ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024
GIPOTIREOZ HOLATDAGI ONALARDAN TUG ‘ILGAN AVLODNING
PERFERIK LIMFA TUGUNLARINING POSTNATAL RIVOJLANISHI.
Raxmatov A.S.
1
Teshaev I.V.
2
1- RIO va RIATMning Surxondaryo viloyat filialida vrach morfolog.
2- RShTYoIMPatologik anatomiya bo‘limiKlinik ordinatori
Ilmiy rahbar: B. A. Magrupov - TFN, Professor
Dolzarbligi:
Gipotireoz - qalqonsimon bez gormonlarini yetarli darajada ishlab
chiqarmaydigan holatlarda yuzaga keladi. Tanada ko'plab bezlar mavjud bo’lib, qalqonsimon bez
- bu metabolizmni tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqaradigan, tanananing energiya
sarflashiga ta'sir qiladigan va boshqa jarayonlarni boshqaradigan kichik bezli organ. Gipoterioz
kasalligi butun jahonda
klinik birlamchi gipotiroidizm, 0,3%; subklinik kasallik, 4,3%
uchrayotan
kasalliklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gipoterioz kasalligini turli organlarga tasiri
o‘rganilgan ammo antigenga bog‘liq holda qon yaratish tizimiga tasirini o‘rganish dolzarbligicha
qolmoqda. Endo va ekzogen omillarning limfa tugunlariga ta’sir etishi immun tizim kasalliklarini
sonini ortib borishiga sabab bo‘lib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida bolalar orasida turli infeksion,
noinfeksion, autoimmun kasalliklar hamda turli neoplastik kasalliklarni keltirib chiqarishi
tasdiqlangan.
Tadqiqotimizning maqsadi.
Tajribada chaqirilgan gipotireoz holatidagi onalardan
tug‘ilgan avlodlarning perferik limfa tugunlarini postnatal rivojlanishini morfologik
o‘zgarishlarini o‘rganish va olingan natijalarni amaliyotda tatbiq etish.
Tadqiqot uchun materiallar.
Maqsadga yetish uchun kalamushlarda tajribaviy
gipotireoz chaqirildi. Kalamushlarda tajribaviy gipotireoz chaqirish uchun 14 sutka davomida 100
gr tana og‘irligiga nisbatan 0,5 mg miqdorda
merkazolil
berildi. Gipotireoz kasalligi
tasdiqlangandan so‘ng 1 oy davomida kalamushlarga 100 g tana vazniga 0,25 mgdan ushlab
turuvchi
merkazolil
berildi. Kalamushlar homilador bo‘lganidan so‘ng va bolasi tug‘ilgandan
keyin ham emizikli davrida ona kalamushlarga ushlab turuvchi dozada
merkazolil
berish davom
ettirildi.
Nazorat guruhidagi ona kalamushlarga tajribani boshidan to oxiriga qadar 1,0 ml 1% li
miqdorida zond orqali
kraxmal suspenziyasi
va suv berildi.
Gipotireozli onalarning avlodlari tug‘ilgandan so‘ng narkoz ostida har xil kunlarda
jonsizlantirildi va perferik limfa tugunlari ajratib olindi.
ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024
Tadqiqod natijalari.
Gipoterioz bilan og‘rigan kalamushlarda turli xil o‘zgarishlar
kuzatilib borildi. Dastlab bosqichda ularda tashqi ko‘rinishlarida o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi
ularning yunglari dag‘allashdi, harakterida ham o‘zgarishlar kuzatildi jumladan: juda asabiy va
harakatchan bo‘lib qoldi. Tajribaning ikkinchi yarimidan boshlab kam harakat, vaznining ortishi
kuzatildi. Gipotireoz xolatdagi ona kalamushlardan tug‘ulgan avlodidagi yirik limfa tugunlarining
postnatal rivojlanishida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, qo‘ltiq osti limfa tugunlarining kapsulasi
sezilarli va notekis fibrozi bilan limfa tugunlari bo'laklarga bo‘luvchi biriktiruvchi to‘qimada
o‘zgarishlar kuzatilgan. Limfa tugunining arxitekturasi tugun tuzilmalarini hosil qiluvchi kuchli
tolali septalar tufayli buzilgan. Limfoid elementlar sitoplazmasi tiniq bo'lgan yagona joylashgan
yirik dumaloq hujayralar bilan almashtiriladi, ularda yengil xromatinli 1-2 ta yirik, dumaloq,
markazda joylashgan yadrolar va inklyuziya tipidagi eozinofil yadroli. Hujayralar zich limfoid fon
orasida tarqalgan bo'lib, eozinofillarning sezilarli aralashmasi bo'lgan kichik limfotsitlardan tashkil
topgan. Limfa tugunlarining parakorteksi to‘q rangga bo'yalgan etuk T hujayralari, B
immunoblastlari, interdigitatsiya qiluvchi dendritik hujayralar, plazmatsitoid dendritik hujayralar,
gistiotsitlar va yuqori endotelial venulalar leykotsitlar yopishish molekulalarini ifodalovchi va
intraluminal hujayralarni o'z ichiga olgan to'la endotelial hujayralar bilan qoplangan postkapilliar
venulalarni o'z ichiga olgan T- zonasi rivojlanishida susayish kuzatildi va uning maydoni nazorat
guruhidagiga nisbatan 8-15 % ga kamayganini ko‘rish mumkin. T-zonada limfoid hujayralar
proliferatsiyasi kamaydi va aksincha hujayralar destruktsiyasi jaroyonikuchaygani namoyon
bo‘ldi. Interdigitirlovchi hujayralar sifat va miqdor jihatdan kamayishi kuzatildi.
Germintativ markaz tarkibida asosan B limfotsitlar shu jumladan sentroblastlar va tsentrotsitlar va
tarqoq follikulyar T- xelper hujayralari va T-regulyator hujayralari yetilishida ortda qolish
kuzatildi. B-hujayralari B limfotsitlarni plazmatik hujayrlarga aylantirishi, nazorat
guruhidagilardan 10-14 % ga kamayganligi aniqlandi. Mag‘iz moddasiga yo‘nalgan mag‘iz
tasmalarining hujayralarida sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham sezilarli darajada
kamayishlar kuzatildi. Mag‘iz tasmalarida mikromuhut hujayralarida yetilish va mitoz
jarayonidagi B limfotsitlarning turli xil darajada o‘zgarishlari kuzatildi.
Postnatal hayotning 7-kunini tanqidiy davr deb hisoblash mumkin, chunki bu davrda
tutqich limfa tugunining stromasida parenximaning muhim miqdoriy va sifat jihatidan o'zgarishi
sodir bo'ldi: Korteks diffuz limfoid to'qimadan iborat. Undagi hujayralarning tarqalish zichligi bir
xil emas. Limfoid hujayralarning juda kam uchraydigan joylashuvi qayd etilgan joylarda
limfotsitlarning zich to'planishi mavjud. Limfoid hujayralar zich joylashgan joylar, qoida
tariqasida, kortikal moddaning periferik qismini egallagan va ehtimoli limfa follikullari
ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024
rivojlanayotganini ko'rish mumkin. Limfa tugunlari parenximasining korteks va medullaga
differensiatsiyasi, ayniqsa, yarim yupqa bo'laklarda yaqqol namoyon bo'ldi. Ko'p sonli
limfoblastlar, prolimfotsitlar, makrofaglarni o'z ichiga olgan limfoid hujayralarning zich
to'planishi retikulyar hujayralarning ingichka sitoplazmatik jarayonlari bilan chegaralangan. Limfa
tugunining darvozasi hududida hujayralar shaklidagi bo'shliqlar kuzatildi. Ushbu to'plamlarlar
atrofida kortikal sinuslarning shakllanishini ham qayd etish mumkin. Sinuslar devori cho'zilgan
retikulyar qirg'oq hujayralar bilan qoplangan bo'lib, ularning bo'shlig'ida limfotsitopoez
hujayralari topilgan. Mag'iz qisimlarida retikulyar tolalar tarmog'i nozik va zich bo'lib qoldi.
Mag'iz qismida asosan limfoid seriyali hujayralar, makrofaglar va oz miqdordagi plazma
hujayralari bilan ifodalanganligi aniqlanadi. Bu davrda, shuningdek, arteriolalar, kapillyarlar,
postkapillyar venulalar bilan ifodalangan organning qon tomir tarmog'ida sezilarli farq borligi
ko‘rish mumkin.
Xulosa.
Olingan malumotlar shuni ko‘rsatdiki gipotireoz hastaligi organlar aro bog‘liq
o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Bunday hastalik bilan kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan
bolalarda limfositlarning antigenga bog‘liq holda ixtisoslashuvi va T va B-zonalarining susayishi
esa ularda hujayraviy hamda gumoral immun tizimlarining sustlashishiga olib kelishi aniqlandi.
Buning natijasida tajribadagi kalamush avlodlari o‘rtasida
frunkulioz
bilan zararlanish nazorat
guruxlariga nisbatan 90 % ni tashkil qildi.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Мубитдинова X.Хамраева Г.Назаров, Б.Фатхуллаева , Д.& Муминова , Н. (2024).
Circadian' rhythm of total peripheral vascular resistance in acute renal failure in c hildren aged
7.1-18
years
old.
in
Library,
7(1),
3-12.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36896
2.
Хамраева, Г., Абдуллаев, X., & Нуруллаева, Д. (2024). Оптимизация седации при
малоинвазивных хирургических манипуляциях у детей с онкогематологическими
заболеваниями
.
in
Library,
2(2),
518-524.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36899
3.
Акилов, X., Хамраева, Г., Саитазизов, X., & Чориев, X. (2024). Surgical outcome of
congenital heart defects with pulmonary hypertension in infants, in Library, 3(3), 8-13.
извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36902
