J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series A 2025
4
MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASHNI
RIVOJLANTIRUVCHI 5 USUL
Usmonova Shahlo Saidjon qizi
Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar
fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 52-21 guruh talabasi
Annatotsiya:
Bugungi kunda ta’limda eng ko'p e’tibor qaratilayotgan narsa bu
– o'quvchilarning mantiqiy hamda tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantirish
amaliyotda qo'llashga o'rgatishdir. Biz yoritib bermoqchi bo'lgan mavzu aynan shu
haqida bo'lib, unda 5 ta xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan metod va ularning mohiyati
bilan yaqindan tanishib o'tamiz.
Kalit so’zlar:
mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish,
kreativ yondashuv, tahliliy fikrlash
Abstract:
The most important thing in education today is to teach students to
develop logical and critical thinking processes in practice. This is exactly the topic
we want to cover, in which we will take a closer look at 5 internationally important
methods and their essence.
Keywords:
logical thinking, critical thinking, problem solving, creative
approach, analytical thinking
Анатоция:
Самое главное в образовании сегодня – научить учащихся
развивать процессы логического и критического мышления и применять их на
практике. Именно об этом и пойдет речь в теме, которую мы хотим осветить,
в которой мы познакомимся с 5 методами международного значения и их
сутью.
Ключевые слова:
логическое мышление, критическое мышление,
решение проблем, творческий подход, аналитическое мышление.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series A 2025
5
Tanqidiy-mantiqiy fikrlash (critical thinking) - zamonaviy
taʼlimning asosiy qismlaridan biridir. Bu qobiliyat o'quvchilarni
murakkab muammolarni hal qilish, maʼlumotlarni tanqidiy baholash
va mustaqil qarorlar qabul qilishga o'rgatadi. Xalqaro miqyosda
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun turli metodlardan foydalaniladi. Ushbu
maqolada o'quvchilar uchun tanqidiy mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi beshta
xalqaro metod va ularning amaliy ahamiyati haqida to'xtalib o'tamiz. Metodlarning
mohiyati va ularning ta’limdagi ahamiyati bilan quyidagi jadvalda tanishishimiz
mumkin:
N
Metod nomi
Metod mohiyati
Metodning amaliy
ahamiyati
1
Sokrat usuli
(Socratic
Method)
Sokrat usuli aynan
savollar orqali
o'quvchilarni mantiqiy
fikrlashga undovchi
metod hisoblanadi.
Ushbu metodda
o'qituvchi o'quvchilarga
ochiq savollar beradi,
o'quvchilar esa
javoblarini dalillab
berishlari zarur.
-O'quvchilarning savol va
javoblar orqali mantiqiy
fikrlash qobiliyatini
oshiradi.
- Mustaqil fikrlash va
muhokama qilish
ko'nikmalarini
rivojlantiradi.
- Maʼlumotlarni
chuqurroq tahlil qilishga
yordam beradi.
2
Muammoni hal
qilish usullari
(Problem-Based
Learning - PBL)
PBL metodi asosan real
hayotga xos bo'lgan
muammolarni yechishga
yo'naltirilgan. Ushbu
metodda o'quvchilar
- O'quvchilarni amaliy
muammolarni hal
qilishga tayyorlaydi.
- Tadqiqot va tahlil qilish
ko'nikmalarini oshiradi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series A 2025
6
ma’lumotlarni yig'ishadi,
ularni tahlil qilishadi va
yechimlarni ishlab
chiqishadi.
- Mustaqil ishlash va
ijodiy yechimlarni
topishga yordam beradi.
3
Fikr xaritalari
(Mind Mapping)
Fikr xaritalari
mavzularni vizual tarzda
ifodalashga asoslangan
metoddir. Bu usulda
o'quvchilar mavzularni
mantiqiy bog'liqliklar
asosida tuzib, ularni
tahlil qilishadi.
- Mavzularni tizimli va
mantiqiy tarzda
o'rganishga yordam
beradi.
- Xotirani va tushunish
qobiliyatini yaxshilaydi.
- Murakkab
maʼlumotlarni sodda va
tushunarli tarzda
ifodalashni o'rgatadi.
4
Debatlar va
muhokamalar
(Debates and
Discussions)
Ushbu metod
o'quvchilarga o'z
qarashlarni dalillar
asosida himoya qilishga
o'rgatadi. Bu metod
asosan guruh bo'lib
bajariladi, o'rtaga savol
tashlanadi va
bahslashiladi.
- O'quvchilarning nutq va
mantiqiy fikrlash
qobiliyatini oshiradi.
- Turli fikrlarni hurmat
bilan tinglash va ularga
munosabat bildirishni
o'rgatadi.
- Jamoa ishi va muloqot
ko'nikmalarini
rivojlantiradi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series A 2025
7
5
O'yinlar va
simulyatsiyalar
(Games and
Simulations)
Ushbu metod orqali
o'quvchilar mantiqiy
fikrlashni amaliyotdagi
tatbiqini sinovdan
o'tkazishadi. Bu metod
orqali o'quvchilarda
qaror qilish ko'nikmasi
shakllanadi.
- O'quvchilarning qaror
qabul qilish va strategik
fikrlash qobiliyatini
oshiradi.
- Amaliyotda bilimlarni
qo'llashni o'rgatadi.
- Qiziqarli va interfaol
tarzda bilim olish
imkoniyatini yaratadi.
Sokratik suhbat – bu savollar orqali mavzuni chuqurroq tushunishga va
mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan usul. Bu usulda savollar orqali
fikrlash jarayoni kuzatiladi, natijada shaxs o'z fikrlarini asoslash va ularni tanqidiy
baholash qobiliyatini oshiradi.
Namuna: "Internetning taʼsiri" mavzusida Sokratik suhbat
1. Savol: Internet insoniyat uchun foydali yoki zararli?
- Fikrlash: Internet insoniyatga katta imkoniyatlar beradi, lekin u bilan birga
muammolar ham keltirib chiqaradi.
- Tanqidiy baholash: Internetning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash kerak.
2. Savol: Internetning ijobiy tomonlari nimalardan iborat?
- Fikrlash: Internet maʼlumotga kirishni osonlashtiradi, aloqani yaxshilaydi,
biznes va taʼlim sohalarini rivojlantiradi.
- Tanqidiy baholash: Bu imkoniyatlar barcha uchun bir xil darajada mavjudmi?
3. Savol: Internetning salbiy tomonlari nimalardan iborat?
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series A 2025
8
- Fikrlash: Internet asosiy manbalardan qochish, xavfsizlik
muammolari, maʼlumotlarning noto'g'ri tarqalishi.
- Tanqidiy baholash: Bu muammolarni qanday kamaytirish
mumkin?
Bu kabi namunalar talaygina. Ushbu metodlardan dars jarayonida foydalanish
darsni yanada jonli va qiziqarli bo'lishini ta’minlab beradi. O'quvchilarning fikrlash
doirasini kengaytiradi va ularda barqarorlikni shakllantiradi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, tanqidiy va mantiqiy fikrlashni
rivojlantirish zamonaviy taʼlimning muhim vazifalaridan biridir. Yuqorida
keltirilgan metodlar o'quvchilarni nafaqat bilim bilan, balki mantiqiy fikrlash,
muammolarni hal qilish va mustaqil qarorlar qabul qilish ko'nikmalari bilan ham
taʼminlaydi. Bu metodlarni qo'llash orqali o'quvchilar kelajakda muvaffaqiyatli va
ijodiy shaxslar bo'lib yetishishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.
M.Karakoç, The Significance of Critical Thinking Ability in terms of
Education, Istanbul Aydin University Institute of Social Sciences, Turkey
2.
Md. Harun Ar- Rashid., The role of education in the tourism sector,
Library & information management academic blog., 11, 2023
3.
Nada J. Alsaleh Teaching Critical Thinking Skills: Literature Review,
Turkish Online Journal of Educational Technology - TOJET, v19 n1 p21-39 Jan
2020
4.
Nishonov A, Xaydarov B., Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash
usullari. O'quv qo'llanma. T., 2003. 190 bet.
