MOLIYA BOZORLARINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA JAHON MAMLAKATLARI TAJRIBASI

Аннотация

Ushbu maqolada moliya bozorlarini raqamlashtirish jarayonida jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar moliya infratuzilmasini rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar sifati va tezligini oshirish, shuningdek, moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi o‘rni yoritiladi. Turli mamlakatlarda qo‘llanilgan tartibga solish mexanizmlari, innovatsion yechimlar va regulyator siyosatlar o‘rganilib, ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholanadi. Shuningdek, blokcheyn, sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari kabi texnologiyalarning moliya bozorlariga ta’siri va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
27-31

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Rasulov , S. ., & Abduxakimov , S. . (2025). MOLIYA BOZORLARINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA JAHON MAMLAKATLARI TAJRIBASI. Модели и методы в современной науке, 4(12), 27–31. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/134148
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada moliya bozorlarini raqamlashtirish jarayonida jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar moliya infratuzilmasini rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar sifati va tezligini oshirish, shuningdek, moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi o‘rni yoritiladi. Turli mamlakatlarda qo‘llanilgan tartibga solish mexanizmlari, innovatsion yechimlar va regulyator siyosatlar o‘rganilib, ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholanadi. Shuningdek, blokcheyn, sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari kabi texnologiyalarning moliya bozorlariga ta’siri va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

27

MOLIYA BOZORLARINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA JAHON

MAMLAKATLARI TAJRIBASI

Rasulov Shavkat Sharof o‘g‘li

JizPI, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti v.b

.

Abduxakimov Shaxzod Sulton o‘g‘li

Jizzax politexnika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16880421

Annotatsiya:

Ushbu maqolada moliya bozorlarini raqamlashtirish

jarayonida jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Raqamli
texnologiyalar moliya infratuzilmasini rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar sifati
va tezligini oshirish, shuningdek, moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi
o‘rni yoritiladi. Turli mamlakatlarda qo‘llanilgan tartibga solish mexanizmlari,
innovatsion yechimlar va regulyator siyosatlar o‘rganilib, ularning O‘zbekiston
sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholanadi. Shuningdek, blokcheyn, sun’iy
intellekt, raqamli to‘lov tizimlari kabi texnologiyalarning moliya bozorlariga
ta’siri va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

moliya bozori, raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, tartibga

solish, jahon tajribasi, blokcheyn, sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar,
fintech, raqamli to‘lov tizimlari.

Abstract:

This article analyzes the advanced experiences of various

countries in the process of digitalizing financial markets. The role of digital
technologies in developing financial infrastructure, improving the quality and
speed of financial services, as well as strengthening financial security is
highlighted. Regulatory mechanisms, innovative solutions, and regulatory
policies applied in different countries are examined, with an assessment of their
applicability in the context of Uzbekistan. In addition, the impact and prospects
of technologies such as blockchain, artificial intelligence, and digital payment
systems on financial markets are discussed.

Keywords:

financial market, digitalization, digital economy, regulation,

international experience, blockchain, artificial intelligence, financial
technologies, fintech, digital payment systems.

Mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda moliya bozori hal

qiluvchi rol o‘ynaydi. Bunda moliya bozorining ishtirokchilari faoliyatini
raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda iqtisodiy
axborotlar xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Moliya bozori
samarali ishlashini ta'minlash uchun yaqindan tartibga solinadi.

Moliyaviy inqirozdan beri butun dunyo bo‘ylab hukumatlar va tartibga

soluvchi organlar yanada mustahkam moliyaviy tizimni yaratishga yordam


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

28

beradigan ko‘plab islohotlarni amalga oshirmoqdalar. Shuningdek, moliya
bozorining tarkibiy qismi sifatida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va
uni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ham moliya
bozorini, ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish dolzarblik kasb
etmoqda. Shu sababli so‘nggi yillarda ushbu sohada keng islohotlar olib
borilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Qimmatli
qog‘ozlar bozori iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini jamlash va uni
investitsiya jarayonlariga yo‘naltirishning muhim vositasidir”

1

.

Moliya bozorini tartibga solish, xususan, uning tarkibiy qismi sifatida

qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va uni raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishning dastagiga aylantirish jarayoni xalqaro miqyosda ham
dolzarblik kasb etadi.

Shveytsariyada moliya bozorlari uchun hukumat tomonidan tartibga solish

doimiy ravishda qayta koʻrib chiqiladi va optimallashtiriladi. Federal Moliya
Departamenti turli choralarni muvofiqlashtirish uchun javobgardir. Samarali
tartibga solish nafaqat moliya sektori uchun zarur, balki u Shveytsariya uchun
ish joyi yaratishning muhim qismidir. Shu sababli Shveytsariya moliya bozorini
zamonaviy tarzda tartibga solishga katta ahamiyat beradi. Shu nuqtai nazardan,
moliya bozorida quyidagi uchta yangi qonunlarni qabul qilish muhim: Federal
moliyaviy xizmatlar toʻg‘risidagi qonun, moliyaviy institutlar toʻg‘risidagi qonun
va moliya bozori infratuzilmasi toʻg‘risidagi qonun. Rejalashtirilgan ushbu
islohotlar moliya bozori toʻg‘risidagi qonun hujjatlari tarkibini soddalashtiradi
va modernizatsiya qiladi

2

.

Shu jihatdan xalqaro moliya bozorida AQSh tomonidan amalga

oshirilayotgan moliya bozorini tartibga solish amaliyoti va tajribasi raqamli
iqtisodiyotga o’tayotgan ko‘pchilik mamlakatlar uchun qo‘l keladi. Shuni
ta’kidlash lozimki, AQShda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishda “144A
qoidasi”dan foydalaniladi. “144A qoidasi” AQShda “Qimmatli qog‘ozlar
to‘g‘risida”gi Qonunning 5-qismida ko‘rsatilgan ro‘yxatdan o‘tish talablaridan
ozod qilish imkonini beradi, ya’ni ma'lum bir vaziyatlaryuzaga kelganda
ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va nazorat qiluvchi qimmatli qog‘ozlarni ommaviy
sotishga bo‘lgan cheklovni olib tashlash mumkin.Bu orqali ushbu turdagi
qimmatli qog‘ozlar savdosini amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi.

AQShda “Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra kompaniya

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fond bozorinirivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan

yig‘ilishdagi ma’ruzasi / 7.10.2019;

https://president.uz/uz/2913

2

www.ubs.com

-

UBS

investitsiya

va

moliyaviy

xizmatlar

kompaniyasining

rasmiy

veb-sayti

-

https://www.ubs.com/global/en/about_ubs/public-policy/dossiers/financial-market-regulation.html


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

29

tomonidan chiqarilgan barcha turdagi qimmatli qog‘ozlarni ommaviy
joylashtirish yoki sotishdan oldin Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasida
ro‘yxatdan o‘tkazilishini majburiydir. “144A qoidasi” sotuvchilar uchun imtiyoz
beradi. Ushbu imtiyoz qimmatli qog‘ozlarni belgilangan xaridorlarga sotish
uchun ishlatilishi mumkin. Belgilangan xaridor har qanday shaxs emas, balki
ba'zi moliyaviy tashkilotlardir. Ushbu qoidaga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tish
jarayonidan chetga chiqibmoliyaviy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va
nazorat qiluvchi qimmatli qog‘ozlar savdosi bilanshug‘ullanishi mumkin

3

. Ushbu

qoida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va nazorat qiluvchi qimmatli qog‘ozlarning
likvidliligini oshiradi, chunki bu yirik institutsional investorlarga ushbu
qimmatli qog‘ozlar savdosini yanada erkin amalga oshirishga imkon beradi.
Qoidaga ko‘ra sotishdan oldin cheklovlarni olib tashlash majburiydir. “144A
qoidasi” cheklovlarni qanday olib tashlashni tasvirlaydi. Ushbu imtiyozdan
foydalanish uchun ba'zi boshqa shartlarni bajarish kerak.

Agar afillangan shaxslar ushbu turdagi qimmatli qog‘ozlarni sotmoqchi

bo‘lsa, har uch oy davomida sotishi mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning soni
sotilayotgan o‘sha toifadagi muomaladagi aksiyalarning 1 foizidan ko‘p
bo‘lmasligi kerak. Sotuv 5000 donadan ortiq aksiyalarni qamrab olsa yoki har
uch oylik davrda umumiy summasi $50000 AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa, tegishli
tartibda Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga xabarnoma
yuborish kerak.

4

Shuningdek, birja operatsiyalarining aksariyati raqamli texnologiyalar

orqali amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. AQShda
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishda fond birjalarining o‘z ichki tartib-
qoidalari ham muhim o‘rin tutadi. Bunda listing va delisting talablari alohida
ahamiyat kasb etadi. Kompaniyalar fond birjalarida savdo qilishni boshlashdan
oldin muayyan talablarga yoki listing talablariga javob berishi kerak. Turli
birjalar aksiyalar savdosini amalga oshirish uchun o‘zlarining listing talablarini
belgilaydilar. Dastlab, ro‘yxatdan o‘tish uchun kompaniya minimal moliyaviy va
moliyaviy bo‘lmagan talablarga javob berishi kerak. Talablar umumiy bozor
qiymati, aksiyalar bahosi, kompaniyaning ommaviy sotiladigan aksiyalar va
aksiyadorlari sonini o‘z ichiga oladi. Kompaniyaning aksiyalari birjada savdoni
boshlaganidan so‘ng, odatda, boshqa talablar kam bo‘ladi. Agar kompaniya
ushbu talablarga javob bermasa, aksiyalardelistingga uchrashi mumkin. Listing

3

www.thebusinessprofessor.com

-

The

Business

Professor

ilmiy

elek-tron

jurnalining

rasmiy

veb-

sayti;

https://thebusinessprofessor.com/knowledge-base/rule-144a-securities-regulation-explained/

4

www.sec.gov

– AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasining rasmiy veb-

sayti;

https://www.sec.gov/reportspubs/investor-publications/investorpubsrule144htm.html


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

30

talablari barcha birja uchun bir xil emas, ya’ni har bir birja o‘z talablariga ega.

5

Nyu York fond birjasi (NYSE)ning listing talablariga e’tibor qaratadigan

bo‘lsak, listing talablari 4 toifa bo‘yicha klassifikatsiya qilingan (1-jadval). Asosiy
listing talablari ko‘pchilik birjalardagi singari ommaviy sotilgan aksiyalar soni,
ommaviy aksiyalar sotilganda ularni sotib olgan aksiyadorlar soni, ommaviy
joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati, listingdan o‘tgan qimmatli
qog‘ozlarning narxi va xususiy kapital ko‘rsatkichlarini tashkil etadi.
Shuningdek, qo‘shimcha ravishda boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham
talablar mavjud.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda quyidagi xulosa va tavsiyalarni

keltirishimiz mumkin:

Birinchidan,

raqamli

iqtisodiyotni

rivojlantirishda

rivojlangan

mamlakatlarning moliya bozorini tartibga solish va axborotlar xavfsizligini
ta’minlash tartibini chuqurroq o’rganish mamlakatimizda ushbu jihatlarni
rivojlantirishga yordam beradi.

Ikkinchidan, birjalar faoliyatini rivojlantirish va ular faoliyatida raqamli

texnologiyalarni keng qo’llash orqali moliya bozori va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi.
Shuningdek, moliya bozorini tartibga solishda qulay infratuzilmani
shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bunda moliya bozorining
faoliyatini

amalga

oshirish,

samaradorligini

oshirish,

shuningdek,

ishtirokchilarni jalb qilishda moliya bozori infratuzilmasining qulayligi muhim
jihat sanaladi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Schwab, K. The Fourth Industrial Revolution. Geneva: World Economic Forum,
2016.
2.Tapscott, D., Tapscott, A. Blockchain Revolution: How the Technology Behind
Bitcoin and Other Cryptocurrencies is Changing the World. Penguin, 2018.
3.World Bank. Digital Financial Services. Washington, DC: The World Bank
Group, 2022.
4.OECD. Digital Disruption in Financial Markets. Paris: OECD Publishing, 2021.
5.Arner, D. W., Barberis, J., Buckley, R. P. “FinTech, RegTech and the
Reconceptualization of Financial Regulation.” Northwestern Journal of
International Law & Business, 2017, Vol. 37, No. 3.
6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030”
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–6079-son qarori. 28.10.2020 y.

5

www.sec.gov – AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasining rasmiy veb-sayti;

https://www.sec.gov/fast-answers/answerslistinghtm.html


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

31

7.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliya bozorini tartibga solish va
raqamlashtirish bo‘yicha hisobot. Toshkent, 2023.
8.IMF. Fintech: The Experience So Far. Washington, DC: International Monetary
Fund, 2019.
9.BIS. Central Bank Digital Currencies: Opportunities, Challenges and Design.
Basel: Bank for International Settlements, 2020.
10.UNCTAD. Digital Economy Report. Geneva: United Nations, 2023.

Библиографические ссылки

Schwab, K. The Fourth Industrial Revolution. Geneva: World Economic Forum, 2016.

Tapscott, D., Tapscott, A. Blockchain Revolution: How the Technology Behind Bitcoin and Other Cryptocurrencies is Changing the World. Penguin, 2018.

World Bank. Digital Financial Services. Washington, DC: The World Bank Group, 2022.

OECD. Digital Disruption in Financial Markets. Paris: OECD Publishing, 2021.

Arner, D. W., Barberis, J., Buckley, R. P. “FinTech, RegTech and the Reconceptualization of Financial Regulation.” Northwestern Journal of International Law & Business, 2017, Vol. 37, No. 3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–6079-son qarori. 28.10.2020 y.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliya bozorini tartibga solish va raqamlashtirish bo‘yicha hisobot. Toshkent, 2023.

IMF. Fintech: The Experience So Far. Washington, DC: International Monetary Fund, 2019.

BIS. Central Bank Digital Currencies: Opportunities, Challenges and Design. Basel: Bank for International Settlements, 2020.

UNCTAD. Digital Economy Report. Geneva: United Nations, 2023.