ISSN 2181-922X 120
—
137
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur
prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
Zebo Yaxshiyeva
1
Abstrakt
Ushbu maqolada Amir Temur siymosini prototip sifatida olgan, о‘rta
asrlar ingliz adabiyotida turli davrlarda yaratilgan dramatik, nazmiy va
nasriy asarlar tadqiqi borasida sо‘z yuritildi. Har bir asar о‘zbek va boshqa
sharq adabiyotida mavjud badiiy ijod namunalari bilan qiyosiy о‘rganildi.
Olib borilgan tadqiqotlarda keltirilgan nazariy fikrlarga tayangan holda,
yozuvchilarning badiiy obrazlarga yuklagan orzu umidlari haqida ilmiy
xulosalar berildi. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari tahlilimizning
bosh obyekti sifatiga olingan bо‘lib, g‘arb yozuvchilari badiiy merosini
tadqiq etgan dunyo ilm ahlining Temur badiiy obrazi borasidagi fikrlari
yuzasidan ilmiy tahlillar olib borildi. О‘zbek adabiyotshunos olimlarining
bir qator tadqiqotlari va ilmiy qarashlariga suyangan tarzda Amir Temur
tarixiy siymosining badiiy asarlarga kо‘chgan obrazi bilan qiyosiy tadqiq
etildi. Ayniqsa, ushbu maqolada qiyosiy o‘rganilgan ingliz adiblari bosh
qahramonida aks etgan о‘sha davr ijtimoiy muhiti, oddiy xalqning orzu is
-
taklari va hukmron qatlam va cherkov ziddiyatlari, asar tо‘qima obrazlari
-
ga va voqealariga kо‘chgan mifologik unsurlar haqida mulohazalar berildi.
Kalit s
о
‘zlar
:
interpretatsiya, ierarxiya, tetraloogiya, Nikolas Rou,
Charlz Sanders, epopiya, Tamerlan, Kristafor Marlou, dramaturgiya.
Kirish
Amir Temur yuritgan adolatli va oqilona siyosat, diniy
bag‘rikenglik, u tuzgan markazlashgan davlat о‘sha davr ijtimoiy-
iqtisodiy, ilmiy-madaniy taraqqiyotida, dunyo tamaddunining
yanada yuksalishida alohida ahamiyatga ega. Bu tarixiy haqiqatni
tan olmasdan va e’tirof etmasdan, sohibqiron yashagan davrni, uning
keyingi asrlardagi ta’sirini va umumbashariy ahamiyatini baholab
bо‘lmaydi. Amir Temur siymosi barcha davrlar о‘zbek adabiyotida
ijodkorlar uchun erk, ozodlik, adolat, kuch-qudrat, millat timsoli
1
Yaxshiyeva Zebo Rashidovna
–
Filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD),
dotsent.
E-mail:
zebona.sevinch@gmail.com.
ORCID ID:
0009-0006-0973-6147
Iqtibos uchun:
Yaxshiyeva Z. 2024. “
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur
prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
”.
O’zbekiston: til va madaniyat
1 (2):
120-137.
120
Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)
bо‘lib kelgan. Amir Temur tarixiy shaxsining obraz sifatida realistik
talqini va uni yaratishda epik an’ana va tarixiylik tamoyillariga
asoslanish masalarini о‘rganish bugungi kun Temurshunos olim va
olimalari jiddiy tadqiq etishi zarur masalalardandir. Bu izlanishlar
avvalida jahon adabiyot ilmida Amir Temur siymosini ilmiy
jihatdan о‘rganishga doir qator adabiyot va ilmiy risolalarni keltirish
mumkin.
Asosiy qism
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur shaxsi, faoliyati aks
etgan asarlarni shartli ravishda uchga bо‘lish mumkin:
1.
Amir Temur hayot davrida uning zamondoshlari
tomonidan yaratilgan asarlar.
2.
Uning vafotidan keyin yaratilgan asarlar:
A) XIX asrgacha yaratilgan asarlar;
B) 1920-30 yillarda yaratilgan asarlar;
S) 1970 yillarda yaratilgan asarlar;
D) mustaqillikdan sо‘ng yaratilgan asarlar.
3.
Xorijda yaratilgan asarlar.
О‘zbek adabiyot olamida yozuvchi va adiblarimiz tomonidan
yozilgan hamda jahonda temuriylarga oid asarlari bilan mashhur
ijodkorlarning о‘zbek tiliga tarjima qilingan ko‘plab asarlarni
uchratish mumkin: Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi
va yuzga yaqin maqolalari, Nurali Qobulning “Temuriylar” epopiyasi,
Lyusen Kerenning. “Amir Temur saltanati”; Brion Marselning
“Menkim Sohibqiron-Jahongir Temur”, A. Ibrohimov qalamiga
mansub “Bizkim о‘zbeklar” nomli qator adabiyot namunalarini misol
keltirishimiz o’rinli.
G‘arb adabiyotshunosligida Amir Temur siymosini о‘z
asarlarining prototipi sifatida olgan XVI asr ingliz adabiyotida
Kristafor Marlouning “Buyuk Tamerlan” dramasi, XVII asr ingliz
sahnalarini bezagan Charlz Sandersning “Tamerlan” sahna asari,
XVIII asrda dovrо‘g‘i doston bо‘lgan Nikolas Rouning “Tamerlan”
asarlarini yaratilish jarayonlariga nazar tashlasak, ifodalanyotga
hodisa va qahramonlarning muallif dunyoqarashidan kelib chiqib
tasvir etilishi, inson, jamiyat va borliq ijodkor badiiy tafakkuriga
asosan baholanishi va mana shu asarlarga singdirilgan monologik
tafakkurning birlamchi talablaridan bо‘ldi. Ular mazkur adiblarga
davrning keskin, og‘riqli va dolzarb ijtimoiy falsafiy muammolarini
kо‘tarib chiqish mas’uliyatini yukladi. Chunki, ingliz adabiyotida
cherkovning g‘oyaviy zо‘ravonligiga qarshi kurashish, qirol
121
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
va kiborlarning manmanliklari va kibrlari, ayniqsa toj-u taxt
Yaratganning ilohiy ne’mati va unda oddiy insonlar daxl qilishi
mumkin emas qabilidagi ishonchlari, adiblar kо‘nglidagi og‘riqlarni
asarlarga ideal obraz Temur misolida olib chiqish ehtiyojini keltirib
chiqardi. Ayniqsa, ularni badiiy talqin etishi, ularga bilvosita asarlari
orqali munosabat bildirishi ya’ni
jismoniy va ma’naviy komil inson
ideali, real tashqi dunyo gо‘zalligining va inson kechinmalari
murakkab dunyosining san’at tomonidan kashf etilishi, antik dunyo
madaniyati turli qirralarining chuqur egallanishi masalalari tarixiy
asarlarda kо‘rina boshlandi.
Ingliz adabiyotiga ilk bor Amir Temur obrazini olib kirgan
shaxs “University wits” (Universitet donolari) ga mansub Kristafor
Marlou edi. “Tamburlaine the great” (Buyuk Temur) tragediyasi orqa-
li u “Ingliz teatrining otasi” (father of English theatre) degan sharafli
nomga sazovor bо‘lib, ingliz dramaturgiyasida dahshatli (qudratli)
fojea (powerful tragedy) janriga ham asos soldi. Uning bosh qah-
ramoni Tamburleyn inglizlarda qirollar saroyidagi yuksak lavozim
egasiga nisbatan aytilgan “Chamberlain” sо‘zining talaffuz etilishi
-
ga qulay varianti ham bо‘lishi mumkin degan qarashlar mavjud.
Ushbu ikki qismdan iborat tragediyani Salohiddin Toshkandiyning
“Temurnoma” qissasi bilan qiyosiy о‘rgangan adabiyotshunos Olim
-
jon Dadaboyevning qo‘yidagi qarashlari ahamiyatli: K.Marlou Amir
Temurni afsonaviy qahramon tarzida tasvirlab, uni baland boyli, tik
qomatli deb tasvirlaydi. yelkalari keng bо‘lib, go‘yo butun dunyoni
kо‘tarib tura oladiganday. Uning uzun qо‘llari va kuchli mushaklari
uning qudratidan darak berib, kо‘zlari esa о‘tkir va sehrli. Bularning
hammasi uning qudratidan va dunyo hukmdori bо‘lishidan darak
beradi. Ushbu asardagi Temurning 300 kishilik askarlari bilan ming-
dan ortiq qо‘shinga “dars” berib qo‘yishi va dushmanni qochishga
majbur qilish epizodi Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy
asarlaridagi tarixiy qaydlar bilan mushtarak [
Dadaboyev 2019, 16
].
Amir Temur haqidagi lavhalar XX asrning boshlarida turkiy tilda yo-
zilgan Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” (yoki Amir Temur
kо‘ragon jangnomasi) asarida xalqona afsonalarga hamohang tarz
-
da tasvirlangan: Temur dunyoga kelgandan keyin Zanjir Sara qu-
dug‘idan qirqta qul suv tortadigan qovg‘ani yolg‘iz о‘zi tortib odam
-
larga suv ulashadi. Qassobning zil zambul qanorasini bir barmogi
bilan otib yuboradi. Uxlab yotganida sezgisining kuchidan kunjida
kulcha bо‘lib yotib olgan ilonning boshini tishlab uzib oladi. Yuk tо‘la
aravani kо‘tarib otib yuboradi.
Mana shunday tasvirlardan kо‘rinib
turibdiki Temur ertak yoki epos qahramonalri singari, xalq orzusi-
122
Zebo YAXSHIYEVA
dagi va idealidagi qahramon va hukmdor sifatida tasavvur qoldiradi.
Ayniqsa uning tug‘ilish sahnasining о‘ziyoq ya’ni Zuhal va Mushtariy
sayyoralarining yaqinlashuvi davrida tug‘ilgan о‘g‘il Sohibqiron-
uning toleyi umri oxirigacha iqboli mas’ud bо‘lishi aytilgan.
Chunki
“Shul soatda tangri taborok va taolo olamni yaratibdur, har farzand
shul soatda tavallud topsa, oning toleyi oxir umrigacha doimo iqbo-
li masuddi”
[
Toshkandiy 1990, 351
]
.
Asarda shuningdek, Qaysari
Rum g‘orining ichida Aristotelus yozib qoldirgan lavhada bu g‘orda
Iskandar uning tavalludidan sakkiz yuz yil о‘tib, Rasuli Akram uning
tug‘ilishidan shuncha vaqt о‘tib, Iskandari Soniy tug‘ilgani bashorat
qilinadi.
K.Marlou hamda S.Toshkandiy kabi ijodkorlar asarlaridagi
bosh qahramon ham jangchi, sarkarda va yengilmas ilohiy shaxs.
Asarlardagi obrazlarning о‘xshash va farqli jihatlarni о‘rganish as
-
nosida qayd etish joizki, ushbu ikki ijodkor bosh qahramoni Temur
obrazini yaratishda turli manbalarga tayangani e’tiborli. S.Tosh-
kandiy “Temurnoma” dostonini yozishda Sharqda yaratilgan kо‘plab
manbalarga, qolaversa, xalq og‘zaki ijod namunalariga, xalq qis-
salariga (Qissayi Mashrab, Ibrohim Adham, Bahovuddin Naqsh-
band) tayanilgani sezilsa, K.Marlou haqida qator ilmiy taqdiqotlar
olib borgan. Parfyonev ilmiy tadqiqotlarida va amerikalik yozuvchi
Jastin Marotsining “Tamerlane: SWord of Islam, Conqueror of the
world” asarida ma’lumot berilishicha: “K. Marlou Temur haqidagi
ma’lumotlarni florensiyalik Petro Perondinning “Skiflar imperatori
Buyuk Temurning hayoti” va genuyalik Baptista Fregozoning
“Unutilmas hikmatlar va ishlar” traktatlaridan”[
Парфёнев 1965, 5
],
Jorj Uetstonning “Ingliz kо‘zgusi” kitoblaridan [
Мароцци 2010, 66
]
foydalanganlik ehtimoli katta. K.Marlouning Yevropadagi mashhur
tadqiqotchisi Ellis Fermourning esa K.Marlou asosan Xalkondilos,
Haytn, Fregozo, Meksia, Premadeya va Pirondinilarning ishlari [
Ellis
Fermor 1927, 13
] ushbu tragediyani yozishda asosiy manba bо‘lib
xizmat qilganini ta’kidlagan.
Ingliz adabiyotida yozilgan ushbu ilk asardagi Amir Temur
obrazi va voqeliklarning turkiy manbalar orasida eng ishonchli
deb tan olingan “Temur Tuzuklari”, N.Shomiyning “Zafarnoma”, Inb
Arabshohning “Temur haqida taqdir ajoyibotlari”, G‘iyosiddin Alining
“Hindistonga yurish kundaligi” kabi tarixiy asarlardan farqli jihatlari
ham ahamiyatlidir. Bu asarlarning Yevropa tillariga jumladan Sh.
Yazdiy “Zafarnoma”si 1722 yilda Petey de La Krua tomonidan, Ibn
Arabshoh asari 1658 yilda P.Vote tomonidan fransuz tiliga K.Marlou
о‘limidan yarim asr о‘tgandan keyingina tarjima qilingan. Shu
123
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
bois, K.Marlou asaridagi vahshiy va dahriy Temur va tarixiy shaxs
sifatida о‘tmish manbalarida о‘z adolati va turkiy ellarni о‘z yurtida
bek qilish orzusi bilan yashagan sarkarda о‘rtasida о‘xshashlik
bо‘lmasligi tabiiy. Shuningdek, nafaqat Temur shaxsi balki uning
yurishlari haqidagi ma’lumotlarda ham muallif tо‘qima motivlardan
foydalanganini kо‘rishimiz mumkin
Marching from Cairo northward, with his camp
To Alexandria…(P II, Act I, stage I.)
Tarjimasi: о
‘z lashkarlarin t
о
‘plaladi-yu, U
Qohiradan Aleksandriya tomon yo’l oldi
(Z,Y).
Dramada Misr о‘lkasi Temur tomonidan bosib olinganligi
haqida sо‘z ketadi…Ammo bu tarixiy voqeilikka to‘g‘ri kelmaydi.
K.Marlou о‘z dramasini yozishda foydalangan asarlar tarixiy
hujjatlar emas balki, qahramonlik romanlari ekanligi hisobga olsak,
u bosib olgan о‘lkalar nomlarining notо‘g‘ri keltirilishiga shubhasiz.
Chunki, bu asarlardagi sarguzashtlar tarixiy voqealar emas, “qah-
ramonlik fantaziyalari” edi. Demak, ushbu asardagi Temur obrazi
va voqeiliklar tarixiy shaxs bо‘lgan Amir Temur shaxsidan tubdan
farq qiladi. Amir Temur hayoti va faoliyatini о‘zida mujassam etgan
asarlar yoza olish uchun Temur faoliyati mohiyatini, uning shaxs si-
fatidagi ruhiyatini tasvirlash uchun, о‘sha davrining muhiti, tarixiy
dalillar, ilm-fan, tarix manbalari tasdiqlab bergan ma’lumotlarni
chuqur о‘rganish tarixiy asarlar yozajak adib oldiga qoyiladigan ta
-
lablaridan sanaladi [
Yaxshiyeva 2022, 2510-2513
].
Ma’lumki, tarixiy voqealarga asoslangan asarlarni yozish-
da tasvirlanayotgan davr uchun tipik bо‘lgan real haqqoniy va ha
-
yotiy harakterlarni yaratish badiiy ijodning bosh qonuniyati ekan,
akademik Matyoqub Qо‘shjonov ta’kidlaganidek: “
Tarixiy janrda
ish k
о
‘radigan yozuvchi… badiiy t
о
‘qimadan tarixiy haqiqiqat taqozo
qiladigan darajada foydalansa ham, tarixiy dalillarga asosiy manba
sifatida yondoshadi, shu asosda tarixiy shaxs xarakteri tasvirlanadi”
[
Qо‘shjonov 1965, 96
]
.
Tadqiqotlatda tarixiy mavzudagi asarlarning
xususiyati haqida gap ketganda, tarixiy voqea bilan roman о‘rtasidagi
muvozanatni saqlash, kitobxonni romandagi tarixiy voqealarga
ishontirish, bu о‘rinda adabiyotning yutug‘i esa yozuvchining ma
-
horati bilan kitobxon ishonchi uyg‘unlashgan nuqtada kesishishi
aytilgan [
Rahmonov 2012
]. Shu fikrlardan xulosa qilish mumkinki,
K.Marlou ingliz adabiyotiga Temur shaxsini о‘z asari bilan tanishtirar
ekan, badiiy tо‘qimaga tayanib ish kо‘rgan, tarixiy haqiqatdan taqo
-
zo qilingan darajada foydalanmagan, tarixiy dalillarga asosiy manba
sifatida qaramasdan, sarguzasht kechinmalariga urg‘u bergan. Yoki,
124
Zebo YAXSHIYEVA
ushbu tarixiy ma’lumotlar K.Marlougacha yetib bormagani uchun
uydirma va og‘zaki ma’lumotlar bilan chegaralangan kо‘rinadi. Asar
-
ga garchi Temur obraziga Amir Temur shaxsidan prototip sifatida
foydalanilgan bо‘lsada, aslida K.Marlouga о‘z zamonasiga bо‘lgan
munosabatini va g‘oyalarini, siyosiy va diniy qarashlarini ifoda-
lash uchun, zamonasining dolzarb muammolarini yoritib berish
uchun nomlar, maskanlar, joylar kerak edi. Ushbu katta maqsadni
yuklashga arzirli shaxs kerak edi. Bu tafovutlarda Sharqdan G‘arb-
ga sari og‘izdan og‘izga kо‘chib, yo’l yo’lakay ma’lum о‘zgarishlarga
uchragan afsonalarning ham roli katta.
Kristafor Marlou asarini sinchiklab kuzatgan о‘quvchi
muallif Angliyaga namuna qilib kо‘rsatishni istagan haqiqiy qirol,
jahongir va qahramon Temur obrazi ekanligiga ishonch hosil qila-
di. Bu tarixiy shaxsning kо‘plab qirralari Marlouni rom qilgan bо‘lsa
ajabmas. О‘rta asr Angliya qirollari unutib qoygan mardlik, jasurlik
va tantilik kabi xislatlarni u balki Amir Temur shaxsida kо‘rgandir.
Tamburlaine: we will not steal upon him cowardly,
But give him warning and more warriors. (P.I, Act I, Sc.5)
Ma’nosi: Biz hech nomardarcha talamasmiz, aslo
Ogohlantiring b
о
‘lajak janglardan uni (Z.Y).
G‘arb adibining sahna asarida Temur dinning kushandasi
sifatida kо‘rsatilar ekan, undan farqli о‘laroq Sharqda Sohibqiron
islom dini rivojiga ulkan hissa qо‘shgan hukmdor sifatida tasvirlana
-
di. Bu haqda “
Temur tuzuklari”
da
jahongirning о‘zi shunday deydi
:
“Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dun-
yoda rivoj berdim. Har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim
”
[
Temur Tuzuklari
1991, 24
].
Sharqshunos adiblar manbalariga emas, Amir Temur
haqidagi og‘zaki manbalarga, turli mavzu va janrarga asoslangan
Marlou asarining asosiy g‘oyasi hukmdorlik insonga Xudo tomoni-
dan berilgan in’om emas, balki har qanday inson, hatto, chо‘pon ham,
о‘z kuch qudrati, aqli bilan yuksak mavqega erishi mumkin degan
g‘oyani ilg‘ash mumkin. K.Marlou asari singari S. Toshkandiyning
jangnomasida ham sentimentalizmga moyillik kuchi seziladi, chunki,
kitobxon va tomoshabin diqqatini tortish uchun sentimental tasvir
tanlangan. Har ikki ijodkor Temur obrazini yaratishda xuddi ertak
va epos qahramonlari singari, uning jismoniy jihatlariga, harak-
teridagi qat’iyatiga asosiy diqqatni qaratishgan.Tarixiy voqeilik va
tarixiy dalillar о‘rtasidagi mutanosiblik hamda ushbu asarlarda
-
gi Amir Temur haqidagi og‘zaki ma’lumotlarning asosiy о‘rin egal
-
lashi badiiy asar yaratish qonuniyatlarini inkor qilmaydi, balki
125
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
ijodkorlarning maqsad va niyatlarini tо‘laqonli yuzaga chiqishi
-
ga muhim omil bо‘lib xizmat qiladi. Yuqorida asarlari va tadqiqot
-
lari tahlil ostiga olingan olim va adiblarning asar va manbalarida
Temur obrazini mukammal shaxs sifatida tasvirlanishiga sabab, о‘z
davri-ning uquvsiz humkdorlariga namuna qilib kо‘rsatish edi.
Shu о‘rinda keltirib о‘tish joizki, Shaqr adabiyot dunyosida,
jumladan o‘zbek adabiy muhitida mustaqillik sharofati bilan Amir
Temur shaxsini adabiyot va tarixiy asarlarda keng tadqiq etilish
о‘zbek xalqi va millati ma’suliyatiga aylandi. Sohibqironning nomi,
siymosi xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli
bо‘lishda, milliy-tarixiy va madaniy-ma’rifiy ildizlarimizni chuqur
anglashda, buyuk kelajagimizni qurishda bizga yangidan-yangi
kuch-quvvat bag‘ishlamoqda [
Saidov 2017, 83
]. Darhaqiqat, Amir
Temur yodi va uni о‘rganish u tug‘ilib о‘sgan vatandoshlari uchun
zaruratdir. Buyuk bir timsol sifatida, markazlashgan davlat tuza
olgan mohir sarkarda sifatida, xalqni farovonlikka boshlab bora olgan
dono yо‘lboshchi, yurtni tinchlikda saqlay olgan diplomat sifatida
kerak. Yoshlarimizga ibrat bо‘la oladigan tarixiy Shaxs sifatida u
davrimizning, kelajagimizning ehtiyojidir.
Amir Temur va uning sulolasi haqida bepoyon sahifalarda
qalam tebratish zavqli, shavqli, sharafli bо‘lish bilan birga, о‘ta
ma’suliyatli hamdir. Bunday zalvorli ishni uddalash ulkan bilim
zaxirasini, badiiy ijod iste’dodidan tashqari, ilmiy iqtidorni va
izlanishni ham talab etgan. Mana shunday zalvorli ishni uddalay
olgan yozuvchilar orasida Muhammad Alining xizmatlari ulkan.
Uning qalamiga mansub “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi katta bir
epopik asar sifatida mashhur. Asarning boshidan oxiriga qadar Amir
Temur mehribon va qattiqqо‘l ota, sadoqatli va g‘amxо‘r turmush
о‘rtoq, oliyjanob dо‘st, kechirimli va saxovatpesha inson, mard va
qо‘rqmas sarkarda, xalqparvar va bunyodkor rahbar, adolatparvar
va elparvar podshoh sifatida namoyon bо‘ladi.
Amir Temur Yaratgan qо‘llagan bir zot, uning ulkan
saltanat tuzishi va uni adolatli boshqarishi azaliy qismati ekanligi,
Muhammad Alining “Ulug‘ satanat” tetralogiyasida piri murshid Mir
Sayyid Baraka tomonidan jangga hozirlik kо‘rayotgan bek va nav-
karlar oldida oshkor qilinadi. Bunday ulug‘vor g‘oya har bir romanda
uzluksiz rivojlantirilib boriladi. Asarda Amir Temur Mir Sayyid
Barakani tanimasdan turib tashrif buyurishi hatto sohibqironning
ham hayratga soladi. U Amir Temurning hali oddiy sarkardalik
paytida uning sohibqironligi, kо‘ragon ekanligini bashoratlar qiladi:
“Sirli odam besh qadamcha narida tо‘xtadi: - Bismillohir rohmanir
126
Zebo YAXSHIYEVA
rohiym, Temurbek janoblari! - dedi yangroq ovoz ila u. – Inshoolloh,
Olloh himoyasi sizga posbondur. Ushbu havorang bayroqni sizga
berurmen, toki davlatingiz, bо‘y-bastingiz olamga ayon bо‘lsun!
Ushbu tabl-nog‘orani hadya eturmen, toki dovrug‘ingizni dunyolarga
taratsin! Ular saltanat va podsholik alomatlaridur. Bilingizkim,
hazrati jalol subhonahu taolo bu zaif bandani siz Sohibqironga
pir etib yubormish! Kamina Makkai mukarrama shariflaridan Mir
Sayyid Baraka tururmen! Alhamdulillohir rabbil olamin!” Mir Sayyid
Barakaning bashoratiga kо‘ra Amir Temur jahonga maxsus bir ilohiy
vazifa bilan yuborilgan: “Olam tangrisining xohishi shulki, davlat
nog‘orasini chalib, jahon maydoniga ot solursiz, ey Sohibqiron!
Jahon u boshidan bu boshigacha о‘zlariniki bо‘lgay! Davlatga
erishurlar, aslida, davlat sizga yetishgay! Siz davlat birlan buyuklik
martabasiga erishmaydursiz, balki davlat sizning tashrifingizdan
ulug‘lik topgusidur”.
Yuqorida keltirilgan epopik asardan farqli о‘laroq K.Marlou
asarining bosh qahramoni va asardagi sarguzashtlar esa tarixiy
shaxs Amir Temur shaxsi va hayot faoliaytining teskarisi tarzida
tasvirlangan bо‘lsa, Charlz Sandersning dramasi Amir Temur
hayotidagi voqealarga anchayin mos keladi. Bunday xulosa qilish
muminki, adib Amir Temur hayoti haqida yetarlicha о‘rgangan va uni
asariga prototip qilib olishda K.Marlou qilgan xatolikdan qochgan
bо‘lishi mumkin. Tarix solnomalaridan ma’lumki, Amir Temur о‘z
hayoti davomida qadrlagan eng muhim fazilatlardan biri ishonch
va dо‘stlikdir. XVII asr adabiyotida Temur obrazi mana shunday
fazilatlarga ega tarixiy shaxs sifatida Charlz Sanders asarlarida
kо‘rina boshladi. Ammo shunga qaramay asar qahramoni о‘rni
kelganda о‘z daxshatini, о‘z о‘rnida esa himmatini namoyish etadi.
О‘zbek adabiyotshunosligining bilimdonlaridan biri A.Hayitmetov
ta’biri bilan aytganda “
Amir Temurda qahr ham bо‘lgan, mehr ham”
[
Hayitmetov 1999, 15
]
.
Tarixiy dalillarga kо‘ra Amir Temur Boyazid
bilan bо‘lajak jangni oldini olish uchun unga tо‘rt marotaba maktub
jо‘natadi. Yildirim Boyazid esa uning maktublariga nisbatan haqorat,
masxaralash bilan javob qaytaradi. Sohibqironning navbatdagi
maktublarida ham unga sulh taklif qilishi, musulmon dunyosining
rahnamosi sifatida о‘git ohanglari ustuvor edi. Boyazidning xatti
harakatlariga zid ravishda Amir Temur unga dо‘stlikni taklif qiladi.
Charlz Sanders asarining bosh qahramoni ham ishonch bilan ish
kо‘rishni istovchi obraz.
Tamerlane: Faith is the brightest Jewel of a Crown!
Ma’nosi: Ishonchdir tojning nur sochiib turguvchi lojuvard
127
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
javohiri! (Z.Y).
Bu asarni adabiyotshunos olim Olimjon Dadaboyev “Tarixiy
drama deyish noto‘g‘ri bо‘lardi” deya munosabat bildiradi. Chunki,
dramadagi voqealar aslida ikki yosh о‘rtasidagi sevgi qissasiga, bir
biriga dushman ikki hukmdorning farzandlari bir-biriga kо‘ngil
berishgan, ammo g‘anim padarlar sabab taqdir ularga katta sinovlar
yuborgan. Asarning mana shu zaylda kechishi Sharq adabiyotida
Sayfi Saroyining “Suhayl va Guldursun” dostoni syujeti bilan
о‘xshash. Garchi Sayfi Saroyi о‘z bosh qahramonalrini Temur va
Boyazid emas, Temur va Tо‘xtamish deya о‘zgartirgan bо‘lsada,
aslida asar voqealari tarixiy voqeaga asoslanganini ta’kidlaydi.
Emas afsona, chin ushbu bitilmish
Bu chin, afsonadek ishqda yetilmish!
Charlz Sandersning bosh qahramonlari Temurning о‘g‘li va
Boyazidning qizi tarzida berilgan bо‘lsa, Sayfi Saroyida Guldursin
Temurning qizi Xivaga qilingan yurish oqibatida asir tushgan
Suhaylni sevib qoladi. Ammo ikki asarda ham sevishganlar taqdiri
fojeali yakun topadi.
Qayd etish lozimki, Charlz Sanders о‘z asarida tarixiy
shaxslar va voqealar tasviriga tabiiylik, reallik baxsh etganki, asar
tomoshabinlar tomonidan о‘zgacha hayrat va olqishlar bilan kutib
olingan. Chunki, Yevropa qо‘shni kuchu qudrati tengsiz hisoblangan
Turk sultonining Temur tomonidan mavh etilishi, buyuk Anqara
jangi tafsilotlari, ikki buyuk hukmdor munosabatlari haqidagi Turk
va Greklarning og‘zaki о‘qima afsonalari va taassurotlari ular uchun
muhim mavzu edi. Bunday hayratlanarli tо‘qimalardan ijodkorlar
unumli foydalanishgan. Ingliz adibining Amir Temur haqidagi tarixiy
ma’lumotlardan xabardor ekanligi yana shu bilan oydinalshadiki,
muallif о‘z asarida bir qator sharqona ismlarni ingliz talaffuziga
moslangan variantlarini keltiradi. Abdalla - Abdulla, Odmar - Umar,
Tamerlan-Temur kabi. Amir Temurning G‘arb adiblari asarlariga
kiritilish masalasini organgan olim O.Dadaboyev Charlz Sanders
Amir Temurni О‘lmas Kashsheyga о‘xshatganini yozadi. Shuningdek
u Yevropa kelajagiga rahna solib turgan g‘anim Boyazidning bо‘lajak
istilyosidan Yevropani saqlab qolgan xaloskor Temur obrazi ham
Inglizlar qalbida unga nisbatan iliq munosabatlarni oyg‘otgan
bolishi mumkinligini ham ta’kidlaydi. Sayfi Saroyi va Charlz
Sanders asarlaridagi xalqona motivlar va afsonaviy istifoda etish
qonuniyatlari g‘arb va sharq xalqlari tomoshabini va kitobxoni
tomonidan iliq kutib olingan badiiy asar ta’sirida deb xulosa berish
mumkin. Chunki, “agar tarix jamiyatda yuz bergan voqealar zanjirini
128
Zebo YAXSHIYEVA
dalillar orqali yoritsa, xalq tomonidan bu voqealarning qabul
qilinish folklorda va voqealarning badiiy tasvirida yaratiladi”
[
Закирова, 2011, 65
].
Mavjud tarixiy muhit, о‘sha muhitdagi voqealarning real rivoji
XVII asrda Amir Temur borasidagi Yevropa xalqlari qarashlarining bir
muncha ijobiy bо‘lishini ta’minlagan. Shu muhit ta’sirida yaratilgan
Charlz Sandersning asari qahramoni Temur K.Marlou asaridan
tubdan farq qilgan holda ijobiy harakterga ega obraz sifatida
talqin qilinadi. Bu ikki ijodkorlarning asarlar qahramoni garchi bir
shaxsning prototipi bо‘lsada, XVI asrda Temur tahlika soluvchi va
qо‘rqinch bilan tilga olinsa, XVI asrda bu nom Yevropa dunyosiga
tinchlik va ozodlik in’om etuvchi, adolatparvar qirol sifatida kо‘rina
boshlaydi.
Endi XVI asrning Temur haqidagi qо‘rquvlaridan holi, XVII
asrning “Xudoning jazosi” ta’riflaridan olis, ijobiy harakter kasb etgan
obraz: Tamerlan misolida yana bir ingliz adibi Nikolas Rou taqvodor,
xudojoy hukmdorni, о‘z mamlakati farovonligi uchun kurashgan,
tinchliksevar yurt egasini kо‘radi. Bunday hislatlarga ega asar bosh
qahramonini yaratishga N.Rou Amir Temurning “Temur tuzuk-
larida” keltirilgan
“Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning
shariatiga dunyoda rivoj berdim. Har yerda va har vaqt islom dinini
quvvatladim
” [
Temur Tuzuklari 1991, 24
] degan purma’no hikmato-
muz sо‘zlarini о‘qigan kо‘rinadi. Shuningdek, ushbu asar boyicha о‘z
ilmiy tadqiqotlarini olib borgan adabiyotshunos Olimjon Dadaboyev
ta’kidlashicha: “Pyesaning mavzusi, syujeti, Temurning ojiz va maz-
lum xalqlarning oliyhimmat, mard himoyachisi obrazida namoyon
bо‘lishi, oliy nasabli personajlar va ekzotik buyoqdorlik kabi omillar
tomoshabinni о‘ziga rom etadi” [
Dadaboyev 2019, 69
].
Asarni mutoala qilish jarayonida kо‘rish mumkinki,
Tamerlan xatto, dushmanlari va ularning yaqinlariga ham yaxshi-
lik kо‘zi bilan qaraydigan oliyhimmat obraz. Bu esa Amur Temurn
-
ing tarixiy shaxs sifatidagi haqiqatini dalillaydi. G‘iyosiddin Ali ibn
Jamol al-Islom “Amir Temurning Hindistonga yurishlari haqidagi
xotiralari”; Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning
“Amir Temur tarixi”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Kastili
-
ya va Leon elchisi Rui Gonzales de Klavixo “Samarqandga sayohat
kundaligi” xotiralari; Sultoniyalik arxiyepiskop, Fransiyaga Temur
elchisi sifatida yuborilgan Iaon “Temur hayoti va saroyi” xotiralari-
ni, Tunislik tarixchi, geograf Ibn Xaldun xotiralarida keltirilgan Amir
Sohibqironga berilgan ta’riflarga hamohang.
Nikolas Rouning “Tamurlan” asarida keltirilgan asir olingan
129
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
130
turk qiziga uning munosabati bosh qahramonga yuklatilgan xarak-
terni oydinlashtiradi. U harbiy shon shuhratga burkangan, janglarda
о‘z mardligi-yu jasurligi bilan nom qozongan bо‘lishiga qaramasdan,
nizolarni tinchlik yo’li bilan hal qilish tarafdori.
Tamerlane: I dare face death, and all the danGers
Which furious war wears in its bloody front?
Yet would I chose to mix my name by peace
By justice, and by mercy and to raise
My trophies on the blessing of mankind
[
Rowe 1750, 5
]
.
Ma’nosi:
О
‘limning dahshati ufurgan barcha manfur, qonli
janglarga tik boqib tura olsamda, ammo
о
‘z sha’nim va nomimni
muruvvat va adolat tayanchi, insoniyatga Xudoning bir marhamatlisi
sifatida b
о
‘lishni tanlardim (Z.Y).
U urush va janglarda qirg‘inbaron manfur kuchni kо‘ra ola
-
di, insoniyatning hadik va a’zoblarini fahmlaydi. Mohir siyosatchi
sifatida esa “dahshati ufurgan”, qonli janglarning oddiy odamlarning
hayotidagi vayronkorliklarini yaxshi anglaydi. Ammo, u о‘z shuh
-
ratini tinchlik va adolat, mehru-shavqat va siylayi rahm g‘alabalari
bilan insoniyatga baxt ulashuvchi bо‘lishni, qо‘l ostidagi xarobalar
tо‘la saltanati unga kerakmasligini tan oladi. Asar qahramoni Temur
shunday obraz bо‘lsa, Boyazid uning aksi, urushlardan bahra oluvchi
hukmdor. Temurning janglardagi g‘alaba maqsadlari esa tamomila
о‘zgacha:
To redress an injured people’ wrongs
To save the weak one from the strong oppressor. (Act I. Scene I.)
[
Nicholas Rowe 1750, 7
].
Ma’nosi: aziyat chekkan isonlarga k
о
‘mak q
о
‘lini ch
о
‘zish-u,
ojislarni qudratli zulm ahlidan xalos etishdir!
Ingliz adabiyotida Amir Temur tarixiy shaxsini prototip qilib
olgan adiblar Kristafor Marlou va Charlz Sanderslarning asar yozish
maqsadlarida bо‘lgan о‘sha ulkan niyat “о
‘z davri qirollariga xos
dimog‘dorlik, manmanliklari
” ham Nikolas Rou asari bosh qahramo-
ni tilidan tanqid ostiga olinadi:
Tamerlane: Thou vain, rush thing,
That, with gigantic, insolence, hast dared
To lift the wretched self above the stars
And mate with power almighty, Thou art fall in!
Ma’nosi:
Sen haddini bilmagan, ulkan surbetlikka mukkasidan
ketganlar,
Zebo YAXSHIYEVA
131
О
‘zini yulduzlardanda baland k
о
‘rgan, kibr ahli,
Alloh qudratiga teng b
о
‘lmoqni istab, qulayverasiz! (Z.Y).
Shuningdek, yozuvchi о‘z davri qirol va qirolichalarida
kо‘rishni orzulagan kechirimlilik, olijanoblik va tantilik hislatla
-
rini о‘z qahramonida kо‘rar ekan, u dramasi qahramoni afsonaviy
tо‘qima obraz emas, Osiyoda yashab о‘tgan sarkarda Amir Temur
ekanligiga zamondoshlarini ishontiradi.
Nikolas Rouning “Tamerlan” asari bo
‘
yicha tadqiqotlar olib
borgan olima O.E.Zagriyevaning ilmiy xulosalariga kо‘ra: “asar bosh
qahramoni Tamerlanning taqvodorligi va din erkinligini e’tirof qil-
ish kabi olijanob hislati bilan uyg‘unlashib ketadi. Asar qahramonin-
ing bunday dunyoqarashi diniy fanatizmga qarshi keskin norozilik
kayfiyatida bо‘lgan muallif etiqodi bilan bir xildir” [
Загриева 2017,
15
]. Demak, muallif dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surgan.
Chunki asar bosh qahramoni dunyoni insonparvarlik g‘oyalari aso-
sida qayta qurishni о‘z hayotining bosh maqsadi deb biladi. U faqat
xalq manfaati yo’lida xizmat qilish orqaligina mangu shon shuhrat
qozonish mumkin deb hisoblaydi. Zero, xalq qudratiga tayangan
hukmdor davlatning ichki va tashqi siyosatida ham, xalqlar mehri-
ni qozonish yo’li bilan о‘z maqsadiga erishi mumkinligiga ishonadi.
Bu g‘oyalar esa avlodlarga о‘git bо‘lib jaranglaydi. “Tuzuklar”ning
bosh g‘oyasi bо‘lgan bu qarashlar Nikolas Rouni ilhomlangani tabiiy.
Bundan xulosa qilish mimkinki, adib ma’rifatparvarlik davri vakil-
larining optimistik qarashlari tarafdori bо‘lgan. Temurning Boyazid
ustidan g‘alabasi faqatgina tarixiy dalil emas, balki bu dunyoga ya-
qinlashib kelayotgan ma’naviy va ma’rifiy uyg‘onishning yaqqol
timsoli edi.
Yana bir jihat, Nikolas Rouni kо‘proq tarixiy asar yozish emas,
sharqlik ikki hukmdorning fe’l atvori, ular о‘rtasidagi tarixiy urush
natijasi qiziqtirgan. Chunki, Boyazid ustidan qozonilgan g‘alaba Ev-
ropani muqarrar qullikdan qutqarib qolgani N.Rouga yaxshi tanish
ma’lumot bо‘lgan. Shu bois, u bir evropalik sifatida Temur timsolida
vatanparvar, dinning himoyachisini kо‘ra olgan. Sohibqironning ke
-
chirimliligi, о‘z qо‘li ostidagilariga bо‘lgan munosabatidan yaxshigi
-
na xabardor bо‘lgan muallif kо‘nglida unga о‘xshash, Angliya uchun
kо‘plab arzirli yuksalishlar qila olgan Uilyam III obrazini yaratish
tug‘iladi va muallif asarni unga bag‘ishlaydi. Xususan, muallifning
о‘zi asar muqaddimasida shunday yozadi: “Shunisi haqiqatki, bu
buyuk Inson (Amir Temur) hayotida Oliy Hazratlari kabi (Uilyam III)
kо‘plab sifatlar mavjud: jasurligi, hudojoyligi, о‘zini tuta bilishi, odil
-
ligi, о‘z xalqini otalarcha sevishi, razolat va jaholatga qarshiligi, od-
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
132
diy xalqqa g‘amxо‘rligi unga о‘xshab ketadi” [
Rowe 1750, 2
].
О‘z davrining va keyingi asrlarning eng mashhur bu asarini
ilmiy tadqiq etgan tadqiqotlar ham talaygina. Yevropaning mashhur
adabiyotshunoslaridan Villar Trop hamda Donald Klark о‘z ishlarida
dramaning siyosiy interpretatsiyasini muallifning о‘z his tuyg‘ulari
-
dan kelib chiqqan holda, asarni ijodiy ochib berish talqini va ahami-
yatini kо‘rsatib berishgan. Bu ikki adabiyotshunos N.Rou Tamer
-
lane obrazi orqali Angliya qiroli Uilyam IIIni, Boyazid obrazi orqali
Fransiya qiroli Luis IV ni tasvirlagan degan xulosaga kelishsa, bosh-
qa manbalarda Boyazid obrazi timsolida muallif Angliyaning bosh-
qa bir qiroli Jeyms II tasviri qayd etilgan [
Samia al Shayban 2009
],
deb ta’kidlanadi. Ammo, tarixiy ma’lumotlarda kо‘rsatishicha, Jeyms
II va Fransiya qiroli Luis IV ittifoqdosh va maslakdosh edi, demak,
yuqorida berilgan ikki xulosa ham bir-birini tо‘ldiradi. Chunki, XVII
asrning ikkinchi yarmida Angliyada katolik va protestant mazhablari
о‘rtasidagi ziddiyatlar tugamagan, inglizlar katolik qirol Jeyms II ning
davlat boshqaruvidan norozi kayfiyatda edilar. U о‘zining dastlabki
qirollik yillaridanoq Fransiya bilan ittifoqlikda katolizmni yuksalti-
rishga kirishib ketadi. Bu esa nafaqat oddiy el vakillari, balki yuqori
qatlam kishilari orasida ham norozilik kayfiyatini tug‘dira boshlaydi.
Shu bois, ular birlashib, davlat tо‘ntarishi amalaga oshiradilar. Oqi
-
batida uning kuyovi Uilyam III ni taxtga olib kelishadi. Qaynota esa
ittifoqdoshining huzuriga -Fransiyaga qochib, umrining sо‘ngigacha
о‘sha yerda qoladi.
Turli daraja, turli saviyadagi ilmiy izlanishlarda jahongirning
shaxsi, tadbirkorligi, bunyodkorligi, ilm-fan, san’atga homiyligi,
harbiy mahorati, davlat boshqaruvidagi о‘ziga xos siyosati tadqiq
etilgan bо‘lib, Amir Temurning murakkab hayoti va ziddiyatlarga
tо‘la faoliyatiga berilgan baho ham har xil. Buning sabablaridan biri
о‘sha tadqiqotlar yaratilgan davrda tadqiqotchining qо‘lida mavjud
manbalar bilan ham bog‘liq. Shundan kelib chiqsak, Amir Temur
haqida xolis va ishonchli manbalarga asoslanib yozilgan ishlarni
saralab, jahon tillariga tarjima qilish va internet tarmoqlariga
joylashtirish zarurat ekanligi ayonlashadi.
Renessans g‘oyalari purma’no obrazlarida talqin qilingan, о‘z
dramalrida insonning yaratuvchilik qudratini tarannum etgan Ingliz
shoiri Kristafor Marlou ham “powerful tragedy” (qudratli fojea) janri
uchun “Tamburlaine the great” (Buyuk Temur) dramasi bilan Amir
Temur tarixiy shaxsini prototip sifatida tanladi. Garchi drama bosh
qahramoni salbiy obraz sifatida talqin qilinsada, buning sababini
oydinlashtirish asnosida bir necha jihatlarni о‘rganib chiqildi.
Zebo YAXSHIYEVA
133
1.
Barcha ijodkorlar singari K.Marlou ham о‘zi yashagan
davrning, makon va zamonning muammolarini о‘z asarining bosh
qahramoni orqali yoritib berishni maqsad qilgan. Shu bois, K.Marlou
va unga zamondosh yozuvchilar ham ingliz olimi Kelli Maykl ta’biri
bilan aytganda “
asarlar tarixiy jihatdan juda ham muhim, chunki bu
asarlar ommaviy sahnalar orqali о‘z zamonasining ayanchli siyosiy va
ijtimoiy voqealarini ifodalagan edi
” [
Kelly, Michael J. 2008
].
2.
N.Rou siyosiy qarama qarshiliklar avjiga chiqan bir
davrda yashab ijod qildi. Uning bolalik davrlarida Angliya iqtisodiy
va siyosiy tanazzulga uchragan davrlarga tо‘g‘ri keldi. Bu esa bо‘lajak
yozuvchi dunyoqarashi shaklalanishida va ijodda о‘z yo’lini topishda
katta ta’sir etdi. Shu bois, u о‘z asarlarida ilgari surgan eng katta va
dolzarb mavzu monarxiya va monarxlar masalasi bо‘lib, yozuvchi
asarlariga bosh qahramon qilib olgan qudratli shaxslarga ularning
xarakterini singdirishga harakat qildi. Bu orqali u bilvosita о‘zi
yashayotgan davrning eskirgan aqida va g‘oyalariga qarshi chiqdi.
Bu vaqt Angliyada ierarxiya dunyosi inqirozga yuz tutayotgan,
qirollar ilohiy majburiyatlardan boyin tovlayotgan holda о‘z qirollik
imtiyoz va imkoniyatlarini saqlab qolishga intilishga kirishgan
davrlar edi. Bu orqali jamiyatning mutloq monarxiyaga ishonchi
yo’qolib, ommaviy e’tirozlar bildirilishi boshlangan pallalar edi.
Ilgarilari, qirollarni ilohiylikka daxldor deb hisoblagan va ularning
ayb-nuqsonlari haqida sо‘z ochishga haqiqiy xalq ularning turmush
tarzi va xatto yurish turishlari haqida muhokamalar qila boshlashdi.
Mana shunday sharoitda ijodkorga qirollar va monarxiya haqida
ochiqroq fikr ayta olish uchun ularga mos mavqeidagi shaxs kerak
edi.
Xulosa
Amir Temurning dunyoni zabt etgan va о‘z janglarida
mag‘lubiyatga uchramagan jahongir ekanligi haqidagi afsona-
yu rivoyatlar, uning tarixiy shaxs sifatida va badiiy qahramon
tarzida Sharq va G‘arbliklarning g‘ayritabiiy voqeiliklarni turli
talqinlarda о‘z ijodlariga singdirib yuborish sabablari haqida ilmiy
xulosalar berishga harakat qilindi. Demak, Kristafor Marlou va
Salohiddin Toshkandiyning asarlarini, Charlez Anderz va Nikolas
Rou badiiy merosini turkiy ijodkorlar ijod mahsullari bilan qiyosiy
о‘rgangan holda xulosaga keldikki, ushbu asarlarda Amir Temurni
tipiklashtirish
deb talqin qilish tо‘g‘ri bо‘lar edi. Tarixiy shaxsning
asarga kо‘chgan obrazi va tarixiy voqealarning о‘rtasidagi
mutanosiblikkina uni tarixiy asar yoki tо‘qima badiiy asar ekanligini
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
134
namoyon qilib beradigan omillardan biridir. Chunki, Nikolas Rou
“Tamurlan” asarini yozishda qanday manbalarga tayangani haqida
aniq ma’lumotlar berilmasa-da, ammo tasvirlangan g‘oyalar
va voqealardan xulosa qilish mumkinki, uni yozishda muallif
Kristafor Marlou hamda Charlz Sanders dramalariga emas, Richard
Nollning “Turklarning umumiy tarixi” kitobiga asoslangan deb
tahmin qiladi D.Klark. Asar qahramonlarining nomi yuqorida nomi
keltirilgan ikki vatandosh yozuvchilarining nomlanishidan mutloq
farqlanib, ism tanlashda C.Klarkning 1664-yilda yozilgan “Buyuk
Temurlangning hayoti” asaridagi shaxslar ismlarida о‘xshashliklar
mavjud. Temurshunos olim O.Dadaboyevning adabiyot nazariyasi
bilimdoni N.D.Tmarchenko fikrlariga asoslangan ilmiy xulo-
salarida keltirishicha: “aynan shu drama XVIII asrdagi Yevropa
dramaturgiyasining noklassik yoki yangi davrga aloqadorligini va
klassik davrga zid qo
‘
yilishiga sabab bо‘lgan va noklassik davrga
о‘tish boshlangan. Shundan xulosa qilish mumkinki, K.Marlou
hamda Ch.Sanders asarlarini klassik tarixiy dramalar sifatida,
N.Rouning asarini esa estetik poetika xususiyatlarini an’anaviy
ravishda saqlab qolgan ijod mahsuli sifatida qarash о‘rinli. Yana bir
rus olimi Y.B.Vipperning nuqtayi nazaricha, XVII asr ingliz adabiyoti
oyg‘onish davri adabiyoti sifatida о‘rta asrdagi shaxsiyatini,
gunanistik qadriyatlarning asosiy о‘lchovi sifatida uning huquq va
imkoniyatlarini chegaralashdan mustaqil, erkin adabiyotga о‘tish
haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqqan. Ammo bu davr adabiyoti
shaxsiyatlarni voqeilikning chuqur va keng qamrab olishi nuqtayi
nazaridan, voqeilikdan tashqaridagi о‘zicha tushunish nuqtasi, shu
bilan birgalikda voqelikka ta’sir etuvchi kuch deb qaraydi”.
Demak, XVIII asr ingliz adabiyoti vakillarining insoniyat
haqidagi tushunchalari cheksiz va sinalmagan imkoniyat va kuch
qudrati ila tengsiz alohida shaxs bilan bog‘liq edi. Shu ma’noda, Amir
Temurni obrazini uyg‘onish davri adabiyotiga xos obraz sifatida
yatarishga turtki bо‘ldi. Nikolas Rouning Osiyoda yashab о‘tgan
buyuk sarkarda Amir Temur prototipiga asoslangan Tamerlan obrazi
mana shunday hislatlarga ega qahramon sifatida Ingliz adabiyotida
asrlar davomida mashhurlikka erishdi.
Adabiyotlar
Dadaboyev, O. 2019.
G‘arb va sharq adabiy kontekstida Amir Temur shaxsi
talqini.
Filol.fan.fal.dok.diss. 140 b.
Salohiddin Toshkandiy. 1990.
Temurnoma.
Nashrga tay. va sо‘zboshi va
lug‘at muallifi P. Ravshanov. Toshkent. – 351 b.
Парфёнев, А. Т. 1965. Трагедия Кристафор Марло: Автореф. Дисс.канд.
Zebo YAXSHIYEVA
135
филл.наук. Москва. 5 с.
Мароцци, Жастин. 2010. Тамерлан. Завоеватель мира. Москва.
Полиграфиздат. – 66.с
Ellis Fermor U.M. 1927.
Christopher Marlowe
. London. – 13p.
Yaxshiyeva, Z. 2022.
Historical reality and its artistic interpretation
.
Neuroquantoiogy/november Volume 20 | issue 15 | – 2510-
2513 p.
Qо‘shjonov, M. 1965.
Oybek mahorati
. Toshkent. – 96 b.
Rahmonov, N. 2012.
Tarixiy davr manzarasi.
“О‘zbekiston adabiyoti va
san’ati”. №1.
Temur Tuzuklari
. 1991. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa
birlashmasi. Toshkent. – 24 b.
Saidov, A.
2017.
Ulug‘ saltanat va uluvor ajdodlarimiz tarannum etilgan
asar
. “Ulug‘ saltanat vasfi” nomli tо‘plam. Toshkent: Mashhur
Press. – 83 b.
Hayitmetov, A. 1999.
Temuriylar davri о‘zbek adabiyoti
. Toshkent: Fan
nashriyoti.– 15 b.
Закирова
,
Г. 2011. Народное творчуство периода Золотой Орды
:
мифологическое и историческое основы.
Казан. АДД.
Nicholas Rowe.
Tamerlane.
Introductory remarks by Mrs. Inchbald.
William Savage print. Dublin. 1750. – 5 p.
Загриева, О.Е. Творчество Николаса Роу и становление жанра
синтиментальной драмы в Англии конца
XVII
и начало
XVIII
века. 2007. Автореф. дисс. кан. филл. наук. - Киров.
– 15 с.
Clark, Donald B. 1950.
The source and characterization of Nikolas Rowe’s
Tamerlane
// Modern language Notes. №5.
Samia al Shayban. 2009.
In search of James II. Bajaset’s figurative presence
in Nikolas Rowe’s Tamerlane.
Diraset, Human and social sci-
ence, №36. 1.
Kelly, Michael J
.
2008.
Christopher Marlowe and Golden age of England
. The
Marlowe society research journal. №5.
Виппер, Ю.Б. 1991. Творческие судьбы и история. Москва: – 70 с.
https://wikipediya.info.com.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sayfi_Saroyi.
Жабборов, Н. (2021). Литература времени Мирзо Улугбека в
интерпретациях Алишера Навои. in Library, 21(2), 76-92.
Jabborov, N. (2021). Literature of Mirzo Ulughbek’s Time in Alisher
Navoi’s Interpretations.
CАЙИТҚУЛОВ, И. А. (2019). STYLISTIC AND ARTISTIC FEATURES OF THE
WORK TEMUR-NAME. Иностранные языки в Узбекистане,
(4), 165-173.
Sayitkulov, I. A. (2019). USAGE OF TERM FOLKLORE BOOKS IN FOLKLORE
STUDIES AND DEVELOPMENT OF TEMURNOMA (“LIFE OF
TIMUR”). Theoretical & Applied Science, (8), 7-10.
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
136
Research of works based on the prototype of
Amir Temur in western and Eastern literature
Zebo Yakhshieva
1
Abstract
In this article, discussed the study of dramatic, poetic and prose
works created at different times in medieval English literature, which re-
ceived Amir Timur’s image as a prototype. Each work was studied in a
comparative way with existing examples of artistic creation in Uzbek and
other Eastern literature.
Scientific conclusions were made about the dream
hopes that the writers imposed on artistic images relying on the theoreti-
cal considerations presented in the studies carried out. The work of Amir
Timur “Timur’s laws” was taken into the quality of the main object of our
analysis, and scientific analysis was carried out on the views of the people
of World literary Science on the Timur artistic image, which studied the
artistic heritage of Western writers.
A comparative study was carried out
with the image of the historical figure of Amir Temur, who moved to works
of art relying on a number of studies and scientific views of Uzbek literary
scholars. Especially in this article, scientific summaries were given on the
social environment of that time, the desire of the common people and the
conflicts of the ruling layer and church, which were reflected in the main
character of the English scolars, which were studied in a comparative way,
on mythological elements that moved to the images and events of the fab-
ric of the work.
Keywords
:
interpretation, hierarchy, tetralogia, Nicholas Rowe,
Charles Sanders, epopia, Tamerlane, Christopher Marlowe, dramaturgy.
References
Dadaboyev, O.
G‘arb va sharq adabiy kontekstida Amir Temur shaxsi talqini.
Filol.fan.fal.dok.diss. 2019. – 16 b.
Salohiddin Toshkandiy.
Temurnoma.
Nashrga tay. va so‘zboshi va lug‘at
muallifi P. Ravshanov.T.: 1990. – 351 b.
Parfyonev, A. T.
Tragediya Kristafor Marlo:
Avtoref. Diss.kand. fill.nauk.
M:1965. – 5 s.
Marossi, Jastin.
Tamerlan. Zavoevatel mira.
Moskva, Poligrafizdat, 2010. –
66.s
1
Yakhshieva, Zebo
– Doctor of philosophy in philology (PhD), associate professor.
E-mail:
zebona.sevinch@gmail.com
ORCID ID:
0009-0006-0973-6147
For citation:
Yakhshieva, Z. 2024. “Research of works based on the prototype of
Amir Temur in western and Eastern literature”.
U
zbekistan: Language and Culture.
1 (2):
120-137.
Zebo YAXSHIYEVA
137
Ellis Fermor U.M. 1927.
Christopher Marlowe
. London. – 13p.
Yaxshiyeva, Z. 2022.
Historical reality and its artistic interpretation
. Neuro-
quantoiogy | november Volume 20 | issue 15 | – 2510-2513 p.
Qo‘shjonov, M. 1965.
Oybek mahorati
. Toshkent. – 96 b.
Rahmonov, N. 2012.
Tarixiy davr manzarasi.
“O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati”. №1.
Temur Tuzuklari
. 1991. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa birlash-
masi. Toshkent. – 24 b.
Saidov, A.
2017.
Ulug‘ saltanat va uluvor ajdodlarimiz tarannum etilgan
asar
. “Ulug‘ saltanat vasfi” nomli to‘plam. Toshkent: Mashhur
Press. – 83 b.
Hayitmetov, A. 1999.
Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti
. Toshkent: “Fan”
nashriyoti. – 15 b.
Zakirova, G.
2011.
Narodnoe tvorchustvo perioda Zolotoy Ord
ы
: mifologich-
eskoe i istoricheskoe osnov
ы
.
Kazan.ADD, – 265 s.
Nicholas Rowe. 1750.
Tamerlane.
Introductory remarks by Mrs. Inchbald.
William Savage print. Dublin. – 7 p.
Zagrieva, O.E. 2007.
Tvorchestvo Nikolasa Rou i stanovlenie janra
sintimentalnoy dram
ы
v Anglii konsa XVII i nachalo XVIII veka
.
Avtoref. diss. kan. fill. nauk. – Kirov. – 15 s.
Clark, Donald B.
The source and characterization of Nikolas Rowe’s
Tamerlane
// Modern language Notes. 1950. № 5.
Samia al Shayban. 2009.
In search of James II. Bajaset’s figurative presence
in Nikolas Rowe’s Tamerlane.
Diraset, Human and social sci-
ence, №36. 1.
Kelly, Michael J
.
2008.
Christopher Marlowe and Golden age of England
.
The Marlowe society research journal. № 5.
Vipper, Yu.B. 1991. Tvorcheskie sudbы i istoriya. Moskva. – 70 s.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sayfi_Saroyi.
https://wikipediya.info.com.
Жабборов, Н. (2021). Литература времени Мирзо Улугбека в
интерпретациях Алишера Навои.
in Library
,
21
(2), 76-92.
Jabborov, N. (2021). Literature of Mirzo Ulughbek’s Time in Alisher Navoi’s
Interpretations.
CАЙИТҚУЛОВ, И. А. (2019). STYLISTIC AND ARTISTIC FEATURES OF
THE WORK TEMUR-NAME. Иностранные языки в
Узбекистане, (4), 165-173.
Sayitkulov, I. A. (2019). USAGE OF TERM FOLKLORE BOOKS IN FOLKLORE
STUDIES AND DEVELOPMENT OF TEMURNOMA (“ LIFE OF
TIMUR”). Theoretical & Applied Science, (8), 7-10.
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
