МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
160
https://universalpublishings.com
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SAMARADORLIGIGA
TA’SIR ETUVCHI IQTISODIY KO'RSATKICHLAR TIZIMINI
BAHOLASH
Saydullayeva Saodat Abdumajidovna
Katta o‘qituvchi
Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va
texnologiyalar universiteti
+998903726725
Baxtiyorova Shaxzoda Zayniddin qizi
Talaba
Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va
texnologiyalar universiteti
+998971964441
shbahtiyarova0@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada
oliy o’quv yurtlarida ta’lim samaradorligini o’rganish natijal;ari
muhokama qilingan. Unda oliy ta’limni rivojlantirish sifati va samaradorligini
hisobga olgan holda olib borilgan tadqiqotlarnig umumiy ko’rinishi, ularni
baholash va o;lchash mezonlarini yaratish masalalari keltirilgan. Ta’limga
investitsiya qilishning maqsadga muvofiqligining eng aniq mezoni hisoblangan
xarajatlar va foydaning diskontlangan qiymatlari o‘rtasidagi farq, oliy ma’lumotli
xodimlar uchun yuqori ish haqi natijasida olingan diskontlangan pul oqimi va uni
sotib olish uchun o‘rtacha xarajatlarni taqqoslash, oliy ta'lim va iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklar o'rganilgan. Shuningdek, o'zaro
bog'liqlikni tekshirish uchun biz rivojlangan davlatlarning o'z ichiga olgan
namunadan foydalanilgan. Bundan tashqari, oliy ta’lim tizimida iqtisodiy
samaradorligini oshirishni iqtisodiy-statistik usullarda ilmiy tadqiq etish, jarayonni
ekonometrik modellashtirish hamda oliy ta’lim tizimida iqtisodiy samaradorligini
oshirishga ta’sir etuvchi omillarni baholash mexanizmi ishlab chiqilgan.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
161
https://universalpublishings.com
Tayanch so‘zlar:
oliy ta’lim tizimi,
samaradorlik ko‘rsatkichlari, oliy
ta’limning rivojlanish ko‘rsatkichlari, ekonometrik modellashtirish.
ANNOTATSIYA
В
статье
рассматриваются
результаты
исследования
эффективности образования в высших учебных заведениях. Приведен обзор
исследований, проводимых с учетом качества и эффективности развития
высшего образования, вопросы их оценки и создания критериев измерения.
Наиболее очевидным критерием целесообразности инвестирования в
образование является разница между дисконтированными значениями
расчетных затрат и выгод, дисконтированным денежным потоком,
полученным в результате повышения заработной платы работников с
высшим образованием, и сравнением средних затрат. для его приобретения
изучаются
высшее
образование
и
взаимосвязь
между
конкурентоспособностью экономики. Мы также использовали выборку
развитых стран для изучения корреляций. Кроме того, разработан механизм
научных исследований повышения экономической эффективности системы
высшего образования с использованием экономико-статистических методов,
эконометрического моделирования процесса и оценки факторов, влияющих на
повышение экономической эффективности системы высшего образования.
Ключевые слова:
система высшего образования, показатели
эффективности,
показатели
развития
высшего
образования,
эконометрическое моделирование.
ABSTRACT
The article discusses the results of studying the effectiveness of education in
higher educational institutions. It provides an overview of the research conducted
taking into account the quality and effectiveness of the development of higher
education, issues of their evaluation and creation of measurement criteria. The most
obvious criterion for the feasibility of investing in education is the difference
between the discounted values of the estimated costs and benefits, the discounted
cash flow obtained as a result of higher wages for employees with higher education
and the comparison of the average costs for its acquisition, higher education and
the interrelationships between the competitiveness of the economy are studied. We
also used a sample of developed countries to examine correlations. In addition, a
mechanism for scientific research of increasing economic efficiency in the higher
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
162
https://universalpublishings.com
education system using economic-statistical methods, econometric modeling of the
process, and assessment of factors influencing the increase in economic efficiency
in the higher education system has been developed.
Key words:
higher education system, performance indicators, higher
education development indicators, econometric modeling.
KIRISH
Ta'lim mamlakatning iqtisodiy farovonligiga muhim ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim
samaradorligi har qanday mamlakatning raqobatbardoshlik darajasiga bevosita ta'sir
qiladi. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun milliy ta’lim tizimini o‘rganish va uning
samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Oliy ta’lim tizimida
ta’lim xizmatlarining asosiy yetkazib beruvchilari ta’lim bozorida taklif yaratadigan
davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridir. Ta’lim oladigan va ta’lim
xizmatlariga haq to‘layotgan shaxslar talabni keltirib chiqaradi. Hukumat ushbu
zanjirning asosiy elementi bo‘lib qolmoqda[1]. Buning sababi shundaki, ta’lim
muassasalari xalqaro talabalarni jalb qilish va yollash, sifatni oshirish tashabbuslari
bilan bir qatorda muammolarga duch kelishmoqda. Aksariyat muassasalarda byudjet
bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lib, ular texnik yechimlarni tanlashni
cheklaydi[2]. Shuning uchun ta’lim bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi
omillarni o‘rganish, muammo keltirib chiqaruvchi jarayonlarni oldindan ko‘ra
bilish, oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan
tegishli boshqaruv qarorlari bilan tartibga solinadigan modellarni ishlab chiqishni
taqazo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”[3]
PF-5847-sonli farmonida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh
qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-
axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya
qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha: oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta
tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini
rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif
va tavsiyalar ishlab chiqish, oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
163
https://universalpublishings.com
baholash va takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida
ularni respublika oliy ta’lim muassasalari sharoitida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalarni belgilanganligi mazkur tadqiqotning dolzarb
masalaga qaratilganligidan dalolat beradi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Oliy ta’lim tizimi faoliyatining fundamental oliy ta’lim xizmatlarining o‘ziga
xos xususiyatlarini hisobga olish, ularni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish tadqiqotlari bo‘yicha taniqli xorijiy olimlar,
jumladan N.Varghese, L.Buchert [4], O.O. Gokun [5], P.Klaus [6] va boshqalar
nazariy tadqiqot olib borganlar.
Ta’lim tizimida xizmatlar va innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim
samaradorligini oshirish muammolari bo‘yicha mahalliy iqtisodchi olimlardan
A.Vaxabov, E.Imamov[7], Z.Qo‘ziev [8], X.Abdukarimov[9], N.Zaripova[10] va
boshqalarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida Oliy ta’lim samaradorligini empirik tahlil qilish
metodologiyasiga ko‘ra, inson kapitalining ta’lim komponentiga investitsiyalar,
agar kelajakdagi daromadning joriy qiymati xarajatlardan katta yoki teng bo‘lsa,
oqlanadi. Shuning uchun, har qanday boshqa investitsiya loyihasi singari, oliy
ta’limga investitsiya qilishning maqsadga muvofiqligining eng aniq mezoni
hisoblangan xarajatlar va foydaning diskontlangan qiymatlari o‘rtasidagi farq
sifatida sof joriy qiymat (NPV) formula bo‘yicha hisoblanadi[12]:
𝑁𝑃𝑉 = ∑
𝐵
𝑡
(1+𝑟)
𝑡
− ∑
𝐶
𝑡
(1+𝑟)
𝑡
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
(1)
bu erda NPV - sof joriy qiymat;
B
t
- t davrida inson kapitaliga investitsiyalar bo‘yicha daromad;
C
t
- t davridagi xarajatlar miqdori;
n – davrlar soni;
r - foiz stavkasi yoki diskont stavkasi. Agar oliy ta’limga qilingan
investitsiyalardan olingan daromadning joriy qiymati joriy xarajatlardan oshsa yoki
hech bo‘lmaganda unga teng bo‘lsa, ya’ni NPV≥0 dan yuqori bo‘lsa, bunday
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
164
https://universalpublishings.com
xarajatlar samarali deb ta’kidlash mumkin. A.Skripnik va I.Oborska[13] jahon
mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy samaradorligini qiyosiy tahlil
qilishda yuqorida bayon qilingan uslubiy yondashuvni qo‘llagan mahalliy
tadqiqotchilardandir. Oliy ma’lumotli xodimlar uchun yuqori ish haqi natijasida
olingan diskontlangan pul oqimi va uni sotib olish uchun o‘rtacha xarajatlarni
taqqoslash asosida quyidagi formulani tavsiya etish mumkin:
𝑆 =
𝐷
∆
𝑖
𝑂
𝑥
𝑖
=
∆
𝑘
𝑖
𝑂
𝑥
𝑖
∗𝑟
𝑑
𝑖
=
(𝐼
𝑥
𝑖
−𝐼
𝑛𝑥
𝑖
)
𝑂
𝑥
𝑖
∗𝑟
𝑑
𝑖
(2)
bu yerda S – mamlakatdagi oliy ta’lim samaradorligi va oliy ma’lumot olish
uchun o‘rtacha yillik xarajatlar birligiga hisoblangan;
𝐼
𝑥
𝑖
– mamlakatdagi oliy ma’lumotli va ma’lumotsiz xodimlarga tegishli
o‘rtacha oylik ish haqi;
D
∆
i
– i mamlakatda yuqori malakali mehnatga haq to‘lash natijasida olingan
diskontlangan pul oqimi;
O
x
i
– i mamlakatda oliy ta’limga o‘rtacha yillik xarajatlar;
𝑟
𝑑
𝑖
- i mamlakatdagi chegirma stavkasi
Makrodarajada mintaqaviy yoki milliy miqyosda faoliyat samaradorligining
pasayishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining salohiyatini yo‘qotish
ko‘rsatkichlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishsizligi, shu jumladan oliy
ma’lumotli shaxslarning uzoq muddatli ishsizligi;
- oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yoki
oliy ma’lumot talab qilmaydigan lavozim va ish joylarida bandligi;
- potensial oliy ta’lim bitiruvchilari, shuningdek oliy ma’lumotli shaxslarning
chet elga migratsiyasi. Bu borada, L.Galkiv tizimlashtirilgan inson kapitali
yo‘qotishlarini aniqlash va baholashning uslubiy yondashuvlari asosida [14], oliy
ta’lim bitiruvchilarining ishsizligi bilan bog‘liq yo‘qotishlarning uchta asosiy turini
ajratib ko‘rsatadi:
1) oliy ma’lumot olgandan keyin ishsiz maqomini olgan mutaxassislarni
tayyorlash uchun oliy ta’lim yo‘qotishlari;
2) oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga ishsizlik nafaqalarini to‘lash bilan
bog‘liq yo‘qotishlar;
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
165
https://universalpublishings.com
3) oliy ta’lim bitiruvchisining ishsizligi tufayli erishilmagan YaIM
(mintaqaviy miqyosdagi YaIM) bilan bog‘liq yo‘qotishlar. Bunday baholashning
analitik shakli quyidagicha ko‘rinadi:
𝐼𝑌𝐼
𝑜𝑚
=
𝐼
𝑜𝑚
∗𝑡
𝐼𝑜𝑚
12
∗ (𝑌𝑋
1𝑇
+ 𝑌𝑋
𝐼𝑁
+ 𝑌𝐼𝑀
𝐼𝐵
)
(3)
bu yerda,
𝐼𝑌𝐼
𝑜𝑚
– yil davomida ishsizlik davomiyligi bo‘yicha Oliy ta’lim
muassasalari bitiruvchilarining ishsizligidan jami o‘rtacha yillik iqtisodiy
yo‘qotishlar;
𝐼
𝑜𝑚
– oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari orasidagi bandlik xizmati
ma’lumotlariga ko‘ra ro‘yxatga olingan oliy ma’lumotli ishsizlar soni;
𝑡
𝐼𝑜𝑚
– t vaqt mobaynidagi ishsizlikning o‘rtacha davomiyligi;
𝑌𝑋
1𝑇
– bir talaba uchun oliy ta’lim olish uchun o‘rtacha yillik xarajatlar;
𝑌𝑋
𝐼𝑁
– ishsiz kishiga ishsizlik nafaqasi uchun o‘rtacha yillik xarajatlar;
𝑌𝐼𝑀
𝐼𝐵
– iqtisodiyotda band aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM.
Ushbu tadqiqot ishida
tadqiqot metodologiyasida belgilangan Oliy ta’lim
muassasalari iqtisodiy samaradorligi mezoniga ko‘ra dunyo davlatlarining va
O‘zbekiston Respublikasi ta’limiga sarflangan mablag‘lar samaradorligini
raqobatbardosh pozitsiyalarini baholanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Zamonaviy iqtisodiyotda oliy o'quv yurtlariga turli sohalardagi iqtisodiy
samaradorlikka erishish uchun asosiy vazifa bo'lmoqda. Turli mamlakatlarning ta'lim
tizimlarining raqobatbardoshligi sohasidagi tadqiqotlar milliy ta'lim tizimining
raqobatbardoshligini oshirishdan asosiy maqsad mamlakat raqobatbardoshligini
oshirish ekanligini ko'rsatdi Ushbu maqsadga erishish yo'llari har xil. Mamlakatlar
inson kapitalini rivojlantirish, xalqaro talabalarni o‘z oliy ta’lim muassasalariga jalb
etish, fanni rivojlantirish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish yoki bu omillarning
barchasini birlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshiradi. Inson kapitalining
rivojlanishi nafaqat turmush darajasini oshirishga, balki iqtisodiy samaradorlikni,
mehnat unumdorligini oshirishga, investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni
yaratishga olib keladi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
166
https://universalpublishings.com
Xalqaro talabalar oqimini jalb qilish, milliy ta'lim tizimlari nafaqat jamiyatni
xalqaro miqyosda, balki mamlakatlar va ularning iqtisodlarini investitsiyalar uchun,
ayniqsa, vatan va qabul qiluvchi mamlakat madaniyati bilan tanish bo'lgan milliy oliy
o'quv yurtlarining xalqaro bitiruvchilari uchun yanada ochiq qiladi. Iqtisodiy nuqtai
nazardan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida rivojlanish uchun fan, ta'lim va biznesning
integratsiyasi zarur. Eng keng tarqalgan va uslubiy jihatdan ishlab chiqilgan oliy
ta’limning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishning birinchi yo‘nalishi bo‘lib, u inson
kapitaliga investitsiyalardan iqtisodiy foyda ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Aynan inson
kapitali
nazariyasida
ta’limning shaxs
daromadlariga,
iqtisodiy
o‘sish
ko‘rsatkichlariga, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikka ta’sirini tahlil qilinadi.
Shu ma’noda, AQSh kolleji bitiruvchilari va kollejni bitirmaganlarning
daromadlari, uni olish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar (ta’lim to‘lovi, xona,
ovqat va h.k.) va o‘qish davomida olinishi mumkin bo‘lgan muqobil daromadlar
haqidagi empirik ma’lumotlarni taqqoslash asosida Amerikalik iqtisodchi, Nobel
mukofoti laureati Gari Bekker birinchilardan bo‘lib oliy ta’limga individual
investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini tahlil qildi [11].
Yuqorida tadqiqot metodologiyasida keltirilgan (2)-formuladan foydalangan
holda Oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy samaradorligi mezoniga ko‘ra dunyoning
10 ta davlatining raqobatbardosh pozitsiyalari baholangan bo‘lib quyidagi natijalar
aniqlangan (1-rasm).
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
167
https://universalpublishings.com
1-rasm. Rivojlangan davlatlarda oliy ta’lim xarajatlari birligiga
diskontlangan pul oqimi
Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi ta’limiga
sarflangan mablag‘lar samaradorligi bo‘yicha rivojlangan davlatlardan o‘rtacha
yigirma barobar orqada ekanligini anglash mumkin. O‘zbekiston Respublikasida
oliy ta’limga sarflanadigan xarajatlarning past samaradorligi omillari bo‘yicha olib
borgan tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, boshqa mamlakatlarga qaraganda, malakali va
malakasiz ishchilarning ish haqi o‘rtasidagi farqning sezilarli darajada pastligi,
shuningdek, yuqori darajadagi diskont stavkasi, bu ta’limga xarajatlarning iqtisodiy
samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi.
Inson kapitali nazariyasini to‘ldiruvchisi filtr nazariyasi deb ataladi. Ushbu
nazariyaga ko‘ra, ta’lim odamlarni faqat qobiliyatlari bo‘yicha “saralash”
mexanizmi bo‘lib, yuqori daromadlarning asosiy omili oliy ma’lumot diplomining
mavjudligi emas, balki insonning shaxsiy qobiliyatlari, bu ta’lim rivojlanishiga
yordam beradi. Biroq, inson kapitali nazariyasi bo‘yicha bir qator tanqidiy
sharhlarga qaramay, uning asoschilari va vakillarining mehnati tufayli ko‘plab
mamlakatlar hukumatlarining iqtisodiy siyosatida oliy ta’limga investitsiyalar
samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning individual xatti-harakatlarida sezilarli
o‘zgarishlar yuz berdi.
Iqtisodiy tabiatning aniq afzalliklari (birinchi navbatda, xarajatlar va foydani
baholash) bilan bir qatorda, “xarajat-foyda” usuliga asoslangan oliy ta’lim
samaradorligini tahlil qilish konsepsiyasi uni qo‘llashda bir qator cheklovlarga ega.
Ular yuqori daromadlar nafaqat insonning oliy ma’lumoti, balki uning ijtimoiy
kapitali darajasi, uy xo‘jaligi farovonligi, mehnat bozoridagi turli xil kasblarga
bo‘lgan talabning holati rasmiy va norasmiy bandlik sohasida turli darajadagi
ta’limga ega bo‘lgan aholi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi
bilan bog‘liq. Shu sababli, Oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy samaradorligini
tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish muhim:
- birinchi navbatda, ichki (shaxsiy) va tashqi (iqtisodiyot holati, mehnat
bozorida yuqori malakaga ega bo‘lgan shaxslarga bo‘lgan talab, mehnat bozoridagi
tabaqalanish) ta’siri. Ta’lim darajasiga qarab (ish haqi va boshqalar) oliy ta’limdan
olinadigan iqtisodiy samaralarni kuchaytiruvchi yoki aksincha zaiflashtiruvchi,
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
168
https://universalpublishings.com
shuningdek oliy ta’lim xarajatlari ta’sirining kechikish xususiyatini va ularning
iqtisodiy rentabelligini belgilovchi omillar;
- ikkinchidan, shaxs (yaxshi mehnat sharoitlari, kasb nufuzi, ma’lum ijtimoiy
mavqega erishish va boshqalar)da ham, jamiyat darajasida ham (o‘rtacha umr
ko‘rishning o‘sishi, o‘rtacha umr ko‘rishning qisqarishi) bilvosita moddiy va
nomoddiy ya’ni, kasallanish, ijtimoiy ta’minot va boshqa manfaatlarning
mavjudligi;
- uchinchidan, oliy ta’limga investitsiyalar bo‘yicha xarajatlar va foydalarni
(individual va davlat) baholashning turli darajalari, shuningdek, oliy ta’lim
manfaatdor tomonlarining turli guruhlari manfaatlarini tabaqalanishi. Mavjud ta’lim
tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim samaradorligini baholash uchun
uslubiy asoslarini shakllantirishga harakat qilamiz.
Iqtisodiy samaradorlik toifasining murakkab xususiyatini va oliy ta’lim
muassasalari faoliyatining turli darajadagi samaradorligini hisobga olgan holda, oliy
ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini tejamkorlik, mahsuldorlik va
samaradorlik mezonlari bo‘yicha tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Agar dastlabki
ikkita mezon resurslardan oqilona foydalanish (ishlab chiqmaydigan xarajatlarni
kamaytirish) va kutilayotgan samarani maksimal darajada oshirish (masalan,
bandlik, daromad, innovatsion faoliyat va boshqalar darajasini oshirish) maqsadlari
bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda samaradorlikni tahlil qilish oliy ma’lumot asosida
olingan natijalarning individual va ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiqligini baholashni
o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining bandlik va ishsizlik bo‘yicha statistikasida oliy
o‘quv yurtlari bitiruvchilari orasida ishsizlar soni to‘g‘risida ma’lumot yo‘qligi va
ishsizlik nafaqalari faqat ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga taqdim etilishini hisobga
olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limida olib borilgan iqtisodiy tahlil
masalalari bo‘yicha xalqaro, milliy va xorijiy tajribani umumlashtirish iqtisodiy
samaradorlik mezoni bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini
institutsional tahlil qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi
kerak, degan xulosaga kelishga asos bo‘ladi (2-rasm).
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
169
https://universalpublishings.com
2-rasm. Iqtisodiy samaradorlik mezoni bo‘yicha oliy ta’lim
muassasalarining raqobatbardoshligini institutsional tahlil qilish mexanizmi
2-rasmda keltirilgan iqtisodiy samaradorlik mezoni bo‘yicha oliy ta’lim
muassasalarining raqobatbardoshligini institutsional tahlil qilish mexanizmi
bo‘yicha ketma-ketlikka izoh beradigan bo‘lsak, birinchidan, Oliy ta’lim
muassasalarida daromadlarning mutlaq qiymati va tarkibi bo‘yicha quyidagicha
belgilanadi:
1) moliyalashtirish manbalari/muassasalari, ya’ni markaziy va mahalliy
byudjetlar, yuridik va jismoniy shaxslar, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalari
mablag‘lari, shu jumladan xayriya mablag‘lari;
2) oliy kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish uchun
kreditlar;
3) grantlar va xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari;
4) oliy ta’lim muassasalarining faoliyat turlari/funksiyalari, ya’ni davlat
tomonidan tartibga solinadigan oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari, ilmiy
faoliyati, xo‘jalik faoliyatidan olinadigan mablag‘lar. Aynan ana shu tahlil
yo‘nalishi nafaqat milliy iqtisodiyotning institutsional bo‘linmalarining alohida turi
sifatida oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy samaradorligini baholash, balki oliy
Oliy ta’lim muassasalarida
daromadlarning mutlaq qiymati va tarkibi
bo‘yicha
Oliy ta’lim muassasalarida
xarajatlarning mutlaq qiymati va tarkibi
bo‘yicha
Oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy
portfelini baholash va tahlil qilish
Oliy ta’lim iqtisodiy samaradorlikning
nisbiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
Oliy ma’lumot oluvchi abiturient uchun oliy ta’lim xarajatlarini ta’lim
xizmatlari bozoridagi raqobatchilar narxlari monitoringi va tahlili
Iqtisodiy samaradorlik mezoni bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining
raqobatbardoshligini institutsional tahlil qilish mexanizmi
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
170
https://universalpublishings.com
ta’lim muassasalari faoliyat sohalari nuqtai nazaridan raqobatbardoshlikni
oshirishning mumkin bo‘lgan resurslarini ham aniqlashi kerak.
Oliy ta’lim muassasalarida xarajatlarning quyidagi belgilar bo‘yicha turli
darajadagi mutlaq qiymati va tarkibini tahlil qilish:
1) xarajatlarni amalga oshirish va qoplash muddati (operatsion va investitsiya
xarajatlari);
2) operatsion xarajatlarni funksional taqsimlash (Oliy ta’lim muassasalaridagi
asosiy faoliyat turlari bilan bog‘liq xarajatlar, ma’muriy xarajatlar, sotish xarajatlari,
boshqa operatsion xarajatlar);
3) xarajatlarning iqtisodiy elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat xarajatlari,
ijtimoiy faoliyat uchun ajratmalar, amortizatsiya va boshqalar).
Oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy portfelini baholash va tahlil qilish (Oliy
ta’lim muassasalarining faoliyat turlari portfeli, uning o‘quv mahsulotlarini
mutaxassisliklar, fakultetlar/institutlar bo‘yicha narxlari va tannarxini hisobga olgan
holda). Bunday tahlil har bir tahlil birligining faoliyatning umumiy natijalariga
iqtisodiy hissasini aniqlash, olingan natijalarni hisobga olgan holda ta’lim
mahsulotlari assortimentini yaxshilash imkonini beradi.
Oliy ta’lim iqtisodiy samaradorlikning nisbiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish,
xususan:
1) bir xodimga, oliy o‘quv yurti talabasiga to‘g‘ri keladigan daromad;
2) bir xodimga, oliy ta’lim talabasiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar;
3) operatsion xarajatlarning bir so‘mi uchun operatsion daromad.
Oliy ma’lumot oluvchi abiturient uchun oliy ta’lim xarajatlari, ta’lim
mahsulotlari narxlari (o‘quv to‘lovlari), shu jumladan ta’lim xizmatlari bozoridagi
raqobatchilar narxlari monitoringi va tahlili hamda Oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarining bandlik darajasini va ularning iqtisodiy daromadlarini tahlil qilish.
Oliy
ta’limni
boshqarishning
iqtisodiy
samaradorligi
uning
raqobatbardoshligining asosiy tarkibiy qismidir, chunki u ta’lim mahsulotlarining
qiymatini shakllantirish va sifatini ta’minlashda resurslardan oqilona foydalanishni
nazarda tutadi. Tadqiqotda oliy ta’lim resurslaridan samarasiz foydalanish bilan
bog‘liq insoniy, moliyaviy va boshqa yo‘qotishlar ko‘rsatkichlariga asoslangan oliy
ta’limning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish usuli taklif qilingan. Bu borada
keltirilgan bitiruvchilarning ishsizligi, kasbdan tashqari ishga joylashish, ta’lim va
mehnat migratsiyasi ko‘rsatkichlari makrodarajadagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
171
https://universalpublishings.com
Resurslardan noratsional foydalanishning bevosita iqtisodiy baholari - bu
ko‘rsatilgan toifadagi shaxslarning oliy ma’lumot olish xarajatlari, ishsizlik
nafaqalari; bilvosita - ishsizlik tufayli yalpi ichki mahsulotga erishilmaganligida
namoyon bo‘ladi. Davlat statistika xizmati va Davlat bandlik xizmatining 2010-
2022 yillardagi ma’lumotlari asosida Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari
samaradorligini oshirishni ekonometrik modellashtirish natijalari shuni ko‘rsatadiki,
O‘zbekiston Respublikasi oliy va kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilarining
ishsizligi tufayli ta’limdagi yillik moliyaviy yo‘qotishlar kamida 138 mlrd. so‘mga
teng bo‘lishi aniqlandi.
Iqtisodiy samaradorlik mezoni asosida oliy ta’limning raqobatbardoshligini
oshirish uchun noishlab chiqarish xarajatlari va zaxiralarini aniqlash uchun
monitoring yo‘nalishlari hamda ko‘rsatkichlari to‘plami taklif etildi-ki, ular orasida
O‘zbekiston Respublikasi uchun eng dolzarb bo‘lgan bitiruvchilarni ta’lim darajasi
va mutaxassisligiga qarab ularni ish bilan ta’minlash hamda daromadlarini farqlash
monitoringi muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqotlar instituti raqobatbardoshlikning yuqori darajasiga erishish va uni
saqlab qolish imkonini beradi, degan xulosaga kelish imkonini berdi. Rivojlanish
strategiyasini ishlab chiqqandan so'ng, rivojlangan infratuzilma, talabga ega
bitiruvchilar va ta'lim dasturlari, uning asosiy faoliyatini saqlab qolish va
rivojlantirish uchun mablag' to'plash. Tadqiqotlar quyidagi yo'nalishlarga qaratilishi
mumkin, masalan, o'rganilayotgan ob'ektlar bo'yicha tendentsiyalarni tahlil qilish,
ko'p qirrali tahlillarni o'tkazish, aniqlangan raqobatbardoshlik ko'rsatkichlari
bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va oliy o'quv yurtlari tomonidan yaratilgan
akademik tadbirkorlikdan daromad yoki aylanma darajasini aniqlash, reytinglar,
ya'ni OTMlarning raqobatbardoshlik ko'rsatkichlari va akademik tadbirkorlik
darajasi bo'yicha reytinglari. Tadqiqotning cheklovlari ochiq kirishda ma'lumotni
topish va solishtirishdir. Joriy tadqiqot OTMlar raqobatbardoshligi haqidagi
tushunchalar miqdori bilan cheklangan va tashqi tomondan belgilangan chegaralari
tufayli qisman maqolada ko'rsatilgan.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
172
https://universalpublishings.com
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Higher Education Market Outlook 2023-2028: Size, Share, Trends, Growth,
Top Drivers, and Forecast Report. inkedin.com/pulse/higher-education-market-
outlook-2023-2028-size-share-trends-agarwal
2. Education Marketing Services Market - Global Trends and Forecasts by
Technavio. cation-Marketing-Services-Market---Global-Trends-and-Forecasts-by-
Technavio
3.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
“Ўзбекистон
Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш
концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” Фармони, 08.10.2019 йилдаги ПФ-5847-
сон
4. Varghese N. V., Buchert L. Financing education: Redesigning national
strategies and the global aid architecture. A report from the IWGE. – UNESCO:
International Institute for Education Planning, 2011. 208 p.
5. Gokun O.O. Basics of information technologies of education. / O.O. Gokun,
M.I. Zhaldak, Yu.I. Mashbyts and others. - Kryvyi Rih: Publishing Department of
the KDPU. - 2001. - 210 p.
6. Klaus P. The hard truth about soft skills: Workplace Lessons Smart People
Wish They'd Learned Sooner / P. Klaus. – New York : Harper Collins Publishers,
2007. – 190 p
7. А.Вахабов, Э.Имамов, Высшее образование в Центральной Азии.
Задачи модернизации. - М.: 2007. – 214 с.;
8. Қўзиев З. Б. Таълим тизимида хизматлар ва тадбиркорлик фаолияти
самарадорлигини ошириш: и.ф.ф.д (PhD) дисс. Автореферати. – Самарқанд,
2020 й.
9. Абдукаримов Х. Профессиональное воспитания личности учителя в
проыессе непрерывного педагогического оброзования. – М., 2008. С. 30.;
10. Zаripоvа N. Tа’lim, fаn vа ishlаb chiqаrish intеgrаtsiyasidа intеllеktuаl
sаlоhiyatli yoshlаr – mаmlаkаt tаrаqqiyotining muhim оmili (Аn’аnаviy XIII –
Rеspublikа ilmiy-аmаliy kоnfеrеnsiyasi mаtеriаllаri to‘plаmi). – Sаmаrqаnd, 2016-
y. 17-b
11. Becker G. S. Human Capital. A Theoretical and Empirical Analysis, with
Special Reference to Education. National Bureau of Economic Research, General
Series. Published by National Bureau of Economic Research, Distributed by
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь
173
https://universalpublishings.com
Columbia University Press. New York and London, 2015. 265 p.
12. Brint S. Clotfelter Charles T. U.S. Higher Education Effectiveness. The
Russell Sage Foundation Journal of the Social Sciences. Vol. 2. № 1. April 2016, P.
2–37; Ковалев А. И., Ивашкевич Т. В., Ковалев В. А., Фрик О. В. Сфера
образовательных услуг: маркетинговые стратегии: монография. Hamburg,
2014. 219 с.
13. Скрипник А.В., Оборская И.С. Оценка эффективности высшего
образования. Журнал Проблемы экономики. №4, 2015, стр. 53-61.
14. Галкив Л. І. Отсынка трат людского капитала: теория, методология,
практика: монография. Львов: ИРД НАН Украины, 2011. 444 с.
