SATIRA ATAMASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Annotasiya

Adabiy janrlar ichida satira o’ziga hos o’ringa ega hisoblanadi. Satirik janr deganda  jamiyat  hayotining  har  qanday  hodisalari  keskin qoralangan  va  masxara  qilingan  asarlar  tushuniladi. Voqelikni badiiy aks ettirishning  oʻziga  xos  usuli  boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib,  mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari  yordamida  yaratilgan  obraz  orqali  Satira  obʼyektiga  "ishlov"  beriladi. 

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
77-80
44

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Atadjanova , M. . (2025). SATIRA ATAMASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI. Модели и методы в современной науке, 4(2), 77–80. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/66349
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Adabiy janrlar ichida satira o’ziga hos o’ringa ega hisoblanadi. Satirik janr deganda  jamiyat  hayotining  har  qanday  hodisalari  keskin qoralangan  va  masxara  qilingan  asarlar  tushuniladi. Voqelikni badiiy aks ettirishning  oʻziga  xos  usuli  boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib,  mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari  yordamida  yaratilgan  obraz  orqali  Satira  obʼyektiga  "ishlov"  beriladi. 


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

77

SATIRA ATAMASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Atadjanova Mashhura Baxtiyarovna

Urganch Ranch texnologiya universiteti Pedagogika va filologiya fakulteti

,,O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14862880

Annotatsiya:

Adabiy janrlar ichida satira o’ziga hos o’ringa ega hisoblanadi.

Satirik janr deganda jamiyat hayotining har qanday hodisalari keskin
qoralangan va masxara qilingan asarlar tushuniladi. Voqelikni badiiy aks
ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri
hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib,
boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina
turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obʼyektiga "ishlov" beriladi.

Kalit so’zlar:

satira, janr, yumor, nazariya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik.

Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va

boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq satira uchun salbiy tus berib,
keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi.Jahon
adabiyotshunosligida satira voqelikni badiiy ifoda etishning o’ziga xos tamoyili
sifatida adabiyotning barcha turlari,jumladan, lirik, epik va dramatik asarlarda
qo’llaniladigan komiklikning bir turi va badiiylikning modusi sifatida e’tirof
etiladi.

Satira - ,,adabiyot va san'atda: kishidagi nuqsonlar va hayotdagi

kamchiliklar, salbiy hodisalarni ayovsiz tanqid qilish, fosh etish hamda shunday
mazmunda yozilgan badiiy asar '' hisoblanadi. Satirada ,, asar ijtimoiy hayotning
ma’lum tomoni yoki guruh va shaxslarning yaramas salbiy xislatlaridan achchiq
kulib va uni tanqidiy tasvirlab yoziladi.” Bundan tashqari, ,, asar, kitob, film va
boshqalarda biror kimsa yoki narsani tanqid qilish uchun hajvdan foydalanish
va ularni kulgili qilish’’ ; ,,biror shaxs, g’oya yoki muassaning xato va
kamchiliklarini ko’rsatish uchun hajvdan foydalanib tanqid qilish usuli’’ kabi
tushunchalarni qamrab oladi.

Jahon adabiyotshunosligi ilmida satira atamasining kelib chiqish tarixi,

turlari, poetik xususiyatlari keng ko’lamda tahlil qilingan. Yuqoridagi fikrimizni
isboti sifatida satira atamasining ilmiy-nazariy jihatdan o’rganilganligini ko’plab
yozuvchi va olimlar misolida ko’rib chiqamiz.

Ekhard Hensheyd satira atamasini o’zining ,,Satire und Begriffsverwirrung’’

asarida quyidagicha izohlaydi:

Bei den alten Lateinern hatte Satire, wie bekannt, irgendwie mit einer

Fruchtschale, Opferschale (,,satura’’) zu tun; dann aber wurde es von Horaz, wo
sie Sermon hieβ, bis Lutz Rathenow, wo sie so viel wie Salmonellen bedeutet,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

78

noch viel konfuser. Satire bedeutete bald dieses, bald jenes; meist alles, nur
nichts Gutes. Es herrscht hier inzwischen der vollkommene, der wahrscheinlich
schon irreversible Begriffswirrwarr.Friedrich Schiller schied im weiteren
zwischen ‘scherzhafter’ und ‘strafender (oder: pathetischer) Satire’. Was immer
das nun wieder soll: Feststeht, Satiriker oder Satiretheoretiker zu sein, ist schon
eine schwere Straf’.

Lotin tilidagi ,,satira’’ so’zi afsonaviy mavjudotlar, quvnoq va masxara

qiluvchi yarim xudolar-hayvonlar – satirlar ( o’rmon xudolari, unumdorlik
iblislari, yunon mifologiyasida yunon orollarida yashagan quvnoq echki oyoqli
jonzotlar ) ma’nolarini anglatadi.

Tilning etimologik lug’atlariga nazar tashlar ekanmiz, Kluge satirani

shunday ta’riflaydi:

Satire f.erw.fach.(<16. Jh.). Entlehnt aus 1. Satira (ӓlter: satura), zu 1. satura

(lanx) ‘Allerei, Gemengsel, Fruchtschüssel’, zu 1. satur ‘satt, gesӓttigt, reichlich,
Gedichte, die sich mit den verschiedensten alltӓglichen, historischen (usw.)
Gegenstӓnden ironisierend auseinendersetzten. Also ungefӓhr ‘ Potpourri’.
Adjectiv: satirisch; Tӓterbezeichnung: Satiriker.

Adabiyotshunoslik talqiniga ko’ra, etimologik nuqtai nazardan satura

(lotincha-lanx satura) so’zi bilan ham bog’liq – “ turli xil mevalardan iborat
taom” ma’nosida qo’llanilgan. Keyinchalik esa u ko’chma ma’noda – “qorishma,
har xil narsa” (nasr va nazm qorishmasi) sifatida qo’llanila boshlagan. Ko’pchilik
adabiyotshunos va yozuvchilar oldin satiraga kulgi yoki tanqid shart emas deb
hisoblagan va Yurgen Brummak asarida quyidagi fikrni keltirib o’tgan:

daβ man an ‘Vielerlei, Fülle, Mischung’ dabei dachte, ursprünglich auf eine

bunte Sammlung von Gedichten verschiedenen Inhalts bezogen, dann auf den
durch formale und thematische Vielfalt gekennzeichneten Einzeltext.

Hozirgi kunga kelib satira boshqa narsani anglatadi ya’ni kengroq ma’noda

talqin qilinadi:

den Gesamtbereich der literarischen, bildlichen, filmischen usw.

Äuβerungen, die moralische Verfehlungen, bestimmte Sitten und Gebrӓuche,
persönliche Eigenheit, Überzeugungen usw. kritisch, polemisch und spöttisch in
der Absicht auf Besserung oder auch lediglich der witzigen Wirkung halber
thematisieren.

Stefan Trappenning yuqoridagi fikridan kelib chiqqan holda demak, satira

vaqt o’tishi bilan rivojlanib, turli madaniy kontekstlarga va vositalarga,
jumladan, adabiyot, teatr, stend komediya, televideniya va internetga
moslashadi . Ular ijtimoiy sharhlar, o’yin-kulgular va inson aqli va ijodkorligini


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

79

ifodalash uchun kuchli vositalar bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari jamiyatda
muhim rol o’ynab, ommaviy axborot vositalari, ko’ngilochar va ijtimoiy
sharhlarni turli shakllarini shakllantirib kelmoqda.

Satirani kelib chiqish tarixiga murojaat qiladigan bo’lsak, uning yunon

dramaturgiyasiga daxldorligi borasida fikrlar mavjud.Adabiy asarlarni turlarga
ajratish masalasi dastlab yunon faylasufi Aristotel (miloddan avvalgi 384-322)
davridan boshlangan bo’lsa, keyinchalik boshqa xalqlar abadiyotshunosligida
rivojlandi. Aristotel dastlab asarlarni lirik, epik va dramatik turlarga ajratish
bilan adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shadi.G’arb
adabiyotida shakllangan adabiy asarlarni turlarga ajratish masalasi keyinchalik
Sharq xalqlari ijodkorlari asarlarida keng talqinda bayon etila boshlagan.
Xususan, bu jarayonga birinchilardan bo’lib ,,Ikkinchi Aristotel’’ yoki ,,Al muallim
as-soniy’’ (,,Ikkinchi muallim’’) nomini olgan Abu Nasr Farobiy (873-950) va
,,Uchinchi muallim’’, ,,Fan sardori’’, ,,Falsafa sultoni’’ nomlarini olgan Abu Ali Ibn
Sino (980-1037) o’z fikrlarini bildirishgan. Ular Aristotelning ,,Poetika’’ asariga
yozgan sharhlarida adabiy tur va janrlar haqidagi qarashlarini juda chuqur tahlil
qilishgan va o’zlarining fikrlarini keltirib o’tishgan. Abu Nasr Farobiy she’riyat va
dramaturgiyaning o’zaro aloqasini yanada yorqinroq aks ettirib berdi va
Aristotel asaridagi she’r nazariyasini alohida izohlaydi. Aristotel fikricha, she’r
bir qancha turlarga bo’linadi va ularning ba’zilari insonlarni yomon yo’ldan
saqlasa, ba’zilari ruhiy sezgini o’stiradi. Aristotel bunday she’rlarni “ she’r
navlari” ( ‘nav’ deganda janr nazarda tutilgan) deb aytadi va ularning tarkibiga
satirani ham kiritadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.-Toshkent: ,,O’zbekiston milliy

ensiklopediyasi’’ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.- 8-tom,212 b.
2.

O’zbek tilining izohli lug’ati. 3- jild. – T.: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi,

2007, 459 b.
3.

Hotamov N, Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-

o’zbekcha izohli lug’ati. – T.: O’qituvchi, 1979, 273 b.
4.

Macmillan For Advanced Learners. Printed and Bound in Malaysia, in

2010, 1319 b.
5.

Stefan Trappen: ,,Satire ‘’, in: Horst Brunnen/ Rainer Moritz

(Hg.): ,,Literaturwissenschaftliches Lexikon’’, Berlin 1997, 302 b.
6.

Eckhard Henscheid: ,,Satire und Begriffsverirrung “, in : Henscheid/

Henschel/ Kronauer: ,,Kulturgeschichte der Miβverstӓndnisse’’, Stuttgart 1997,
188 b.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

7.

Kluge: ,,Etimologisches Wörterbuch der deutschen Sprache“, Berlin, New

York 23 1995, 705 b.
8.

Jürgen Brummack: ,,Satire”, in: ,,Fischer Lexikon Literatur”,

Franfurt/M.1996,Bd.3,1723 b.

Bibliografik manbalar

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.-Toshkent: ,,O’zbekiston milliy ensiklopediyasi’’ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.- 8-tom,212 b.

O’zbek tilining izohli lug’ati. 3- jild. – T.: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007, 459 b.

Hotamov N, Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati. – T.: O’qituvchi, 1979, 273 b.

Macmillan For Advanced Learners. Printed and Bound in Malaysia, in 2010, 1319 b.

Stefan Trappen: ,,Satire ‘’, in: Horst Brunnen/ Rainer Moritz (Hg.): ,,Literaturwissenschaftliches Lexikon’’, Berlin 1997, 302 b.

Eckhard Henscheid: ,,Satire und Begriffsverirrung “, in : Henscheid/ Henschel/ Kronauer: ,,Kulturgeschichte der Miβverstӓndnisse’’, Stuttgart 1997, 188 b.

Kluge: ,,Etimologisches Wörterbuch der deutschen Sprache“, Berlin, New York 23 1995, 705 b.

Jürgen Brummack: ,,Satire”, in: ,,Fischer Lexikon Literatur”, Franfurt/M.1996,Bd.3,1723 b.