➤
Kategoriyalar
Jurnallar
Konferensiyalar
Avtoreferat katalogi
Dissertatsiya katalogi
Монографиялар каталоги
Darslik katalogi
Kelgusi konferentsiyalar
Tashkilotlar
Mualliflar
Blog
Biz haqimizda
Materiallarni yuborish
Ommaviy Oferta
Шахсий Маълумотларни Қайта Ишлаш Сиёсати
Ochiq kirish bayonoti
Ommaviy litsenziya
Mualliflik huquqi
Kontaktlar
Kirish
Asosiy sahifaga o'tish
/
Arxivlar
/
№ 2 (2024)
№ 2 (2024)
Jurnal:
O'zbekiston: til va madaniyat
doi
https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024
Nashr qilingan:
04-04-2024
Ulashish
Maqolalar
Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini
Mazkur maqola XV-XVI asr Sharq tazkiralarida ayol shoiralar hayoti va ijodining tadqiqiga bag'ishlangan. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Nasoyim ul-muhabbat", "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin" kabi qator asarlarida islom dunyosi va o'z davri ayollariga bo'lgan ehtiromli munosabati yaqqol namoyon bo'lgan. Ammo Sharq musulmon dunyosida, XV asrga qadar ayol-shoiralar faoliyati maxsus kitob tarzida yoritilmagan. Ular haqidagi ma’lumotlar zamima tazkiralar, ayrim asarlar orqali bizga etib kelgan. Ammo XVI asr II yarmidan boshlab ayol ijodkorlarga bag'ishlangan maxsus tazkira asarlar ham dunyoga kela boshladi. Bunday maxsus tazkiraning ilk namunasi "Javohir ul-ajoyib"dir. U Navoiyning "Majolis un-nafois" tazkirasini forsiy tilga o'girgan tarjimon, bir nechta tazkiralar muallifi Faxri Hiraviy tomonidan 1554-1555 yillarda yaratilgan. Asar Debocha va Asosiy qismdan iborat. Unda 31 ta ayol shoiralar haqida ma’lumot beriladi. Maqolada "Javohir ul-ajoyib" tazkirasi asosida, XV-XVI asr Sharq shoiralari ijodi va faoliyati tadqiq etilib, muhim ilmiy xulosalarga kelingan. Bundan tashqari, 286 ta shoira faoliyatini qamragan "Tazkirat ul-xavotin", 140 ta ayol ijodkorlar haqida ma’lumot beruvchi "Tazkirat un-niso" asarlari borasida ham fikr-mulohazalar bildirilgan.
Iqboloy Adizova
4-20
155
57
Batafsil o'qish
Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi
O'zbekiston mustaqillikka erishgach o'zbek adabiyotida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy siymosini badiiy talqin etish yangi bosqichga ko'tarildi. Chunki bu davrda milliy o'zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tikiash bosh masalaga aylandi. Alisher Navoiy adabiyotda ma'naviy-axloqiy kamolotning timsoli sifatida haqli e’tirof etildi. lining ibratli hayoti, shaxsiyati namuna o'laroq tasvirlandi. Mustaqillik davri o'zbek adabiyotida buyuk mutafakkirga bag'ishlab yaratilgan asarlar ayol shoiralar ijodida o'ziga xos, alohida sahifalarni tashkil etadi. Ushbu maqolada Alisher Navoiy obrazining Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva va Farida Afro'z she'rlarida badiiy talqini masalasi yoritildi.
Gulbahor Ashurova
41-49
147
40
Batafsil o'qish
Xo‘jandiy “Latofatnoma”si
Xo'jandiy XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi choragida yashab o'tgan iste’dodli o'zbek shoirlaridan biridir. Undan bizga masnaviy yo'lida yozilgan "Latofatnoma" dostoni yetib kelgan. Shoirning hayoti, yashagan davri, asarlari haqida bizga hech qanday ma'Iumotlar yetib kelmagan. Dunyo qo'lyozma fondlarida ushbu dostonning 5 ta qo'lyozma nusxasi aniqlangan:
Akromjon Dehqonov
21-40
106
40
Batafsil o'qish
Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik
Mazkur maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlari Xorazm adabiy muhitida ijod etgan shahzoda shoirlardan Sultoniy, Sa'diy, G'oziylar devonlaridagi she’rlar tahlil etiladi. Shahzoda shoirlar ustozlar maktabi-dan oziqlangan, fors-tojik, turkiy tillarda yozilgan mumtoz she'riyatni o'zlashtirgan holda ularga naziralar bog'lashgan. Maqolada shahzoda shoirlar lirikasi timsollar takomili, badiiy tasvir vositalarining o'rni, badiiy ta’sir kuchini oshiruvchi ma’naviy va lafziy san'atlardan foydalanish mahorati ko'rsatib berilgan. Shuningdek, shahzoda shoirlar devonlaridan joy olgan lirik she’rlarda tashbeh, tazod, tajnis, nido, talmeh, kitobat kabi badiiy san'atlar asosida poetik ifodalarning yaratilishi tahlil etiladi.
Sohiba Umarova
50-65
111
48
Batafsil o'qish
Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri
Ushbu maqolada Erkin A'zamning kinodramaturg sifatidagi mahorati "Zabarjad’’ kinoqissasi misolida o'rganilgan. Unda Erkin A’zam "kichik odam’’ning ko'ngil kechinmalarini axloqiy-ma’rifiy konflikt asosida tasvirlangani yoritilgan. Ijodiy-estetik konsepsiyasini tadqiq qilish asosida bu asar nainki kinodramaturg ijodi, balki keyingi yillar o'zbek adabiyotida ayol obrazini yaratish yo'lidagi muhim yutuqlardan biri ekani asoslangan. Erkin A’zam kinoqissalarida zamondoshimiz qismati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma'rifiy-axloqiy muammolar bilan bog'liq tarzda tasvirlanishi asardan keltirilgan misollar asosida tahlil etilgan. Mazkur maqolada "Zabarjad" kinoqissasida jahon dramaturgiyasi an'analariga, modernistik va postmodern uslubiga xos unsurlarga murojaat qilinishi kuzatilgan. Ilgari surilgan fikr-mulohazalar muxtasar holda xulosalangan.
Islomjon Yoqubov
66-76
154
33
Batafsil o'qish
Insoniyat dardi bilan yashagan shoir
Mazkur maqolada O'zbekiston xalq shoiri, o'ziga xos adabiy-estetik qarashlarga ega Rauf Parfining yangi she'r, yangi shakl, yangi ohangyo'lida tinimsiz izlanayotgani, o'zining rang-barang tuyg'ularini ifodalashda so'z topolmay qiynalayotgani kuylangan "Qushcha", shoir o’ziga ustoz deb bilgan Nozim Hikmatga bag’ishlab yozilgan "Nozimning sadosi”, dunyo orzulari o’zining orzusi, tashvishlari uning tashvishi, so'zlari-da o’zining so'zi ekanligi aytilgan "0, Kongo!’’, shoirning she’riyatda o'zyo'lini izlayotganini, hechbirshoirgao'xshamaganbirijodkorbo'lishniistayotganiniko’rsatuvchi "Oyi, oyi, aytib bering, Bormi mening ham o'z yo'lim?’’, Asqad Muxtorning "Poeziya’’sidan ilhomlanib yozilgan "Seni tanimagan sho’rliklar ayanch", vafotidan keyin ham butun insoniyatning dard-u hasratlarini kuylashda davom etgan "Shamollar", kimni shoir deb atash mumkinligi haqidagi "Shoir” kabi she’rlarining tahlili keltirilgan. She’rlarning mohiyatidan kelib chiqib, Dunyo va Insoniyatg'ami bilan yashab ijod qilgan RaufParfini milliy adabiyotimizning jahoniy shoiri deyish mumkinligi haqida mulohazalar keltirilgan.
Olim Oltinbek
77-87
63
43
Batafsil o'qish
G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish” va “Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida)
Ushbu maqolada akademik G'afur G'ulom she'riyatining o'ziga xos xususiyatlari "Kuzatish” va "Sog'inish" she'rlari tahlili misolida o'rganilgan. Unda mazkur she'rlarda o'tmish, bugun va kelajak manzaralari shoir ichki olami bilan uyg'unlikda tasvirlangani yoritilgan. G'afur G'ulom insonga Yer shari darajasidagi hodisa sifatida qaramagan. Balki uni koinot evolyutsiyasining tabiiy hosilasi deb bilgan. G'afur G'ulom insoniyat tarixini Quyosh tizimi va unda millionlab yillar davomida sodir bo'lgan o'zgarishlar bilan bog'lab tasvirlagan. Maqolada G'afur G'ulom she’rlaridagi bunday tasvirlar shoirning ongosti tuyg'ulari bilan bog'lab tadqiq etilgan. Tadqiqotchi G'.G'ulom she’rlari subyektiv kechinma va nafis poetik ifoda uyg'unlashuvidan yuzaga kelgan, degan fikr-mulohazani ifoda etadi. Maqolada ilgari surilgan fikr-qarashlar muxtasar holda umumlashtirilgan.
Tozagul Matyoqubova
88-98
622
68
Batafsil o'qish
Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan: Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)
Mustaqillik davri ijodkorlari hur fikr, keng dunyoqarash bilan ijod qilmoqdaki, ularda milliy-madaniy, umuminsoniy tushunchalar o'z ifodasini topib bormoqda. Mustaqillik davrida yosh ijodkorlar safida Javlon Jovlievni e’tirof etib o'tish o'rinlidir. Zero, uning hikoyalari mustaqillik davri hikoyachiligida o'ziga xos o'rin va mavqega ega bo'ldi. Javlon Jovliev, o'z tengdoshlari orasida birinchilardan bo'lib, roman janriga qo'l urgan adib hisoblandi. lining "Qo'rqma" romani katta audotiryaga ega bo'lgan yoshlar romanlaridan biri bo'ldi. Jalon Jovliev nafaqat roman, balki hikoyachilikda ham bir qadar muvaffaqiyat qozonib, ushbu janrning ham imkoniyatlaridan keng foydalandi. lining "Stalinga maktublar", "Mustabidning hasharotlari", "Ayol" kabi hikoyalari vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilingan, 2022 yilda "Onam va koinot” nomli to'plami nashr etilib, unda ko'plab hikoyalar jamlandi. Javlon Jovliev hikoyalarida qahramonlar ruhiyati, ruhiy tavsir, obrazlar ichki dunyosi o'zining teran ifodasini topgan. Ayniqsa "Elbek" "Ko'k, oq va ola kabutarlar", "Ayol", "Onam va koinot” hikoyalarida ayol ruhiyati, o'zbek onasining ruhiy qiyofasi nihoyatda ta’sirli berilgan. Ushbu hikoyalarning har birida o'zgacha syujet tanlangan bo‘lsa-da, ammo qalamga olingan ruhiyat tasviri, ayol ruhiyatining fojeyaviy qiyofasi sabab mushtaraklik kasb etadi.
Ruxsora Tulabayeva
99-116
150
56
Batafsil o'qish
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi
Har qanday asarni tahlilga tortganimizda bevosita asarning syujetini ochib beruvchi unsurlar katta ahamiyat kasb etadi. Asarda peyzajning o'rni keng qamrovli, negaki, har bir asarning muqaddimasidan ijtimoiy hayotning, tabiatning, obrazlarning hayotida bo'layotgan hodisalar peyzaj orqali ma’lum ma’noda ochib beriladi. Badiiy adabiyotda peyzaj faqatgina tabiat chizgilari bilan cheklanib qolmay, syujet rivoji, davr nafasini ochiqlashda ham muhim rol kasb etadi. Ushbu maqolada Isajon Sultonning "Alisher Navoiy’’ romanidagi peyzajni bir qancha tizimlarga bo'lgan holda tahlil ostiga oldik.
Charos Shomurotova
117-131
106
105
Batafsil o'qish
O‘zbek milliy romanlarida ilohiy motiv va rivoyatlarning sintezlashuvi tajribasi
Miflardan foydalanish barcha davrlarda ham mavjud bo'lgan, ijodkor o'z davri siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotiga doir haqiqatni so'zlamoqchi bo'lganda, odatda, miflardan foydalanadi. Bu holni hazrat Alisher Navoiy asarlarida, xususan, "Xamsa" dostonida kuzatish mumkin. Navoiydek daho mutafakkir, davlat arbobi o'z davri haqida miflar tili bilan so'ylagani ijodkor va davr o'rtasida konflikt mavjudligini tasdiqlaydi. Professor Jabbor Eshonqul "Folklor - millatning boqiy tarixi" nomli maqolasida mashhur adib Borxesning "Adabiyot mif bilan boshlanib, mif bilan tugaydi" degan fikrini keltiradi va so'z san'ati asarlarining folklordan boshlanishi va badiiy ijod taraqqiyotida ham folklorning ahamiyati nihoyatda kattaligini ta'kidlaydi.
Umida Muxtorova
132-142
254
76
Batafsil o'qish
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer