ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI TAKIMILLASHTIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA UNING AMALIY AHAMIYATI

Аннотация

Maqolada O‘zbekiston umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining bilimlarini baholashda xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish muammosi ko‘rib chiqilgan. Turli mamlakatlarda ta’lim sifatini yanada oshirish mezoni sifatida keng qo‘llanilayotgan ta’lim sifati va darajasini belgilovchi xalqaro dasturlar tahlil qilinib. Ushbu mavzuning dolzarbligi O‘zbekiston ta’lim muassasalarining xalqaro baholash dasturlarini aniqlash va taqqoslashga asoslangan ta’lim sifatini baholashning yangi monitoring tizimiga bo‘lgan qiziqishining ortib borayotgani bilan bog‘liq.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
238-241
15

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ashurova Xurshida Asrorovna. (2025). ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI TAKIMILLASHTIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI VA UNING AMALIY AHAMIYATI. Журнал научных исследований и их решений, 4(02), 238–241. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/82625
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada O‘zbekiston umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining bilimlarini baholashda xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish muammosi ko‘rib chiqilgan. Turli mamlakatlarda ta’lim sifatini yanada oshirish mezoni sifatida keng qo‘llanilayotgan ta’lim sifati va darajasini belgilovchi xalqaro dasturlar tahlil qilinib. Ushbu mavzuning dolzarbligi O‘zbekiston ta’lim muassasalarining xalqaro baholash dasturlarini aniqlash va taqqoslashga asoslangan ta’lim sifatini baholashning yangi monitoring tizimiga bo‘lgan qiziqishining ortib borayotgani bilan bog‘liq.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

238

Buxoro Davlat Pedagogika Instituti

“Pedagogika”kafedrasi,professori p.f.d

Boymurodava G.T taqrizi ostida.

Ashurova Xurshida Asrorovna

Innovatsion texnologiyalar universiteti

“Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim”

kafedrasi

Assistent oʻqituvchisi.

E-mail:_xurshidaashurova06@gmail.com

UDK. 371.3

ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI TAKIMILLASHTIRISHDA PISA XALQARO

BAHOLASH DASTURI VA UNING AMALIY AHAMIYATI

ANNOTATSIYA.

Maqolada O‘zbekiston umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining bilimlarini

baholashda xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish muammosi ko‘rib chiqilgan. Turli

mamlakatlarda ta’lim sifatini yanada oshirish mezoni sifatida keng qo‘llanilayotgan ta’lim sifati

va darajasini belgilovchi xalqaro dasturlar tahlil qilinib. Ushbu mavzuning dolzarbligi

O‘zbekiston ta’lim muassasalarining xalqaro baholash dasturlarini aniqlash va taqqoslashga

asoslangan ta’lim sifatini baholashning yangi monitoring tizimiga bo‘lgan qiziqishining ortib

borayotgani bilan bog‘liq.

KALIT SO‘ZLAR:

PISA dasturi, monitoring, test, bilimlarni baholash, kompetensiyalar,

xalqaro dastur, sifat nazorati, bilim, ko‘nikma, malaka.

ANNOTATION.

The article examines the problem of implementing international programs in

the assessment of the knowledge of students of general education institutions of Uzbekistan.

International programs that determine the quality and level of education, widely used in various

countries as a criterion for further improving the quality of education, are analyzed. The

relevance of this topic is due to the growing interest of educational institutions of Uzbekistan in a

new monitoring system for assessing the quality of education, based on the identification and

comparison of international assessment programs.

KEY WORDS:

PISA program, monitoring, test, knowledge assessment, competencies,

international program, quality control, knowledge, skills,

qualifications.

KIRISH.

Maktabda olingan bilimlar insonning keyingi hayot yo‘lini belgilaydi. Ko‘pchilik bilimni baho

bilan o‘lchaydilar. Ammo baholash bilimni aniq belgilaydigan mezon emas. Bu faqat o‘ziga xos

stimul, o‘quvchilarni faollikka undovchi vosita, xolos. Har bir pedagogning o‘z ish uslubi,

o‘quvchilar bilimini baholash metodikasi bor. Har qanday o‘qituvchi uchun baholash

o‘quvchilarni rag‘batlantirish yoki o‘quvchining e’tiborini uzoq vaqt (45 daqiqa) ushlab turish

vositasidir. Yana o‘qituvchilar orasida o‘quvchining bilim darajasi talablarga javob bersa ham,

bolalardagi mavjud bilimlardan nisbatan yuqori baho qo‘yadigan yoki “5” bahosini tejaydiganlar

ham bor [1].

Tadqiqotimizning maqsadi

xalqaro dasturlardan biri bo‘lgan PISA dasturining O‘zbekiston

maktablarida ta’lim jarayonini yaxshilash uchun savodxonlik va kompetentlikni baholash

tizimiga ijobiy tomonlarni ko‘rsatishdir.

O‘zbekiston jamiyati hayotidagi global ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida ham

o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Shun munosabati bilan 2018-yil 12-noyabrda O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

o‘rtasida

bilim

va talabalarni baholash xalqaro dasturida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ana


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

239

shunday xalqaro dasturlardan biri PISA dasturi - savodxonlikni baholash tizimidir. Iqtisodiy

hamkorlik va taraqqiyot xalqaro tashkiloti tomonidan har 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladigan 15

yoshli o‘quvchilarning kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya

hisoblanadi. PISA atamasi O‘zbekiston milliy ta’lim tizimiga yaqindagina kirib keldi.

PISA dasturi tadqiqotlari davomida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni taqqoslash va solishtirish

mumkin. PISAga a’zo davlatlar ta’lim tizimida, ta’lim sohasida strategik qarorlar qabul qilish va,

o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi maktablarida taqdim etilayotgan bilim darajasi

o‘quvchi-yoshlar uchun o‘z katta hayot yo‘lini topishda qanchalik darajada yetarli ekanligini

o‘rganish mumkin.

MATERIYALLAR VA USLUBLAR.

O‘quvchilar bilimi va malakasining umumiy tahlili mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini

belgilaydi. Shu maqsadda o‘quv yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi

monitoring olib boriladi. Uning natijalariga ko‘ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi,

o‘qituvchilar salohiyati va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu jarayon ta’lim

taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘lgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

vazirligi tashabbusi bilan umumta’lim maktablari o‘quvchilarining bilimlarini baholashning

xalqaro dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi[2], ya’ni

o‘quvchilarning bilimlarini yetkazish maqsadida xalqaro talablarga muvofiqligini o‘rganib, PISA

(Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trendsin Mathematics and Science

Study) baholash dasturlarini keng qo‘llash rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning PISA xalqaro dasturidagi ishtiroki qanday?

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sifatini baholash monitoringining xalqaro baholash

dasturlarini aniqlash va taqqoslashga asoslangan yangi tizimi shakllanmoqda. Ta’lim sifatini

baholashning xalqaro tajribasini o‘rganish, mavjud tizimni qiyosiy va har tomonlama tahlil qilish,

yaqindan hamkorlik qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar,

ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash, zamon talablariga

mos Milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Ta’lim sifatini

baholash sohasida xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga

muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat inspeksiyasining

qoshida Ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro tadqiqotlar o‘tkazish milliy markazi tashkil

etildi.

Bundan tashqari 2018-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot

tashkiloti o‘rtasida xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan talabalar bilimini

baholashning xalqaro dasturida (Agreement for participation programme international student

assessment (PISA) 2021). ishtirok etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

PISA tizimi nima?

O‘z navbatida, PISA tadqiqotini qisqacha ko‘rib chiqamiz. PISA - 15 yoshli

o‘quvchilarning savodxonligi va kompetentligini baholash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va

taraqqiyot xalqaro tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro dastur. Unda

o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlari sifati monitoringi amalga

oshiriladi va 1000 ballik tizimda baholanadi. Ushbu xalqaro dastur 1997-yilda ishlab chiqilgan

va birinchi marta 2000-yilda amaliyotda qo‘llanilgan. Bu tizim yordamida turli mamlakatlar

ta’lim

tizimidagi o‘zgarishlar taqqoslanadi, baholanadi.

Tabiiy savol tug‘iladi, nima uchun PISA har uch yilda va 15 yoshda o‘tkaziladi? Asosiy PISA

dasturining maqsadi mamlakatlar ichidagi siyosatida ta’lim sohasida qarorlar qabul qilishni

qo‘llab-quvvatlashdan iborat.. Dasturni uch yillik davr mobaynida amalga oshirish, o‘z navbatida,

mamlakatlarni o‘z vaqtida xabardor qilish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish uchun

ma’lumotlar taqdim etish imkonini beradi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

240

Agar dasturni o‘tkazish davriyligi qisqa muddatlarda amalga oshirilsa, rivojlanish yoki yetarli

ma’lumot to‘play olmaslikka va, o‘z navbatida, mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi

[3].

Dasturning aynan 15 yoshli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida amalga oshirilishining sababi, bu yoshda

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarning aksariyatida o‘quvchi

yoshlar majburiy ta’limning so‘nggi bosqichiga o‘tadi.

Ushbu dasturning afzalligi shundaki, u butun dunyoda aynan 15 yoshli talaba-yoshlarning bilim

va ko‘nikmalarini o‘lchaydigan yagona dastur bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, dasturda davlat

siyosati masalalari ko‘tariladi:

- maktablar o‘quvchi yoshlarni katta hayotga o‘tishga yetarlicha tayyorlay oladimi?

- o‘quv dasturlarining ba’zi turlari boshqalariga qaraganda samaraliroqmi?

Aytish mumkinki, o‘quvchi-yoshlar maktab davrining boshidan oxirigacha ya’ni hayot kechirish

uchun zarur bo‘lgan barcha bilim va malaka ko‘nikmalarini yetarli darajada egallagan holatda

bo‘lmaydi.

PISA dasturi - o‘qitish strategiyalarini nafaqat bilim va ko‘nikmalar darajasini, balki ishontirish

va mustahkamlash ularning katta hayotga tayyorligi uchun ham motivatsiya, asos bo‘lib xizmat

qiladigan dastur.

2000-2015-yillar oralig‘ida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki bugungi kunda

Sharqiy Osiyo, Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada yaxshi rivojlangan Finlyandiya,

Estoniya, Shveysariya, Polsha Niderlandiya kabi mamlakatlarning o‘rta ta’lim tizimi, bu esa

bizdan ushbu mamlakatlarning ta’lim

tizimidagi ijobiy jihatlarni tahlil qilish va taqqoslashni talab qiladi [4].

XULOSA

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aksariyat

xorijiy mamlakatlarda ta’lim va ilm-fan sohasining rivojlanishini baholash va monitoring qilish

orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqdilar.

Xususan, dunyoda sifatni belgilovchi bir qator xalqaro dasturlar mavjud.

PISA (o‘quvchilarning ta’lim darajasi, yutuqlarini xalqaro baholash dasturi), PIRLS (matnlarni

o‘qish va tushunishni darajasini xalqaro tadqiq etsih), TIMSS (maktabda matematika va aniq

fanlar sifati xalqaro monitoringi) kabi dasturlar rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sifatini yanada

oshirish mezoni sifatida keng qo‘llanilmoqda.

Yuqorida ta’kidlanganidek, maktabda ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi

uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar [5].

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilarini xalqaro PISA formatidagi bilim,

ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar sifatini baholash dasturi mamlakatimiz hududida keng

ko‘lamli o‘quvchilarni bunday turdagi monitoring tadqiqotlariga tayyorlash bo‘yicha ishlar

amalga oshirilmoqda. Shu paytgacha o‘tkazilgan so‘rovlar, anketalar va monitoringlar.

o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashda ularning mantiqiy, tanqidiy va tahliliy fikrlashini

rivojlantirishga,

shuningdek,

o‘qish

savodxonligini

shakllantirishga

yo‘naltirilgan

yondashuvlarni yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Зацепина, Т. В.Использование элементов игры в процессе обучения / Т. В. Зацепина, А.

В. Зацепин // Наука и Образование. – 2020. – Т. 3. – № 4. – С. 337.

2. Козлова, Л. С. Использование интерактивных методов обучения на занятиях по

русскому языку / Л. С. Козлова // Материалы 23-й междисциплинарной конференции. –

Ташкент, 2020

3. American Press Institute. (2014). How Americans get their news. – URL:

http://www.americanpressinstitute.org/publications/reports/survey-research/how americans-get-

news/.

4. Оценка читательской грамотности в рамках международного исследования PISA-2018 //

Центр оценки качества образования ФГБНУ «Институт стратегии развития образования


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

241

Российской

академии

образования»

Министерства

просвещения

РФ.

URL:http://www.centeroko.ru/pisa18/pisa2018_rl.html.

5. Ўқувчиларнинг саводхонлигини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқот дастури ҳақида.

Қўлланма. – Тошкент: Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга

ошириш Миллий маркази, 2019. – 68 б.

Библиографические ссылки

Зацепина, Т. В.Использование элементов игры в процессе обучения / Т. В. Зацепина, А. В. Зацепин // Наука и Образование. – 2020. – Т. 3. – № 4. – С. 337.

Козлова, Л. С. Использование интерактивных методов обучения на занятиях по русскому языку / Л. С. Козлова // Материалы 23-й междисциплинарной конференции. – Ташкент, 2020

American Press Institute. (2014). How Americans get their news. – URL: http://www.americanpressinstitute.org/publications/reports/survey-research/how americans-get-news/.

Оценка читательской грамотности в рамках международного исследования PISA-2018 // Центр оценки качества образования ФГБНУ «Институт стратегии развития образования Российской академии образования» Министерства просвещения РФ. – URL:http://www.centeroko.ru/pisa18/pisa2018_rl.html.

Ўқувчиларнинг саводхонлигини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқот дастури ҳақида. Қўлланма. – Тошкент: Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш Миллий маркази, 2019. – 68 б.