ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
248
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA
MANTIQIY MASALARNI O‘RGATISH METODIKASI
UMAROVA ZULFIZAR OTABEK QIZI
Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi 3-kurs talabasi.
Annotatsiya.
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mantiqiy masalalarni
o‘rgatishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodikasi tahlil qilinadi.Tadqiqotda mantiqiy
masalalarni yechishda interaktiv o‘yinlar, vizual dasturlar va sun’iy intellekt texnologiyalardan
foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, boshlang‘ich sinfarda raqamli
texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash
qobiliyatini rivojlantirishda muhim omil ekanligi aniqlanadi.
Kalit so‘zlar
: boshlang‘ich sinf, mantiqiy masala, raqamli texnologiya, interaktiv metodlar,
ta’lim metodikasi.
Абстрактный.
В статье анализируется методика использования цифровых технологий
при обучении логическим задачам учащихся начальной школы. В исследовании
рассматривается использование интерактивных игр, визуальных программ и технологий
искусственного интеллекта при решении логических задач. По результатам исследования
установлено, что организация образовательного процесса с использованием цифровых
технологий в начальных классах является важным фактором развития навыков
самостоятельного мышления учащихся.
Ключевые слова:
начальная школа, логическая задача, цифровые технологии,
интерактивные методы, методика обучения.
Abstract.
This article analyzes the methodology of using digital technologies in teaching logic
problems to primary school students. The study examines the methods of using interactive games,
visual programs, and artificial intelligence technologies in solving logic problems. According to
the results, it is determined that organizing the educational process using digital technologies in
primary school is an important factor in developing students' independent thinking skills.
Keywords:
primary school, logical problem, digital technology, interactive methods, educational
methodology.
Kirish
. Mantiqiy masalalarni o‘rgatish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aynan mantiqqiy masalalar orqali mustaqiy
fikrlaydigan, kreativ va tanqidiy mulohaza yurita oladigan bo‘lishadi. Boshlang‘ich sinf
matematika darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanish — bu o‘quv jarayonini interaktiv,
qiziqarli va samarali qilishga xizmat qiladigan usullardan biridir. Hozirgi kunda raqamli
texnologiyalar ta’lim jarayoniga chuqur integratsiyalashib, o‘quvchilarning qiziqishini oshirish
va ularning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Shunday ekan,
boshlang‘ich sinflarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalar yordamida
mantiqiy masalalarni o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish bugungi kunda ta’lim jarayonining
dolzarb masalaridan biridir.
Asosiy qism
. Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda raqamli
texnologiyalarning roli muhim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matematika — mantiqiy
fikrlash, hisoblash, shakllarni tanib olish kabi asosiy ko‘nikmalarni shakllantiradigan muhim fan
hisoblanadi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish bu ko‘nikmalarni osonroq, tushunarliroq va
zavqliroq o‘rganishga yordam beradi. Bu esa raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida interfaol
metodlarni joriy etish imkonini yaratadi va ular quyidagi afzalliklarga ega:
1. Interfaollik-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari masalalarni mustaqil ravishda yechib, natijalarni
real vaqtda tekshira oladilar.
2. Vizualizatsiya-boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga murakkab mantiqiy tushunchalar va
masalalarni sodda grafik va animatsiyalar orqali tushuntirish mumkin.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
249
3. Gamifikatsiya-boshlang‘ich ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali qilish uchun o‘yin
elementlari qo‘llanadi.
4. Moslashuvchanlik-boshlang‘ich sinfdagi har bir o‘quvchining qobiliyatiga mos ravishda
individual yondashuv yaratish imkoniyati mavjud.
Mantiqiy masalalarni o‘rgatishda raqamli texnologiyalar asosidagi metodlar
.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda ularga mantiqiy
masalalar yechishni o‘rgatish uchun quyidagi raqamli texnologiya vositalaridan foydalanish
mumkin:
1. Interaktiv ta’lim platformalari-“Kahoot”, “Quizizz”, “Plickers” singari tizimlar orqali
mantiqiy masalarni bolalarga mos qiziqarli tarda taqdim etish mumkin.
2. Dasturiy ta’minot va mobil ilovalar-“Matific”, “Prodigy” kabi ilovalar orqali aynan
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga moslashtirilgan mantiqiy mashg‘ulotlar o‘tkazish .
3. Sun’iy intellektga asoslangan tizimlar-“ChatGPT” kabi Al tizimlari yordamida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilariga mantiqiy masalalarni yechish bo‘yicha maslahatlar berish va
avtomatlashtirilgan feedback taqdim etish.
4. Konstruktor va simulyatorlar- “Scratch”, “Blockly” kabi vizual dasturlash muhitlaridan
foydalanib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining algoritmik tafakkurini rivojlantirish.
Xulosa va tavsiyalar
.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki ,raqamli texnologiyalar yordamida
mantiqiy masalalarni o‘rgatish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun samarali usul
hisoblanadi.Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish,darsga
bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat
qiladi.Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muammoga kreativ va tanqidiy hamda
tezkorlik bilan yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Kelgusida ushbu yo‘nalishda quyidagi tadqiqotlarni olib borish tavsiya etiladi:
-Turli yosh guruhlari uchun moslashtirilgan interaktiv platformalar ishlab chiqish;
-Sun’iy intellekt vositalaridan keng foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar yaratish;
-O‘quvchilarning individual qobiliyatlariga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
:
1. O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi”
qarori, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Raqamli ta’lim konsepsiyasi, 2021.
3. Saparbayev B. Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish metodlari.
O‘zbekiston: Pedagogika jurnali, 2022.
4. Hasanov A. Raqamli texnologiyalar yordamida interfaol ta’lim jarayonlarini tashkil etish.
Ta’lim va innovatsiyalar jurnali, 2023.
