O‘zbеkistonda kichik biznеs sohasida invеstitsiya samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

Abstract

Maqolada, mamlakatda kichik biznes sohasida investitsiyalaming o'mi, ulardan foydalanish hamda uning samaradorligini oshirishga ta’sir ko'rsatuvchi omillar to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirilgan. Milliy iqtisodiyotda investitsiya samaradorligini oshirish uchun kerakli taklif va tavsiyalar berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
221-224
40

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Numondjonova, N. (2024). O‘zbеkistonda kichik biznеs sohasida invеstitsiya samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari . Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 221–224. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32303
Nargiza Numondjonova, Andijan Institute of Mechanical Engineering
base doctoral student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada, mamlakatda kichik biznes sohasida investitsiyalaming o'mi, ulardan foydalanish hamda uning samaradorligini oshirishga ta’sir ko'rsatuvchi omillar to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirilgan. Milliy iqtisodiyotda investitsiya samaradorligini oshirish uchun kerakli taklif va tavsiyalar berilgan.


background image

221

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3832-sonli qarori.
4. Dahlen, Micael. Marketing Communications: A Brand Narrative Approach. Chichester, West
Sussex UK: John Wiley & Sons Ltd, 2010 — 36bet.
5. Nielsen. Digital advertising is rising in Canada, requiring more sophisticated measures of
success. March 25, 2016.
6. Niyozovna, N. I. (2023). Ways to Increase the Competitiveness of Enterprises through Digital
Marketing Strategies. European journal of business startups and open society, 3(12), 154-157.
7. Niyozova, I. (2024). Improving the use of marketing strategies of enterprises in social
networks. Центр

научных

публикаций

(buxdu.uz), 45(45).

извлечено

от

https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/11592
8. “The 4 faces og digital marketing” American Marketing Association. August 22, 2019.
9.

Сайфуллаева, М. (2022). Инновационные маркетинговые решения и их эффективность в

определении ёмкости рынка строительной продукции. Центр научных публикаций (buxdu.
Uz), 25(25).
10. Sharapova N.R (2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy
forumi. Tadbirkorlik faoliyatida raqamli marketing tadqiqotlarining zarurati, 39-41. tatuff-epai.
11. Hakimov Z.A. Sharifhodjaev U.U. Interaktiv va raqamli marketing. O’quv qollanma. –Т.:
“Iqtisodiyot”, 2019 – 170 b.

O‘ZBЕKISTONDA KICHIK BIZNЕS SOHASIDA INVЕSTITSIYA

SAMARADORLIGIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR VA ULARNING

O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Numonjonova Nargiza Ashuraliyevna

Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti

nomonjonovanargiza7@gmail.com

.

Annatatsiya:

Maqolada, mamlakatda kichik biznes sohasida investitsiyalarning o‘rni,

ulardan foydalanish hamda uning samaradorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirilgan. Milliy iqtisodiyotda investitsiya samaradorligini
oshirish uchun kerakli taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Kichik biznes, investitsiyalar, investitsiya samaradorligi, investrlar,

investitsiya oqimi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, investitsiya muhiti, investitsiya
jozibadorligi.

Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish hamda barqaror o‘sishni

ta’minlashdagi eng asosiy omillardan biri bu investitsiyalardir.

Investitsiyalar – investor

tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari
ob

yektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga

bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob

yektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek

reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

- mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (chet el valyutasini), maqsadli bank

omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli
qog‘ozlarni;

- ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa

moddiy qimmatliklarni);
- intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi
tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik,
tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni [1].


background image

222

Bugungi kunda milliy iqtisodiyotda investitsiya faoliyatida iqtisodiy samaradorlikni

oshirish, ko‘rsatkichlarini aniqlash, ularga baho berish asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish
muhim ahamiyatga ega.

Investitsiya samaradorligi borasidagi tadqiqotlar umumiqtisodiy muammo sifatida

mamlakatimizning qator iqtisodchi olimlari tomonidan tadqiq etilib kelinmoqda. Shu o‘rinda,
biz avvalo iqtisodiyotda samaradorlik tushunchasining mazmun mohiyatiga to‘htalib o‘tsak.

Jumladan, samaradorlik tushunchasi bu- ishlab chiqarish jarayoni pirovard natijalarini

o‘zida aks ettiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida tushunilishi lozim. Iqtisodiy samaradorlik
mohiyati nafaqat ishlab chiqarish natijalari va xarajatlar o‘rtasidagi arifmetik raqamlar bilan,
balki foydali natijalarga erishish yo‘lida, xarajatlar miqdorini kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan
ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash munosabatlari orqali ifodalanadi. Ishlab chiqarish
samaradorligi xarajatlar va natijalar o‘rtasidagi arifmetik nisbatgina bo‘lmasdan, balki ishlab
chiqarish munosabatlarini aks ettiruvchi iqtisodiy atamadir[2].

Shu o‘rinda biz, kichik biznes sohasida investitsiya samaradorligi deganda quyidagicha

ta’rif berishimiz mumkin: “Mamlakatda amal qilayotgan qonunlarga rioya qilgan holda, yuridik
yoki jicmoniy shaxslarning bo‘sh tupgan pul mablag‘lari va boshqa qimmatliklaridan maqsadli
foydalanish, davlat kafolati asosida xoгijiy sarmoyalarni xo‘jalik faoliyatiga foyda olish
maqsadida yo‘naltirilishdir”.

Iqtisodiyotda kichik biznes sohasida ham investitsiyalardan foydalanish hamda uni

samaradorligini oshirish bugungi kunning muhim masalalaridan biridir. Shu o‘rinda korxona
darajasida investitsiyalar samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardir:
– korxona yuritayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligi;

samarali investitsiya siyosatining mavjudligi;

mahsulot sifati va raqobatbardoshligi;

asosiy vositalardan foydalanish darajasi va ishlab chiqarish quvvatlari;

– korxonada mavjud resurslardan foydalanishning oqilona darajasi;

korxona menejerlarining malakasi va korxona boshqaruvining mukammallik darajasi;

amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining sifati va samaradorligi[3].

М

amlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali

iqtisodiyotimizni barqarorlashtirish maqsadida investitsiyalarni keng jalb qilish, uni amalga
oshirishda eng ilg‘or tajribalardan foydalanish hamda investitsiya jarayonlarini jadallashtirish
yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

“O‘zbekiston

Respublikasini

yanada

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar stategiyasi to‘g‘risidagi” [4]
farmonida, investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish kabi
masalani belgilab bergan edi. Ushbu masalani amaliy natijasi sifatida birgina misol tariqasida,
kuyidagi natijalarni keltirishimiz mumkin: - “...2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli butun
dunyoda yuz bergan iqtisodiy pasayish va inqiroz sharoitida ham respublikamizda investitsiyalar
hajmi 2016 yilga qaraganda 4 barobar oshganini ko‘rish mumkin. Investiiyalarning o‘sish
dinamikasida faqatgina 2020 yilda o‘sish darajasi 3 foizni tashkil etganligi bevosita pandemiya
sharoiti bilan bog‘liqdir. Ammo, 2019 yildagi o‘sish 57,7 foiz bo‘lib, so‘nggi besh yillikdagi eng
yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 2021 yilda esa jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8
milliard 100 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan”[5].

Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimizda yillar davomida investitsiya oqimlarini muntazam

oshirib borishga qaratilgan investitsiya siyosati amal qilayotganligini ko‘rsatadi. Investitsiyalar
iqtisodiyot taraqqiyatining muhim omili sifatida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va
texnologik yangilanishlar va innovatsiyalarni rahbatlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda
aholi va korxonalar daromadini oshirishni ta’minlaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvatlagan holda ularni o‘z

huquqlarini belgilab beradigan, xususiy mulklarini himoya qiladigan qonunlar bazasi
yaratilganligi hamda investitsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmaning mavjudligi,


background image

223

xorijiy investitsiyalarni jalb qilishimizda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu kabi
yaratilayotgan sharoit va afzalliklar xorijiy investorlarni mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishlarini
yildan yilga ortib borishiga hamda ular tomonidan iqtisodiyotimizga kiritilayotgan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning xajmini ko‘payishi va samaradorligini oshishiga olib kelmoqda.
Bu degani, mamlakatimizda investitsiya samaradorligining ortishi kichik biznez va
tadbirkorlikning rivojlanishidagi muhim omildir va bu o‘z navbatida mamlakat iqtisodiy
barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Demak, mamlakatimizda olib borilayotgan bu kabi islohotlarning samarali ijrosini

ta’minlash orqali, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda hamda ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror o‘sishimizni ta’minlashimizda eng asosiy omillardan biri
bu shubxasiz, investitsiyalardir.

Bugungi kunda iqtisodiyotimizga to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb

qilish uchun bir qator qulay shart-sharoitlar mavjud. Biz ularni kuyidagi omillar asosida
keltirishimiz mumkin:

- siyosiy iqtisodiy barqarorlik;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning me’yoriy- huquqiy

asoslanganligi;

- qulay sarmoyaviy muhit va soliq siyosatining takomillashib borishi;
- boy material xom-ashyo bazasi va energetika mustaqilligi;
- qulay geografik joylashuvi;
- agrosanoat sektorlarini rivojlantirish uchun keng imkonyatlarning mavjudligi;
- iqtisodiy resurslarning arzonligi;
- aholining ma’lumotlilik darajasi hamda ishga layoqatliligi;
-katta xajmdagi tovar va xizmatlarni sotish bozorining mavjudligi va x.k.

Ushbu omillardan oqilona foydalanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga
mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni keng jalb qilgan holda investitsiya samaradorligi
oshirishimiz mumkin.

Hozirda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda “investitsiya muhiti” va “investitsion

muhit jozibadorligi”degan tushunchalar keng talqin qilinmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda har
bir investor u yoki bu mamlakatga o‘z sarmoyasini kiritayotganda birinchi navbatta o‘z e’tiborini
investitsiya muhitiga qaratadi va u mamlakatning investitsiya jozibadorligi esa o‘z navbatida
investor ishonchini kafolatlaydi.

Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimizki, bugungi kunda mamlakatimiz o‘ziga xos

investitsiya muhitini yarata oldi.

Fikrimizcha, endi bizdan talab etiladigan masala bu, xududlarda mavjud bo‘lgan

iqtisodiy resurslarning (xududiy boylik) cheklanganligi tufayli, ishlab chiqarish
imkoniyatlarimizni oshirishning eng samarali usuli resurslardan oqilona foydalanish va yukori
texnologiyaga asoslangan ko‘shimcha kapital resurslarni safarbar etishdir. Buning uchun esa,
xududlarda investitsion muhitni sog‘lomlashtirish hamda uning jozibadorligini yanada
oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro

yhati

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalarva investitsiya faoliyatito‘g‘risida” qonuni.

26.12.2019 yil.
2. I.Rajabov. “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida agroresurslar bozori muvozanati va ishlab
chiqarishning samaradorligi. Dis. iqtisod fanlari doktori. T.2006 y, 11bet.
3. O.T.Astanakulov “Investitsiya samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning
ta’sirini hisoblash yo‘llari”.“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. №
3, may-iyun, 2021 yil.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar stategiyasi to‘g‘risida”gi
7.02. 2017 yil, 4749-son farmoni 1-ilovasi 3.4.bandi.


background image

224

5. J.Jamolov. O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali
foydalanish yo‘llari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2022 yil
1-son.

BUYUMLAR INTERNETIGA QO‘YILGAN XAVFSIZLIK TALABLARI VA UNDA

QO‘LLANILADIGAN AUTENTIFIKATSIYALASH PROTOKOLLAR TAHLILI

Olimov Iskandar Salimboyevich

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

iskandar.olimov@mail.ru

Soatov Orif

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

soccersppt@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada buyumlar Interneti, unga qo‘yilgan xavfsizlik talablari,

unda qo‘llaniladigan autentifikatsiyalash protokollari va ularni tahlili ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Simsiz sensor va datchik tarmoq (Wireless Sensor and Actuator Network,

WSAN), autentifikatsiya,

MQTT (Message Queuing Telemetry Transport), CoAP (Constrained

Application Protocol).


Buyumlar Interneti inson va foydalanuvchilarning ko‘p maqsadlarini amalga oshiruvchi,

hamda apparat, yoki qurilmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlovchi rivojlanayotgan
texnologiyalar jamlanmasi hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buyumlar Internetiga
ko‘plab Simsiz sensor va datchik tarmoq (Wireless Sensor and Actuator Network, WSAN),
Radio chastotasini aniqlash (Radio Frequency Identification, RFID) tarmoqlari tarkibiy
elementlari sifatida rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi sifatida qarash mumkin. Bu
tushuncha dastlab 1999 yilda Kevin Ashton tomonidan taklif etilgan. 2001 – yilda Massachusets
texnologiya instituti (Massachusetts Institute of Technology, MIT ) tomonidan buyumlar
Internetini funksional imkoniyatlarini tushuntirib berildi. Ammo, buyumlar Interneti haqidagi
rasmiy ma’lumot 2005 - yil Xalqaro Telekomunikasiyalar Birlashmasi (International
Telecommunication Union) tomonidan e’lon qilindi [1]. Buyumlar Internetining asosiy maqsadi
obyektlar o‘rtasida avtomatik tarzda aloqani ta’minlash (ma’lumotni uzatish, qabul qilish, qayta
ishlash) kabi jarayonlarni Internet orqali amalga oshirish hisoblanadi va lokal tarmoqdagi
obyektlarni global tarmoqqa standart protokollardan foydalangan holda ulanish nazarda tutiladi

1-rasm. Buyumlar Interneti

Buyumlar Internetining xavfsizlik talablari.

Buyumlar Internetida tarmoq orqali

bajariladigan vazifalar aniq belgilangan standartlar orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga,
xavfsizlik talablari qo‘yilishiga qarab vaqt o‘tishi bilan tarmoq qurilmalarining imkoniyatlari
takkomillashtirilib boriladi.

References

O'zbekiston Respublikasining “Investitsiyalarva investitsiya faoliyatito'g'risida” qonuni. 26.12.2019 yil.

I.Rajabov. “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida agroresurslar bozori muvozanati va ishlab chiqarishning samaradorligi. Dis. iqtisod fanlari doktori. T.2006 y, 1 Ibet.

O.T.Astanakulov “Investitsiya samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir ctuvchi omillar va ulaming ta’sirini hisoblash yo‘llari”.“Iqtisodiyot va innovatsion tcxnologiyalar” ilmiy elcktron jumali. №

, may-iyun, 2021 yil.

O'zbckiston Rcspublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoycvning “O'zbekiston Rcspublikasini yanada rivojlantirishning bcshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha Xarakatlar statcgiyasi to‘g‘risida”gi 7.02. 2017 yil, 4749-son farmoni 1-ilovasi 3.4.bandi.

J.Jamolov. 0‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalami jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yo‘llari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jumali. 2022 yil 1 -son.