МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
154
TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI
Haqqulov Mehriddin Yunusovich
Osiyo xalqaro universiteti
“Tarix va filologiya” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’rta Osiyoda avval Rossiya imperiyasi keyinchalik
Bolsheviklar hamda Sovetlar Kommunistik partiyasi tomonidan mustamlakachilik
tartiblariga qarshi kurash olib borgan jadid mutafakkirlari hayoti va faoliyati haqida
so’z boradi.
Tayanch so’zlar:
Jadid, yangi usul maktablari, Ismoil G’aspirali, Mahmudxo’ja
Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fayzulla Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Chor
Rossiyasi, Sovet hukumati, Turkiston, O’rta Osiyo, Turkiston muxtoriyati.
Abstract:
This article talks about the life and work of modern thinkers who fought
against the colonial regimes of the Russian Empire, then the Bolsheviks and the
Communist Party of the Soviets in Central Asia.
Key words:
Jadid, new method schools, Ismail Gaspirali, Mahmudhoja Behbudi,
Munavvargari Abdurashidkhanov, Faizulla Khojayev, Abdurauf Fitrat, Tsarist Russia,
Soviet government, Turkestan, Central Asia, Turkestan autonomy.
Аннотация:
В данной статье рассказывается о жизни и деятельности
современных мыслителей, боровшихся против колониальных режимов
Российской империи, затем большевиков и Коммунистической партии Советов в
Средней Азии.
Ключевые слова:
Джадид, школы нового метода, Исмаил Гаспирали,
Махмудходжа Бехбуди, Мунавваргари Абдурашидханов, Файзулла Ходжаев,
Абдурауф Фитрат, Царская Россия, Советское правительство, Туркестан,
Средняя Азия, Туркестанская автономия
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
155
O‘zbek xalqi tarixining XIX asr oxiri - X X asr boshlaridagi davri tarixan qisqa
vaqtni tashkil etgan bo‘lsada, xalqning tarixiy taqdirida muhim ahamiyatga molik
bo‘lgan davrdir.
Ma’lumki, “jadid” so‘zi “yangi”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi. Insoniyat
tarixida biror makon va zamon bo‘lmaganki, jamiyatning bir maromda kechayotgan
hayotiga kirib kelgan yangilik katta qarshilikka uchramagan bo‘lsin. Jamiyat va inson
hayotining bir maromda kechishi, ertami-kechmi, tanazzulga olib boradi. Shuning
uchun ham xalqning peshqadam ziyolilari jamiyat va inson hayotida kecha boshlagan
tanazzulga qarshi kurashish yoki uning oldini olish uchun yangi g‘oyalarni “ishlab
chiqishadi”. Ammo shu tanazzulning “issiq bag‘ri”da yashayotgan, shunga ko‘nikma
hosil qilgan ayrim kishilar bu hayotbaxsh g‘oyalarni nayza bilan qarshi olishadi. XIX
asr oxiri - X X asr boshlarida O‘rta Osiyoda shunday holat yuz berdi. Turkiston,
Buxoro va Xivada, shuningdek, ayrim xorijiy Sharq mamlakatlarida junbishga kelgan
jadid ma’rifatparvarlik harakati katta to‘siqlarga uchradi. Bugun biz, oradan 100 yil
o‘tganidan keyin, Turkistonda M.Behbudiy rahbarligida yuzaga kelgan jadid
ma’rifatparvarlik harakati tarixini o‘rganganimizda, ularning qanday murakkab
sharoitda yangi maktablarni ochgani, milliy matbuotga asos solgani, yangi badiiy
adabiyot va teatr san’atiga tamal toshini qo‘yganini o‘ylasak, ularning bu faoliyatlarini
fidoiylik va jasorat deb baholash lozim bo‘ladi.
Jadidchilikjahon ijtimoiy va milliy qadriyatlarga asoslangan oqim bo‘lib, O‘rta
Osiyo mahalliy tub aholisi manfaatlariga javob bergan va ijtimoiy taraqqiyotning
pishib yetilgan ehtiyojlarini to‘la qondira oladigan harakat sifatida shakllandi.
Jadidchilik ma’rifatparvarlikdan kuchli siyosiy harakatgacha bo‘lgan murakkab
rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Jadidchilik o‘z tarixida ikki bosqichni o‘tgan. Birinchisi
- ma’rifatparvarlik bosqichi va ikkinchisi - siyosiy bosqich. Lekin jadidlarning
davlatchilik masalasiga qarashlari birinchi davrdanoq shakllana boshlangan va
ikkinchi bosqichda aniq bir shaklga kelgan desa bo‘ladi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
156
Turkistonda jadidchilik harakatining rahbarlari sanalgan Mahmudxo‘ja Behbudiy
va Munavvar qori Abdurashidxonov birlashtiruvchi va jipslashtiruvchi rolni
o‘ynashgan. Buxoroda - Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat, Xiva xonligida esa -
Polvonniyoz Yusupov bu harakatga boshchilik qilishgan.
Jadidlarning xalqaro aloqa va munosabatlari ularga Rossiya, Turkiya, Misr, Eron
jadidlarining dasturi bilan tanishish imkonini berdi. Lekin Turkiyadagi yosh turklar va
Eron taraqqiyparvarlari tajribalarini Turkiston jadidlari mexanik tarzda va o‘sha
qolipda o‘zlashtirib olmadilar. Aksincha jadidlar Yevropa va Sharq mamlakatlarining
davlat qurilishi va qonun chiqaruvchilik keng tajribalaridan, Rossiya va Sharq
xalqlarining mustamlakachilikka qarshi demokratik harakatlar kurashi usullari va
dasturlaridan manfaatlariga hamohang bo‘lgan va milliy madaniyatga mos keladigan
zarur o‘rinlarni oldilar.
Fevral demokratik inqilobi natijasida o‘rnatilgan yangi davlat tuzumidan so‘ng
jadidlar Rossiya Federativ davlati tarkibida Turkiston muxtoriyatini tashkil etish
masalasini qo‘ya boshladilar. Bu paytga kelib milliy ijtimoiy-siyosiy tashkilot va
partiyalar tashkil topdi, hususan, jadidlar “Sho‘roi Islomiya”, “Turon”, “Ittifoq” kabi
tashkilotlarni tuzdilar.
1917 yil davomida mahalliy aholining turli-tuman ijtimoiy qatlamlarini jadidlar o‘z
ortlaridan ergashtirdilar, xalq orasida, ularning ongida, fikrlarida musulmonlar
birlashishlari, jipslashishlari zaruriyati hissini tug‘dirdilar. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay
jadidlar Muvaqqat hukumat va uning maxsus tashkil etilgan Turkiston Qo‘mitasi
(Turkkomitet Vremennogo Pravitelstva) o‘lkada oldingi mustamlakachilik siyosatidan
voz kechmaganligining guvohi bo‘ldilar. Xususan bu holat 1917 yil noyabr oyiga
rejalashtirilgan Ta’sis Majlisini chaqirish va uni tayyorlash jarayonida yuz berdi.
Jadidlarning o‘sha yillardagi beqiyos xizmatlaridan yana biri barcha Turkiston
xalqlari va millatlarning qonun oldida tengligi haqidagi g‘oyaning ilgari suri- lishi
bo‘lib, bunga ko‘ra Turkiston fuqarolari jamiyat hayotining barcha iqtisodiy-siyosiy,
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
157
huquqiy va madaniy jabhalarida teng huquqqa ega bo‘lishlari lozim edi. Davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi o‘zlarining g‘oyalarini Turkiston jadidlari mamlakatning
turli ijtimoiy kuchlari bilan kelishgan holda hayotga tatbiq etishni lozim topdilar.
Jadidlar Ta’sis Majlisidan o‘rin olish uchun juda ko‘p urindilar, g‘ayrat qildilar, hatto
bu jarayonda o‘z saflarida taraqqiyparvarlar tomonidan tuzilgan “Sho‘roi Islomiya” va
jadidlarning konservativ qismidan tashkil topgan “Ulamo” jamiyati kabi tashkilotlarga
bo‘linish yuz berganligiga qaramasdan, birlashish yo‘lidan bordilar, pirovardida bu
Turkiston federalistlarining “Turk Adami markaziyati” partiyasining vujudga kelishiga
olib keldi. Biroq Turkistondagi 1917 yil Oktyabr voqealari, bolsheviklarning
hokimiyatga kelishi jadidlarga o‘z maqsad-niyatlarining amalga oshishiga imkon
bermadi. Shunga qaramay, yangi bolshevistik hokimiyatning har bir millatning o‘z
taqdirini o‘zi belgilashi haqidagi deklaratsiyasiga asoslanib, ular 1917 yil 26 noyabrda
Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining IV Favqulodda qurultoyini chaqirdilar va Federativ
Rossiya respublikasi tarkibida avtonomiya huquqiga asoslangan Turkiston
Muxtoriyatini e’lon qildilar. Uch oygina yashagan avtonom respublika tarixi qonli
sahifalardan iborat bo‘lib, jadidlar ta’qib ostiga olindilar va 1937-yilga kelib g‘oyaviy
qarashlari sovet mafkurasiga to‘g‘ri kelmaganligi uchun ko‘pchiligi qatag‘onga
uchradilar.
Xulosa
Jadidchilikning tariximizda tu tgan o‘rni va qimmati shundaki, birinchi bo‘lib
mustaqillik milliy mafkurasiga asos soldi, g‘aflat uyqusida yotgan mazlum Sharqni
uyg‘otdi va ko‘zini ochdi, ozodlik, erk, milliy g‘urur va sha’n haqida, buyuk ajdodlari,
boy madaniyati, umuman mustamlaka istibdodi davrida unutilayozgan qadriyatlar
to‘g‘risida jar soldi, ovoza qildi. Jadidlarning buyuk tarixiy xizmatlari shundan
iboratki, ular yetilib qolgan ijtimoiy muammolarni hal qilishda evolyusion islohot
yo‘li asosida ishlab chiqdilar, ijtimoiy-davriy tuzum o‘zgarishlarining eng maksimal
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
158
effektiv yo‘lini taklif qildilar va mustamlakachilik tartibotini yo‘q qilishni talab
qildilar.
Turkiston, Buxoro, Xorazm jadidlarini yo‘li bir xil bo‘lmagan bo‘lib har biri o‘ziga
xos xususiyatlarga ega. Lekin ularning hammalarini konseptual g‘oyalari hozirgi davr
buyuk o‘zgarishlar amaliyotining ma’naviy asoslari bo‘lib xizmat qildi, keng qamrovli
islohotlar yo‘nalishi va bugungi kun strategiyasining nasliy o‘zagi sifatida maydonga
keldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Markaziy Osiyoda ilk diplomatik munosabatlar
tarixi. Science and Education, 3(10), 385-389.
2. Yunusovich, H. M. (2024). Experiences Related to the Fine Fiber Cotton of
Uzbekistan during the Years of Soviet Authority. EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 129-132.
3. Yunusovich, H. M. (2024). The Formation, Development and Role of the High
Seljuk Empire Founded by the Turkic Peoples in the Islamic World. Miasto
Przyszłości, 53, 956-959.
4. Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY,
MА’NАVIY-MАDАNIY SОHАLАRIDА ОILАNING RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
5. Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate,
Shariah
Rules
and
Regulations
in
Commercial
Affairs,
Partnership
Relations.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
6. Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the
Population in the Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
https://universalpublishings.com
159
7. MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle
Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4
(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
8. Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM –
FANNING
RIVOJLANISHI.
SCHOLAR,
1(28),
341–
345.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
9.
Xayrullayev, U. . (2024). THE IDEA THAT MADE THE OTTOMAN STATE
GREAT (RED APPLE II).
Modern Science and Research
,
3
(2), 1071–1073. Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29533
10.
Xayrullayev, U. (2024). BRIEFLY ABOUT THE "RED APPLE" MYTHOLOGY
OF THE TURKS.
Modern Science and Research
,
3
(1), 568–572. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28329
