BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI IMPROVIZATSION MUHITDA RIVOJLANTIRISH

Annotasiya

Ushbu maqolada bugungi kun o`qituvchisiga qo`yilgan talablar, zarur boʼlgan kompetentsiyalar, oʼqituvchining tezkor qaror qabul qilish va pedagogik tajriba, mahorati orqali holatni chuqur oʼylangan va maqsadni sifatli amalga oshirishni kafolatlovchi tomonga bura olishi, oʼqituvchining pedagogik improvizatsiya qilish qobiliyati oʼz oldiga qoʼyilgan kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda pedagogik oldindan koʼra bilish, intuvitiv faoliyatning yaxshi rivojlanganligini namoyon etuvchi jarayonlar haqida so`z borgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
79-81

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mirakhmedova , D. (2025). BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI IMPROVIZATSION MUHITDA RIVOJLANTIRISH. Ilmiy Tadqiqotlar Va Ularning Yechimlari Jurnali, 3(3), 79–81. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/133031
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada bugungi kun o`qituvchisiga qo`yilgan talablar, zarur boʼlgan kompetentsiyalar, oʼqituvchining tezkor qaror qabul qilish va pedagogik tajriba, mahorati orqali holatni chuqur oʼylangan va maqsadni sifatli amalga oshirishni kafolatlovchi tomonga bura olishi, oʼqituvchining pedagogik improvizatsiya qilish qobiliyati oʼz oldiga qoʼyilgan kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda pedagogik oldindan koʼra bilish, intuvitiv faoliyatning yaxshi rivojlanganligini namoyon etuvchi jarayonlar haqida so`z borgan.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

79

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI

IMPROVIZATSION MUHITDA RIVOJLANTIRISH

Miraxmedova Dilafruz Nurilloxon qizi

ADPI mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bugungi kun o`qituvchisiga qo`yilgan talablar, zarur boʼlgan

kompetentsiyalar, oʼqituvchining tezkor qaror qabul qilish va pedagogik tajriba, mahorati orqali

holatni chuqur oʼylangan va maqsadni sifatli amalga oshirishni kafolatlovchi tomonga bura

olishi, oʼqituvchining pedagogik improvizatsiya qilish qobiliyati oʼz oldiga qoʼyilgan kasbiy

vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda pedagogik oldindan koʼra bilish, intuvitiv

faoliyatning yaxshi rivojlanganligini namoyon etuvchi jarayonlar haqida so`z borgan.

Kalit so`zlar:

improvizatsiya, pedagogik jarayon, bilim, ko`nikma, malaka, mahorat,

kompetensiya, talab, ta`lim-tarbiya, faoliyat, mutaxasis.

Pedagogik faoliyatda improvizatsiya kasbiy-ijodiy kompetensiya sifatida nihoyatda muhim

ahamiyat kasb etadi, zero har bir pedagog inson shaxsiyati bilan bevosita ish olib boradi, uning

rivojlanishi va barkamolligi uchun shart-sharoit yaratadi. Hozirgi zamonaviy ta’lim tizimida

murabbiydan turli ko‘nikmalar talab qilinayotgan bir sharoitda, pedagogik jarayonda

improvizatsiya qilish malakasi juda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Improvizatsiya

tushunchasi, avvalo, pedagogik mashg‘ulotlar doirasida novatorlik ruhini saqlab qolgan holda,

amalda joriy etilishi kerak bo‘lgan jarayonni ko‘zda tutadi.

Improvizatsiyalash ko‘nikmasi faqatgina pedagogik mahorat yoki uslubiy o‘zgaruvchanlik

bilan chegaralanmaydi. Uni shakllantirish uchun pedagog avvalo o‘zini bir ijodkor sifatida

ko‘ra olishi, individual kreativ tafakkurni rivojlantirishi zarur. Improvizatsiya jarayonida

nafaqat ta’lim mazmuni, balki pedagogik etika, didaktik yondashuvlar, psixologiya, talabalar

bilan o‘zaro munosabatlar xususiyatlari ham katta rol o‘ynaydi. Jamiyat taraqqiyoti surat bilan

tobora jadallashayotgan bir paytda, talaba ongida ideallar, taraqqiyot texnologiyalari,

innovatsion ilmiy yutuqlar haqida ma’lum tushunchalar shakllanishi lozim. Improvizatsiya

orqali esa ushbu jarayon jonlilik kasb etib, o‘quvchi yoki talabaning rivojlanishi uchun

konstruktiv muhit yaratiladi.

Tadqiqot obyekti nuqtai nazaridan “improvizatsiya”, “kasbiy ko’nikma”, “improvizatsion

muhit”, “pedagogik qobiliyat” tushunchalari mazmunan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, bo’lajak

o’qituvchilarning kasbiy ko’nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirishda muhim rol

o‘ynaydi.

Improvizatsiya jarayon sifatida quyidagi o‘ziga xosliklarga ega: yaxlit, kooperativ faoliyat,

informatsion aloqa, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, o‘zaro munosabat, o‘zaro bir-birini tushunish.

Improvizatsiya hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida kutilmagan vaziyatlarda to’g’ri

qarorlarni qabul qilish bo’lib, bunday vaziyatlarda bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy

ko’nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirishdan iborat.

Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy manbalarni o’rganish, tahlil qilish va pedagogik o’rganish

natijasida, dissertant tomonidan pedagogik faoliyatdagi improvizatsiyaga quyidagicha ta’rif

berildi: pedagogik improvizatsiya — bu o‘qituvchining o‘quv jarayonida kutilmagan holatlar

yuz berganda, o‘zining bilim va tajribasidan foydalanib, muammoga mos yechim topish

qobiliyatidir.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

80

Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy faoliyatida namoyon bo’luvchi pedagogik improvizatsiyaning

rivojlanishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatilishi mumkin (1-rasmga qarang):

1-rasm. Pedagogik improvizatsiyaning namoyon bo’lishiga ta’sir etuvchi omillar

Improvizatsiya ustuvorligida yana bir muhim jihat – bu pedagog oliy ta’lim davridayoq asosiy

nazariy ko‘nikmalarni egallashi bilan birga, amaliy jarayonlarda tezkor munosabat bildirish

ko‘nikmasini rivojlantirishi kerakligidir. Pedagogika nazariyasi o‘zida ma’lum bir qat’iy

qoidalarni aniq shaklda belgilab berishi mumkin, biroq real dars jarayonida barcha narsa reja

asosida ketavermaydi. Masalan, bir o‘quvchi nogahon kutilmagan savol beradi yoki guruhda

bahs-munozaralar avj oladi, auditoriya his-hayajoni o‘zgaradi – shunday holatlarda pedagogik

improvizatsiya barcha nazariy bilimlarni birlashtirgan holda ishga tushadi. Bu paytda

pedagogdan noan’anaviy yondashuv talab etiladi.
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirishda

quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni hisobga olish lozim: 1. Moslashuvchan ta'lim muhiti:

improvizatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi muhit. 2. Innovatsion texnologiyalar va metodlar:

Multimedia va simulyatsiyalarni qo‘llash. 3. Mentorlik tizimi: Tajribali o‘qituvchilar bilan

o‘zaro muloqot. 4. Kreativlikni rivojlantirish: Eksperiment qilishni rag‘batlantirish. 5.

Reflektivlik: O‘qituvchilik amaliyotini tahlil qilish imkoniyatlari. 6. Jamoaviy ish: Hamkorlikni

rag‘batlantirish. 7. Amaliyot va simulatsiyalar. 8. Samarali o‘z-o‘zini rivojlantirish.
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikmalarini improvizatsion muhitda rivojlantirish jarayoni

quyidagi bosqichlarda amalga oshadi: 1) Vaziyatni tahlil qilish va baholash; 2) Maqsadni va

vazifalarni belgilash; 3) Yechim variantlarini shakllantirish; 4) Amalga oshirish; 5) Natijalarni

baholash va tahlil qilish.
Psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili improvizatsion muhitda bo‘lajak o‘qituvchilarning

kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni pedagogik va psixologik jihatlarning o‘zaro

uyg‘unlashuvi orqali amalga oshirilishini ko’rsatadi. Bu jarayonda darslar amaliyotga


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

81

yo‘naltirilgan holda, interaktiv metodlar, rolli o‘yinlar va simulyatsiyalar yordamida

o‘qituvchilarga real sinf sharoitiga yaqin vaziyatlarda o‘zlarini sinash imkoniyati yaratiladi. Shu

bilan birga, reflektiv faoliyat orqali o‘z xatoliklarini tahlil qilish va ularni tuzatish imkoniyati

beriladi, bu esa o‘z-o‘zini baholash qobiliyatini rivojlantiradi. Improvizatsion muhit shaxsiy

ehtiyojlarga mos yondashuvni ta’minlab, individual va guruhiy ish faoliyatini

uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi, bu esa bo’lajak o‘qituvchilarning o‘zaro hamkorlik, empatiya

va muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Psixologik jihatdan esa, bunday muhit o‘zini erkin

ifoda etish, ichki motivatsiyani kuchaytirish va kutilmagan vaziyatlarda stressni boshqarish

qobiliyatini shakllantiradi. Shu tarzda, improvizatsion o‘quv jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarni

nafaqat nazariy bilimlar, balki real sharoitlarda tez va samarali yechim topish, ijodiy fikrlash va

psixologik mustahkamlik kabi zarur ko‘nikmalar bilan ta’minlab, ularni kelajakdagi ta’lim

jarayoniga samarali tayyorlaydi.
O‘tkazilgan tahlillar tadqiqot doirasida bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikmalarini

improvizatsion muhitda rivojlantirishning ichki va tashqi omillarini ajratib ko‘rsatish imkonini

berdi. Tashqi omillar: pedagogik muhit, mentorlik va qo’llab-quvvatlash, hamkorlik va

jamoaviy ish, metodik resurslar. Ichki omillar: shaxsiy motivatsiya va qiziqish, kreativlik va

ijodkorlik, o’zini-o’zi anglash va refleksivlik, o’zini-o’zi boshqarish.
Metodik va pedagogik asoslar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqganda, bo‘lajak o‘qituvchini

improvizatsion muhitga tayyorlash bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda

nazariy tushuncha berildi: improvizatsiya nimadan iborat, uning psixologiyalыq-pedagogik

mohiyati nima, qanday didaktik vazifalar bajarilishi kerak, qanday maqsadlar ko‘zlangan.

Ikkinchi bosqichda esa amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalarda amaliy ko‘nikma shakllantirish

yotibdi: bu rol o‘yinlar, dars modellashtirish, keyslarni tahlil qilish, baxs-munozaralar,

jamoaviy muhokamalar, simulyatsiya orqali faoliyat. Uchinchi bosqichda, ya’ni natijalarni

baholash bosqichida talabalarda improvizatsiya samaradorligini aniqlash maqsadida maxsus

baholash өlchovlari, esse yoki video-yozuv orqali tahlil, refleksiya suhbatlari o‘tkazilishi,

tajriba-eksperiment ishlari amalga oshirilishi mumkin. Bunda, albatta, talabalar qalbidagi

kreativlik, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, interaktiv muomalachulik, liderlik sifati,

guruhda sog‘lom muhit yaratish malakasi kabi ko‘rsatkichlar kuzatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati:

1. Berikxanova L. Yu. Podgotovka studentov — buduщix uchiteley k improvizatsionnoy

deyatelьnosti. — Tyumenь, 1988.- 125 s.
2. Verbitskiy А.А. Аktivnoe obuchenie v vыsshey shkole: kontekstnыy podxod. -M.: Vыssh.

shk. 1991. - 204 s.
3. Slastenin V.А. i dr. Pedagogika: Ucheb. posobie dlya stud. vыssh. ped. ucheb. zavedeniy / V.

А. Slastenin, I. F. Isaev, Ye. N. Shiyanov; Pod red. V.А. Slastenina. - M.: Izdatelьskiy sentr

"Аkademiya", 2002. - 576 s.
4. Xarьkin V. N. Pedagogicheskaya improvizatsiya: teoriya i metodika / V. N. Xarьkin. -

M.,1992. - 157s

Bibliografik manbalar

Berikxanova L. Yu. Podgotovka studentov — buduщix uchiteley k improvizatsionnoy deyatelьnosti. — Tyumenь, 1988.- 125 s.

Verbitskiy А.А. Аktivnoe obuchenie v vыsshey shkole: kontekstnыy podxod. -M.: Vыssh. shk. 1991. - 204 s.

Slastenin V.А. i dr. Pedagogika: Ucheb. posobie dlya stud. vыssh. ped. ucheb. zavedeniy / V. А. Slastenin, I. F. Isaev, Ye. N. Shiyanov; Pod red. V.А. Slastenina. - M.: Izdatelьskiy sentr "Аkademiya", 2002. - 576 s.

Xarьkin V. N. Pedagogicheskaya improvizatsiya: teoriya i metodika / V. N. Xarьkin. - M.,1992. - 157s