Eksport-import shartnomalarini tuzishda “smart-contract” texnologiyasidan foydalanish samaradorligi

Abstract

Annotatsiya: Ushhu maqolada aqlli shartnomadan foydalanilgan holda eksport-import operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlari an 'anaviy shartnoma tuzish jarayonlaridan tubdan farq qilishini, shuningdek aqlli shartnomalarni boshqarish an’anaviy shartnomalarni nazorat qilishdan ancha avfzal ekanligi tizimli o’rganib chiqilgan. Shu о ’rinda mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashda mazkur texnologiyaning о ’mini chet el mamakatlari tajribasi misolida keltirib о ’tilgan. Olingan ma ’lumot va tajribalarni tadbiq etish mobaynida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy jihatlarga to’xtalib о’tilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
doi

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ismatullaeva, S. (2025). Eksport-import shartnomalarini tuzishda “smart-contract” texnologiyasidan foydalanish samaradorligi. Raqamli Iqtisodiyot Va sun’iy Intellekt Texnologiyalarining Jamiyat Rivojlanishidagi Ahamiyati, 1(1), 22–31. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/risitjra/article/view/69004
Shoira Ismatullaeva, Tashkent State University of Economics
Master's student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Annotatsiya: Ushhu maqolada aqlli shartnomadan foydalanilgan holda eksport-import operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlari an 'anaviy shartnoma tuzish jarayonlaridan tubdan farq qilishini, shuningdek aqlli shartnomalarni boshqarish an’anaviy shartnomalarni nazorat qilishdan ancha avfzal ekanligi tizimli o’rganib chiqilgan. Shu о ’rinda mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashda mazkur texnologiyaning о ’mini chet el mamakatlari tajribasi misolida keltirib о ’tilgan. Olingan ma ’lumot va tajribalarni tadbiq etish mobaynida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy jihatlarga to’xtalib о’tilgan.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

22

EKSPORT-IMPORT SHARTNOMALARINI TUZISHDA “SMART-CONTRACT”

TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Ismatullayeva Shoira Nurlibekovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining

magistratura bosqichi talabasi mail:dronzakai@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14195493

Annotatsiya: Ushbu maqolada aqlli shartnomadan foydalanilgan holda eksport-

import operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlari an’anaviy shartnoma tuzish
jarayonlaridan tubdan farq qilishini, shuningdek aqlli shartnomalarni boshqarish
an’anaviy shartnomalarni nazorat qilishdan ancha avfzal ekanligi tizimli o’rganib
chiqilgan. Shu o’rinda mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va
mustahkamlashda mazkur texnologiyaning o’rnini chet el mamakatlari tajribasi misolida
keltirib o’tilgan. Olingan ma’lumot va tajribalarni tadbiq etish mobaynida yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy jihatlarga to’xtalib o’tilgan. Kalit so`zlar: raqamli
texnologiyalar, blokcheyn, aqlli shartnoma, eksport-import.

Kirish.

Hammamizga ma’lumki, tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan

eksportimport jarayonlari biznesni kengaytirishda, tashqi savdo faoliyatida o’z o’rniga ega
bo’lishda, tovar brend nomini tanitishda va daromadini oshirishda muhim sanaladi. Ammo,
boshqa mamlakat tadbirkorlari bilan o’zaro a’loqa o’rnatish va bizness jarayonlarini
boshlash har doim ham ishonchli bo’lavermaydi. Shuningdek, tuzilgan bitimdagi shartlarni
to’liq va to’g’ri bajarilishini doimiy monitoring qilish zaruriyati paydo bo’ladi. Bu esa o’z
navbatida ortiqcha vaqt va mablag’ sarflanishiga olib keladi. Biznesni davom ettirish uchun
eksportchilar ham, importchilar ham birbiriga o’zaro ishonch bildirishlari lozim. Ta’minot
zanjirida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf qilishda maqbul
texnologiyalarni to’g’ri tadbiq qilish muhim sanaladi.Hozirgi kunda Jahon bozorida katta
yutiqlarga erishgan blokchey texnologiyasi shular jumlasidandir.

Blokcheyn texnologiyasi markazlashtirilmagan, xavfsiz va shaffof raqamli

tarmoqlarni yaratish imkonini beruvchi inqilobiy raqamli hisob tizimidir. Blokcheyn

texnologiyasi taqsimlangan kompyuterlar tarmog'ida saqlanadigan buzg'unchilikka qarshi

yozuvlarni yaratishga imkon beradi, bu esa har qanday ma'lumotlarni o'zgartirish yoki

o'chirishni deyarli imkonsiz qiladi. Bu xususiyat uni ko'plab sohalarda, jumladan moliya,

sog'liqni saqlash, ta'minot zanjiri boshqaruvi va hatto ovoz berish tizimlarida tobora

ommalashishiga olib kelmoqda.[4]

Blokcheyn texnologiyasi turli xil imkoniyatlarni taqdim etadi, ulardan biri “smart

contract” ya’ni “aqlli shartnomalar”dir. Aqlli shartnomalar boshqa mamlakatdagi mijozlar
va biznes hamkorlar bilan ishlash uchun juda mos keladi, chunki ular o'zgarmas va

taqsimlanadi.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

23

1996 yilda Nik Sabo tomonidan birinchi marta Aqlli shartnoma tushunchasi taklif

etilgan. Bitkoin piring to'lov tizimi 2008 yilda blokcheyn texnologiyasi orqali amalga

oshirilishi aqlli shartnoma nazariyasini hayotga tadbiq etish uchun qulay sharoit yaratib

berdi. Ammo havfsizlik nuqtai nazaridan uni tadbiq etish keng ko’lamda amlga

oshirilmagan. 2013 yilga kelib Ethereum platformasini ishga tushirilishi aqlli
shartnomalarni tadbiq etilishiga yo’l ochib berdi. 2016yilda Uoll-strit yirik banklari
aksiyalarni ayirboshlashda va undan keyingi operatsiyalarni amlga oshirishda aqqli
shartnomalarni o’z ichiga olgan blokcheyn texnologiyasidan muvaffaqiyatli foydalangan.

“Smart contract” atamasi ilk bor paydo bo’lgandan keyin yillar damonida ko’plab

ta’riflar keltirib o’tilgan. Xususan, A. N. Yakubovning ishlarida ““smart contract” – “aqlli
shartnoma” bu – taraflardan kamida bittasi shaxs bo’lmagan, tuzilishi va amalga oshirilishi
to’liq avtomatlashtirilgan, muallifining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishgan deb
hisoblanishi uchun yetarli bo’lgan hatti-harakatlarni sun’iy intellect yordamida
baholaydigan, avvaldan yaratilgan dasturiy ta’minot va algoritmlarga asoslangan,
yaratuvchisida shartnomaviy munosabatlar birga mualliflik huquqini paydo qiladigan

elektron shartnomadir” – deb tushuncha bergan.[9]

Aqlli shartnoma blokcheyn dasturi kodining bir qismi bo'lib, tranzaksiyaning barcha

shartlarini belgilaydi. Faqat ular jismonan emas, balki bitimni tuzuvchi ishtirokchilarga

biriktirilgan elektron imzodan foydalangan holda imzolaydilar.

Aqlli shartnomada ko'rsatilgan barcha shartlar majburiydir. Faqat ular to'liq

bajarilgandan so'ng, tranzaktsiya tugallangan deb hisoblanadi va ikkala tomon ham natijani

oladi. Asosiy qoida shundaki, aqlli shartnoma algoritmi to'liq bajarilishi kerak.

Aqlli shartnomalarning 2017-2023 yillardagi jahon bozoridagi holati

Yil

Aqlli

shartnomalar

soni

Transaktsiyalar

hajmi (mlrd $)

dApps

soni

Umumiy

kapitalizatsiya

(mlrd $)

Izohlar

2017

~1,000

10

~100

30

Ethereum ishga
tushgandan
keyin
o'sish

2018

~5,000

15

~300

15

Kriptovalyutalar
bozori pasayishi

2019

~10,000

25

~500

30

DeFi ga
qiziqish qayta
tiklanishi

2020

~20,000

50

~1,000

70

DeFi va NFT
larning keng
qo’llanilishi

2021

~50,000

150

~2,500

200

Kapitalizatsiya
va loyihalar
rekord o'sishi


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

24

2022

~100,000

100

~4,000

100

Bozorni
tuzatish, lekin
texnologiyalar
o'sishi

2023

> 200,000

300

> 5,000

300

Barqaror o'sish
va biznesga
joriy etish

Mazkur jadvalda aqlli shartnomalarning 2017-2023 yillardagi jahon bozoridagi holati

ko’rsatib o’tilgan. Ushbu jadvalda tuzilgan aqlli shartnomalar soni 2023 yilga kelib 200,000
dan oshgan bolib, bu 2017 yilga nisbatan 199,000 ga ko’pligini ko’rishimiz mumkin.
Jadvaldagi ma’lumotlardan kelib chiqib aqlli shartnomalarga bo’lgan qiziqish ohirgi uch
yilda 2021-2023 yillarda texnologiyalarni biznesga keng tadbiq etish bilan jadal o’sganini
ko’rishimiz mumkin.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra Butunjahon aqlli shartnomalar bozori hajmi

2022 yilda 190,34 million dollarni tashkil etdi va 2023 yilda bu ko’rsatkich 236,40 million
dollarga yetib sezilari darajada oshgan. Bu ko’rsatkich 2031 yilga kelib 1338,52 million
dollarga o'sishi kutilmoqda, bu esa prognoz davrida (2024-2031 yillar) 24,2% ga oshishini
ko’rastmoqda.[13] Aqlli shartnomalar 2023-yilda bozorda bank, moliyaviy xizmatlar va
sug‘urta sektori, undan keyin logistika, ko‘chmas mulk, sog‘liqni saqlash, chakana savdo
va boshqa sohalarida ustunlik qildi. Aqlli shartnomalar ushbu sektorlardagi an'anaviy

jarayonlarni butunlay yangi darajaga olib chiqdi.

1-rasm. Butunjahon aqlli shartnomalar bozori.

Korxona hajmi ulushida, 2023(%)

Yirik korxonalar 2023-yilda bozorning 69,5% dan

ortig‘ini egallab, aqlli shartnomalarni qabul qilishda yetakchilik qilishdi. Ular ta'minot
zanjirini boshqarish, moliyaviy operatsiyalar va shartnomalarni boshqarish uchun aqlli
shartnomalardan foydalanganlar. Uning asosiy hajmi yirik korxonalar hisobiga to’g’ri
kelgan. Aqlli shartnomalardan foydalangan kompaniyalari qatoriga IBM, AWS, Oracle,

Infosys va Solana va boshqalar kiradi. Shundan 3 ta eng yirik kompaniyalar (IBM, AWS,

Oracle) 52% dan ortiq ulushga ega. Shimoliy Amerika eng katta bozor bo'lib, taxminan 43%

ulushga ega, undan keyin Yevropa va Osiyo-Tinch okeani davlatlari kiradi.[12]

Mavzuga

oid adabiyotlar tahlili.

69

,

5

30

,

5

Butunjahon aqlli shartnomalar bozori.

Korxona hajmi ulushi bo'yicha 2023 (%)

Yirik hajmli korxonalar

Kichkina va o'rta hajmli…


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

25

Erika Rasure o’z maqolasida aqlli shartnomalarda ikki tomon o'rtasida qonuniy til

yoki hatto shartnoma shartlari mavjud emasligini, ular if/when/then iboralari, funktsiyalari,

modullarni import qilish va ikki tomon o'rtasidagi harakatlarni avtomatlashtiradigan boshqa

dasturlarni o'z ichiga olgan skriptlar ekanligini takidlagan.[3]

Patrick Ejeke aqqli shartnomani annanaviy shartnomadan nimasi bilan farq qilishini

o’z kitobida ko’rsatib o’tgan. U sunʼiy intellekt va blokcheyn domenlari bir-birining ajralib
turadigan xususiyatlaridan foyda olishiga ishongan. Aqlli shartnomalar sunʼiy intellekt
texnologiyasining yuqori hisoblash qobiliyatlari va moslashuvchan tizimlaridan
foydalanishi mumkin, sunʼiy intellekt ilovalari esa avtonom qoidalarni bajarish va xavfsiz
muhit yaratish uchun aqlli shartnoma texnologiyasidan foydalanishi mumkin ekanligini
ko’rsatib o’tgan.[6]

N.Musyev o’zining maqolasida aqlli shartnomalarni qo’llashda RFID (RFID -radio

signal orqali avtomatik identifikatsiya qilish usuli) texnologiyasidan foydalangan holda

bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazoratini amalga oshirisha bojxona chegarasidan
olib o’tiladigan tovar va transport vositalari haqida to’liq va haqqoniy ma’lumot olish va bu
orqali ularni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt va harajatlarni kamaytirish orqali

samaraga erish mumkinligini keltirgan.[5]

V.P.Kupriyanovskiy, S.A.Sinyagov, A.A.Klimov, А.V.Petrov, D.Y.

Namiot.lar o’z izlanishlarida raqamli ta'minot zanjirlari va blokcheynga asoslangan
texnologiyalarni iqtisodiyotga ta'sirini o’rganib chiqishgan. Ular hisob kitobi bo’yicha
avtonom robototexnika, sun'iy intellekt, buyumlar interneti (IoT) va blokcheynlar

logistikani raqamlashtiradi va uning ahamiyatini kamaytiradi. Buning natijasida qiymat

zanjirining ushbu bosqichida kompaniyalarning daromad olish qobiliyatini oshiradi. Ishlab

chiqaruvchilar o'zlari yaratgan qiymatdan ko'proq foyda olishlari iste'molchilar esa kamroq

harajat qilishlariga erishiladi.[7]

D.Azimov

yaqin

kelajakda

ta'minot

zanjirini

boshqarishda

blokcheyn

texnologiyasidan samarali foydalanish ko'lami kengayishi va blokcheyn texnologiyasi oziq-

ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni ham qamrab olishini, bu kontrafakt
va past sifatli mahsulotlarning yuqori ulushi mavjud bo'lgan tovarlarga to’g’ri kelishini
xulosa qilgan.[1]

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotning metodologik asosi blokcheyn texnologiyasiga asoslangan aqlli

shartnomalarni export-import operatsiyalarida an’anaviy shartnoma o’rniga qo’llagan holda
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlarni tizimli yo’lga solish,
ularni soddalashtirish, takomillashtirish, tranzaksiya uchun harajatlarni kamaytirish, o’zaro
ishonchni mustahkamlash, yetkizib beriladigan tovar va transport mahsulotlari tug’risidagi
ma’lumotlarni ishonchligini ta’minlash. Tahlil davomida ma’lumotlarni saralash,
taqqoslash tizimlashtirish usullaridan foydalanilgan. Kuzatuv metodi orqali Jahondagi

yetakchi davlatlar tomonidan iqtisodiyotiga tadbiq etilgan blokcheyn texnologiyasining

xolati baholangan, abstrakt-mantiqiy fikrlash orqali mazkur texnologiyani yurtimizda

tadbiq etishda duch kelishi mumkin bo’lgan salbiy va ijobiy jihatlari o’rganilib xulosalar

keltirilgan.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

26

Tahlil natijalari.

Hozirgi kunda Jahonda aqlli shartnomalarni joriy etish jarayoni jadal rivojlanib

bormoqda. Ularni an’anaviy shartnomalardan asosiy farqlarini quyida keltirilgan jadvalda
o’rganib chiqilgan.

Shartnomaga

ta’sir etuvchi

omillar

Aqlli shartnoma

An’anaviy shartnoma

Shakli

Algoritm yoki dasturlarda

Qog’ozda

Yaratilishi

Dasturlovchi shaxs yordami kerak

Notarius, yurist, davlat organi
xodimi, ishonchli vakil, bank va
boshqalar

Bajarish kerak

bo’lgan shartlar

Shartnomaga kiritilgan shartlar

Qonunlar, nizomlar, kelishuvlar,
ishtirokchilar hohishi

Ijrosi

Avtomatik tarzda buyruqlar ketma

ketligida bajariladi

Shartnoma shartlarini bajarish yoki
bajarmaslikni ishtirokchilarning
o’zi hal qiladi

Ijrosi bajarilmasa

Shartnoma kodiga kiritilgan sanksiya va
shtraflar avtomatik ravishda qo’llaniladi

Shartnomani ijroini bajarmagan taraf
ustidan sudga murojaat qilinadi

Moliyalashtirish

Pul mablag’lari avtomatik ravishda
o’tkaziladi

Pulni mablag’larini bank yoki
boshqa vositalar orqali qo’lda inson
omili bilan o’tkaziladi

O’zgartirish

kiritish

Shartnoma

shartlarini

umuman

o’zgartirib bo’lmaydi, hech qanday
inson omili ro’l o’ynamaydi

Istalgan

vaqtda

shartnomaga

o’zgartirish kiritish mumkin

Ijro shartlarini

tushunmaslik

Hamma shartlar kod orqali kiritilgan,
shartlar to’liq tushunarli

Shartlarni turlicha talqin qilish,
mumkin

Tezlik va

samaradorlik

Xatosiz avtomatik ravishda katta hajmli
ma’lumotlarni o’zlashtirib soniyalarda
qaror qabul qiladi

Ma’lumotlarni o’rganish va ularni
ijrosini bajarishga inson omili
aralashuvi tezlik va samaradorlikni
pasaytiradi

Xavfsizlik

Aqlli

shartnomalar

blokcheyn

texnologiyasidan

foydalanadi,

bu

markazlashtirilmagan

va

buzg'unchilikka

qarshi

platformani

ta'minlaydi. Bu vositachilarga bo'lgan
ehtiyojni bartaraf etish, firibgarlik
xavfini

kamaytirish

va

tranzaktsiyalarning shaffof va o'zgarmas
yozuvlarini ta'minlash orqali xalqaro
savdoda

ishonch

va

xavfsizlikni

oshiradi.

Sohtalashtirish mumkin, qog’oz asl
nus’haga shikast yetishi mumkin


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

27

1-jadval. Aqlli va an’anaviy shartnomalar solishtirmasi

Jadvaldan ko’rinib turibdiki aqlli shartnomalar ko’p jihatdan an’anaviy

shartnomalardan ustun turadi. Algoritm ishlab chiqilgan va faollashtirilgandan so'ng aqlli

shartnomalarni o'zgartirib bo'lmaydi; bu shartnomalarni hujjatni buzishga urinishi mumkin

bo'lgan zararli dasturchilardan himoya qilishga yordam beradi. Raqamli hujjatga

o'zgartirishlar faqat ishlab chiquvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin, agar ular

ilgari ma'lum bir funktsiyani amalga oshirgan bo'lsalar. Aqlli shartnomaning o'zgarmasligi

(yoki murakkab o'zgaruvchanligi) uning haqiqiyligi va xavfsizligini ta'minlaydi.

Aqlli shartnomalar hatto Yerning turli burchaklaridan kelgan notanish odamlar

tomonidan ham bitimlar tuzishga imkon beradi. Shartnomalar saqlanadigan blokcheyn

barcha ma'lumotlarni hisobga oladi va uning aniqligini ta'minlaydi.

Shaffoflik. Blokcheyn tarmog'idagi barcha ishtirokchilar alohida nusxalar o'rniga bir

xil hujjatlarni almashadilar. Ma'lumotlar kompyuterlarning keng tarmog'i bo'ylab

taqsimlanganligi sababli, ishtirokchilar tomonidan doimiy ravishda va istalgan vaqtda

mazkur ma'lumotlar va tranzaktsiyalarga kirish, tekshirish va auditini amalga oshirishi

mumkin.

Kuzatish imkoniyati. Blokcheyndagi ma'lumotlar xronologik tartibda tashkil etilgan

va har bir ma'lumot blokida oldingi blok bilan bog'langan alfavit-raqamli kod mavjud. Bu

ma'lum bir tranzaksiyani kuzatish va uni manbasiga qaytarishni osonlashtiradi.

Xavfsizlik. Ma'lumotlarni faqat blokcheynga qo'shish mumkin. Blok yaratilgandan

so'ng, uni o'zgartirib bo'lmaydi, bu uning ichidagi ma'lumotlarni himoya qiladi. Bundan

tashqari, ko'pchilik blokcheynlarning markazlashtirilmagan tabiati ularni markaziy

tashkilot tomonidan egallab olish yoki korruptsiyaga qarshi immunitetga ega qiladi.

Dr. Heba Abdel Monem olib borgan izlanishlarida blokcheyn dunyodagi eng yirik

investitsiya banklariga 2025 yilga kelib oz operatsion xarajatlarini yiliga8-12 milliard
dollarga ya’ni operatsion xarajatlarining taxminan 25 foiziga teng miqdorda kamaytirishga
yordam berishini ko’rsatib o’tgan.[2]

Xalqaro savdo import-eksport qonunlari, bojxona to'lovlari va mahsulot

sertifikatlari kabi turli qoidalarga rioya qilish lozim. Aqlli shartnomalar muvofiqlik

qoidalarini o'z ichiga olishi va tekshirish jarayonini avtomatlashtirishi mumkin. Bu

tranzaktsiyalarning talab qilinadigan qoidalarga rioya qilishini ta'minlaydi, muvofiqlik

xarajatlarini kamaytiradi va rioya qilmaslik uchun jarimalar xavfini kamaytiradi.

Jarayonlarni avtomatlashtirish, hujjatlarni qisqartirish, vositachilarni yo'q qilish va

tranzaktsiyalarni tezlashtirish orqali aqlli shartnomalar xalqaro savdo samaradorligini

sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ushbu samaradorlik ma'muriy qo'shimcha xarajatlarni,

tranzaksiya to'lovlarini va qo'lda solishtirish zaruriyatini kamaytirish orqali korxonalar

uchun xarajatlarni tejashga aylanadi.

Walmart o'zining salat va ismaloq yetkazib beruvchilaridan oziq-ovqat xavfsizligini

ta'minlash uchun blokcheyndan foydalanishni talab qiladi. Albertsons, Dole Food
Company, Kroger, Nestlé, Tyson Foods va Unilever ham shunday qilmoqda. Ko'pgina
global banklar (Bank of America, CitiBank, JP Morgan, HSBC) va Xitoydagi 26 bankdan


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

28

12 tasi turli xil foydalanish holatlari va moliyaviy operatsiyalar uchun blokcheyn

texnologiyasini allaqachon qabul qilgan (masalan, global savdo uchun eksport-import

hujjatlarini standartlashtirish, transchegaraviy banklararo to'lovlar). IBM Food Trust o'z

tizimining ishlashini blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda tashkil qildi. Yakuniy

iste'molchi mahsulot haqidagi barcha ma'lumotlarni bilish uchun bitta QR-koddan

foydalanishi mumkin: ishlab chiqaruvchi, protsessor, yetkazib beruvchi, tartibga soluvchi

kim, mahsulot qanday va qayerda yetkazib berilganligi, tovar sotuvchiga qachon kelganligi,

barcha saqlash sharoitlari, etiketkalar va boshqa ko'plab ko'rsatkichlar. Bu mijozlarga o'zlari

iste'mol qiladigan mahsulotlar sifatiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.[11]

Aqlli shartnoma texnologiyasining kamchiklari

Ammo bu texnologiya to'liq ideal degani emas. Keling, aqlli shartnomalarning

kamchiliklarini

ko'rib chiqaylik:

Ayni paytda AQSH, Rossiya, Italiya va Belarus davlatlarida aqlli shartnomalarga

huquqiy baho berilgan.[10] Qolgan ko’plab davlatlarda aqlli shartnomalar hech qanday
huquqiy maqomga ega emas, shuning uchun bu sohada huquqiy tartibga solish hali mavjud

emas.

Bitimlarni faqat

kriptovalyuta

bilan hal qilish mumkin. Bu kriptovalyuta bilan

tanish bo'lmagan yoki uning qanday ishlashini tushunmaydigan odamlar uchun muammo

hisoblanadi.

Aqlli shartnomani tuzishda dastur kodida jiddiy xatoga yo'l qo'yish xavfi mavjud

bo'lib, bu tranzaktsiyaning bajarilishiga to'sqinlik qiladi yoki algoritm tugagandan so'ng

salbiy oqibatlarga olib keladi.

Inson omilining cheklovi ya’ni aqlli shartnoma to'liq avtomatlashtirilgan, shuning

uchun uning qanday bajarilishini sinchkovlik bilan kuzatishning imkoni yo'q.

Aqlli shartnomani ishlab chiqishning yuqori narxi - doubloin.com saytining 2023

yil 9 aprelda nashr qilgan “How much does it cost to deploy a smart contract on Ethereum?”
maqolasida shartnomaning murakkabligi va sarflanadigan vaqtdan kelib chiqib IT-

mutaxassislar tahminan 500-5000 AQSH dollarigacha baholanishi belgilangan.

Har bir narsa to'g'ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun ishlab chiqilgandan

so'ng uchinchi tomon auditini o'tkazish muhim sanaladi. Bu xizmat ham ma’lum bir
sarmoya sarflashni talab qiladi. (ammo, agar kod buzilgan bo'lsa, oqibatlari ancha qimmat

bo'lishi mumkin).

Xiaoyu Wang va Fasheng Xu aqlli shartnoma yetkazib beruvchiga tovarlarni

jo'natilgandan keyin moliyalashtirish to'g'risida qaror qabul qilishga imkon berish orqali

ta'minot zanjiri samaradorligini oshirishini, shu bilan bankning kredit xavfiga ta'sirini
kamaytirib moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirishini o’rganib chiqishgan. Izlanishlar
natijalari aqlli shartnomani qachon qabul qilish kerakligi va uning turli xil savdoni

moliyalashtirish sxemalari bilan o'zaro aloqasi to'g'risida ko'rsatma va tushuncha beragan.

Xususan, aqlli shartnomalarni amalga oshirish har doim ham ta'minot zanjiriga foyda
keltirmasligi ko’rsatib o’tilgan.[8]

So’nggi yillarda yurtimizda raqamli texnologiyalarning kirib kelishini va turli

sohalarda rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida yurtboshimiz tomonida bir qator


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

29

Farmon va Qarorlar imzolangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 03.07.2018 yildagi PQ-3832-son Qarorida

kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha eng muhim vazifalar

qatoriga investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish

uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kripto-
aktivlarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini
beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat),
smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq

va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting,

emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, shuningdek,
ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish
ko’rsatib o’tilgan.

Shu qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli O‘zbekiston —

2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi 5 oktyabr 2020 yildagi PF-6079-sonli Farmonida raqamli texnologiyalar milliy bozorini
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida IT-park asosida ilg‘or
texnologiyalardan (Big Data, IoT, AI blokcheyn va boshqalar) foydalangan holda ustuvor
tarmoqlar uchun “aqlli yechimlar” ni ishlab chiqishni rag‘batlantirish belgilab qo’yilgan.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-noyabrda ro‘yxatdan

o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish,
chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni
tasdiqlash haqida” gi 3397-raqamli buyrug’ida O’zbekiston Respublikasi rezidentlari
tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga
kiritish taritibi tasdiqlangan bo’lib, “smart-kontrakt, kripto-aktiv, token” va shunga
o’xshash ko’plab atamalaga tushuntirishlar keltirilib o’tilgan. Shuningdek “

smart-

kontrakt

— raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va

majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma” deb huquqiy
ta’rif berilgan bo’lib bu Yurtimizda mazkur sohada olib borilishi kutilayotgan ko’plab
loyihalarga huquqiy asos bo’lib hizat qilishi kutilmoqda.

Xulosa.

Aqlli shartnomalarlar bizning yangi haqiqatimiz. Aqlli shartnomalarning asosiy

maqsadi biznes jarayonlarini soddalashtirish va optimallashtirish va ilgari qo'lda bajarilishi

kerak bo'lgan muntazam jarayonlarni avtomatlashtirishdir. Endi aqlli shartnomalar faqat

kriptovalyuta bozorida va metaverselardaqo'llanilmaydi, balki real iqtisodiy sohalarga ham

kirib kelmoqda.

Aqlli shartnomalar jarayonning turli jihatlariga avtomatlashtirish, samaradorlik va

shaffoflikni joriy etish orqali xalqaro savdoga sezilarli qiymat qo'shishadi.

Tadbirkor import-eksport jarayonini amalga oshirishi uchun avvalam bor bozorni

o’rganib chiqishi, shundan so’ng qonunchilik bilan tanishishi lozim. Eksport
shartnomalarini tuzishda aqlli shartnomalarni qo’llash bitimda ko’rsatib o’tilgan
topshiriqlarning 100% bajarilishiga asos bo’la oladi. Bu tovarning ishonchli eksport


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

30

qilinishini taminlabgina qolmasdan chet el davlatlarida O’zbekiston tovari maqomining
oshishiga sababchi bo’ladi. Import shartnomalarida esa, kontrafkt tovarlarining kirib
kelishi to’xtatiladi. Ikkala holatda ham bitim ishtorkchilari tomonidan sarflanadigan vaqt,
qog’oz bozlik harajatlari, texnik xatolar bartaraf etiladi.

Xalqaro savdoda aqlli kontraktlarning keng qo'llanilishi standartlashtirish, tartibga

soluvchi yordam va global miqyosda amalga oshirilishini qo'llab-quvvatlash uchun
texnologik infratuzilmani yaratilishiga sabab bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

D.Azimov: Анализ мирового опыта внедрения технологии блокчейн

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020 yil

2.

Dr. Heba Abdel Monem: Using Blockchain in Financial Services ©Arab

Monetary

Fund

2019

https://www.amf.org.ae/sites/default/files/publications/2021-

12/Using-blockchainfinancial-services.pdf

3.

Erika Rasure: What Are Smart Contracts on the Blockchain and How Do

They Work? Updated April 16, 2024 https://www.investopedia.com/terms/s/smart-

contracts.asps.

4.

Jesse Yli-Huumo, Deokyoon Ko, Sujin Choi ,Sooyong Park, Kari

Smolander “Where Is Current Research on Blockchain Technology?—A Systematic
Review”. oktyabr 3, 2016 https://doi.org/10.1371/journal.pone.0163477

5.

N.Musayev “Aqlli shartnomalar va ularning qo’llanishi” So’ngi ilmiy

tadqiqotlar nazariyasi respublika ilmiy-uslubiy jurnali13.02.2024 7-jild 2-son

6.

Patrick Ejeke: Smart Contracts: What Is A Smart Contract? Complete Guide

To Tech And Code That Is About To Transform The Economy-Blockchain, Web3.0,

DApps, DAOs, DEFI, Crypto, IoTs, FinTech, Digital Assets Trading Paperback – Large

Print, May 2, 2022

7.

V.P.Kupriyanovskiy, S.A.Sinyagov,

A.A.Klimov, А.V.Petrov,

D.Y. Namiot

“Цифровые цепи поставок и технологии на базе блокчейн в совместной экономике”
International Journal of Open Information Technologies ISSN: 2307-8162 vol. 5, no.8,

2017

8.

Xiaoyu Wang ,Fasheng Xu: The Value of Smart Contract in Trade Finance

9.

Yakubov Axtam Nusratilloyevich «Fuqarolik huquqiy munosabatlarda

“Aqlli (smart) shartnomalar” va uni samarali tatbiq qilish masalalari. Huquqiy tadqiqotlar
jurnali 7 jild 2 son. ISSN 2181-9130 Doi Journal 10.26739/2181-9130

10.

https://cyberleninka.ru/article/n/considering-the-legal-nature-of-a-

smartcontract/viewer

11.

https://www.ibm.com/blockchain/resources/7-benefits-ibm-food-trust/

12.

https://www.linkedin.com/pulse/smart-contracts-market-size-share-trends-

h5y6f/

13.

https://www.skyquestt.com/report/smart-contracts-market


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

31

14.

Бекмуродов, А., Тураев, Ш., Хасанов, Т., & Бозоров, Р. (2022).

Социально-экономическое значение бедности и пути ее снижения: передовой
зарубежный опыт и национальная практика. in Library, 22(2), 3-13.

15.

Тўраев, Шавкат Шухратович. "СОЛИҚ ЮКИГА ОИД ИЛМИЙ

ҚАРАШЛАРНИНГ

РИВОЖЛАНИШ

ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." Иқтисодиёт

ва

инновацион технологиялар” журнали 4 (2021): 324-335.

16.

Тўраев, Шавкат Шухратович. "БЮДЖЕТ-СОЛИҚ СИЁСАТИНИНГ

АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 2.
2023.

References

D.Azimov: Анализ мирового опыта внедрения технологии блокчейн “Iqtisodiyot va innovatsion tcxnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020 yil

Dr. Heba Abdel Monem: Using Blockchain in Financial Services ©Arab Monetary Fund 2019 https://www.amf.org.ae/sites/default/files/publications/2021-12ZUsing-blockchainfinancial-services.pdf

Erika Rasure: What Are Smart Contracts on the Blockchain and How Do They Work? Updated April 16, 2024 https://www.investopedia.com/terms/s/smart-contracts.asps.

Jesse Yli-Huumo, Deokyoon Ko, Sujin Choi ,Sooyong Park, Kari Smolander “Where Is Current Research on Blockchain Technology?—A Systematic Review”, oktyabr 3, 2016 https://doi.org/10.1371 /journal.pone.0163477

N.Musayev “Aqlli shartnomalar va ulaming qo’llanishi” So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi respublika ilmiy-uslubiy jurnali 13.02.2024 7-jild 2-son

Patrick Ejeke: Smart Contracts: What Is A Smart Contract? Complete Guide To Tech And Code That Is About To Transform The Economy-Blockchain, Web3.0, DApps, DAOs, DEFI, Crypto, loTs, FinTech, Digital Assets Trading Paperback - Large Print, May 2, 2022

V.P.Kupriyanovskiy, S.A.Sinyagov, A.A.Klimov, A.V.Petrov,D.Y. Namiot “Цифровые цепи поставок и технологии на базе блокчейн в совместной экономике” International Journal of Open Information Technologies ISSN: 2307-8162 vol. 5, no.8, 2017

Xiaoyu Wang ,Fasheng Xu: The Value of Smart Contract in Trade Finance

Yakubov Axtam Nusratilloyevich «Fuqarolik huquqiy munosabatlarda “Aqlli (smart) shartnomalar” va uni samarali tatbiq qilish masalalari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali 7 jild 2 son. ISSN 2181-9130 Doi Journal 10.26739/2181-9130

https://cvberleninka.ru/article/n/considering-the-legal-nalure-of-a-smartcontract/viewer

https://www.ibm.com/blockchain/resources/7-benefits-ibm-food-trust/

https://www.linkedin.com/pulse/smart-contracts-market-size-share-trends-h5y6f/

https://www.skvqucstt.com/report/smart-contracts-market

Бскмуродов, А., Тураев, Ш„ Хасанов, Т., & Бозоров, Р. (2022). Социально-экономическое значение бедности и пути ее снижения: передовой зарубежный опыт и национальная практика, in Library, 22(2), 3-13.

Тураев. Шавкат Шухратович. "СОЛИҚ ЮКИГА ОИД ИЛМИЙ ҚАРАШЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” журнали 4 (2021): 324-335.

Тураев. Шавкат Шухратович. "БЮДЖЕТ-СОЛИҚ СИЁСАТИНИНГ АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 2. 2023.