“GLOBALLAShUV DAVRIDA OZIQ-OVQAT TAMINOTI XAVFSIZLIGINI TAMINLAShNING DOLZARB VAZIFALARI”

Abstract

Oziq-ovqat xavfsizligi milliy xavfsizlikning muhim elementidir, shuning uchun uning ta'minot har qanday mamlakatning eng muhim vazifalaridan biridir. Ta'minlash strategiyasi va taktikasi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi uning darajasini xolis baholash natijalariga asoslanishi kerak mintaqalar kesimida.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
107-113
28

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Suyunov, S. (2024). “GLOBALLAShUV DAVRIDA OZIQ-OVQAT TAMINOTI XAVFSIZLIGINI TAMINLAShNING DOLZARB VAZIFALARI”. Models and Methods in Modern Science, 3(14), 107–113. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/52893
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Oziq-ovqat xavfsizligi milliy xavfsizlikning muhim elementidir, shuning uchun uning ta'minot har qanday mamlakatning eng muhim vazifalaridan biridir. Ta'minlash strategiyasi va taktikasi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi uning darajasini xolis baholash natijalariga asoslanishi kerak mintaqalar kesimida.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

107

“GLOBALLAShUV DAVRIDA OZIQ-OVQAT TAMINOTI

XAVFSIZLIGINI TAMINLAShNING DOLZARB VAZIFALARI”

Suyunov Shyerzod Sindarovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti

magistratura tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13938003

Annotatsiya:

Oziq-ovqat xavfsizligi milliy xavfsizlikning muhim

elementidir, shuning uchun uning ta'minot har qanday mamlakatning eng
muhim vazifalaridan biridir. Ta'minlash strategiyasi va taktikasi mamlakatning
oziq-ovqat xavfsizligi uning darajasini xolis baholash natijalariga asoslanishi
kerak mintaqalar kesimida.

Kalit so'zlar:

Oziq-ovqat xavfsizligi, mintaqa, oziq-ovqat xavfsizligi

mezonlari va mintaqa ko'rsatkichlari, baholash, oziq-ovqat xavfsizligining
integratsiyalashgan ko'rsatkichi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh

qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Xalqimiz
salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, biz
uchun hayotiy muhim masaladir. Tinchlik va sog‘likni ta’minlasak, qolgan
hamma narsaga erishamiz. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy
foyda ko‘rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xalq farovonligini
oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur”.

Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng

dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini
yetishtirish va ularni taqsimlash bo‘yicha yondashuvni mutlaqo o‘zgartirish
vaqti kelganini ta’kidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik
xo‘jaliklari barchani oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlash va odamlar uchun
risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday
holatda inson manfaatlari yo‘lida ham qishloq xo‘jaligi rivojlanadi, ham atrof
muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi ta’minlanadi. Nega
bashariyat farovonligi va kelajagiga xizmat qiluvchi mana shunday nufuzli
tashkilot bu boradagi nuqtai nazarlarni yangilash g‘oyasini ilgari surmoqda?
Sababi, bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen
ta’sirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilg‘or va rivojlanayotgan davlatlar
o‘rtasidagi oziq-ovqat balansi bo‘yicha farqning o‘sayotgani, iqlim
o‘zgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Noz-ne’matlarimiz,
chuchuk suv, ummonlar, o‘rmonlar, biologik xilma-xillik keskin sur’atlarda
kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga
uchrayotir.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

108

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari

och qolayotgan bo‘lsa, 2050 yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga yetishi mumkin.
Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha
bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘limning 45 foizi aynan to‘yib ovqat yemaslik
natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu
sabab hayotdan ko‘z yummoqda. Shunday ekan, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi
barcha davlatlar qatori O‘zbekistonning ham mustaqilligi, ijtimoiy-iktisodiy va
siyosiy barqarorligini ta’minlash garovi hisoblanadi. Yurtimizda bu muammo
hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Zero, ayni paytda oziq-ovqat
mahcylotlapiga bo‘lgan talab oshyapti, aholi coni o‘sishi asnosida jon boshiga
icte’mol ko‘paymoqda.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i sanaladi.

Unda 3,6 million kishi, ya’ni iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 27 foizi
ishlaydi. YaIMda tarmoq ulushi 32 foizga teng bo‘lsa, sohada
foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini egallaydi.

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

“O‘zbekiston

Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil
etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
qabul qilindi.Qarorda belgilanishicha oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat
mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy
kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish,
taomlar turlarini xilma- xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash
hamda bo‘linmalar samaradorligini oshirish imkonini beradigan O‘zbekiston
Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini
autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;

- autsorsing shartlarida ovqatlanishni tashkil etishni birinchi navbatda

bo‘linmalarda, harbiy qismlarda, kichik mutaxassislarni tayyorlash o‘quv
markazlarida va harbiy davolash muassasalarida joriy etish to‘g‘risidagi
takliflariga rozilik berildi.

Belgilanishicha

:

- autsorsing bo‘yicha umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlariga haq

to‘lash autsorserning barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning ish haqi,
transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ulardan
foydalanish va boshqalarni) o‘z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga
olingan holda shartnoma tuzilishi sanasida oziq-ovqat mahsulotlarining
amaldagi o‘rtacha bozor narxlari bo‘yicha bir ovqatlanuvchiga tegishli


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

109

kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqib
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan belgilanadi;

- shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi

doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab
chiqarish

xonalari,

asbob-uskunalari,

idish-tovoqlari

va

mebelidan

foydalanganlik uchun to‘lov nol stavka bo‘yicha belgilanadi;

- shaxsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun autsorser tomonidan iste’mol

qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplanadi;

- autsorsingning ko‘rsatilgan xizmatlari uchun narxlar (shartnomalar

bo‘yicha), qoidaga ko‘ra, ko‘pi bilan bir oyda bir martda qayta ko‘rib chiqilishi
kerak;

- autsorsing bo‘yicha shartnomalar tuzish umumiy ovqatlanish sohasida

katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va logistik bazaga ega bo‘lgan
talabgorlarga ustunlik berilgan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li
bilan amalga oshiriladi;

- sanitariya qoidalariga, gigiyeniya normalari va normativlariga,

shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga to‘liq
muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan ovqat tayyorlash va mahsulotlar sifatini nazorat
qilish zarurat bo‘lganda vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilgan
holda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalari
tomonidan amalga oshiriladi.

Autsorsing tizimiga o‘tish munosabati bilan tejalgan pul mablag‘larini

birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi shart-sharoitlarini
yaxshilashga yo‘naltiradi va narxlarning asossiz o‘sib ketishiga ovqat sifatining
yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazoratni ta’minlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahri hokimliklari:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining so‘rovi

bo‘yicha oziq-ovqatlarga amaldagi o‘rtacha bozor narxlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar muntazam taqdim etilishini;

- oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha bevosita

fermer xo‘jaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlari va ularning vakillaridan sotib
olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berilishini ta’minlaydilar.

Autsorserlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:

yuridik shaxs ekanligi;


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

110

autsorsing xizmati bo‘yicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng
aylanma mablag‘larga egaligi;

moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan
qarzdorligi mavjud emasligi;

statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati ko‘rsatish uchun yetarli
moddiy-texnika va logistika bazasiga egaligi;

shtatida yetarli ish tajribasiga va ko‘nikmaga ega xodimlar mavjudligi.

Autsorserlarni tanlash natijalari maxsus komissiyaning bayonnomasi

bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlangan kunning ertasidan kechiktirmay IIVning
tegishli bo‘linmalariga shartnoma tuzish uchun yuboriladi. Oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib olish uchun narxlar tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar
darajasini o‘rganish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.

Autsorsing xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma buyurtmachi va

autsorser o‘rtasida kalendar yil uchun yozma shaklda 2 nusxada tuziladi.
Shartnomada ovqatlanuvchilarning soni, 1 nafar ovqatlanuvchi uchun
tasdiqlangan me’yorlardagi kunlik oziq-ovqat qiymati, kalendar kuni va yillik
(choraklik) summa ko‘rsatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘zgarganda
shartnomaga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Harbiy xududdan tashqarida xizmatni olib borayotgan shaxsiy tarkibga

tayyor taomlarni yetkazib berish tegishli bo‘linmalarning kuch va vositalaridan
foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Autsorser tomonidan
foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari tegishli muvofiqlik sertifikatlari bilan
tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablariga javob berishi
shart. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash qoidalariga rioya
etilishi bo‘yicha javobgarlik autsorserga yuklanadi.

Ovqatlanishni tashkil etish tartibi buyurtmachi tomonidan ishlab

chiqiladi. Taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
asosida tuziladi, autsorser va buyurtmachi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ovqatlanish kun mobaynida sutkalik ovqatlanish me’yorlari bo‘yicha oziq-ovqat
mahsulotlarining to‘g‘ri taqsimlanishini hisobga olgan holda, qat’iy belgilangan
vaqtda tashkil etilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish autsorser
va buyurtmachi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Ovqatlarni tarqatish
boshlangunga qadar buyurtmachi vakillari tomonidan ovqatlar sifati,
shuningdek, oshxona binosining sanitariya holati, oshxona idishlari va
inventarlari tekshiriladi va nazorat kitobida aks ettiriladi. Autsorsing xizmati


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

111

ko‘rsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya
tomonidan amalga oshiriladi.

Kunlik me’yor summasiga ajratilgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:

nonushta uchun – 25%, tushlik uchun – 50%, kechki taom uchun – 25%.
Akademik litsey o‘quvchilari, maktab internat tarbiyalanuvchilari hamda bolalar
sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari uchun: nonushta uchun – 20%,
ikkinchi nonushta (yoki tushlik) uchun – 20%;, tushlik uchun – 40%, kechki
ovqatlanish uchun – 20%.

Oshxona binolarida joylashgan moddiy-texnika vositalari buyurtmachi

tomonidan hujjat asosida autsorserga vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Jahon oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, insonning toʻyib ovqatlanishiga
erishish, “isteʼmol savati”ning maqbul tuzilmasini shakllantirishda klasterlarning
rolini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni jalb etish, meva-sabzavotchilikda
mahsuldorlikni koʻtarish, infratuzilma va logistika tizimlarini takomillashtirish
lozim.

Oziq-ovqat xavfsizligini aholi salomatligining muhim sharti sifatida eng

yuqori siyosiy darajada e’tirof etish, zarur bo‘lganda, qiymat zanjirining barcha
bosqichlarida mavjud bo‘lgan eng yaxshi ilmiy dalillar va maslahatlar va
innovatsiyalarni hisobga oladigan oziq-ovqat xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish
va oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarini yaxshilash uchun tegishli darajada yetarli
resurslarni ajratish kekak.

2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish maqsadida

sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, savdo, atrof-muhit va rivojlanish sohasidagi
milliy va mintaqaviy siyosatdagi oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hisobga
olish va barcha tegishli sektorlarda iste’molchi manfaatlariga rioya qilgan holda
oziq-ovqat xavfsizligini oshirishga qaratilgan kelishilgan tadbirlarni tizimli
amalga amalga oshirish lozim.

Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi

vositalaridan barcha darajalarda, shu jumladan kichik ishlab chiqaruvchilar
tomonidan foydalanishni rag‘batlantirish va xavfsiz va barqaror ishlab chiqarish
va savdo zanjirlariga xususiy sektor investitsiyalarini rag‘batlantirish kerak.
Mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligi va chorvachilik
mahsuldorligini

oshirish

vazifalarini

hal

etish

uchun

zamonaviy

agrotexnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat
mahsulotlarini xarid qilish hamda tayyorlash, taqsimlash, qayta ishlash va
sotishning samarali tizimini yaratish muhim axamiyatga ega. Xususan, yil
mobaynida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydigan, narxlarning mavsumiy


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

112

o‘zgarib turishini pasaytiradigan mexanizm yaratish hamda, shu nuqtai nazardan
yangi va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning samarali
usullarini tatbiq etish lozim. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlash maqsadida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “2030-yilga
qadar O’zbekiston o‘rtacha darajadan yuqori daromad oladigan mamlakatlar
guruhiga o‘tishi” maqsad qilingan. Bundan davlatimizning aholi turmush tarzi,
xulq-atvor andozalari, ovqatlanish tarkibini ijobiy o‘zgarishiga olib keladi.
Shularni e’tiborga olgan holda bir qancha tovarlar bo‘yicha qayta ishlanadigan
oziq-ovqat mahsulotlari ulushi o‘sishini ta’minlash zarur bo‘ladi. Ya’ni,
ovqatlanish standartlari va me’yorlarini joriy etish (mikro va makroelementlar
mavjud bo‘lishi, zararli moddalar, turli qo‘shimchalar, bo‘yoqlar va ta’m beruvchi
kimyoelementlaridan foydalanish texnologiyalariga rioya qilishni nazorat olish),
shuningdek, ovqatlanish sifati ustidan nazorat qilish mexanizmini yanada
takomillashtirish joiz. Bu bilan aholining ovqatlanish modelini yaxshilash
maqsadida sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risidagi zarur ko‘nikmalarni aholiga keng
targ‘ib etish, bu borada tibbiyot muassasalari faolligini oshirish lozim.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2019 yil 29 dekabr.
2. Abzalbek M.S. Mirovoy opыt obespecheniya prodovolstvennoy bezopasnosti i
yego ispolzovaniye v Kazaxstane. // Moskovskiy ekonomicheskiy jurnal, 2018,
№1.
3. Abulqosimov H.P., Rasulov T.S. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy
jihatlari va yo‘nalishlari. Monografiya. - T.: « Fan va texnologiya», 2017.
4. Krыlatыx E.N., Mazlova V.Z., Mejonova N.V. Natsionalnaya ekonomika:
obespecheniye prodovolstvennoy bezopasnosti v usloviyax integratsii.
Monografiya. - M.: NIS «INFRA-M», 2018.
5. Prodovolstvennaya i selskoxozyaystvennaya organizatsiya OON (FAO):
ofitsialnыy sayt. – Rejim dostupa: http://www. fao.org (data obraщeniya: 28.10.
2019).
6. Strokov S.N. Mexanizmы obespecheniya vnutrenney prodovolstvennoy
bezopasnosti Kanadы. // Nikonovskiye chteniya, 2018, №19. -S.331-332.
7. Teryoshkina A.V. Zarubejnыy opыt obespecheniya prodovolstvennoy
bezopasnosti. - Rejim dostupa. http:// nauka-rastudient. ru/ 27/3252
8.

Uskova

T.V.

Prodovolstvennaya

bezopasnost

regiona.

//

https://econ.wikireading.ru/4505.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

113

9. Ekonomicheskaya bezopasnost: ucheb. posobiye dlya studentov vuzov,
obuchayuщixsya po spetsialnostyam ekonomiki i upravleniya. / [V.A. Bogomolov
i dr.]; pod red. V.A.Bogomolova, 2-izd., perrab. i dop. - M.: «Yuniti-DANA»,
10. Selskoye xozyaystvo (mirovoy Rыnok). / Jason & Partners Consulting
//http://www.tadviser. ru/index.php.
11. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo‘mitasi ma’lumotlari; O‘zbekiston Respublikasi yer
resurslarining holati to‘g‘risida milliy hisobot. - T., 2020.
12. N.I.Saidaxmedova. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xorijiy
davlatlar tajribasi va ularni O‘zbekistonda foydalanish yo‘llari. – T., 2019 yil.
13. https://en.wikipedia.org/wiki/World_Food_Summit#cite_note-1
14. Chupryakova A.G., Kosinskiy P.D. Prodovolstvennoe obespechenie naseleniya
promo‘shlennogo regiona: problemo‘ i perspektivo‘ G‘G‘ Mejdunarodno‘y jurnal
pri-kladno‘x i fundamentalno‘x issledovaniy. - 2019. - № 12-1. - s. 109-113.
15. Bondareva G.S. Prodovolstvennoe obespechenie naseleniya: ponyatie,
suhnost i struktura G‘G‘ Vestnik Kemerovskogo gosudarstvennogo universiteta. -
2019. - № 3-1 (55). - s. 235-238.
16. U.Azamjonovning “Oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligining nazariy asoslari”
maqolasi.
17. https:G‘G‘presmarymethuen.orgG‘uzG‘dictionaryG‘

18. http:G‘G‘www.uza.uz Agrar Siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2019 yil 29 dekabr.

Abzalbek M.S. Mirovoy opыt obespecheniya prodovolstvennoy bezopasnosti i yego ispolzovaniye v Kazaxstane. // Moskovskiy ekonomicheskiy jurnal, 2018, №1.

Abulqosimov H.P., Rasulov T.S. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy jihatlari va yo‘nalishlari. Monografiya. - T.: « Fan va texnologiya», 2017.

Krыlatыx E.N., Mazlova V.Z., Mejonova N.V. Natsionalnaya ekonomika: obespecheniye prodovolstvennoy bezopasnosti v usloviyax integratsii. Monografiya. - M.: NIS «INFRA-M», 2018.

Prodovolstvennaya i selskoxozyaystvennaya organizatsiya OON (FAO): ofitsialnыy sayt. – Rejim dostupa: http://www. fao.org (data obraщeniya: 28.10. 2019).

Strokov S.N. Mexanizmы obespecheniya vnutrenney prodovolstvennoy bezopasnosti Kanadы. // Nikonovskiye chteniya, 2018, №19. -S.331-332.

Teryoshkina A.V. Zarubejnыy opыt obespecheniya prodovolstvennoy bezopasnosti. - Rejim dostupa. http:// nauka-rastudient. ru/ 27/3252

Uskova T.V. Prodovolstvennaya bezopasnost regiona. // https://econ.wikireading.ru/4505.

Ekonomicheskaya bezopasnost: ucheb. posobiye dlya studentov vuzov, obuchayuщixsya po spetsialnostyam ekonomiki i upravleniya. / [V.A. Bogomolov i dr.]; pod red. V.A.Bogomolova, 2-izd., perrab. i dop. - M.: «Yuniti-DANA»,

Selskoye xozyaystvo (mirovoy Rыnok). / Jason & Partners Consulting //http://www.tadviser. ru/index.php.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ma’lumotlari; O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to‘g‘risida milliy hisobot. - T., 2020.

N.I.Saidaxmedova. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi va ularni O‘zbekistonda foydalanish yo‘llari. – T., 2019 yil.

https://en.wikipedia.org/wiki/World_Food_Summit#cite_note-1

Chupryakova A.G., Kosinskiy P.D. Prodovolstvennoe obespechenie naseleniya promo‘shlennogo regiona: problemo‘ i perspektivo‘ G‘G‘ Mejdunarodno‘y jurnal pri-kladno‘x i fundamentalno‘x issledovaniy. - 2019. - № 12-1. - s. 109-113.

Bondareva G.S. Prodovolstvennoe obespechenie naseleniya: ponyatie, suhnost i struktura G‘G‘ Vestnik Kemerovskogo gosudarstvennogo universiteta. - 2019. - № 3-1 (55). - s. 235-238.

U.Azamjonovning “Oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligining nazariy asoslari” maqolasi.

https:G‘G‘presmarymethuen.orgG‘uzG‘dictionaryG‘

http:G‘G‘www.uza.uz Agrar Siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi