MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
142
FUTBOLCHILARGA PRESSING TAKTIKASINI O‘RGATISH
USLUBIYATI
Xalmuratov Murodjon Yuldashevich
(O‘zDJTSU “Qishki va murakkab-texnik sport turlari
nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14177390
Futbol mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan taktik harakatlardan
ko‘pincha, hujum va himoya taktikasiga e’tibor berilgan. Bunda ular hujumni
samarali yakunlash va himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatishga katta ahamiyat
berishgandir. O‘tmish futbol uchrashuvlarda ham taktika tanlashda hujum va
himoya jihatlarga e’tibor qaratilgan. Lekin, futbolda to‘pni olib qo‘yib, tez
hujumlarni boshlab samarali yakunlashda, pressing taktikasi ham muhimdir.
Ilmiy adabiyotlarda pressing taktikasi haqida ma’lumotlar kamligini ta’kidlash
o‘rinlidir. Bunda biz o‘tmishdagi futbol uchrashuvlarda pressing taktikasini
qo‘llashni amalga oshirmaganligini ta’kidlashimiz mumkin. Bugungi davr tezkor
futbolidan pressing harakatlar, uni maydonda qo‘llash, jamoa g‘alabsida muhim
ahamiyatga egadir.
Mutaxassislar futboldagi taktik o‘yinlarni o‘rganganida, pressing “kelajak
o‘yin taktikasi” deb izoh bergan. Buni biz Yevropa futbolida ko‘rmoqdamiz.
Pressing qo‘llashda futbolchilarning asosiy maqsadi, raqib jamoa hujumiga
to‘sqinlik qilish, ularga maydonda o‘yin bermaslik, to‘pni egallab olishdir.
Zamonimizdagi tezkor futbolda pressing harakatlarni, uni maydonda qo‘llash,
jamoa g‘alabasida muhim ahamiyatga egadir. Angliyalik Charz Xyus va
B.G. Chirva futboldagi taktik o‘yinlarni o‘rganib, pressing taktikasiga katta urg‘u
bergan. Pressingni amalga oshirishda quyidagi ta’rifni beradi. “Pressing – bu
raqib futbochisini to‘p bilan bo‘lganda, uning vaqti va to‘p uzatish joyini
qisqartirishdir”. Raqib futbolchisi to‘pni oldinga uzatmasligi, harakatlanmasligi,
hujum uyushtirilishiga to‘sqinlik qilishdir. Pressingni amalga oshirishda
futbolchilardan katta mahoratni talab etadi. Jismoniy tomonlama yetuk bo‘lish
pressingni samarali ijro etilishida katta ahamiyatga egadir. Ch.Xyus Angliya
chempionatidagi o‘yinlarni kuzatishda pressing taktikasi raqib maydonda
qo‘llash, jamoalarda uncha kuzatilmaydi, ular asosan o‘z jarima maydonida
bunga e’tibor berilishini ta’kidlagan. Keyingi yillarda futbol jamoalarining
pressing harakatlarini qo‘llash ko‘p kuzatilmoqda. Oxirgi o‘tkazilgan jaxon
chempionatlarida bir qancha terma jamoalar maydonda pressing taktikasida
o‘yinlarni olib borishdi. Mutaxassislar ko‘pgina terma jamoalarining pressing
taktikasida samarali harakatlanishi va yarim himoya, hujum chizig‘ida to‘pni olib
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
143
qo‘yish, o‘yinlarda yaqqol sezilib turishini e’tirof etishgan. Serbiyalik futbol
mutaxassislari Ch.Xyus va B.G. Chirva taktikaning eng optimal darajada XI-XII
jahon chempionatlarida Gollandiya terma jamoasi futbolchilari ko‘rsatishgan
deb ta’kidlaydi. 1974 yildagi jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasining
o‘yindagi «total» harakatlarni kuzatar ekan, o‘yinchilarning hujumda, himoyada
hamjihatlik bilan o‘ynashi, o‘yinchilarning maydonda o‘z funksiyalarini
o‘zgartirib turishi, har bir o‘yinchi o‘yinda universal o‘yin namoyish etganligini
e’tirof etgan. Hozirgi zamon futbolining ilmiy uslubiy nazariy adabiyotlari juda
ko‘p bilim va ko‘rsatmalarni yoritib bermokda. Bu bilimlar orqali o‘quv-
mashg‘ulot vaqtida yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini to‘g‘ri
rivojlantirishda samarali yordam bermokda. Shunday bo‘lsa ham ishlab
chiqilgan qo‘llanmalardan futbol murabbiylari kam foydalanishmokda.
Adabiyotlar tahlilini o‘rganganimizda va mashg‘ulotlar jarayoni shuni
ko‘rsatadiki, hamma ham sport maktablarida pressing taktik harakatlarini
rivojlantirishga ko‘p ahamiyat berilmayapti. Biz ko‘prok e’tiborni yosh
futbolchilarda pressing taktik harakatlarini rivojlantirishga qaratishimiz kerak.
Shundagina O‘zbekiston futbolining gullab yashnashiga oz bo‘lsa ham o‘z
hissamizni qo‘shgan bo‘lar edik.
Zamonaviy futbolda maydon markazida o‘ynovchi yarim himoyachi – dispetcher,
pleymeykr nomi bilan tanilgan. Futbolchilar o‘yinda bemalol harakatlana
olishadi. Bu futbolchilarga boshqa jamoadoshlarga qaraganda ko‘proq to‘p
uzatiladi va ular to‘pni maydonda iroda qilishlari ancha kattadir. Mutaxassislar
to‘pni olib qo‘yishda, markaziy yarim himoyachilarga o‘yin bermaslikda pressing
taktikasini muhimligini ta’kidlashadi. Oliy liga jamoalarining uchrashuvlarda
pressing taktikasini muhimligini ta’kidlashadi. O‘yin davomida yuqori malakali
futbolchilarning g‘alabalari xozirgi kunda raqibga qarshi to‘g‘ri tanlangan
taktikani ahamiyati kattaligini ko‘pgina mutaxassislar ta’kidlashmoqda. Ayniqsa
raqib jamoasiga to‘pni olib qo‘yish uchun uyushtiriladigan bosim orqali pressing
taktik harakatlarni qo‘llash muhim xisoblanadi. Lekin bu taktikani amalga
oshirish uchun jamoadan katta jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Yosh
futbolchilarni pressing taktik harakatlar samaradorligini yuqori bo‘lishida
jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish murabbiyning eng asosiy vazifasi bo‘ladi.
Shu sababdan yosh futbolchilarni muntazam ravishda chempionat o‘yinlaridan
oldin, davra o‘yinlari orasida maxsus pedagogik test me’yorlarini olish orqali
aniqlanadi. Jismoniy tayyorgarlik o‘quv-mashg‘ulot jarayonining muhim va
ajralmas qismi bo‘lib, pressing taktik harakatlarni amalga oshirishda imkon
beradi. Jismoniy tayyorgarlik yosh futbolchi organizmining funksional
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
144
imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish, har tomonlama jismoniy
rivojlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jismoniy
qobiliyatlarni tarbiyalash va mustahkamlash jarayonidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D.K.Karimov “O‘rta yoshli velosipedchilarning o‘ziga xos tayyorgarligi va
organizm holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar”. Maqola. Educational Research in
Universal Sciences 2 (14), 751-755. 2023 yil.
2. D.K.Karimov, A.K.Karimov “Importance of effective tactical systems at
football”. Ilmiy maqola. European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences. Vol. 7 No. 12, 2019 ISSN 2056-5852. 2019 yil.
3. R.R.Zakirova, I.N.Tuxfatullina, D.K.Karimov “Совершенствование методики
повышения мастерства велосипедистов - шоссейников на основе аспектов
физического развития при занятиях велоспортом”. Maqola. O‘zbekistonda
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning falsafiy, huquqiy va sotsiologik
muammolari konferensiyasi. 2020 yil.
4. D.K.Karimov “O'rta yoshli aholi uchun sog'lomlashtiruvchi yo'nalishdagi
mashg'ulotlarni o'tkazish xususiyatlari”. Maqola. Theoretical aspects in the
formation of pedagogical sciences, 1(7), 365-369, 2023 yil.
5. D.K.Karimov “Velosipedda yurish orqali o‘rta yoshli aholi orasida
o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tibbiy-fiziologik asoslari”.
Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2 (15), 94-99. 2023 yil.
6. A.Yu.Atajanov, D.K.Karimov “Harakatli o‘yinlarning yosh sportchilar va
bolalarni tarbiyalashdagi nazariy ahamiyati”. Maqola. Educational Research in
Universal Sciences 2 (15), 174-178. 2023 yil.
7. D.K.Karimov “Velosiped sport turi bilan o’rta yoshli aholi uchun
sog’lomlashtiruvchi yo’nalishdagi mashg’ulotlarni o’tkazish xususiyatlari”.
Maqola. Fan sportga jurnali. 79-83 betlar. 2023 yil.
