AYOL ROVIYLARNI O’RGANISHGA BAG’ISHLAGAN TADQIQOTLAR TAHLILI

Abstract

Ushbu maqolada hadislarga oid ishonchli manbalar asosida ayol roviylarning ilmiy merosi, ularning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy manbalarda aks etgan faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida “as-Sihoh as-sitta” deb nomlanuvchi oltita ishonchli hadis to‘plamida ayollardan rivoyat qilingan hadislar soni, ularning darajalari, tabaqotdagi o‘rni, siqa yoki majhula deb baholangan holatlari o‘rganilgan. Shuningdek, tarojim va tabaqot kitoblari orqali mashhur muhaddisa ayollar, ular haqida tarixchilar va hadis olimlarining fikrlari keltirilgan. Ayollarning hadisni rivoyat qilish, yozish, o‘rganish va o‘rgatishdagi faoliyati ilk asrlardan boshlab keyingi davrlarga qadar qamrab olingan. Maqola ayol roviylarning ilmiy faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning hadis ilmidagi o‘rnini yanada aniqroq ochib berishga xizmat qiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
  • Alfraganus universiteti, Filologiya fakulteti Arab tili yo‘nalishi, 3-kurs talabasi
f
87-94

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Maksumova , I. . (2025). AYOL ROVIYLARNI O’RGANISHGA BAG’ISHLAGAN TADQIQOTLAR TAHLILI. Журнал научных исследований и их решений, 3(3), 87–94. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ituy/article/view/133037
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada hadislarga oid ishonchli manbalar asosida ayol roviylarning ilmiy merosi, ularning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy manbalarda aks etgan faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida “as-Sihoh as-sitta” deb nomlanuvchi oltita ishonchli hadis to‘plamida ayollardan rivoyat qilingan hadislar soni, ularning darajalari, tabaqotdagi o‘rni, siqa yoki majhula deb baholangan holatlari o‘rganilgan. Shuningdek, tarojim va tabaqot kitoblari orqali mashhur muhaddisa ayollar, ular haqida tarixchilar va hadis olimlarining fikrlari keltirilgan. Ayollarning hadisni rivoyat qilish, yozish, o‘rganish va o‘rgatishdagi faoliyati ilk asrlardan boshlab keyingi davrlarga qadar qamrab olingan. Maqola ayol roviylarning ilmiy faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning hadis ilmidagi o‘rnini yanada aniqroq ochib berishga xizmat qiladi.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

87

AYOL ROVIYLARNI O’RGANISHGA BAG’ISHLAGAN TADQIQOTLAR TAHLILI

Maksumova Inoyatxon Vahidulla qizi

Alfraganus universiteti, Filologiya fakulteti

Arab tili yo‘nalishi, 3-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hadislarga oid ishonchli manbalar asosida ayol roviylarning

ilmiy merosi, ularning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy manbalarda aks etgan

faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida “as-Sihoh as-sitta” deb nomlanuvchi oltita ishonchli

hadis to‘plamida ayollardan rivoyat qilingan hadislar soni, ularning darajalari, tabaqotdagi o‘rni,

siqa yoki majhula deb baholangan holatlari o‘rganilgan. Shuningdek, tarojim va tabaqot

kitoblari orqali mashhur muhaddisa ayollar, ular haqida tarixchilar va hadis olimlarining fikrlari

keltirilgan. Ayollarning hadisni rivoyat qilish, yozish, o‘rganish va o‘rgatishdagi faoliyati ilk

asrlardan boshlab keyingi davrlarga qadar qamrab olingan. Maqola ayol roviylarning ilmiy

faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning hadis ilmidagi o‘rnini yanada aniqroq ochib berishga

xizmat qiladi.

Kalit so’zlari:

Ayol roviylar, hadis ilmi, muhaddisa, as-Sihoh as-sitta, tarojim, tabaqot, siqa,

rivoyat, sahobiya, ilmiy meros.

Kirish:

Hadislarni har tomonlama chuqur o‘rganishga urin-gan olimlar o‘z davrida va hozirgi

kunda ham insonlar hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan mavzularni yoritib berishga, ular

bo‘yicha asarlar yaratishga jiddiy e’tibor qaratishgan. Bu borada bizgacha musnad, jome’,

sunan va boshqa turdagi hadis adabiyotlari yetib kelgan. Ayollarning hadis rivoyatlari xuddi

erkaklarniki kabi o‘z davri va bugungi kun uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi

qarashlar ikki yo‘nalishdagi tasnif doirasida o‘rganildi:
a) Tarojim (olimlar tarjimai holi jamlangan to‘plamlar) kitoblarida ayollar faoliyatining

yoritilishi.
b) “Olti ishonchli to‘plam” (“as-Sihah as-sitta”)da ayollardan qilingan rivoyatlar.
Hadis ilmi rivojida ayollarning o‘rnini belgilash borasida aynan to‘laligicha shu masalaga

taalluqli biror asar mavjud emas. Hadis ilmi rivojida ayollarning faoliyati borasidagi ishlar

asosan tabaqotlarda, bir asr yoki muayyan davrni o‘z ichiga olgan holatda berilgan. Bu boradagi

fikrlarni kishilarning tarjimai holi, tabaqot, tarix, hadishga oid kitoblardan ma’lumotlarni

yig‘gan holda ko‘rsatib o‘tish mumkin. Roviy ayollar va ularning tarjimai hollariga

bag‘ishlangan kitoblarda yozilgan ma’lumotlarni ham faqat hadis ilmiga oid kitoblarni to‘la

tushunib yetgandagina foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Haqiqatan ham tarojim kitoblari barcha muhaddis va muhaddis ayollarning hayot va faoliyatini

o‘z ichiga qamrab olmagan. Tarojim kitoblari mualliflari tarjimai holi berilayotgan kishi

vatanining uzoqda bo‘lishi, mashhur bo‘lishi jihatdan asarlarni yaratganlar. Bunda devon holiga

keltirilgan kitoblarning bizgacha yetib kelmaganligi yoki saqlab qolinmaganini ham e’tiborga

olish darkor. Bu holat ayniqsa ayollar tarjimai holining berilishida o‘rganish imkoniyatida

no‘kislik borligi bilan ham e’tiborlidir.
Tarojim kitoblarining barchasi, tabaqot kitoblari, sahobiylar hayotiga bag‘ishlangan kitoblar

faqatgina avvalgi uch asrda emas, Rasululloh (s.a.v.)dan keyingi davrlarda muhaddis

ayollarning rivoyatlari haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan. Shu kabi tobiiylarning o‘rni ham

alohida ko‘rsatiladi. Ikki Sahih, to‘rtta Sunan va shu kabi kitoblarning isnodida yuzlab roviy


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

88

ayollarning rivoyatlari haqida ma’lumot bor. Musnad, Mu’jam kabi hadis ilmiga oid kitoblar

ham shu kabidir.
Imom Abu Yusuf Hajjoj Mziy o‘zining “Tahzib al-Kamal fi asma ar-rijol” asarining so‘ngida

265 ta sahobiya ayolni alifbo tartibida keltirib o‘tgan. Bu kitobda ayollarga berilgan kunyalar

asosida ham bir qancha ayollar haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan

1

. Ibn Hajar Asqalaniy esa

o‘zining “Tahzib at-Tahzib” asarida sahobiyalardan bo‘lgan 311 ta roviy ayol

2

ni келтирган.

«Тақриб ат-таҳзиб» асарида ҳам аёллар боби мавжуд бўлиб, уларнинг ҳолати, қайси

табақадан эканлиги, қачон вафот этгани ҳақида маълумотлар учрайди. Шунингдек, бу

китобда баъзи олимларнинг ўша аёл ҳақидаги фикрлари ҳам келтириб ўтилган. Аёллар

боби бир нечта фаслга бўлинган. Фасллар аёлларнинг куняси, «фалончининг қизи» дея

таърифланганлар, уларга берилган лақаблар, исми мубҳам

3

bo‘lganlar asosida tartiblangan

4

.

Shuningdek, muhaddis ayollar haqida ma’lumotlarni Imom Zahabiyning “Siyar A’lam an-

Nubalo’” asarining avvalgi jildlaridan, sahobalar hayotiga bag‘ishlangan “Usud al-G‘obah”,

“al-Isti’ab”, “Tajrid Asma as-Sahabah” kitoblaridan, tabaqot janridagi tarixchi olim Ibn

Sa’dning “at-Tabaqot al-Kubro”, olim Halifa ibn Xayyotning “Tarikh” kitobidan, muayyan

joylarning tarixiga bag‘ishlangan “Tarixi Bag‘dod”, “Tarixi Damashq” nomli kitoblardan olish

mumkin.
Aytish mumkinki, bu kabi kitoblar faqatgina hadis rivoyat qilgan sahobiya ayollarning tarjimai

hollariga bag‘ishlanmagan. Bu holat tarixchi olim Ibn Sa’dning kitobida yaqqol ko‘zga

tashlanadi. Yana yuqorida qayd etilgan kitoblar muhaddis ayollarni bir tartibda keltirmagan.

Ulardan ba’zilarida ma’lumotlar to‘liq, ba’zilarida esa qisqa tarzda berilgan. Muhaddislar qayd

etilgan o‘rinlar orasida ayol muhaddislarni qo‘shib o‘tish, ular borasida fikrlarni bayon qilish

holati ham mavjud. Shuningdek, ba’zi kitoblar sahobiya ayollar hayotiga xoslangan. Olim Ibn

Sa’d ayollar tabaqasini ham alohida ko‘rsatgan. Ular haqidagi ma’lumotlar tartibi Rasululloh

(s.a.v.)ga nasab jihatdan yaqinlik asosida berilgan. Halifa ibn Xayyotning “Tarix” kitobida ham

xuddi shu holat ko‘zga tashlanadi.
Olim Ibn Hazm Zohiriy Andalusiy o‘zining “Asma as-sahabah ar-ruvat va ma likulli wahid min

al-adad” asarida ayollar rivoyatlari soni bo‘yicha tartiblagan: masalan, “Ashob al-uluuf

5

.

Ulardan Oisha (r.a.) keltirilgan. Keyin “ashob al-mi’in” — Ummu Salama (r.a.), “ashob al-

asharot”

6

va hokazo tarzda rivoyati kamayishi e’tiboriga asosan berilgan. Ibn Nuqta “at-Taqyid

li ma’rifa ruwat as-sunan va al-masanid” asarida 12 roviy ayolni keltirgan. Ibn Hajar esa “ad-

Durur al-kamina fi a’yan al-mi’a as-samina” asarida 190 ta muhaddis va roviy ayollar haqida

ma’lumotlar uchraydi

7

.

Imom Zirikliyning «A’lom»

8

kitobida ham muhaddis ayollar haqida ma’lumotlar uchraydi. Jarh

va ta’dil ilmiga oid 140 ta roviy ayol haqida esa “Mu’jam asomiy ar-ruvat” kitobida berilgan.

1

Абу Ҳажжож Юсуф Мизий. Таҳзиб ал-камол фи асмо ар-рижол. – Бағдод: Муассаса ар-рисола, 1983. – Ж.

35. – Б. 123-402.

2

Ибн Ҳажар Асқалоний. Таҳзиб ат-таҳзиб. – Ҳайдаробод: Мажлис даиро ал-маъариф ан-низомия, 1946. –

Ж. 11.

3

Мубҳам – ҳадис матни ёки санадидаги киши ёки аёлларнинг исми ноаниқ, яъни очиқ айтилмаган бўлиши.

4

Ибн Ҳажар Асқалоний. Тақриб ат-таҳзиб. – Байрут: Дор ал-асима, нашр йили кўрсатилмаган. – Б. 1341-

1400.

5

Асҳоб ал-улуф – мингдан ортиқ ҳадис ривоят қилган кишига нисбатан қўлланилади.

6

Асҳоб ал-ашарот – ўнта ҳадис ривоят қилган кишига нисбатан қўлланилади.

7

Ифоф Абдулғафур Ҳамид. Жуҳуд ал-мараъ фи нашр ал-ҳадис ва улумиҳ // Мажалла жомеа Умму-л-қуро

ли улум аш-шариа ва-л-луғат ал-арабия ва адабиҳа, 2007. – Ж. 19. – Б. 249.

8

Хайриддин Зириклий. Аълом. – Байрут: Дор ал-илм ли ал-малайийн, 2002. 1 – 8 жузлар.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

89

Shuningdek, hadis kitoblari orasida bir davrni o‘z ichiga olganlari borki, ulardagi ma’lumotlar

bir-birini to‘ldirib keladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, muhaddis ayollarning soni erkaklarnikiga nisbatan kam. Bunga

ayollarning oilaviy ishlar bilan band bo‘lishini asosiy sabab sifatida keltirish mumkin. Roviy

ayollar shayxa (undan hadis rivoyat qilish mumkin bo‘lgan roviy)

9

, siqa (ishonchli), fozila,

olima, musnida (hadisni sanad bilan rivoyat qilgan)

10

, jalila, xoyra (siqa darajasidan biroz

pastroq daraja)

11

) kabi laqablar bilan ehtirom qilingan. Ularning aksariyatiga holati

erkaklarnikidek aniq bo‘lmaganligi sababli “jahala” (roviylarni o‘rganishda kamchilik

bo‘lishi)

12

sifati berilgan.

Isnoddagi biror roviyning to‘g‘risözligi borasida shubha bo‘lsa, u roviy faqat erkak kishilardan

bo‘lgan. Ayollar esa o‘zlaridagi bor bilimlarni ishonchli tarzda boshqalarga yetkazishga harakat

qilganlar. Jarh va ta’dil olimi Imom Zahabiyning ta’kidlashicha: “Erkaklar tomonidan rivoyat

qilingan ishonchsiz hadislar juda ko‘p. Ammo Islom tarixida biror ayol yo‘qki, u (hadisning)

zaifligida yoki so‘zlarining ishonchsizligida ayblangan bo‘lsa.

13

. Imom Zahabiy bu

ma’lumotlarni o‘zining “Me’zon” kitobida keltirib o‘tgan. Bu kitob 4 jild, 8 qismdan iborat

bo‘lib, uning aynan 6 va 7-qismlari ayollarga bag‘ishlangan. 6-qism ayollarning 71 tasini o‘z

ichiga oladi. 7-qism esa ayollarning kunyasi orqali tartiblangan. Bu yerda kunyasi orqali

tanilgan 33 ta ayol haqida ma’lumotlar berilgan.

Xuddi shu kabi ko‘pchilik mashhur olimlarning ayollar rivoyatiga nisbatan ijobiy fikri bayon

qilinadi. Ulardan Imom Ibn Shihob Zuhriy (vaf. 124/742 y.) Amra bint Abdurahmon va

boshqalarda umuman rivoyati keltirilmagan uch ayoldan rivoyat keltiradi. Keyinroq yashagan

olimlardan Imom Abu Sa’d Sam’oniy (vaf. 562/1167 y.) “at-Tahbir fi al-Mu’jam al-Kabir”

asarida ustozlari qatorida ayollarni ham keltirib o‘tadi. Ularning ismlari ham bu asarda alifbo

tartibida jamlangan. Bu kitobda muhaddis 69 ta o‘zi hadis eshitgan, ulardan rivoyat qilingan

hadislarga ijozat bergan muhaddis ayollarni keltiradi

14

.

Olim Kahhola Umar Rizo o‘zining kitoblarida ayollar orasida hadis va fiqhga doir asar

yozganlarni ham keltirib o‘tgan. Ulardan Movarounnahrlik muhaddisa ayol Fotima bint

Muhammad ibn Ahmad Samarqandiyani misol qilib ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga,

ayollar tomonidan yozilgan — kam sonli bo‘lsa ham — kitoblarda muhaddis ayollarning

faoliyati haqida ma’lumotlar keltiriladi. Zaynab bint Ismoil, Zaynab bint Abdullohlar shular

qatoriga kiradi. Hamida bint Muhammad Isfahoniya esa hadis kitoblariga oid tadqiqot olib

borgan ayol sifatida qayd etiladi

15

.

Hadis ilmida ayollar borasida tarojim kitoblarining o‘rni bo‘lgani kabi, “sahih” deb tan olingan

“olti ishonchli to‘plam” ham o‘z o‘rniga ega. Shu sababli, ularni tadqiq qilishga, boshqa

to‘plamlar orasidagi mavqeini ko‘rsatishga, sunnatni tadvin qilishga — aynan shu to‘plam

egalari va ularga zamondosh bo‘lganlar orasida yuqori darajada harakat qilingan.

9

Саййид Абдумажид Ғоврий. Мавсуъа улум ал-ҳадис ва фунуниҳ. – Байрут: Дор Ибн Касир, 2007. – Ж. 2. –

Б. 285.

10

Ўша манба. – Ж. 3. – Б. 330.

11

Ўша манба. – Ж. 2. – Б. 93.

12

Ўша манба. – Ж. 1. – Б. 614.

13

Шамсиддин Заҳабий. Меъзон ал-иътидол фи нақд ар-рижол. – Байрут: Дор ал-маърифа, 1963. – Ж. 4. – Б.

604.

14

Ибн Ҳажар Асқалоний. Таҳзиб ат-таҳзиб. – Ҳайдаробод: Мажлис даиро ал-маъариф ан-низомия, 1946. –

Ж. 11. – Б. 466.

15

Ифоф Абдулғафур Ҳамид. Жуҳуд ал-маръа фи нашр ал-ҳадис ва улумиҳ // Мажалла жомеа Умму-л-қуро

ли улум аш-шариа ва-л-луғат ал-арабия ва адабиҳа, 2007 – Ж. 19. – Б. 258.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

90

Hadis ilmi rivojida ayollarning o‘rnini belgilash ayni vaqtda hadis ilmiga oid ishonchli

to‘plamlarda ularning faoliyati qanday bo‘lganini bilishga ham qiziqishni uyg‘otadi. “As-Sihoh

as-sitta” (“Oltita sahih”) asarlarida ayollarning o‘rnini ko‘rsatish maqsadida olimlar ayol

roviylar va ulardan qilingan rivoyatlar sonini alohida o‘rganishgan.
Birinchidan, “olti ishonchli to‘plam”da ayol roviylarning soni. Bu yo‘nalishda sahobiyalarning

va ulardan boshqa ayollarning rivoyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ularning soni Rasululloh

(s.a.v.)ning bevosita o‘zlaridan rivoyat qilganlari, yoki bir sahobiydan rivoyat qilganlari

jihatidan belgilanadi. Ularga qo‘shimcha tarzda 5 ta sahobiya ayol Rasululloh (s.a.v.)ning

suhbatlarida bo‘lganligi ixtilof qilingan holatda kiritilgan. Ular:

• Asmo bint Zayd ibn Xattob,
• Asmo bint Sa’id ibn Zayd ibn Naqil,
• Sofiyya bint Horis ibn Talha

16

,

• Oisha bint Mas’ud ibn Asvad,

• Zaynab bint Nabiytlar.

Ayni vaqtda ular rivoyatining isnodi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rasululloh (s.a.v.)dan emas.
Olimlar “olti ishonchli to‘plam”da hadis rivoyat qilgan sahobiya ayollarning sonini ham

hisoblab chiqqanlar. Jumladan:

• Imom Buxoriy o‘zining *“Sahih”*ida – 31 ta;

• Imom Muslim *“Sahih”*ida – 36 ta;

• Abu Dovud *“Sunan”*ida – 75 ta;

• Imom Termiziy *“Sunan”*ida – 46 ta;

• Imom Nasoiy *“Sunan”*ida – 65 ta;

• Imom Ibn Moja *“Sunan”*ida – 60 ta sahobiyadan hadis rivoyatini keltirganlar

17

.

E’tiborga olish kerakki, usul olimlari orasida sahobiya ayollar soni borasida tafovut bo‘lsa-da,

aksar hollarda bu fikrlar zaif holatda ekanini ta’kidlaganlar. “Sunan”lar orasida Imom Abu

Dovudnikida eng ko‘p ayol sahobiyaning rivoyati keltirilgan.

Sahobiya bo‘lmagan ayollarning rivoyati ham “as-Sihoh as-sitta”da mavjud. Tobiiylar, tabaa

tobiiylar va ulardan keyingi tabaqada turuvchi umumiy hisobda 103 ta ayol roviydan rivoyat

keltiriladi. Ularning 8 tasi kibor tobiiylar, 46 tasi o‘rta tabaqadagilar

18

, 3tasi kichik tabaqadagi

tobiiylardir. Yana 5 ta tabaa tobiiy ayoldan, 10 tasi undan keyingi va yana 10 tasi undan keyingi

tabaqada turuvchilardandir.
Ikkinchidan, rivoyati mavjud ayollarning holati. Sahobiya ayollar xuddi sahobiy erkaklar kabi

Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat keltiradimi, yo‘qmi adolatli hisoblanadi. Bu borada muhaddislar,

faqihlar va usulchi olimlar ixtilofga bormaganlar

19

. Shu sababli ularning adolati haqida bahs

yuritilmaydi.

16

Бу саҳобияни Ибн Ҳиббон тобиий, Ибн Ҳажар Асқалоний саҳобий сифатида келтирган.

17

Усмонов И., Муратов Д., Насруллаев Н. ва бошқ. 101 улуғ саҳобий. – Т.: Тошкент ислом университети,

2015. – Б. 34.

18

Ўрта табақадаги тобиийлар – саҳобийлар билан бир қаторда кибор тобиийлардан ривоят келтирган киши.

19

Ибн Касир. Ал-Боис ал-ҳасис шарҳ ихтисор улум ал-ҳадис. – Байрут: Дор ал-кутуб ал-илмия, 1983. – Б.

172.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

91

Sahobiyalardan boshqa muhaddis ayollarga esa tarojim kitoblarida jarh va ta’dil asosida o‘rin

belgilangan:

• Siqa
• Maqbula (ta’dil asosida ayollarga berilgan daraja. Ibn Hajar uni ta’dil martabalaridagi

oltinchi daraja hisoblagan)

20

,

• Holati aniqlanmagan (bunda roviy qandaydir holatda deb hisoblanmaydi, siqa darajasidan

boshqa darajada ekanligi aytiladi))

21

,

• Majhula (erkaklar kabi ko‘p jihatlari bilan tanilmagan ayollarga nisbatan qo‘llaniladi))

22

.

“Olti ishonchli to‘plam”da 15 ta ishonchli roviy ayoldan, 33 ta maqbuladan rivoyat mavjud.

Qolgan ayollar holatining noma’lumligi yuqorida aytib o‘tilganidek — ularni o‘rganishdagi

to‘siqdir. Lekin siqa darajasiga yetishgan ayollar o‘zining ilmi va rivoyatlari sonining ko‘pligi

bilan mashhur bo‘lgan.
E’tiborli jihati — erkaklarga solishtirganda ayol roviylarning holati majhul darajadan past

darajada bo‘lmagan. Ayollardan qilingan rivoyatlarning birortasi yolg‘on, matruk

23

, bid’at

aralashgan yoki zaif rivoyatlar emas.
Uchinchidan, “olti ishonchli to‘plam”da rivoyatlar soni. Imom Miziyning “Tuhfat al-ashrof bi

ma’rifat al-atrof”

24

, “Tahzib al-kamal fi ma’rifat ar-rijol” asarlariga, shuningdek, imom Ibn

Hajarning “at-Taqrib

25

asarlariga tayanib, rivoyatlar soni quyidagicha belgilangan: “Olti

ishonchli to‘plam”da ayollardan 2764 ta hadis rivoyat qilingan. Jumladan:

• 2539 ta hadisning roviylari ayol sahobiyalardir;
• 225 ta hadisning roviylari sahobiyalardan boshqa turli tabaqadagi ayollardir.

Sahobiyalardan keltirilgan hadislarning aksariyat qismi Payg‘ambar (s.a.v.)ning ayoli,

“mo‘minlarning onasi” maqomiga erishgan Oisha (r.a.)dan rivoyat qilingan. “Olti ishonchli

to‘plam”da 2081 ta hadis Oisha (r.a.)ga tegishli. Qolgan 458 tasini boshqa sahobiya ayollar

rivoyati tashkil qiladi. Ma’lum bo‘ladiki, Oisha (r.a.) nafaqat ayollar, balki ko‘pgina

erkaklardan ham ortiq hadis rivoyat qilgan, ilm va hifzda “asrining yagona”si bo‘lgan deyish

maqsadga muvofiq. Undan keltirilgan hadislar sonining ko‘pligi shundan dalolat beradi.
Ayollarning hadislarni o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha qo‘shgan hissalari sahobalar tabaqasidan

keyin ham davom etgan. Tobiiylar va undan keyingi tabaqalarda ham hadis ilmi bilan

shug‘ullangan ayollar bo‘lgan. Ularning soni erkak roviylar kabi ko‘p bo‘lmasa-da, har bir

tabaqa davrida hadis ilmiga hissa qo‘shgan ayollar bo‘lganligi tahsinga sazovor.
Imom Muslim (vaf. 261/874 y.) “Tabaqot” asarida tobiiy ayollarni yashagan joylariga qarab

guruhlarga ajratgan:

20

Саййид Абдумажид Ғоврий. Мавсуъа улум ал-ҳадис ва фунуниҳ. – Байрут: Дор Ибн Касир, 2007. – Ж. 3.

– Б. 417.

21

Ўша манба. – Ж. 3. – Б. 40.

22

Ўша манба. – Ж. 1. – Б. 614.

23

Матрук – иснодида ёлғончиликда айбланган ровий бўлган ҳадис.

24

Абу Ҳажжож Мизий. Тухфат ал-ашроф би маърифат ал-атроф. – Байрут: Ал-мактаб ал-исламий, 1983. 1-

14 жузлар.

25

Амол Қардош бинт ал-Ҳусайн. Давр ал-маръа фи хидмат ал-ҳадис фи ал-қурун ас-саласа ал-ула. – Доҳа:

Визорат ал-авқоф ва аш-шуъун ал-исломия, 1999. – Б. 146.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

92

• Madinalik — 69 ta,
• Makkalik — 8 ta,
• Kufalik — 11 ta,
• Basralik — 4 ta,
• Shomlik — 3 ta ayolni sanab, ularning umumiy sonini 95 ta deb aytgan

26

. Tobiiylar davridagi

ayol roviylarning eng ko‘pi Madinada yashagan. Bu shahar sahobiylar va tobiiylar davrida

hadis ilmining markazi bo‘lgan. Ibn Hibbon (vaf. 354/965 y.) “Kitob as-siqot” asarining 4–5

jildlarida har harfning oxirida, ismi “O” harfi bilan boshlangan 66 ta tobiiy ayol haqida

qisqacha ma’lumotlar berib o‘tgan.
Nusrettin Bolelli esa ayollarni hijriy I va II asrda yashaganlari jihatidan ikki guruhga bo‘lib,

jami 285 ta ayolning biografiyasini keltirib o‘tgan:

• 246 tasi — Hijriy I asrda,
• 39 tasi — Hijriy II asrda.

Tobiiy va undan keyingi avlodlardagi muhaddisa ayollarning adadlari xususida diqqatni

tortadigan narsa bu — ilk asrdan keyin ularning sanog‘ining keskin tushib ketishidir.
Bolellining hisobiga ko‘ra:

• I asrda — 246 ta,
• II asrda — 39 ta,
• III asrda — 10 ta,
• IV asrda — 14 ta,
• V asrga kelganda esa yana ko‘tarilib, 45 taga chiqqan

27

.

Fikrimizcha, buning eng asosiy sababi — sahobiylar va katta tobiiylar davrida og‘zaki

rivoyatlarning tarqalishidir. Undan keyingi davrlarda esa rivoyat qilingan hadislar yozma holga

keltirila boshlagani uchun og‘zaki rivoyatlarning ahamiyati pasaygan. V asrga kelib roviy

ayollar sonining yana ko‘tarilishi esa hadis kitoblarini rivoyat qilish ahamiyat kasb eta

boshlaganligidadir.
Tobiiylar davrida mo‘minlarning onalari va boshqa sahobiy ayollardan ilm o‘rganib, hadis

rivoyat qilgan mashhur ayollar quyidagilardir:

• Sofiya bint Shayba (hijriy I asr),
• Sofiya bint Abu Ubayd (hijriy I asr),
• Oisha bint Talha (vaf. 110/728),
• Muoza bint Abdulloh (vaf. 83/702),

26

Машҳур ибн Ҳасан. Иноят ан-нисо би ал-ҳадис ан-Набавий. – Байрут: 1994. –Б.52.

27

Nusrettin Bolelli. Kadınların Hadis linıindeki Yeri. –Istambul: 1998. –Б. 46-194.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

93

• Ummu Dardo as-sug‘ro nomi bilan mashhur bo‘lgan Hujayma bintu Huyay (vaf. 81/700 y.),
• Hafsa bint Sirin (vaf. 101/719 y.),
• Amra bint Abdurrahmon (vaf. 98/716 y.)

28

.

Oisha, Ummu Habiba, Ummu Salama (r.a.) va boshqa sahobiy ayollardan hadis rivoyat qilgan

Sofiya bint Shaybadan juda ko‘p kishilar hadis rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning

rafiqasi Sofiya bint Abu Ubayd esa Oisha, Hafsa, Ummu Salama (r.a.) va Qosim ibn

Muhammad ibn Abu Bakr Siddiqdan rivoyat qilgan. Ibn Hibbon uni o‘zining “Siqot” asarida

zikr qilib o‘tadi

29

.

Amra bint Abdurahmon esa Oisha (r.a.)ning tarbiyasini olib, talaba-shogirdi bo‘lib voyaga

yetgan. Shu jihatdan bu ayolning rivoyati eng ishonchli deb qaraladi. Oisha (r.a.)ning rivoyatida

ishonchli kishilardan Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr (vaf. 112/730 y.) va Urva ibn

Zubayr (vaf. 94/712 y.)dir. Xalifa Umar ibn Abdulaziz Madina voliyisi Abu Bakr ibn

Muhammad ibn Hazmga Amraning rivoyat qilgan hadislarini yozishni buyurgan edi. Qosim ibn

Muhammad ilm olishga juda muhabbatli bo‘lgan Ibn Shihob Zuhriyga Oisha (r.a.) qo‘lida

tarbiyalangan Amraga shogird tushishni tavsiya qilgan. Ibn Shihob Zuhriy Amradan ilm

o‘rganish uchun borganda ilmining kengligiga ishonch hosil qilgan

30

.

Oisha (r.a.)ning singlisi Ummu Gulsumning qizi Oisha bint Talha ham xolasi bo‘lgan Oisha

(r.a.)dan rivoyat keltirgan ayollardan biridir. Bu ayoldan ham ko‘plab roviylar hadis rivoyat

qilganlar

31

.

12 yoshida Qur’oni karimni yod olib, faqih sifatida mashhur bo‘lgan ayol tobeiylardan yana biri

— Hafsa bint Sirindir. Ummu Ayyiya al-Ansoriyya, Anas ibn Molik kabi sahobalar bilan bir

qatorda tobeiylardan ham rivoyat keltirgan. Undan ilm o‘rganganlar ham ko‘p bo‘lgan. Bundan

tashqari, olim va obidligi bilan mashhur Muoza bint Abdulloh ham tobeiy roviy ayollardan

hisoblanadi. Oisha, Ali va boshqa sahobiylar (r.a.)dan hadis rivoyat qilgan. Mashhur

muhaddislardan biri Yahyo ibn Ma‘in bu tobeiy ayollarni ishonchliligi tufayli “siqa”, “hujja”

darajalari bilan keltirgan. Imom Ijliy esa yashagan joyiga nisbat berib, “siqa” darajasini berish

bilan kifoyalangan.
Yuqori ilm va zakovatga ega bo‘lgan yana bir tobeiy — Ummu Dardo as-Sug‘rodir. Turmush

o‘rtoqi Abu Dardo va boshqa qator sahobiylardan hadis rivoyat qilgan. Abu Ahmad al-Assal bu

ayol haqida: “Rivoyatlari va hadis borasidagi fikrlari e’tiborga olinadiganlardan”, degan fikrni

bildirgan. Ummu Dardo kichikligidanoq Qur’oni karimni o‘rganuvchilar qatorida dars olgan va

Abu Dardo bilan ilmiy saviyasini mustahkamlagan

32

.

Ummu Salama (r.a.)ning qizi Zaynab bint Abu Salama (vaf. 73/692 y.) onasi Ummu Salama,

Oisha, Zaynab bint Jahsh, Ummu Habiba (r.a.)lardan hadis rivoyat qilgan. Madinalik ayollar

orasida fiqhni yaxshi bilishi bilan ajralib turgan. Rasululloh (s.a.v.)ning ayollaridan oltitasini

ko‘rganligi manbalarda qayd etilgan Sa’d ibn Abu Vaqqosning qizi Oisha (vaf. 117/735 y.)

otasidan va Ummu Zarrdan hadis rivoyat qilgan.

28

Шамсиддин Заҳабий. Ал-Муин фи табақот ал-муҳаддисин. –Байрут: 1987. –Б.49.

29

Ибн Ҳажар Асқалоний. Таҳзиб ат-таҳзиб. – Ҳайдаробод: Мажлис даиро ал-маъариф ан-низомия, 1946. –

Ж. 11.

30

Абу Ҳажжож Юсуф Мизий. Таҳзиб ал-камол фи асмо ар-рижол. – Бағдод: Муассаса ар-рисола, 1983. – Ж.

35. – Б. 241.

31

Абу Ҳажжож Юсуф Мизий. Таҳзиб ал-камол фи асмо ар-рижол. – Бағдод: Муассаса ар-рисола, 1983. – Ж.

35. – Б. 237.

32

Ўша манба. –Б.352.


background image

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND

THEIR SOLUTIONS

VOLUME 11, ISSUE 01, 2025

94

Yuqorida sanab o‘tilgan roviy ayollar tobeiy tabaqasidagi mashhur muhaddislardir. Hadis

rivoyatida ularning rivoyati ishonchli deb qabul qilinadi. Sahobiylar davridan rivoyat qilingan

hadislarni ular ham o‘zlaridan keyingi tabaqaga ishonchli tarzda yetkazganlar. Muhaddislarning

ulardan qilgan rivoyatlari hadis ilmi manbalarida keltirilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, hadis ilmi bo‘yicha turli asarlarda ayollar faoliyati

yoritilgani kabi **“as-Sihoh as-sitta”**da keltirilgan hadislar orqali ham hadis ilmida,

rivoyatida muhaddis ayollarning o‘rni qay darajada bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ayollar

borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar “Ishonchli to‘plamlar” doirasida cheklangan

holatda berilgan bo‘lsa ham, bu ularning hadis ilmiga qo‘shgan hissasini belgilashda cheklov

bo‘la olmaydi. Shuningdek, kam hadis rivoyat qilganliklarining sababi — asosan oilaviy holati

bo‘lgan deb aytish mumkin. Zero, erkak roviylar kabi uyidan tashqariga chiqish imkoniga ega

bo‘lganlarida, erkak roviylar kabi juda ko‘p hadis rivoyat qilishlari ehtimoldan yiroq emas edi.
Alohida aytish lozimki, ularning rivoyat qilgan hadislari orasida zaifi yo‘q.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Az-Zahabiy, “Siyar A’lam an-Nubalā’”.

2. Ibn Sa’d, “At-Tabaqāt al-Kubro”.
3. Ibn Hajar al-Asqaloniy, “Tahzīb at-Tahzīb”, “Taqrīb at-Tahzīb”, “Ad-Durar al-Kāmina”.
4. Al-Mizzī, “Tahzīb al-Kamāl fī Asmā’ ar-Rijāl”.
5. Imom Buxoriy, “As-Sahih”.
6. Imom Muslim, “As-Sahih”.
7. Abu Dawud, “As-Sunan”.
8. At-Tirmiziy, “As-Sunan”.
9. An-Nasā’iy, “As-Sunan”.
10. Ibn Mājah, “As-Sunan”.
11. Ibn Nuqta, “At-Taqyīd li Ma’rifat Ruwāt as-Sunan wa al-Masānid”.
12. Ibn Hazm, “Asmā’ as-Sahābah ar-Ruwāt”.
13. Kahlā, ‘Umar Ridā, “A’lām an-Nisā’”.
14. Zirikliy, Xayruddin, “Al-A’lām”.
15. Bolalli, Nusratiddin, “al-Mar’atu al-Muslima fi al-Hadith an-Nabawiy”.
16. Imom Muslimdan rivoyat qilingan “Tabaqot” asari.
17. Ibn Hibbon, “Kitāb as-Siqāt”.

References

Az-Zahabiy, “Siyar A’lam an-Nubalā’”.

Ibn Sa’d, “At-Tabaqāt al-Kubro”.

Ibn Hajar al-Asqaloniy, “Tahzīb at-Tahzīb”, “Taqrīb at-Tahzīb”, “Ad-Durar al-Kāmina”.

Al-Mizzī, “Tahzīb al-Kamāl fī Asmā’ ar-Rijāl”.

Imom Buxoriy, “As-Sahih”.

Imom Muslim, “As-Sahih”.

Abu Dawud, “As-Sunan”.

At-Tirmiziy, “As-Sunan”.

An-Nasā’iy, “As-Sunan”.

Ibn Mājah, “As-Sunan”.

Ibn Nuqta, “At-Taqyīd li Ma’rifat Ruwāt as-Sunan wa al-Masānid”.

Ibn Hazm, “Asmā’ as-Sahābah ar-Ruwāt”.

Kahlā, ‘Umar Ridā, “A’lām an-Nisā’”.

Zirikliy, Xayruddin, “Al-A’lām”.

Bolalli, Nusratiddin, “al-Mar’atu al-Muslima fi al-Hadith an-Nabawiy”.

Imom Muslimdan rivoyat qilingan “Tabaqot” asari.

Ibn Hibbon, “Kitāb as-Siqāt”.