SA EDI SHAKLINING LISONIY XUSUSIYATI VA UNING NAMOYON BO‘LISHI

Abstract

Maqolada -sa edi shaklining lisoniy xususiyati va uning o‘zgarishi tahlil qilingan. -sa edi shakli istak, hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon semalariga betaraf. Shuning uchun to‘rtala sema ham qulay kontekstda namoyon bo‘ladi. Bu shakl istak semasini ifodalaganda gap shaklan ham mazmunan ham tobe bo‘lmaydi. Shuning uchun -sa edi shaklining sintaktik xususiyati tugallanganlikdan iborat. Nutqiy maqsad-u vazifa taqozo qilsa -sa edi shakli oydinlashtiruvchi kontekstda qo‘llanadi. Oydinlashtiruvchi kontekstda -sa edi shakli ifodalagan istak semasi koshki, zora, qani endi, qani edi, koshkiydi, qaniydi yordamchi  so‘zlari vositasida kuchaytiriladi. Bu so‘zlar -sa edi shakliga ma’nodosh bo‘lib konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi.  

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
69-72
20

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Safarov , F. . (2024). SA EDI SHAKLINING LISONIY XUSUSIYATI VA UNING NAMOYON BO‘LISHI. Models and Methods in Modern Science, 3(9), 69–72. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/52881
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada -sa edi shaklining lisoniy xususiyati va uning o‘zgarishi tahlil qilingan. -sa edi shakli istak, hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon semalariga betaraf. Shuning uchun to‘rtala sema ham qulay kontekstda namoyon bo‘ladi. Bu shakl istak semasini ifodalaganda gap shaklan ham mazmunan ham tobe bo‘lmaydi. Shuning uchun -sa edi shaklining sintaktik xususiyati tugallanganlikdan iborat. Nutqiy maqsad-u vazifa taqozo qilsa -sa edi shakli oydinlashtiruvchi kontekstda qo‘llanadi. Oydinlashtiruvchi kontekstda -sa edi shakli ifodalagan istak semasi koshki, zora, qani endi, qani edi, koshkiydi, qaniydi yordamchi  so‘zlari vositasida kuchaytiriladi. Bu so‘zlar -sa edi shakliga ma’nodosh bo‘lib konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi.  


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69

SA EDI SHAKLINING LISONIY XUSUSIYATI VA UNING NAMOYON

BO‘LISHI

Safarov Firuz Sulaymonovich

Buxoro davlat universiteti doktoranti (DSc),

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

f.s.safarov@buxdu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.11632546

Annotatsiya.

Maqolada

-

sa edi shaklining lisoniy xususiyati va uning

o‘zgarishi tahlil qilingan. -sa edi shakli istak, hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon
semalariga betaraf. Shuning uchun to‘rtala sema ham qulay kontekstda namoyon
bo‘ladi. Bu shakl istak semasini ifodalaganda gap shaklan ham mazmunan ham
tobe bo‘lmaydi. Shuning uchun -sa edi shaklining sintaktik xususiyati
tugallanganlikdan iborat. Nutqiy maqsad-u vazifa taqozo qilsa -sa edi shakli
oydinlashtiruvchi kontekstda qo‘llanadi. Oydinlashtiruvchi kontekstda -sa edi
shakli ifodalagan istak semasi koshki, zora, qani endi, qani edi, koshkiydi,
qaniydi yordamchi so‘zlari vositasida kuchaytiriladi. Bu so‘zlar -sa edi shakliga
ma’nodosh bo‘lib konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

-sa edi shakli, istak semasii, modal ma’no, subyektiv ma’no,

ma’nodoshlik, konnotatsiya, tugallanganlik, hozirgi zamon, kelasi zamon, qulay
kontekst, oydinlashtiruvchi kontekst.

Bu shakl fe’lning o‘zak va negizidan -sa qo‘shimchasi hamda edi to‘liqsiz fe’li

bilan yasaladi. Bu shaklda shaxs, son va hurmat qo‘shimchasining to‘liqsiz fe’lga
qo‘shilib kelishi kam uchrab uning o‘rnida ko‘pincha yasama shakl ishlatiladi.
Yasama shakl to‘liqsiz fe’lning -ydi tarzida qo‘llanishidan hosil bo‘ladi: olsaydim,
olsayding kabi.

-sa edi shakli istak, hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon semalariga betaraf

1

.

Shuning uchun to‘rtala sema ham qulay kontekstda namoyon bo‘ladi. Bu shakl
istak semasini ifodalaganda gap shaklan ham mazmunan ham tobe bo‘lmaydi.
Shuning uchun -sa edi shaklining sintaktik xususiyati tugallanganlikdan iborat.
Tugallanganlik bu shaklda belgilangan bo‘lib kontekstda noqulaylik bo‘lmasa
voqelanaveradi. -sa edi shaklining lisoniy xususiyati shundan iborat bo‘lib uni
jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin.

Shakl

Istak

O‘tgan
zamon

Hozirgi
zamon

Kelasi
zamon

Tugallanganlik

-sa edi +/‒

+/‒

+/‒

+/‒

+

1

Bu shakl shart semasiga ham betaraf. Bu o‘rinda istak semasi tahlil qilinadi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

-sa edi shaklida o‘tgan zamon semasiga betaraflik to‘liqsiz fe’lning xususiyati

bilan bog‘liq. -sa hozirgi va kelasi zamonga betaraf bo‘lganidan istak semasi
boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi ya’ni so‘zlovchining subyektiv
munosabati bilan yo‘g‘riladi.

-sa edi shaklining sintaktik xususiyati tugallanganlik bo‘lganidan bu

shaklning istak semasini ifodalashi uchun qulay kontekst vazifasini sodda gap
bajaradi: ‒ Razzog‘im urushdan omon qaytsa edi! (H. G‘ulom, Mash’al, 267) Bu
misolda -sa edi shaklida istak semasining namoyon bo‘lishiga urg‘u (urg‘u -sa
qo‘shimchasiga tushgan) va tugallanganlik qulaylik tug‘dirgan. Gapda -sa edi
shakli so‘zlovchining istagini ifodalagan. Istak semasi kuchaytirilgan tarzda
ifodalangan bo‘lib so‘zlovchining his-tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan. So‘zlovchining
his-tuyg‘usi ohang vositasida ham ifodalangan bo‘lib uni ko‘rsatish uchun
yozuvda undov belgisi qo‘yilgan. -sa edi shakli istak semasi bilan birga kelasi
zamon semasini ifodalagan. Kelasi zamon semasiga fe’l o‘zagi (qayt)ning lug‘aviy
mazmuni ya’ni bu fe’lning intiholi harakatni bildirishi qulaylik tug‘dirgan.
Shunga ko‘ra kontekst minimal ko‘rinishga keltirilsa ham kelasi zamon semasi
ifodalanadi: qaytsa edi.

His-tuyg‘uning yuqori darajasini ifodalash uchun ohang bilan birga undov

so‘z ham ishtirok etadi: ‒ Men oxirgi kunlarni soat sanab kech qilar edim. Har
kuni pochtaga qatnab...

Eh

, bilsangiz edi! (P. Qodirov, Uch ildiz, ) Misoldagi -sa

edi shakli qo‘llangan gap undov so‘zni hisobga olmaganda bu shakl uchun
hajmiga ko‘ra eng kichik, xususiyatiga ko‘ra istak semasi uchun xususiyatiga
ko‘ra qulay kontekst. Istak semasining ifodalanishiga urg‘uning to‘liqsiz fe’ldan
oldingi bo‘g‘inga tushganligi va sintaktik tugallanganlik xususiyatining namoyon
bo‘lishi qulaylik tug‘dirgan. -sa edi shakli istak semasi bilan birga kelasi zamon
semasini ifodalagan. Kelasi zamon semasiga fe’l o‘zagi (bil)ning lug‘aviy ma’nosi
ya’ni bu fe’lning intihosiz harakatni bildirishi qulaylik tug‘dirgan.
Nutqiy maqsad-u vazifa taqozo qilsa -sa edi shakli oydinlashtiruvchi kontekstda
qo‘llanadi. Oydinlashtiruvchi kontekstda -sa edi shakli ifodalagan istak semasi
koshki, zora, qani endi, qani edi, koshkiydi, qaniydi yordamchi so‘zlari
vositasida kuchaytiriladi. Bu so‘zlar -sa edi shakliga ma’nodosh bo‘lib
konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi. Quyidagi misolda qaniydi so‘zi qo‘llanib
istakni kuchaytirishga xizmat qilgan:

Qaniydi

, ko‘nglidagi borini xuddi

ilgarigiday ko‘zlari aytib tursa edi. (Sh. Bo‘taev, Qo‘rg‘onlangan oy, 195) Bu misol
-sa edi shaklining istak semasi uchun ham qulay ham oydinlashtiruvchi
kontekst. Mazkur semaning ifodalanishiga urg‘u va tugallanganlik qulaylik
tug‘dirgan. Shunga ko‘ra qaniydi so‘zi tushirib qoldirilsa ham istak ifodalanadi-


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

71

yu ta’kid anglashilmaydi. Istak semasi ikkita vosita bilan ifodalanganidan
so‘zlovchining istagi va his-tuyg‘usi kuchli darajada namoyon bo‘lgan. Istak
semasining yordamchi so‘z vositasida kuchaytirilishi sababini bilish uchun
makrokontekstga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Misoldagi ilgarigiday so‘zi ham
shunga ishora qilib turibdi. Oldingi gaplardan so‘zlovchining Mavluda ismli yosh
juvon, -sa edi shaklidagi ish-harakat subyekti (ko‘zlari)ning egasi uning eri
Murtazo ekanligi ma’lum bo‘ladi. Murtazoning ilgari qanday odam bo‘lganini
bilish uchun asarning boshlanish qismidan xabardor bo‘lish lozim bo‘ladi.
Asarning boshlanish qismidan ma’lum bo‘ladiki Murtazo yoshligida,
uylanmasidan oldin mo‘min-qobil, rahmdil, ko‘ngli toza va qo‘rqoq yigit bo‘lgan.
U qo‘rquvini yengadi biroq qo‘rquvni yengaman deb qalbidagi ezgu hislardan
ajralib qoladi. Qo‘pol, takabbur, shafqatsiz kimsaga aylanib qoladi. Xotiniga ham
qo‘pollik qiladigan, uni so‘kadigan bo‘ladi. Misol keltirilgan oldingi abzasda
Mavluda Murtazoning oti Gulbodomga qarab shunday deydi: Gulbodom ayt,
nega bunday bo‘lib qoldi? Bilasanmi, Gulbodom menga azob bersayam, ursayam,
men unikiman. Uniki bo‘lib qolishni istayman. U esa... u esa... Nega bunday bo‘lib
qoldi, Gulbodom? Ko‘zlarining tub-tubida hamon o‘zimga tanish Murtazoni
ba’zan ko‘rganday bo‘laman-u, u darrov qayoqqadir yo‘qolib qoladi. Chunki,
hozirgisi ilgarigisiga o‘rin bermaydi. Yovuz bo‘lishni, qahri qattiq bo‘lishni
maqsad qilib olganday. Shuni sen ham bilasanmi? U meni ham, Ibodni ham, seni
ham ham o‘ylamayotgandek. Zora, aytayotgan gaplarimning teskarisi bo‘lsa edi.
Uning fikri yodi yovuz bo‘lishda, yovuz bo‘lishda. Oh, qanchalik qo‘rqinchli-ya?!
(O‘sha asar, 195-bet) Aytilganlardan keltirilgan misolda istak semasining
yordamchi so‘z bilan kuchaytirilishi sababi ayon bo‘ladi. Gapda -sa edi shakli
istak semasi bilan birga hozirgi zamon semasini ifodalagan. Hozirgi zamon
semasiga tur ko‘makchi fe’lining davomlilik va holat semalari qulaylik
tug‘dirgan.

References:

1.

Зикриллаев Ғ. Истиқлол ва адабий тил. Тошкент: Фан, 2004.

2.

Зикриллаев Ғ. Руҳ ва тил. Тошкент: Фан, 2018.

3.

Ҳозирги замон ўзбек тили. ‒ Тошкент: Ўзбекистон ССР Фанлар

академияси нашриёти, 1957. ‒ 527 б.
4.

Safarov, F. (2024). THE COHERENCE OF MEANS INDICATING II PERSON

MEANING IN THE UZBEK LANGUAGE. Development and innovations in science,
3(4), 16-21.
5.

Рустамова, Г. (2021). ХАЛҚ ҚЎШИҚЛАРИДА АНОР ПОЭТИК

ОБРАЗИНИНГ БАДИИЙ ИФОДАСИ: Рустамова Гавҳар Баҳрон қизи Бухоро


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

72

давлат университети таянч докторанти. In Научно-практическая
конференция.
6.

Safarov, F. S. (2023, August). SYNONYMY OF AFFIXES AND WORDS IN THE

UZBEK LITERARY LANGUAGE. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp.
287-291).
7.

Majidovna, N. S., & Saidakhmedovna, U. D. (2020). Expression of the

realities and people of the war period through mythological images.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(8), 462-
466.
8.

Rustamova, G., & Sharofova, G. (2024). USMON AZIM SHEʼRIYATIDA KOʻZ

BILAN BOG ‘LIQ SOMATIK OBRAZLAR DINAMIK POETIKASI. Solution of social
problems in management and economy, 3(1), 43-46.
9.

Bakhronovna, R. G., & Saidaxmedovna, O. R. D. (2024). Renewal of Artistic

Movements in Modern Poetry. Journal of Intellectual Property and Human
Rights, 3(4), 186-192.
10.

Bakhronovna R. G. Irony as a Type of Movement in Artistic Literature

//Journal of Intellectual Property and Human Rights. – 2024. – Т. 3. – №. 4. – С.
231-235.
11.

Sulaymonovich, S. F. (2024). The Synonymity of Means Indicating 1st

Person Meaning in Uzbek Literary Language. Journal of Intellectual Property and
Human Rights, 3(4), 113-119.

References

Зикриллаев Ғ. Истиқлол ва адабий тил. Тошкент: Фан, 2004.

Зикриллаев Ғ. Руҳ ва тил. Тошкент: Фан, 2018.

Ҳозирги замон ўзбек тили. ‒ Тошкент: Ўзбекистон ССР Фанлар академияси нашриёти, 1957. ‒ 527 б.

Safarov, F. (2024). THE COHERENCE OF MEANS INDICATING II PERSON MEANING IN THE UZBEK LANGUAGE. Development and innovations in science, 3(4), 16-21.

Рустамова, Г. (2021). ХАЛҚ ҚЎШИҚЛАРИДА АНОР ПОЭТИК ОБРАЗИНИНГ БАДИИЙ ИФОДАСИ: Рустамова Гавҳар Баҳрон қизи Бухоро давлат университети таянч докторанти. In Научно-практическая конференция.

Safarov, F. S. (2023, August). SYNONYMY OF AFFIXES AND WORDS IN THE UZBEK LITERARY LANGUAGE. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 287-291).

Majidovna, N. S., & Saidakhmedovna, U. D. (2020). Expression of the realities and people of the war period through mythological images. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(8), 462-466.

Rustamova, G., & Sharofova, G. (2024). USMON AZIM SHEʼRIYATIDA KOʻZ BILAN BOG ‘LIQ SOMATIK OBRAZLAR DINAMIK POETIKASI. Solution of social problems in management and economy, 3(1), 43-46.

Bakhronovna, R. G., & Saidaxmedovna, O. R. D. (2024). Renewal of Artistic Movements in Modern Poetry. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 186-192.

Bakhronovna R. G. Irony as a Type of Movement in Artistic Literature //Journal of Intellectual Property and Human Rights. – 2024. – Т. 3. – №. 4. – С. 231-235.

Sulaymonovich, S. F. (2024). The Synonymity of Means Indicating 1st Person Meaning in Uzbek Literary Language. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 113-119.