ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 01, MART 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
8
BOSHLANG’ICH SINF O"QUVCHILARINING O’QISH SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDA INTERAKTIV USULLARDAN FOYDALANISH
Salomova Shaxnoza Saitkulovna
Qarshi shahar 46-maktabning oliy toifali boshlang’ich sinf o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qish darslarida pedagogik texnologiyalardan
foydalanish, o'quvchilar bilimini oshirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni, pedagogik
texnologiyalarni dars jarayonida qo'llash usullari yoritilgan.
Kalit so'zlar:
komil inson, pedagogik texnologiya, didaktik o'yinlar, o'qish motivlari, erkin va
mustaqil qobiliyat.
Abstract:
This article describes the use of pedagogical technologies in primary school lessons,
the role of pedagogical technologies in improving students' knowledge, methods of applying
pedagogical technologies in the classroom.
Keywords:
perfect person, pedagogical technology, didactic games, learning motives, free and
independent ability.
O'zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi,
iqtisodiy rivojlantirishning o'zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasiga alohida e'tibor
qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj
topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta'lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada
sifatli tashkil etishga o'z ta'sirini ko'rsatayotganligi barchamizga ma'lum. Bunday sharoitda inson
faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik
faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasn emas. Pedagoglar o'z
faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo'lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz
tomonidan axborot texnologiyalar asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari
kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta'lim sohasida ham yangi axborot
texnologiyalaridan keng foydalanish an'anaviy o'qitish usullaridan ko'ra samarali va yuqori
natijalarga olib kelmoqda. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko'zda tutilganidek, pedagogik
va axborot texnologoyalari, komputerlashtirish va komputer tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini
yangi axborotlar bilan ta'minlash rivojlanib bormoqda.
Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang'ich ta'lim shubhasiz mustahkam poydevor yo'lini
o'taydi. Boshlang'ich ta'lim standartida o'quvchilarning o'qish malakalarining sifatlari va ijodiy
fikrlay olishlari, o'z-o'zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini o'zlashtirishlari, husnixat
bilan savodli yozish ko'nikmalarini egallashlari alohida qayd etilgan. Yurtimizda ta'lim
mazmuniga alohida e'tibor qaratib, DTS o'quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba
sinovdan o'tkazilmoqda, pedagogik texnologiyalar asosida o'quv jarayonining samaradorligini
oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot kommunikatsiya vositalaridan
foydalanilmoqda. Boshlang'ich sinfda "o'qish" fani o'quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini
kengaytirish, erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrlarini yozma ravishda ravon
bayon qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikmasi va malakalarga
xizmat qiladi. Sinfda o'qish darslariga qo'yilgan vazifalar:
1. O'qish malakasini takomillashtirish. O'quvchilarda yaxshilik darajasi sifatlari: to'g'ri, tez, ongli,
ifodali o'qish malakalarini shakllantirish.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 01, MART 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
9
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg'otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga
o'rgatish, ya'ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza
kitobxonlarni yetishtirish.
3. O'quvchilarda atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy
dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O'quvchilar nutqi ( asosan,og'zaki nutqi) ni va tafakkurini o'stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarining mazmuni:
1. Ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash va ulardan o'rinli foydalanish - ta'lim samarasini ta'minlashga
yordam beradi.
2. Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi faoliyat doirasini aniq
belgilab beradi.
3. O'qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning kutilgan maqsadga
erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O'qitish usullari ta'lim jarayonidagi
o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini qanday bo'lishini, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va
olib borish kerakligini belgilab beradi.
O'qitish usullari har ikkala faoliyatning:
a) o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish;
b) o'quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish
faoliyatida qo'llanadigan yo'llarni o'z ichiga oladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini oson o'zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul,
vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O'qish darslarini tashkil
etishda pedagogik texnologiyalarning ko'pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida
bog'chadan so'ng maktabning dastlabki davrlari muhim o'rin tutadi. Shu bois, boshlang'ich ta'lim
davri ta'lim jarayonidagi eng ma'suliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga,
uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning
zehnini o'stirishga qaratilgan har bir mashg'ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga
katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun bu davrda, avvalo, ta'lim jarayonini qiziqarli, ta'sirli qilib
tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. Chunki, bu
muddat bolaning o'yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya'ni o'quv faoliyatiga o'tganligi bilan
harakterlanadi. Bolaning o'quv faoliyatini rivojlantirishda turli o'yinlardan foydalanish katta
ahamiyat kasb etadi. Bolalar o'yin orqali o'z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur
o'zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta'lim jarayonida qo'llanadigan didaktik o'yinlarning roli
beqiyosdir. Didaktik o'yinlar ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta'lim jarayonida
o'quvchilar faolligini, o'qish motivlarini rivojlantiradi. O'qish motivlari ta'lim jarayonini
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o'rin tutadi. Boshlang'ich sinf
o'quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o'qish darslari jarayonida erkin
va mustaqil qobiliyati shakllanadi.
Xulosa
: Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o'quvchilar atrof olamdagi,
jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali insoniy
fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o'rganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 01, MART 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
10
ko'nikmalari shakllanadi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta'limning mazmunini
belgilash, ta'lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o'quvchilarning bilimlarni keng
egallashi va ma'naviy fazilatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish,
ta'limning natijasi va o'zlashtirish darajasini aniqlash, ularni obektiv baholash uchun test
vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishni samarali
tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta'lim berishda
pedagogik texnologiyalardan to'g'ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga
erishish uchun olib borilayotgan ta'lim sohasidagi yangiliklarni o'rganish, amaliyotda foydalanish
ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi
uchun ta'lim samaradorligi pedagog va o'quvchi faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga,
ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog'liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Azizxo'jayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T.: 2006
2. Avliyoqulov N.X. Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent., 2008
