MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
109
FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MORFOLOGIYA VA UNING
TUZILISHI
Islomov Dilshod Shomurodovich
BuxDU doktoranti (DSc)
https://orcid.org/0000-0001-8793-8031
https://buxdu.academia.edu/DilshodIslomov/
Allayarova Umida Baxadirovna
BuxDu talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14265058
Annotatsiya:
Mazkur maqolada lingvistikaning asosoiy bo’limlaridan biri
bo‘lgan morfologiyaning kelib chiqishi tuzilishi, grammatik kategoriyalari va
dunyo tilshunos olimlarning ilmiy-nazariy fikrlari keltirilgan va ularga
munosabat bildirlgan. Xususan, fransuz va o‘zbek tillarida morfologiyaning
qo‘llanilishi, grammatik xususiyatlariga oid fikr-mulohazalar keng yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Lingvisika, til, morfologiya, leksika, morfema, so’z yasash,
shakl yasash, grammatik katigoriyalar, birlik, ko’plik.
Til- bu insonlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot vositasi hisoblanib, u fikr
almashish, axborot yetkazish va tushunishni ta’minlaydi.Til jamiyatning eng
muhim ijtimoiy hodisalaridan biri bo‘lib, u insoniyat taraqqiyotida beqiyos o‘rin
tutadi.Til jamiyatda yashovchi odamlar o‘rtasida paydo bo‘ladi, va avloddan
avlodga o‘tib rivojlanib boruvchi vosita hisoblanadi.
Tilshunoslik (lingvistika) tilni har tomonlama o‘rganuvchi ilmiy
sohalardan biri bo‘lishi bilan bir qatorda jamiyatdagi barcha narsalarning paydo
bo‘lishi va rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Lingvistikaning
ko‘plab bo‘limlarga bo‘linishi, uning juda murakkab soha ekanligidan darak
beradi. Lingvistikadagi asosiy bo‘limlari morfologiya va sintaksis hisoblanadi.
Morfologiya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, “morphe” - shakl, “logos” – fan,
ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Mazkur bo‘lim so‘zlarning ichki tuzilishi,
yasalishi va shakl o‘zgarishi orqali turli ma’nilarni anglatishi kabi jarayonlarni
o‘rganadi desak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sintaksis bo‘limi esa so‘zlarning gap
tarkibidagi joylashuvi va ularning o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Morfologiya – so‘zlarning ichki tuzilishi, ularning shakl yasash va so‘z yasash
jarayonlarini o‘rganuvchi bo‘limidir. Morfologiya tilning grammatik tuzilishida
muhim o‘rin tutadi va so‘zlarni tashkil qiluvchi qismlar – morfemalarni
o‘rganadi.
Morfema: So‘zning eng kichik ma'noga ega bo‘lgan qismi hisoblanadi.
1.Leksik morfema (asos): So‘zning ma'nosini ifodalaydi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
110
Masalan, "kitob", "ish".
Grammatik morfema: So‘zning grammatik ma’nosini ifodalaydi.
Masalan, -lar (ko‘plik), -ni (tushum kelishigi).
2. So‘z yasash: Yangi so‘zlar yaratish jarayoni.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali amalga oshiriladi.
Masalan: "ish" → "ishchi", "ishxonalar".
Fransuz tilida esa: “le travail” → ”le travailleur
3. Shakl yasash: So‘zning grammatik shakllarini hosil qilish.
Shakl yasovchi qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi.
Masalan: "kitob" → "kitoblar", "kitobni"
Fransuz tilida esa: “le travail” → “les travaux”
Morfologiya til tizimining muhim qismi bo‘lib, sintaksis bilan birgalikda tilning
grammatik tuzilishini shakllantiradi.
O‘zbek tilshunos olimi Abdug‘afur Qosimov o‘zbek tilining morfologiyasini
chuqur o‘rganib, uning grammatik tizimiga oid qator asarlar yaratgan. Olimning
fikricha, morfologiya tilning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, so‘z tuzilishi,
shakllanishi va grammatik funksiyalari haqida to‘liq tasavvur beradi. U o‘zbek
tilidagi morfemalarni o‘rganishda ularning lug‘aviy va grammatik xususiyatlarini
birlashtirishni taklif etgan .
To‘xtasin Jalolov esa o‘zbek tilining nazariy grammatikasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy
ishlari bilan tanilgan, shu bilan birga, morfologiyani tildagi leksik va grammatik
birliklarni birlashtiruvchi bo‘g‘in deb bilib, so‘zning ma'no va shakl o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilgan. Uning tadqiqotlari morfologik birliklarning
strukturaviy va funksional xususiyatlarini yoritishga qaratilgan .
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, morfologiya haqida tilshunos olimlarning
fikrlari differensial, lekin ular bir xil asosiy fikrni ta'kidlaydilar: morfologiya
tilning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, so‘zlar va ularning tuzilishi, o‘zgarishlari va
aloqalarini o‘rganish orqali tilning umumiy tizimini tushunishga yordam beradi.
Har bir olim o‘z nazariyasida morfologiyaning rolini turlicha ko‘rsatgan, lekin
umumiy nuqtai nazar tilning grammatik, struktural va semantik tizimlarini
tushunishda morfologiyaning markaziy o‘rni borligini ta'kidlaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Abduazizov, A. A. Hozirgi o‘zbek tili: Morfologiya va sintaksis. Toshkent:
O‘qituvchi, 1984.
2.
Qosimov, A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. Toshkent:
Fan, 1980.
3.
Shomurodovich I. D. THE EMERGENCE OF PSYCHOLINGUISTICS, THE
SCIENTISTS’SCIENTIFIC-THEORETICAL VIEWS AND ITS CONNECTION WITH
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
111
OTHER SCIENCES //JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN. – 2023. – Т.
6. – №. 5. – С. 213-218.
4.
Shomurodovich I. D. À PROPOS DU TERME PHONOPSYCHOLOGIE
//Conferencea. – 2023. – С. 45-47.
5.
Shomurodovich I. D. LE ROLE DE L'EMOTION EN PHONOPSYCHOLOGIE
//Conferencea. – 2023. – С. 77-79.
6.
Islomov D. HIS-TUYGʻUNING PAYDO BOʻLISHI, UNING ASOSIY HOLATLARI
PSIXOLOG OLIM KERROLL ELLIS IZARD TALQINIDA //Farg'ona davlat
universiteti. – 2024. – №. 2. – С. 96-96.
7.
Islomov D. TILSHUNOSLIKDA FONOPSIXOLOGIYA ATAMASINING KIRIB
KELISHI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2024. – Т. 47. – №.
47.
8.
Islomov D. S. The Definition of The Concepts of «Phoneme» and
«Phonostylistics». Middle European Scientific Bulletin, 9 [Электронный
ресурс].
9.
Islomov D. S. SIMILARITY ASPECTS OF UZBEK AND FRENCH PHONETICS
//International Multidisciplinary Journal for Research & Development. – 2023. –
Т. 10. – №. 10.
10.
Shomurodovich I. D. THE EMERGENCE OF PSYCHOLINGUISTICS, THE
SCIENTISTS’SCIENTIFIC-THEORETICAL VIEWS AND ITS CONNECTION WITH
OTHER SCIENCES //JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN. – 2023. – Т.
6. – №. 5. – С. 213-218.
11.
Shomurodovich I. D. À PROPOS DU TERME PHONOPSYCHOLOGIE
//Conferencea. – 2023. – С. 45-47.
