Zamonaviy o’zbek mahallalarida ijtimoiy o’zgarishlar.

Annotasiya

Yangi  O’zbekistonda mahallalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mustaqillik yillarida yurtimizda mahalla tizimida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirildi. Xalqimiz ongi, dunyoqarashi o’zgardi.  Rivojlanayotgan yangi O’zbekistonda mahallaning o’rni beqiyos, albatta. Prezident SH. M Mirziyoyev tomonidan mahalla tizimini isloh qilish bo’yicha bir qancha farmon va qarorlar qabul qilindi va amaliyotga joriy qilinmoqda. 

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://zenodo.org/records/13988099
CC BY f
284-294
33

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sadullayev , U. (2024). Zamonaviy o’zbek mahallalarida ijtimoiy o’zgarishlar. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(10), 284–294. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/59601
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Yangi  O’zbekistonda mahallalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mustaqillik yillarida yurtimizda mahalla tizimida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirildi. Xalqimiz ongi, dunyoqarashi o’zgardi.  Rivojlanayotgan yangi O’zbekistonda mahallaning o’rni beqiyos, albatta. Prezident SH. M Mirziyoyev tomonidan mahalla tizimini isloh qilish bo’yicha bir qancha farmon va qarorlar qabul qilindi va amaliyotga joriy qilinmoqda. 


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

284

https://universalpublishings.com

Zamonaviy o’zbek mahallalarida ijtimoiy o’zgarishlar.

Sadullayev Umidjon Shokir o’g’li

Osiyo xalqaro universiteti, Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya.

Kirish:

Yangi O’zbekistonda mahallalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga

ko’tarildi. Mustaqillik yillarida yurtimizda mahalla tizimida misli ko’rilmagan
o’zgarishlar amalga oshirildi. Xalqimiz ongi, dunyoqarashi o’zgardi.
Rivojlanayotgan yangi O’zbekistonda mahallaning o’rni beqiyos, albatta. Prezident
SH. M Mirziyoyev tomonidan mahalla tizimini isloh qilish bo’yicha bir qancha
farmon va qarorlar qabul qilindi va amaliyotga joriy qilinmoqda.

Maqsad:

O’zbekistondagi mahalla tuzilmasida olib birilayotgan islohotlar va

ularning samarasi xususida ilmiy tadqiqot olib borish natijasida, sohadagi
yangilanishlar natijalarini tahlil qilish.

Materiallar va metodlar:

Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, tavsifiy va qiyosiy tahlil

hamda dala tadqiqot usullaridan keng foydalanildi.

"Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va

kambag’allikni qisqartirish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari
to’g’risida”gi prezident farmoni, Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi prezident qarori, ”Oila va xotin-
qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirish chora –tadbirlari tog’risida”gi prezident farmoni.

Xulosa:

Xokim yordamchilari, mahalla yetakchilari, soliqchi, ijtimoiy xodim

har bir mahallada ish faoliyatlarini boshladilar va aholining farovonligiga o’z
hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Yurtimizda mahalla tizimida bo’layotgan
islohotlarni boshqarish va nazorat qilish maqsadida Mahallabay ishlash va
tadbirkorlikni rivojlanirish agentligi tashkil etildi. Yuqorida nomlari sanab o’tilgan
lavozimlaarning oylik maoshlari yuqori qilib belgilab qo’yildi. O’z ishida faol,
mahalla tizimidagi islohotlarda jonbozlik ko’rsatgan xokim yordamchilariga “Yangi
O’zbekiston islohotchisi “ko’krak nishoni bilan taqdirlanishi belgilab qo’yildi.

Kalit so’zlar:

mahalla, islohotlar, urf-odat, yoshlar yetakchisi, xokim

yordamchisi, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi.

Modern mahalla as an object of ethnological research.

Sadullayev Umidjon Shokirovich

Teacher of the Department of History and Philology


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

285

https://universalpublishings.com

Asia International University

Abstract.
Introduction

: In new Uzbekistan, attention to mahallas has risen to the level

of state policy. During the years of independence, unprecedented changes were made
in the mahalla system in our country. The consciousness and outlook of our people
have changed. The role of the mahalla in the new, developing Uzbekistan, of course,
is incomparable. President Sh. A number of decrees and decisions on the reform of
the neighborhood system were adopted by M. Mirziyoyev and are being put into
practice.

Purpose

: to analyze the results of the reforms in the neighborhood structure

in Uzbekistan and the results of scientific research on their effectiveness.

Materials

and

methods

:

Historical-comparative,

descriptive

and

comparative analysis and field research methods were widely used in the research.

Presidential decree "On the priorities of the state policy on developing

entrepreneurship in the mahalla, ensuring employment and reducing poverty, and on
measures to fundamentally improve the system of working with youth in the
neighborhood" presidential decree, "On measures to improve the system of working
with family and women, supporting the mahalla and religious".

Conclusion

: Hokim yordamchilari, community leaders, tax collector, social

worker have started working in each neighborhood and are contributing to the well-
being of the population. In order to manage and control the reforms taking place in
the mahalla system in our country, the Neighborhood Work and Entrepreneurship
Development Agency was established. The monthly salaries of the positions listed
above have been set high. It was decided to award the "New Uzbekistan reformer"
badge to the deputy governors who are active in their work and have shown
enthusiasm in the reforms of the neighborhood system.

Key words

: mahalla, reforms, tradition, youth leader, governor`s assistant,

social worker, youth leader.

Современная махалля как объект этнологического исследования.

Садуллаев Умиджон Шакирович

Преподаватель Кафедры «Истории и филологии»

Азиатский Международный университет

Бухара, Узбекистан

Аннотация.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

286

https://universalpublishings.com

Введение

: В новом Узбекистане внимание к соседям поднялось до

уровня государственной политики. За годы независимости в нашей стране в
системе соседства произошли беспрецедентные изменения. Сознание и
мировоззрение нашего народа изменились. Роль соседства в новом,
развивающемся Узбекистане, конечно, бесподобна. Президент Ш.
М.Мирзиёевым Ряд указов и решений по реформированию системы
микрорайонов был принят и реализуется на практике.

Цель:

проанализировать

результаты

реформ

в

структуре

добрососедства в Узбекистане и результаты научных исследований их
эффективности.

Материалы и методы:

В исследовании широко использовались

историко-сравнительный, описательно-сравнительный анализ и полевые
методы исследования.

Указ Президента «О приоритетах государственной политики по

развитию предпринимательства в махалле, обеспечению занятости и
сокращению бедности, а также о мерах по коренному совершенствованию
системы работы с молодежью махалли» Указ Президента «О мерах по
совершенствованию системы работа с семьей и женщинами, поддержка
соседей и интеллектуалов».

Вывод:

Помощники хокима, общественные деятели, сборщик налогов,

социальный работник начали работать в каждом населенном пункте и вносят
свой вклад в благосостояние населения. В целях управления и контроля
реформ, происходящих в системе соседства в нашей стране, было создано
Агентство по соседской работе и развитию предпринимательства.
Ежемесячная заработная плата на перечисленных выше должностях
установлена выше. Было решено наградить знаком «Новый Узбекистан
реформатор» заместителей хакима, активно работающих и проявивших
энтузиазм в реформировании системы соседства.


Ключевые слова: махалля, реформы, традиции, молодежный лидер,

помощник хакима, социальный работник, молодежный лидер.

Bugungi globallashuv jarayonida , XXI asrda dunyoning turli mintaqalarida

kechayotgan kuchli ijtimoiy-iqtisodiy bo‘hronlar sharoitida xalqning azaliy urf-


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

287

https://universalpublishings.com

odatlari beshigi bo‘lgan mahalla tizimini taqdiq etish har qachongidan ham dolzarb
masala hisoblanadi. Bugun dunyo mamlakatlarida kechayotgan ijtimoiy begonalashuv
sharoitida bu masala tadqiqi muhimligi yanada oydinlashadi. Uzoq tarixni har
tomonlama o`rganish orqali, Vatanga, asrlar davomida osha o`z qadr qimmatini
yo`qotmagan qadriyatlar, urf odatlarimizga, ajdodlar merosiga umuman olganda
o`tmish tariximizga hurmat, mehr oqibat va ayni paytda ertangi kunimizga ishonch
paydo bo`ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yuz berayotgan islohotlar va ijobiy
o‘zgarishlar hayotning barcha sohalariga jadal rivojlanmoqda. Davlatning faol ichki
siyosati tufayli xalqimizga barcha sohalarda yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar
aholiga boshqaruv jarayonlarida, avvalo, mahalliy bo‘g‘inida faol ishtirok etish
imkoniyatini berdi. Bu esa fuqarolik jamiyati qurish sharoitida mahalla institutining
davlat va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni baland ekanligini ko‘tsatadi. Shu boisdan,
an’anaviy mahalla tuzilmasining o‘zbek xalqi turmush tarzidagi, ijtimoiy va madaniy
hayotidagi, oila va jamiyat hayotidagi o‘rnini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etish
ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakat Prezidenti “... bugun mahalla
katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi zarur. Chunki faollar, ko‘pni ko‘rgan
oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan bigalikda har
qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga
qodirdir

1

, - deb ta’kidlaganligi ushbu tuzilmaning jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos

ekanligidan dalolat beradi

.

Hozirgi globallashuv jarayonida, mahalla jamiyat

hayotining barcha sohalarida ijtimoiy institut sifatida yanada rivojlanib bormoqda.
Qadimdan mahalla mahalliy hokimiyatning ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan. O‘lkamiz
tarixi haqida eng qadimgi manba hisoblanmish “Avesto”da ham oilalarning ma’lum
hududda uyushib yashaganligi haqida ma’lumotlar bor

2

. IX asr tarixchisi Muhammad

Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Buxoroda ko‘plab mahallalar, guzarlar mavjud
bo‘lganligi haqida yozadi

2

. Yurtimizning turli joylaridagi mahallalar hududiy o‘ziga

xosliklarga ega. Buxoro shahri mahallalari vujudga kelishi va tarixiga bag‘ishlangan
O.A.Suxarevaning asarlari anan’anaviy o‘zbek mahallalari tarixiga bag‘ishlanganligi
bilan diqqatga sazovordir.

3

Qadimdan o‘zbek mahallalari jamiyat ijtimoiy hayotining

tayanchi bo‘lgan, xususan, istiqlol yillarida o‘z-o‘zini boshqarish organlari tizimini
isloh qilish ,ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga

1

Mahalla tinchlik va osoyishtalik obodlik va farovonlik markaziga aylanadi.// O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev

raisligida 12-fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish,mahallalarda tinchlik osoyishtalik mustahkamlash,jinoyatachilikni
oldini olish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’lishi//Xalq so‘zi.N32.-Toshkent,2020.

2

Авесто тарихий-бадиий ёдгорлик /Асқар Маҳкам таржимаси. – Тошкент:Шарқ,2001.-B.34

2

Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан- Наршахий.Бухоро тарихи.-Тошкент,1993.-B.45-67

3

Сухарева О.А Квартальная обшина позднефеодального города Бухары.-Москва:Наука,1978.-С.22


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

288

https://universalpublishings.com

oshirildi. Mahalla tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mahalla-
taraqqiyot poydevori bo‘lib xizmat qilyapti. Bugungi kundagi zamonaviy mahallada
hokim yordamchisi,yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli kabi lavozimlar joriy qilindi.
Ular bevosita prezidentning joylardagi vakili sifatida mahalla aholisining o‘ziga
tegishli qatlamlari bilan faoliyat olib boradilar. Bevosita mahalla hayotidagi ijtimoiy
muammolarni yechishda joylarda jonbozlik ko‘rsatadilar. Yuqoridagi lavozimlarning
faoliyatini tartibga solish maqsadida huquqiy asos ham yaratildi. Jumladan,
“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish,aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni
qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi prezident
farmoni, “Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi prezident qarori, “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla
va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi prezident farmoni

1

.Mahalla yoshlarini ilm-fanga va kasb-hunarga

yo‘naltirishda, ishsizlarni ish bilan ta’minlash va bandlikka ko‘maklashish
masalalarida muhim ijtimoiy obyekt hisoblanadi. Aholi muammolarini hal
etish,tadbirkorlikni

rivojlantirish,

yoshlar

bilan

ishlash

tizimini

tubdan

takomillashtirish, oila va xotin-qizlar masalalari–bugungi kundagi zamonaviy
mahallalarning muhim ijtimoiy muammolari hisoblanadi. Yuqoridagi masalalar bilan
ishlashning samarali tizimini yaratish maqsadida har bir mahallada “Temir daftar”,
”Ayollar daftari”, ”Yoshlar daftari” shakllantirildi.

“Temir daftar –ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti o‘g‘ir hamda sektor

rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini
aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

“Ayollar daftari – ijtimoy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga,

bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning
muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar
bazasi. Ushbu daftarga kiritish bo‘yicha xotin-qizlar faoli amaliy ishlar olib boradi,
ma’lumotlar bazasini yaratadi va nazoratini olib boradi.

“Yoshlar daftari” - ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash, bilim va

kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini
aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib boorish bo‘yicha ma’lumotlar
bazasi.Yuqorida sanab o‘tilgan ma’lumotlar bazalari mahallalardagi ijtimoiy
muammolarni hal etish jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi.

1

“Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi prezident farmoni

.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

289

https://universalpublishings.com

Mahalla jamiyatimizning mustahkam poydevori, aholi muammolarini hal

etishning muhim mexanizmiga aylanayapti.

Aholi muammolarini hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bilan

ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida “mahallabay”, ”xonadonbay”,
”fuqarobay” ishlash tizimi joriy qilindi. Joriy yil hokim yordamchisi, yoshlar
yetakchisi, xotin-qizlar faoli lavozimlari joriy qilindi. Har bir lavozimga munosib
oylik maoshlari belgilandi. Mahallalarda yangi lavozim egalarining amalga
oshirishi kerak bo’lgan vazifalari belgilab qo’yildi.

Quyidagilar hokim yordamchisining asosiy vazifalari va faoliyat

yo’nalishlaridir.

1. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni “xonadonbay” o’rganish
2. Doimiy daromadga ega bo’lmagan ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-

qizlarning qiziqishlarini o’rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka
o’rgatuvchi o’quv markazlariga yo’naltirish hamda o’qishni tamomlagan
bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish

3. Mahallada istiqomat qiluvchi aholining oillaviy tadbirkorligini

rivojlantirish

4. Aholi tomorqalaridan foydalanishni samarali tashkil etish
5. Mahalladagi mavjud bo’sh ish o’rinlari hamda xo’jalik yurituvchi

subyektlarning mavsumiy ishchilarga bo’lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni
birinchi navbatda “temir daftar” va “yoshlar daftari” kiritilgan yoshlar va xotin-
qizlarni bo’sh ish o’rinlariga joylashtirish hamda haq to’lanadigan jamoat ishlariga
jalb etish.

Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalaridir.
1. Yoshlar balansini shakllantirish, yoshlar to’g’risidagi zarur ma’lumotlarni

“Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular
bilan samarali ish tashkil qilish

2. Mahallada yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish
3. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarni

rag’batlantirish hamda hayotda o’z o’rnini topishlariga ko’maklashish

4. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual

jihatdan kamol toptirish

5. Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo’lgan yoshlar bilan tizimli ishlash,

jazoni ozod etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o’quv –tarbiya


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

290

https://universalpublishings.com

muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya
qilinishi va moslashuviga ko’maklashish1

Mahalladagi xotin – qizlar faolining asosiy vazifalari quyidagilardir.
1. Xotin-qizlarni mahallalar va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan

qo’llab – quvvatlash, ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini
yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani
shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni
mustahkamlash bo’yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

2. Xotin-qizlarning tadbirkorlik g’oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga

kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo’yicha mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni
qisqartirish bo’yicha tuman xokim yordamchisi bilan hamkorlik qilish;

3. ”Ayollar maslahat kengashlari” bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga

muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka o’qitish, biznesga oid namunaviy rejalrni
ishlab chiqish va kredit olishda ularga ko’maklashish, ”Ayollar daftari”ga kiritilgan
xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish;

4. ”Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga

oshirish;

5. Xotin-qizlarning muammolarini o’z vaqtida aniqlash og’ir ijtimoiy ahvolga

tushib qolgan xotin –qizlar, jumladan, nogironligi bo’lgan ayollar bilan yakka
tartibda hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlarni olib borish , ularga ijtimoiy-
huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko’rsatish ishlarini tashkil etish2

Bundan tashqari mahallalardagi kam ta’minlangan , boquvchisini yo’qotgan

ayollar bilan ishlash xotin-qizlar faoli lavozimining asosiy vazifalaridan biri qilib
belgilandi. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik, qo’llab quvvatlashga bilim va
kasb o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan, ishsiz xotin-qizlarning
muammolarini aniqlab ularni “Ayollar daftari”ga kiritish bo’yicha ham xotin-qizlar
faoli amaliy ishlar olib boradi. ”Ayollar daftari” bo’yicha ma’lumotlar bazasini
yaratadi va nazoratini olib boradi.

Yangi O’zbekistonda mahalla boshqaruvida yoshlar bilan ishlashning o’ziga

xos tizimi yaratilmoqda, unga ko’ra yoshlar to’g’risidagi ma’lumotlar “Yoshlar
daftari”, “Yoshlar portal” electron platformalariga kiritilib, ular bilan samarali
ishlash tashkil etilgan. Ma’lumotlarga qaraganda maktabni bitirib, uyda ishsiz
qolayotgan yoshlar orasida ayollar salmog’i ancha yuqori 51 foizni tashkil etadi. 18


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

291

https://universalpublishings.com

yoshga yetgan dan keyin ushbu k’rsatkich yanada yuqorilab 71 foizga yetmoqda

1

.

Joriy 2023-yilda Buxoro viloyatida 534 ta maktablarda 21 ming 944 ta yosh
maktabni tugatib, kata yo’lga qadam qo’ymoqda. Bu yoshlar bilan manzilli ishlash
yoshlar yetakchisi zimmasida bo’ladi. Yoshlar bo‘sh vaqt deganda ishdan (mehnat
faoliyatidan) tashqari vaqtni (34,1 %), dam olish vaqtini (19,1 %), o‘qishdan ortgan
vaqtni (17,3 %), uy ishlaridan ortgan vaqtni (16,4 %), bekorchilik vaqtini (7,3 %) va
faqatgina 11,8 % i biror ishni bajarish uchun oldindan rejalashtirilgan vaqtni
tushunadi. Demak, yoshlar orasida kundalik hayotni rejalashtirishda qator
tushunmovchiliklar mavjudki, bu holat ular orasida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash rejasi
mavjud bo‘lmagani bois, aksariyat holatlarda mazkur vaqtdan hech qanday
samaraga erishilmasligi bilan tugaydi. Bunda mehnat faoliyatida ham ko‘pincha ijro
intizomiga rioya qilmaslik ham taqsimotdagi boshqa vazifalarning umuman
rejalashtirilmay qolishi va amalga oshirilmasligiga olib keladi. Statistik
ma’lumotlarga qaraganda, sotsiologlar tomonidan XX asr oxirlarida yoshlarning
bo‘sh vaqtdan samarali foydalanishning 500 dan ortiq turi hisoblab chiqilgan.
Yoshlarning aksariyati bo‘sh vaqtini uyda (79,4 ), ma’lum bir qismi esa uydan
tashqarida (20,6 %) o‘tkazadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlarning 74,4 % i
bo‘sh vaqtida bajaradigan ishlarni oldindan rejalashtiradi, 25,6 % i esa vaziyat va
sharoitga qarab yo‘l tutar ekan. Yoshlar bo‘sh vaqtlarini kitob o‘qishga (25,5 %),
yosh oilalarda esa farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishga (20,5 %), do‘st va yaqinlar
bilan o‘tkazishga (18,6 %), shuningdek, ko‘pchilik yoshlar o‘z bo‘sh vaqtini Internet
tarmoqlarida (18,2 %) o‘tkazsa, ayrimlari televizor ko‘rish yoki radio tinglash (17,7
%) uchun sarflaydi

1

. Bunda o‘z ustida ishlaydigan, a’lo baholarga o‘qiydigan, o‘z

tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygani holda ish joyiga ega bo‘lgan iqtidorli va ijtimoiy faol
yoshlarni “yaxshi” toifaga, turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa
olmagan, lekin iqtisodiy faol, kelajakka ishonuvchi yoshlarni “o‘rta” toifaga,
shuningdek, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan, ko‘makka muhtoj
yoshlarni “ahvoli og‘ir” toifaga alohida ajratib, ular bilan tizimli ishlashga doir aniq
chora-tadbir ishlab chiqilmoqda. Buxoro tumani “Qavola Mahmud” MFY da
aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ishsizlikni bartaraf etish,
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ish o‘rinlarini yaratishga

1

https://yuz.uz/uz/news/mahalladagi-yoshlar-etakchisi-hududlardagi-ogil-qizlarning-muammosini-hal-etishda-

koprik-vazifasini-otaydi

1

ХАКНАЗАРОВ ХУДОЙБЕРДИ ДИЛМУРОДОВИЧ ЎЗБЕКИСТОН ЁШЛАРИНИНГ КУНДАЛИК

ТУРМУШ ТАРЗИ /Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси АВТОРЕФЕРАТИ
Тошкент – 2019


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

292

https://universalpublishings.com

qaratilgan ishlar ham ham amalga oshirildi. Statistik ma’lumotlardan ko‘rinishicha,
2022 yilda olib borilgan ishlar natijasida “Temir daftar”dan 98 nafar, “Ayollar
daftari”dan 77 nafar fuqaro, “Yoshlar daftari”dan 36 nafar yigit-qiz chiqarilgan.
Ularga o‘zlari ishlab, daromad topishlari uchun sharoit yaratib berilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.03.2022 yildagi PF-

81-son “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-
quvvatlash

tizimini

takomillashtirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida”prezident

farmoni.//lex.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro

xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi-Mamlakatimiz
xotin-qizlari

uchun

munosib

sharoit

yaratib

berish-doimo

e’tiborimiz

markazida.//”Milliy tiklanish” 2023-yil 8-mart

3 .“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish,aholi bandligini ta’minlash va

kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
to‘g‘risida”gi prezident farmonii.2021- yil 3-dekabr 29-son.lex.uz

4.’’Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni.2022-yil 19-yanvar 92-son.lex.uz

5. ”Oila va xotin-qizlar bilan ishlash,mahalla va nuroniylarni qo‘llab-

quvvatlash tizimini takomillashtirish chora–tadbirlari tog‘risida”gi prezident
farmoni. Prezident farmoni.2022-yil 1-mart 81-son.lex.uz

Alimova G., Yo‘lchiyeva G., Miraxmedova M. Fuqarolar yig‘inlari

huzuridagi “Ota-onalar universitetlari” ishini tashkil etish. – Toshkent: 2014. – B. 5-
7.

6. Арифханова З.Х. Современная жизнь традиционной махаллы г.

Ташкента. – Тошкент, 2000. – С. 4-31

7. Yui Shin Ne. “Globallashuv jarayonida mahalla instituti va milliy an’analar

transformasiyasi” (O‘zbekiston va Janubiy Koreya misolida). Tarix fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (Phd) dissertasiyasi Avtoreferati. T., 2017

8. Umarova G. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining

shakllanishi va takomillashtirish tarixi. (1991-2001 y). Tarix fan nomz. diss.
avtoreferati.- Toshkent, 2002. B. 12

9.

Sadullayev , U. . (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE

CONCEPT.

Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice

,

2

(4), 376–

385.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

293

https://universalpublishings.com

10.

Sadullaev , U. . (2024). USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN

EDUCATION.

Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice

,

2

(5),

344–352.

11.

Sadullaev,

U.

(2024).

EDUCATION

AND

ARTIFICIAL

INTELLIGENCE: A NEW ERA OF OPPORTUNITY.

Medicine, Pedagogy and

Technology: Theory and Practice

,

2

(6), 238–241.

12.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the

modern world.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL

EDUCATION

,

4

(3), 276-280.

13.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the

modern world.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL

EDUCATION

,

4

(3), 276-280.

14.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). The Development of Culture and Art during

the

Timurid

Era:

the

Development

of

Architecture

and

its

Characteristics.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL

EDUCATION

,

4

(9), 133-138.

15.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). The Development of Culture and Art during

the

Timurid

Era:

the

Development

of

Architecture

and

its

Characteristics.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL

EDUCATION

,

4

(9), 133-138.

16.

Sadullayev, U. (2024). EDWARD ALLWORTH AND THE STUDY

OF MODERN UZBEKS.

Modern Science and Research

,

3

(2), 303-308.

17.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). MODERN SCIENCE АND

RESEARCH.

MODERN SCIENCE

,

2181

, 3906.

18.

Sadullayev, U. (2024). ETHNOGENESIS AND ETHNIC HISTORY

OF THE UZBEK PEOPLE.

Modern Science and Research

,

3

(2), 355-361.

19.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). MODERN SCIENCE АND

RESEARCH.

MODERN SCIENCE

,

2181

, 3906.

20.

Sadullayev, U. (2024). THE CONCEPT OF JADIDISM AND ITS

ESSENCE.

Modern Science and Research

,

3

(2), 631-636.

21.

Sadullayev , U. (2024). MIRZA SIROJ HAKIM AND HIS

LEGACY.

Modern Science and Research

,

3

(2), 902–910.

22.

Sadullayev, U. . (2024). THE NEIGHBORHOOD IS THE CRADLE

OF VALUES.

Modern Science and Research

,

3

(1), 607–613.

23.

Shokir o’g’li, S. U. (2023). The History of the Creation and Formation

of the Neighborhood.

American Journal of Language, Literacy and Learning in

STEM Education (2993-2769)

,

1

(10), 480-485.

24.

Sadullayev Umidjon Shokir O’g’li, . (2023). THE IMPORTANCE OF

THE

MAHALLA

SYSTEM’S

REFORMATIONS

IN

NEW


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь

294

https://universalpublishings.com

UZBEKISTAN.

International Journal Of History And Political Sciences

,

3

(10), 25–

30.

25.

Shokir o’gli, S. U. (2023). The Essence of State Policy on Youth in New

Uzbekistan.

American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM

Education (2993-2769)

,

1

(9), 554-559.

26.

Sadullayev , U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN

RAISING A SPIRITUALLY MATURE GENERATION.

Modern Science and

Research

,

2

(10), 488–493.

27.

Sadullayev, U. (2023). ABOUT THE EMERGENCE OF THE

CONCEPT OF NEIGHBORHOOD.

Modern Science and Research

,

2

(12), 722–

727.

28.

Sadullayev Umidjon Shokir O’gli, . (2023). ELUCIDATION OF

ISSUES OF THE HISTORY OF BUKHARA GUZARS IN O. A. SUKHAREVA
AND HER STUDIES.

International Journal Of History And Political

Sciences

,

3

(11), 30–35.

https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue11-07

29.

Sadullayev, U. (2023). O’zbekistonda xotin-qizlarga berilayotgan

e’tibor: mahalla boshqaruvida xotin-qizlarning roli. In

Oriental Conferences

(Vol.

1, No. 1, pp. 551-556). ООО «SupportScience».

30.

Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ

ASROVCHISI.

Journal of new century innovations

,

35

(1), 79-80.

31.

Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN

THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY.

Modern Science and

Research

,

2

(10), 755–757.

32.

Sadullayev,

U.

(2023).

THE

ROLE

OF

WOMEN

IN

NEIGHBORHOOD MANAGEMENT IN UZBEKISTAN.

Modern Science and

Research

,

2

(9), 132-135.



Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.03.2022 yildagi PF-81-son “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”prezident farmoni.//lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi-Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish-doimo e’tiborimiz markazida.//”Milliy tiklanish” 2023-yil 8-mart

.“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish,aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi prezident farmonii.2021- yil 3-dekabr 29-son.lex.uz

’’Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni.2022-yil 19-yanvar 92-son.lex.uz

”Oila va xotin-qizlar bilan ishlash,mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora–tadbirlari tog‘risida”gi prezident farmoni. Prezident farmoni.2022-yil 1-mart 81-son.lex.uz

Alimova G., Yo‘lchiyeva G., Miraxmedova M. Fuqarolar yig‘inlari huzuridagi “Ota-onalar universitetlari” ishini tashkil etish. – Toshkent: 2014. – B. 5-7.

Арифханова З.Х. Современная жизнь традиционной махаллы г. Ташкента. – Тошкент, 2000. – С. 4-31

Yui Shin Ne. “Globallashuv jarayonida mahalla instituti va milliy an’analar transformasiyasi” (O‘zbekiston va Janubiy Koreya misolida). Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) dissertasiyasi Avtoreferati. T., 2017

Umarova G. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shakllanishi va takomillashtirish tarixi. (1991-2001 y). Tarix fan nomz. diss. avtoreferati.- Toshkent, 2002. B. 12

Sadullayev , U. . (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(4), 376–385.

Sadullaev , U. . (2024). USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(5), 344–352.

Sadullaev, U. (2024). EDUCATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE: A NEW ERA OF OPPORTUNITY. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(6), 238–241.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 276-280.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 276-280.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). The Development of Culture and Art during the Timurid Era: the Development of Architecture and its Characteristics. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 133-138.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). The Development of Culture and Art during the Timurid Era: the Development of Architecture and its Characteristics. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 133-138.

Sadullayev, U. (2024). EDWARD ALLWORTH AND THE STUDY OF MODERN UZBEKS. Modern Science and Research, 3(2), 303-308.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). MODERN SCIENCE АND RESEARCH. MODERN SCIENCE, 2181, 3906.

Sadullayev, U. (2024). ETHNOGENESIS AND ETHNIC HISTORY OF THE UZBEK PEOPLE. Modern Science and Research, 3(2), 355-361.

Shokir o’g’li, S. U. (2024). MODERN SCIENCE АND RESEARCH. MODERN SCIENCE, 2181, 3906.

Sadullayev, U. (2024). THE CONCEPT OF JADIDISM AND ITS ESSENCE. Modern Science and Research, 3(2), 631-636.

Sadullayev , U. (2024). MIRZA SIROJ HAKIM AND HIS LEGACY. Modern Science and Research, 3(2), 902–910.

Sadullayev, U. . (2024). THE NEIGHBORHOOD IS THE CRADLE OF VALUES. Modern Science and Research, 3(1), 607–613.

Shokir o’g’li, S. U. (2023). The History of the Creation and Formation of the Neighborhood. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 480-485.

Sadullayev Umidjon Shokir O’g’li, . (2023). THE IMPORTANCE OF THE MAHALLA SYSTEM’S REFORMATIONS IN NEW UZBEKISTAN. International Journal Of History And Political Sciences, 3(10), 25–30.

Shokir o’gli, S. U. (2023). The Essence of State Policy on Youth in New Uzbekistan. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(9), 554-559.

Sadullayev , U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN RAISING A SPIRITUALLY MATURE GENERATION. Modern Science and Research, 2(10), 488–493.

Sadullayev, U. (2023). ABOUT THE EMERGENCE OF THE CONCEPT OF NEIGHBORHOOD. Modern Science and Research, 2(12), 722–727.

Sadullayev Umidjon Shokir O’gli, . (2023). ELUCIDATION OF ISSUES OF THE HISTORY OF BUKHARA GUZARS IN O. A. SUKHAREVA AND HER STUDIES. International Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 30–35. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue11-07

Sadullayev, U. (2023). O’zbekistonda xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor: mahalla boshqaruvida xotin-qizlarning roli. In Oriental Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 551-556). ООО «SupportScience».

Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI. Journal of new century innovations, 35(1), 79-80.

Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Modern Science and Research, 2(10), 755–757.

Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 132-135.