MIAKARD INFARKTI : REBILITATSIYASI VA PROFILAKTIKASI

Abstract

Ushbu maqolada miokard infarkti sabablari, klinik kechishi, diagnostikasi va davolash usullari yoritilgan. Shuningdek, infarktdan keyingi reabilitatsiya bosqichlari va samarali profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, reabilitatsiya jarayoni bemorning hayot sifatini yaxshilash va takroriy infarkt xavfini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Profilaktik chora-tadbirlar esa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olishda samarali usul sifatida tavsiya etiladi

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.15092194
CC BY f
246-250
47

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kenjayev , Y., & Muhammadiyev , B. (2025). MIAKARD INFARKTI : REBILITATSIYASI VA PROFILAKTIKASI. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 3(3), 246–250. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/76866
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada miokard infarkti sabablari, klinik kechishi, diagnostikasi va davolash usullari yoritilgan. Shuningdek, infarktdan keyingi reabilitatsiya bosqichlari va samarali profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, reabilitatsiya jarayoni bemorning hayot sifatini yaxshilash va takroriy infarkt xavfini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Profilaktik chora-tadbirlar esa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olishda samarali usul sifatida tavsiya etiladi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

246

https://universalpublishings.com

MIAKARD INFARKTI : REBILITATSIYASI VA PROFILAKTIKASI

Kenjayev Yodgor Mamatqulovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti katta o’qituvchisi

Muhammadiyev Boburbek Olim o`g`li

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi 22\01

guruh talabasi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada miokard infarkti sabablari, klinik kechishi,

diagnostikasi va davolash usullari yoritilgan. Shuningdek, infarktdan keyingi
reabilitatsiya bosqichlari va samarali profilaktika choralariga alohida e’tibor
qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, reabilitatsiya jarayoni bemorning
hayot sifatini yaxshilash va takroriy infarkt xavfini kamaytirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Profilaktik chora-tadbirlar esa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining
oldini olishda samarali usul sifatida tavsiya etiladi.

Kalit so’zlar :

Miokard infarkti , reabilitatsiya, profilaktika , koronar , ateroskleroz

, yurak ishemik kasalligi

Muammoning dolzarbligi :

Miokard infarkti koronar arteriya kasalligining eng

og’ir ko’rinishi bo’lib , u har yili AQShda 2,4 milliondan ortiq , Yevropa va Osiyoda
4 milliondan ortiq insonlar o’limiga sabab bo’ladi . So’nggi 10 yilliklarda zamonaviy
davolash usullaridan foydalanish va turmush tarzini o’zgartirish orqali o’lim sezilarli
darajada kamayadi . Biroq miokard infarkti global miqyosda o’limga hali -hamon
sabab bo’lmoqda .

Miokard infarkti – bu yurak toj arteriyalarining tromb bilan berkilib qolishi yoki

ularning siqilishi oqibatida , yurakni muskul qavatini qon bilan taminlanishini
buzulishi natijasida yurak muskul qavatini nekrozga (mahalliy o’limga )uchrashi . Bu
kasallik bilan 45 -60 yoshdagi kishilar kasallanadi . Erkaklar ayollarga nisbatan
miokard infarkti ko’p chalinadilar , 40 -50 yoshdagi erkaklar besh barobar ko’p kasal
bo’lishadi . Keyingi yillarda miokard infarkti kasalligi tobora ko’payib boryapti .
Ayniqsa , 45-60 yoshdagi kishilar o’rtasida miokard infarkti ko’p uchramoqda .
Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko’p chalinadilar . 40-50 yoshdagi
erkaklarda besh barobar ko’p kasal bo’ladilar . Ayollar erkaklarga nisbatan o’rta
hisobda 10 -15 yil kech kasal bo’ladilar . 40 yoshga to’lmagan navqiron kishilar orasida


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

247

https://universalpublishings.com

ham miokard infarktiga uchraydiganlar ko’p . Miokard infarkti aksariyat ateroskleroz
, gipertoniya , qandli deabet bilan kasallanganlarda ko’proq kuzatiladi .

Miokard infarkti 97-98 % bemorlarda yurak toj qon tomiri ateroklerozga

chalinganda bo’ladi . Yurak toj qon tomirining tiqilib qolishiga arterosklerotik
pilakchalaming yara bo’lishi , ularga qonquyilishi hamda qonning ivish jarayoni
buzilishi sabab bo’ladi . Yurak toj qon tomirining o’tkir siqilishi uzoq vaqt davom etsa
, miokard infarkti ro’y beradi .Qonsizlangan miokard infarkti uchastkalari simpatik
nerv tolalarini qo’zg’atatadi . Miokard infarktining rivojlanishiga aterosklerotik
pilakcha kapsulasining yorilishiga sabab bo’ladi . Aterosklerotik pilakcha
kapsulasining yorilishiga pilakcha yadrosining nisbatan kattalligi va uning
“yumshoq” ( hujayra tashqarisida lipidlarning va suyuq xolesterining ko’p bo’lib ,
kollagenning kamroqligi ) bo’lishi , pilakcha kapsulasining yupqaligi va unda kollagen
kamroq bo’lishi , unda makrofaglar ishtirokida yallig’lanish rivojlanganligi sabab
bo’ladi . Pilakcha yorilgandan so’ng uning ichidagi moddalar qon bilan qo’shilishib
trombotsitlar agregatsiyasi rivojlanadi . Qon ivishi tizimi omillari faollashadi . Fibrin
, eritrotsitlar qo’shilib yaxlit tromb hosil qiladilar . Yurak toj tomirining bekilib qolishi
miokard nekrozi , ko’proq chap qorincha devorida rivojlanadi . Miokarddagi nekroz
tufayli yurakning sistolik va distolik faoliyati buziladi .

Bemorning miokard infarkti boshlanishidan oldingi ahvoli quydagicha bo’ladi :

Bemor yuragi oldida ilgari bo’lmagan tez -tez og’riqni seza boshlaydi .
Stenokardiyaning birlamchi xurujida :ilgari bo’lib yurgan stenokardiya xuruji davomli
, kuchli og’riq bilan o’tadi . Og’riq xurujlari faqat zo’riqqanda emas , balki tinch
turganda ham bo’laveradi . Nafas qisishi , hansirash , yurakning notekis urushi ,
holsizlik qo’shiladi .Bunday bemor kardiologiya bo’limiga yotqizilib davolansa , unda
miokard infarkti rivojlanmasligi , miokard infarkti sodir bo’lgan taqdirda ham infarct
hajmi kichik o’choqli bo’lishi mumkin . Miokard infarktining boshlanishiga , undagi
belgilarning rivojlanishiga qarab quydagicha klinik xillari ajratish ,mumkin .

Miokard infarktining takrorlanishi .

Miokard infarktini boshdan o’tkazgan

bemorlar infarct bilan takroran kasal bo’lishlari mumkin . Takror infarkt deb , birinchi
marta miokard infarktini o’tkazgandan keyin 8-12hafta Ichida miokardda paydo
bo’ladigan yangi nekroz o’choqlariga aytiladi . A . L . Sirkin 1981-yili rivojlangan
miokard infarktidan 72 soatdan keyin 8 hafta ichida sodir bo’ladigan yangi miokard
infarkti o’choqlarini takroriy miokard infarkti deb hisoblaydi . Takroriy miokard


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

248

https://universalpublishings.com

infarktiga chalingan bemorlarning ahvoli og’ir bo’ladi . Ularda yurak – tomirlar
yetishmovchiligi , yurakning maromsiz urushi rivojlanadi .

Miokard infarktining asoratlari .

Miokard infarktining o’tkir davrida 10 – 15% kasallarda shok kuzatiladi . Yurak

miokardi shikastlanishi tufayli shok uch xil bo’ladi .


2 . Haqiqiy
3 . Aritmik yurakning maromsiz urishi tufayli .
Shok diagnozini qo’yishda quyidagi belgilarga tayansa bo’ladi :
1 . Arterial qon bosimining past bo’lishi , sistolik bosimning 80 mm simob ustuniga

, diastolic bosimining 50 – 40 mm sim . ust . ga teng yoki undan kam bo’lishi , qon
bosimi yuqori bo’lgan kishilarda , qon bosimi shok bo’lganda 95 – 120 mm sim .
ustuniga tushib ketishi . Arterial qon bosimi umuman aniqlanmasligi mumkin

2 . Puls qon bosimini 30 mm simob ustunidan tushib ketadi ( oliguriya )
4 . Bemorning yuz terisi , badani oqarib ketadi , sovuq yopishqoq ter chiqadi . Tomir

urishi zo’rg’a aniqlanadi yoki aniqlanmaydi . Shok keltiruvchi sabablardan asosiysi
yurak qisqarish faoliyatining birdan yetishmovchiligidir . Miokard infarkti tufayli
bo’lgan nekroz bunga sababchidir .

Davosi
Miokard infarktining davosi maxsus tez yordam mashinalar brigadasida ,

shifoxonalarda , poliklinikada , sihatgohlarda o’tkaziladi . Bemor kasalxonaga
keltirguncha unga tezlik bilan yordam ko;rsatish zarur . Og’riq qoldiruvchi , yurak
urushi tezligini pasaytiruvchi dorilar qo’llaniladi . Bemor shifoxonaning reanimatsiya
bo’limiga yotqiziladi . O’rinda qimirlamay yotish ,psixik , jismoniy osoyishtalik ta’
min etiladi . Og’riqni qoldirish uchun teri ostiga 1ml 2%li promedol . 1 – 2 ml 1%li
morfin (morfinning qo’shimcha tasiriga yo’l quymaslik uchun 0,5 ml 0,1 %li atropin
sulfat ) yuborish lozim .

Miokard infarktining turli xil joylashishlarida elektrokardiografiyadagi o’zgarishlar

. Miokard infarktining yurak mushaklarining turli soxalarida joylashishining EKG
belgilarida to’xtalishdan oldin ularning qon bilan taminlashishini qisqacha bayon
qilishni maqsadga muvofiq deb topdim . Chunki bunday yondoshish yuz berayotgan
patologik jayonlarni aniqlashni yengillashtiradi . Ma’lumki , yurak chap toj
arteriasining oldingi qorinchalararo shoxi , uning aylanib o’tuvchi shoxi va uni toj
arteriyasi orqali qon bilan taminlanadi .


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

249

https://universalpublishings.com

Chap qorincha arteriyasining oldingi qorinchalararo shoxi , asosa , qorinchalararo

to’siqning oldingi qismini , cho’qqi va qisman pastga diafragma sohasining qon bilan
taminlaydi . Uning aylanib o’tuvchi shoxi chap qorinchaning oldingi yuqori , yon
xamda orqa bazal sohalarini qon bilan taminlaydi . Binobarin , ushbu tomirlarda qon
aylanishi buzilganda , qayd etilgan sohalarda miokard infarkti rivojlanadi .

O’ng toj arteriyasi o’ng qorinchaning , qorinchalararo to’siqni orqa qismini , chap

qorinchaning pastki diafragmal va qisman orqa bazal sohalarini qon bilan taminlaydi
. Uning toj arteriyasida va uning uzanglarida qon aylanishining buzilishi sanab o’tilgan
sohalarda miokard infarkti rivojlanishiga sabab bo’ladi . Quyda miokardning Q
tishchali infarkti bilan ko’p zararlanadigan sohalariga xos bo’lgan EkGdagi
o’zgarishlarga tuxtalib chiqamiz .

Q tishchasiz miokard infarktida EKG da kuzatiladigan o’zgarishlar .

Miokard

infarktining ushbu turida uzoq davom etuvchi o’tkinchi qon aylanishning buzilishi
oqibatida yurak mushaklarida kichik o’lchamli nekroz o’choqlari , ishemik
shikaslanish va ishemiya yuzaga keladi . Q tishchasidan farqli ravishda kichik nekroz
uchoqlari yurakda qo’zg’alish tulqinlari tarqalish jarayonlarida o’zgarishlar
chaqirmaydi . Shu sababli qorinchalar kompleksida Q yoki QS ko’rinishdagi
uzgarishlar kuzatilmaydi . Q tishchasiz miokard infarktining asosiy belgisi yurak
mushaklarida ishemik shikaslanish soxasi va ishemiya mavjudligini tasdiqlovchi RS
– T segmenti va Ttishchadagi o’zgarishlar hisoblanadi . Ko’proq bevosita zararlangan
soha musbat elektrodlari ustida RS – T segmenti depressiyasi va (yoki )manfiy koronar
T tishchasi qayd etiladi . Ayrim hollarda manfiy qismi yaqqol namoyon bo’lgan ikki
fazali T tishchasi yoki V 1-3 da resiprok baland T tishlari aniqlanadi .

EKGdagi sanab o’tilgan uzgarishlar ko’proq uzoq va intensiv davom etgan

stenokardiya hujayralarida keyin kuzatiladi . undan so’ng 3 – 5 hafta davomida ijobiy
dinamika paydo bo’lib , EKGdagi uzgarishlar to’liq meyoriga qaytadi . Q tishchasiz
miokard infarktiga chalingan bemor EKGsi dinamikasiga keltirilgan . Q tishchasiz
miokard infarktida miokardning qaysi sohasida shikaslanish joylanishiga bog’liq
holda unga xos belgilar Q tishchaligidagi kabi EKG malum bir tarmoqlarida
kuzatiladi .

Xulosa:

Miokard infarkti – zamonaviy tibbiyotda dolzarb muammolardan biri bo‘lib, uning

o‘z vaqtida aniqlanishi va to‘g‘ri davolash bemorning hayotini saqlab qolishda katta
rol o‘ynaydi. Reabilitatsiya jarayonining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

250

https://universalpublishings.com

bemorning funksional imkoniyatlarini tiklashga va qayta kasallanish xavfini
kamaytirishga yordam beradi. Profilaktika choralari, xususan, sog‘lom turmush tarziga
rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish va muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tish,
yurak kasalliklarining oldini olishda asosiy omil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. "Yurak-qon tomir

kasalliklarini oldini olish va davolash bo‘yicha klinik tavsiyalar". Toshkent, 2022.

2. Braunvald E. "Heart Disease: A Textbook of Cardiovascular Medicine". Elsevier,

2020.

3. WHO. "Cardiovascular Diseases Prevention and Control". Geneva, 2021.
4. Yusuf S., Reddy S., Ounpuu S. "Global Burden of Cardiovascular Diseases".

Circulation, 2019.

5. O‘zbekiston Kardiologiya Ilmiy-Tadqiqot Instituti materiallari, Toshkent, 2023.

References

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. "Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va davolash bo‘yicha klinik tavsiyalar". Toshkent, 2022.

Braunvald E. "Heart Disease: A Textbook of Cardiovascular Medicine". Elsevier, 2020.

WHO. "Cardiovascular Diseases Prevention and Control". Geneva, 2021.

Yusuf S., Reddy S., Ounpuu S. "Global Burden of Cardiovascular Diseases". Circulation, 2019.

O‘zbekiston Kardiologiya Ilmiy-Tadqiqot Instituti materiallari, Toshkent, 2023