INNOVATSION PEDAGOGIK METODLAR VA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH.
Mazkur maqolada innovatsion pedagogik metodlar va
kreativlikni rivojlantirishning ta’lim tizimidagi ahamiyati, Prezident farmonlari
va qarorlari asosida olib borilayotgan islohotlar yoritilgan. Ta’lim tizimiga
STEAM yondashuvi, muammoli ta’lim, loyiha asosida ta’lim va innovatsion
usullarni joriy etishning samaradorligi tahlil qilingan. Maqola, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmonlar va
konsepsiyalarning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ham
qamrab oladi.Shuningdek, kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishning uslubiy
asoslari, pedagog kadrlarni tayyorlash va zamonaviy texnologiyalarni
qo‘llashning dolzarbligi ko‘rsatib o‘tilgan.