчета налоговой
нагрузки." Научные исследования и инновации в индустрии 4.0. 1.1 (2022): 55-
62.
[5] Бекмуродов, А., Тураев, Ш., Хасанов, Т., & Бозоров, Р. (2022). Социально-
экономическое значение бедности и пути ее снижения: передовой зарубежный
опыт и национальная практика. in Library, 22(2), 3-13.
[6] Тўраев, Шавкат Шухратович. "БЮДЖЕТ-СОЛИҚ СИЁСАТИНИНГ
АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1.
No. 2. 2023.
