MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Nuraddinova Surayyo Rustam qizi
(+9998)942878068
(e-mail):surayyo8068@gmail.com
Navoiy davlat pedagogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14061891
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni
shakllantirish texnologiyasi pedagoglar tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar
mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro’yobga chiqarilishini va ularning
samaradorligini amalga oshirilishi, maktablarda o’quvchilar darsliklarda
berilayotgan ma’lumotlarni yodlashlari emas, balki, ularda tanqidiy fikrni
rivojlantirishimiz kerakligi yoritilgan.
Kalit so’zlar:
tanqidiy fikrlash, muloqot, kuzatish, oʼquvchi faoliyati,
fikrning validliligi, jarayon, didaktika, oʼquv materialining mazmuni, shakl,
metod.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash orqali, mustaqil, erkin
fikrlay olish, tahlil qilish, taqqoslash, fikrlarni izohlash, bahslashish, o‘z
g‘oyalarini himoya qilish va yangiliklarga intilish kabi malakalari bilan birga,
mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, dunyoqarashi, o‘z-o‘zini anglash,
kommunikativ savodxonligi, go‘zallik va nafosatni his etib, undan zavqlana olish,
aqlan va jismonan sog‘lom bo‘lish, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirish va
qadrlash kabi muhim xususiyatlari rivojlantiriladi. Bu o‘z navbatida kichik
yoshdagi o‘quvchilarning bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va amalda to‘g‘ri qo‘llay
olishlarini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy
fikrlashlarini rivojlantirish uchun darsning maqsadini aniq, pedagogik
texnologiya asosida loyihalab olish muhim ahamiyatga ega. Bunda
o'qituvchining tutgan roli katta ahamiyatga ega.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining izchil tanqidiy fikrlash darajalarini yozma
ishlar yozdirish yordamida ham aniqlash mumkin. Oʻquvchilarda tanqidiy
fikrlashning shakllanganlik darajasini aniqlash uchun ular bilan turli mavzularda
muloqot darslarini oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.
Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajalari quyidagi koʻrsatgichlar orqali
aniqlanishi mumkin:
●
ifodalangan tanqidiy fikrning obyektivligi.
●
shunday fikr bildirishga asos boʻlgan dalillarning ishonchliligi.
●
oʻquvchi tomonidan bayon qilingan fikrning validliligiga koʻra.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajalarini aniqlashda ularning barchasi
uchun aynan bir xil qulaylikdagi pedagogik vaziyat vujudga keltirilishi kerak.
Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda ular tomonidan bayon
qilingan fikrlarning obyektivligi alohida pedagogik ahamiyatga ega.
Oʻquvchining yozma ishini baholaganda bayon qilingan fikrlarning obyektivligi,
haqqoniyligiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Oʻquvchi tomonidan bayon
qilingan tanqidiy fikrning ishonchliligi u keltirgan dalillar bilan belgilanadi.
Dalillar qanchalik haqqoniy boʻlsa, ifodalangan fikr ham shunchalik ishonchli
boʻladi. Agar biror dalil ifodalangan fikrning aniqligini ifodalasa, xuddi shu dalil
fikrning ishonchlilik darajasini taʼminlaydi.
O’quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini o’rganish uchun ularning
muloqotga kirishish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish
metodidan o’quvchilarning fikrlash va muloqotga kirishish ko’nikmalarni
qiyoslashda keng foydalaniladi.[1]
1 Xodjayeva F.O. Oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish va uning muhim
jihatlari. / ”Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, № 6, 43-
47 b.
O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi pedagoglar
tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar, mustaqil faoliyat turlar va har xil
turdagi metodlarni qo'llash orqali ro‘yobga chiqariladi va ularning samaradorligi
muayyan mezonlar yordami bilan amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni to‘laqonli
tarzda o‘quvchiga yo‘naltirilsa, uning ehtiyoj va imkoniyatlari, qiziqishlari,
iqtidorini hisobga olgan holda muayyan tamoyillar asosida tashkil etilsa, bunday
ta’lim natijalari, birinchi navbatda, o‘quvchi shaxsining o‘zini, shu bilan bir
qatorda, davlat, jamiyat hamda fanni rivojlantiruvchi omil darajasiga
ko‘tariladi.Ta’lim jarayoni o‘quvchilar tomonidan tanlangan turli yo‘llarga
moslashtirilib, takomillashtirilib borilgandagina ularda tanqidiy fikrlashni
shakllantirishga zamin yaratiladi.
Ta’lim jarayoni o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin
yaratish uchun ko‘proq o‘qish darslari va unda ikki haftada bir o‘tiladigan
sinfdan tashqari o‘qish darslarining roli benihoya kattadir.Shuning uchun ham
o'qish darslariga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish lozim.
Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini oʻrganish uchun ularning
muloqotga kirishish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish
metodidan oʻquvchilarning fikrlash va muloqotga kirishish koʻnikmalarini
qiyoslashda keng foydalaniladi1.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
63
Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini tashxislarda
kuzatish metodi muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodi kichik maktab
yoshidagi ya'ni, boshlang'ich sinf oʻquvchilarning dunyoqarashi, aqliy
rivojlanishi, fikr yuritish dinamikasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqil fikr bayon
qilishi, faol nuqtai nazarini oʻrganish va tahlil qilishga yordam beradi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining faol darajada tanqidiy fikrlashlari ularning
asab tizimlaridagi qoʻzgʻalishlariga ham bogʻliqdir. U qoʻyidagilarda namoyon
boʻladi:
– fikr ifodalash jarayonida oʻzlari duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf eta
olishlari;
– maqsadga erishish yoʻlida qatʼiylik koʻrsatishlari;
– oʻz oʻquv faoliyatlari davomida intensivlik va mahsuldorlikni saqlab qolgan
holda, uzoq muddat mobaynida u darajada qiziqarli boʻlmagan topshiriqlarni
bajaraolishlari;
– turli oʻquv vaziyatlarida mahsuldor faoliyat koʻrsatib qatʼiy fikr ifodalay
olishlari;
– muloqot va munozaralar davomida mustaqillikka intilishlari;
– yangi oʻquv vaziyatlarida oʻzlarining notanish, kashf qilinmagan qirralarini
namoyon qila olishlari kabilar.
Jamiyatimiz buyuk o‘zgarishlar tomon yuz tutgan bugungi davrda erkin
fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsini tarbiyalash uchun ta’lim — tarbiya
jarayonini o‘zgartirish muammosini qo‘ydi. Bu esa boshlang'ich sinf
o‘qituvchilardan o‘qitish emas, o‘qishga o‘rgatish tizimiga o‘tib, yangicha malaka,
ijodiy faoliyat tajribalari bilan faoliyat ko'rsatishiga turtki bo'ladi.
Amaliy faoliyatidagi ijodkorlikning yuqori darajasi o‘quvchilarni o‘qitish va
tarbiyalashning yangi,yuqori va samarali majmuasini yaratishdir.O‘qituvchi
agar ijodkor bo‘lsa ta`lim — tarbiya ishini tashkil etishda nostandart yo‘ldan
boradi, ya`ni u ishini odatdagi ishdan boshqacharoq boshlaydi.
O‘z faoliyatida dars o‘tishning turli usullaridan foydalanib,zamonaviy darslarni
tashkil etadi.Barkamol avlodni voyaga etkazish, ular ma’naviyatini kamol
toptirish maqsadida ta’lim sohasidagi olib borilayotgan o‘zgarishlar,yangi
texnologiyalar,interfaol metodlar boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish
darslarini tashkil etishda ham o‘z aksini topyapti.Bularning hammasi
boshlang'ich
sinf
o'quvchilarining
tanqidiy
fikrlashini
va
nutqini
shakllantuirishga va o'stirishga katta yordam beradi.
O’quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini o’rganish uchun ularning
muloqotga kirishish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
64
metodidan o’quvchilarning fikrlash va muloqotga kirishish ko’nikmalarni
qiyoslashda keng foydalaniladi.
Yuqorida keltirib o'tilgan gaplardan shuni xulosa qilish mumkin:
1.Hozirgi kunda ayniqsa, XXI asrda o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni
shakllantirish bo'yicha tizimli ishlarga ehtiyoj bor.
2.Tanqidiy fikrlash bu , insonlar orasida , ya'ni auditoriyadagi ruhiyatni
o'zgartira
oladigan
strategiyadir.
Tanqidiy
fikrlash
o'quvchilarda
dunyoqarashini shakllantirishga katta yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
S.T.Turg'unov, B.X.Oaniyarov, M.A.Umaraliyeva, Sh.S.Shodmonova,
Sh.M.Turgunova, H.M.Tojiboyeva
2.
Xodjayeva F.O O’quvchilarni tanqidiy fikrlashga o’rgatish va uning muhim
jihatlari.|”Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, N=6, 43-
47b.
3.
O’quvchilarning mustaqil fikrlashini tarkib toptirishning pedagogik
ahamiyati. Xalqaro konferensiya. g.Novosibirsk 2021 y.
4.
O'qituvchilaming kasbiy mahorat va kompetentliligini rivojlantirish.
Toshkent: "Sano-standart", 2012
