ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024
72
NEOVASKULYAR YOSHI BILAN BOG'LIQ MAKULYAR DEGENERATSIYANI
DAVOLASHDA MONOKLONAL ANTITANA PARCHASIDAN
(BROLUCIZUMAB) FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Karimova M.X., Mahkamova D.K., Raximova D.A., Zakirxodjayeva M.A., Xodjayeva Z.A.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Ilmiy rahbar: t.f.d. prof. Karimova M.X.
Dolzarbligi:
60 yoshdan oshgan bemorlarda ko'rish qobiliyatini yo'qotishning
asosiy sababi neovaskulyar yosh bilan bog'liq makulyar degeneratsiya (YMD). YMD ning
neovaskulyar shakli tez rivojlanib, qaytmas ko'rish yo'qolishiga olib keladi. YMD ning nam
shaklini rivojlanishining omillaridan biri bu oqsilning ortib borishidir – qon tomir endotelial
o'sish omili (VEGF-A). Bunday tomirlarning nuqsonli devorlari tufayli plazma va qon
hujayralari qo'shni retinal to'qimalarga o’tadi, bu esa mahalliy to’r parda ko’chishiga va
uning fotoretseptorlarining - tayoqchalar va kolbochkalarning albatta o'limiga olib keladi.
Maqsad:
shish balandligiga qarab, neovaskulyar yoshga bog'liq makulyar
degeneratsiyada intravitreal anti-VEGF (Brolucizumab)ning optimal doza rejimini aniqlash
va hayot sifatini baholash.
Material va usullar:
Tadqiqotda neovaskulyar yoshga bog'liq makulyar
degeneratsiya (YMD) bilan og'rigan 48 nafar bemor (60 ta ko'z) mavjud. Kuzatish muddati
6 oy edi. Brolucizumab 3-4 oy davomida doimiy ravishda oyiga bir marta 6 mg (0,05 ml,
120 mg/ ml) dozada intravitreal qo'llanildi. Dori-darmonlarni yuborish miqdoriga ko'ra
bemorlar 3 asosiy guruhga bo'lindi. I guruh 16 nafar bemordan (16 ta koʻz) iborat boʻlib,
ularga dori vositasi 1 marta qoʻllanilgan. II guruhda 15 nafar bemor (25 ta ko'z) bo'lgan, bu
guruh 1 oy oralig'ida 2 marta preparat qo'llanilgan. III guruhga ushbu toifadagi bemorlarga
17 nafar bemor (19 ta koʻz) kiritilgan boʻlib, ularga dori vositasi 3 marta qoʻllanilgan. 1 va
2 guruhlariga turli sabablarga ko'ra kerakli 3 oylik inyektsiyalarni ololmagan bemorlar ham
bor edi.
Natijalar:
Olingan maʼlumotlarga koʻra, barcha bemorlarda davolanish samaradorligi
kuzatilgan. Davolashdan oldin I guruh bemorlarida ko'rish qobiliyati 0,13±0,05 (p<0,05), II
guruhda 0,11±0,06 (p<0,05), III guruhda esa 0,08±0,04 (p<0,05) bo'lgan. 4 hafta o'tgach,
1guruh bemorlarida ko'rish qobiliyati 0,44±0,06 (p<0,05) oralig'ida bo'lgan; II guruhda
ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024
73
ko'rish o’tkirligi 0,48±0,07 (p<0,05), III guruh bemorlarida esa ko'rish qobiliyati 0,51±0,05
(p<0,05) ga ko'paydi.
OCT angiografiya bilan tekshirilganda I guruh bemorlarida davolanishdan oldin
o'rtacha to’r parda qalinligi 428,2±11,3 (p<0,05) μm, II toifadagi 513.2±21.1 (p<0,05) μm,
III guruhdagi 587,2± 17,3 (p<0,05) mikronlarda edi.
Brolucizumab preparatini qo'llagandan so'ng 4 hafta o'tgach, I guruhdagi bemorlarda
o'rtacha to’r parda qalinligi 231,2±9,1 (p<0,05) μm; II guruhda o'rtacha to’r parda qalinligi
238,2±11,3 (p<0,05) μm; va III guruhdagi bemorlarda o'rtacha to’r parda qalinligi
218,2±12,3 (p<0,05) μm ga kamaydi.
Brolucizumab bilan intravitreal inyeksiyadan 8 hafta o'tgach, I guruh bemorlarining
ko'rish o’tkirligi 0,3±0,04 (p<0,05), II guruh bemorlari 0,4±0,05 (p<0,05), III guruhda esa
0,65±0,07 (p<0,05) oraliqida bo'lgan.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, Brolucizumabning birinchi inyektsiyasidan so'ng aniq
klinik va morfologik javobga erishilgan, so'ngra butun kuzatish davrida ijobiy dinamika
kuzatildi.
Xulosa:
Brolucizumab neovaskulyar YMD bilan og'rigan bemorlarda makulaning
ko'rish o’tkirligini va morfologik tuzilishini yaxshilandi va bu bemorlarga hayot sifati
holatini barqarorlashtirish uchun har 3 oyda ko’z tubini angio-OKT qilish va zarurat
tug’ilganda intravitreal dori vositasini.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Холикова, А. О., М. А. Мусаева, and Р. Х. Тригулова. "Оценка клинической
эффективности сакубитрила/валсартана у пациентов с хронической сердечной
недостаточностью с сопутствующим СД 2 типа."
Евразийский кардиологический
журнал
S1 (2019): 18.
2.
Халимова, З. Ю., Холикова, А. О., & Сафарова, Ш. М. (2016). Характеристика
случаев акромегалии среди населения Ферганской долины.
European research
, (10
(21)), 90-94.
